• Ikkinchidan
  • Innavatsiya (inglizcha - innavatsion ) yangilik kiritish, yangilik demakdir . Innavatsion
  • Interfaol (“Inter” – bu o’zaro, “ ast” – harakat
  • I.2. Geografiyada ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
  • Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim.
  • Faoliyatga yo‘naltirilgan yond a shuv.
  • Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish.
  • Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash
  • O‘qitishning usullari va texnikasi.
  • Kommunikatsiya usullari
  • Boshqarish usullari va vositalari
  • Geografiya




    Download 0,58 Mb.
    bet2/79
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,58 Mb.
    #3803
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79

    Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

    Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv – tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondoshuvini keng joriy etish imkoniyatlarini beradi.

    Uchunchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim – tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.

    To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli ularning qo’llanilishi “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarini amalgam oshirishni ta’minlaydi.

    O’quv – tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talaba (o’quvchilar) dan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyalarning o’quv – tarbiya jarayonida ham qo’llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, talaba (o’quvchilar)ni kim o’qitayotgan va kimni o’qitayotganiga bog’liq.

    Pedagogik texnologiyalar asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga nuqtai – nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi.

    Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innavatsion jarayonlar ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan bilimlarni o’zlari tomondan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

    Shuning uchun ham, ta’lim muassasalarining o’quv – tarbiyaviy jarayonlarida zamonaviy o’qitish uslublari interfaol uslublar, innavatsion texnologiyalarning o’rni va ahamiyati beqiyosdir.

    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.

    Pedagogik texnologiya va ularning ta’limda qo’llanilishiga oid bilimlar, tajriba talaba (o’quvchi) larni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi.



    Innavatsiya (inglizcha - innavatsion) yangilik kiritish, yangilik demakdir. Innavatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda talaba (o’quvchi) faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalanadi.

    Interfaol (“Inter” – bu o’zaro, “ ast” – harakat qilmoq) – o’zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo’lishini anglatadi.
    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Boshqacha so’z bilan aytganda , o’qitishning interfaol uslubiyotlari – bilish va kommunikativ faoliyatini tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o`ylayotgan narsalarini tushuntirish va fikrlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman talaba (o’quvchi)larning faoliyatini dars maqsadiga erishishiga yo’naltirishiga olib keladi.

    Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va talaba (o’quvchi) larning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.

    Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:


    • talaba (o’quvchi)ning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etilishi;

    • talaba (o’quvchi)larning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiyligini ta’minlanishi;

    • talaba (o’quvchi)larning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;

    • pedagog va talaba (o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil etishlari kiradi.

    Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o’rganayotganlar fikricha pedagogik texnologiya – faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanilishi zarur bo’lgan o’qitishning texnik vositalari, kompyuter, proyektor va boshqa texnik vositalar.
    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
    Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - talaba (o’quvchi)ning belgilangan maqsadidan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq. O’qitish jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lim texnologiyasi talaba (o’quvchi) o’rtasidagi hamkorlik faoliyatini tashkil etilsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida talaba (o’quvchi)lar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhlarga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu – o’qitish jarayoning asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor. O’quv jarayonidagi pedagogik texnologiya – bu aniq ketma – ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u talaba (o’quvchi)larning ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

    Pedagogik maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish talaba (o’quvchi)larning hamkorlikdagi faoliyati, ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, uslub, shakl vositasiga, yangi texnologiyaga bog’liq.

    Talaba (o’quvchi)larning maqsadi natijasiga erishishida qanday texnologiyalarni tanlashlari ular ixtiyorlarida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, bunda talaba (o’quvchi)larning bilim saviyasi, guruh, xarakteri, sharoitiga qarab, ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film ( yoki tarqatma materiallar, chizma va plakatlar, axborot texnologiyasi, karta, atlas) kerak bo’ladi. Bularning hammasi talaba (o’quvchi)larga bog’liq.

    Shu bilan birga o’quv jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur. Bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini joy va sharoitini, eng asosiysi talaba (o’quvchi)lar va o’qituvchilarning imkoniyati va ehtiyoji va hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etilishini hisobga olishlari kerak. Shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqacha aytganda, talaba (o’quvchi)larni ta’limning markaziga olib chiqish kerak.



    I.2. Geografiyada ta’lim texnologiyalaridan foydalanish

    O‘quv jarayonida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni joriy etish bolalarimizni komil inson qilib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga ‘tiborimizni yanada oshirish qisqacha aytganda ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi kerak”.13



    I.A. KARIMOV

    Ta’lim tizimidagi boshqa bo’g’inlarda bo’lgani kabi o’rta –maxsus, kasb – hunar ta’limi muassasalarida o’quvchilarga ta’lim – tarbiya berish jarayonning asosiy shakli nazariy va amaliy mashg’ulotlardir. O’quv mashg’ulotlaridan tashqari o’tkaziladigan barcha ta’limiy – tarbiyaviy tadbirlar o’quvchilarning o’quv mashg’ulotlari jarayonida olgan bilimlarini to’ldirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham akademik litseylar va kasb – hunar kollejlarida nazariy va amaliy mashg’ulotlarning sifat samaradorligini oshirish, o’quv jarayonida ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash nihoyatda muhimdir.

    Barkamol avlodni shakllantirish uchun axborot – kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, o’quv yurtlarida o’quv laboratoriyalari bazasini takomillashtirish, o’qituvchi – murabbiylar mehnat faoliyatini moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning samarali tizimini yaratish, zamonaviy informatsion va kommunikatsiya texnologiyalar, raqamli va kengtarmoqli telekommunikatsiya aloqalari va Internet tizimini har bir oila hayotiga kirib kelishini ta’minlashga ko’maklashish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va iqtidorli yoshlarni ilmiy ishlarga jalb etish uchun sharoitlar yaratish, ta’lim – tarbiya jarayonini sifat jihatdan butunlay yangi bosqichga ko’tarish yo’llarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda shakllantirish hozirgi kunning dolzarb muammolardan hisoblanadi. Hozirgi davrda ekologik muammolar keskin tus olayotgan bir davrda transchegaraviy suv muammolari, Orol muammosi, chuchuk suv muammosi kabi masalalarni hal qilishda geografiyadan beriladigan bilim va ko‘nikmalar talabalar ilmiy dunyoqarashini kengayishiga va undan amaliyotda foydalanishda samara beradi.

    Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
    Shuningdek ochiq darslar, seminar treninglar, amaliy mashg‘ulotlar orqali ham talabalarga suv haqidagi ilm yetkazib beriladi. Shu nuqtai nazardan kelajakda atrof-muhitdan foydalanishda jamiyatga foyda keltiruvchi inson bo‘lishida yordam beradi.

    Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatishdir.

    Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg‘or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 1997 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi hujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin yaratdi.

    Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo‘ladi. Bu o‘qituvchining mahoratinigina emas, balki tinglovchining istak-xohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo‘lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo‘lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim obektiv borliqdagi voqea-hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil bo‘ladigan tushunchalar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo‘ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta’lim bir xildir. O‘qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo‘ladi. Buning uchun u mustaqil o‘qiydi, tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo‘ladi, eshitganlari va o‘qitganlarini sintez qiladi. Natijada bilimga ega bo‘ladi.

    O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo‘llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi.

    Aytilganlardan kelib chiqqan holda, ta’lim texnologiyasini loyihalashtirishdagi asosiy konseptual yondoshuvlarni keltiramiz:



    Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqgan holda yondashilishni nazarda tutadi.

    Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

    Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

    Dialogik yondashuv. Bu yondashuv o‘quv jarayoni ishtirokchilarning psixologik birligi va o‘zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

    Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi subektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

    Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

    Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

    Keltirilgan konseptual yo‘riqlarga asoslangan holda, «Kompyuter modellashtirish» kursining maqsadi, tuzilmasi, o‘quv axborotining mazmuni va hajmidan kelib chiqqan holda, ma’lum sharoit va o‘quv rejasida o‘rnatilgan vaqt oralig‘ida o‘qitishni, kommunikatsiyani, axborotni va ularni birgalikdagi boshqarishni kafolatlaydigan usullari va vositalari tanlovi amalga oshirildi.



    O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullarii, amaliy ishlash usuli.

    O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

    O‘qitish vositalari o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda - kompyuter va axborot texnologiyalari.

    Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.

    Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

    Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

    Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

    Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning Uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan Uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.

    Uzluksiz ta’lim chuqur, har taraflama asosan ta’lim-tarbiya berish, mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli shakl, usul, vosita, uslub yo‘nalishlarining mukammal uyg‘unligidan iboratdir.

    Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talabning dasturiy bilim, tasavvur va ko‘nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga o‘quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg‘ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir.

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish, Uzluksiz ta’lim tizimining tuzilmasi va mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajribaga tayangan holda tub islohotlarni ko‘zda tutadi. Buning uchun, avvalo ta’lim tizimining barcha shakldagi muassasalarida ta’lim jarayonini ilg‘or, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan yangi va zamonaviy uslubiyot bilan amalda ta’minlash lozim. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmuni, uslubiy talablariga ko‘ra fan, texnika va ilg‘or texnologik yutuqlaridan unumli foydalanish bugungi ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.

    Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Zamonaviy kadrlar oldiga qo‘yilayotgan eng muhim vazifalardan biri - malakali mutaxassislar sifatida o‘zligini, o‘z qobiliyatlari, individualligi, shaxsiy fazilat hamda xislatlarini bilgan tarzda atrofidagilar mehnatini oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida iqtidorli kasb sohibi sifatida faoliyat ko‘rsatishdir. «Geografiya»ning maqsadi geografik qobig’ining tuzilishi, unda moddalarning o’zaro aloqasi va ta’siri, yerning o’ziga xos xususiyatlari hamda gidrosfera va uning tashkil etuvchilari bo’lgan okeanlar, dengizlar, daryolar, ko’llar, yer osti suvlari ularning o`ziga xos xususiyatlarini hamda har tashkil etuvchining atrof tabiiy muhit bilan o’zaro ta‘siri natijasida ro’y beradigan hodisalar qonuniyatlarini talabalarga o’rgatishdan iborat. Fanni o’rganishdan quyidagi asosiy vazifalar kelib chiqadi:

    - geografiya to’grisida talabalarga tushuncha berish

    -geografik muhitning asosiy komponentlaridan biri bo’lgan tabiiy suvlar,okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, yer osti suvlari haqida bilim berish

    - suv zaxiralaridan samarali foydalanish, ularni tejash va sifat jixatidan muhofaza kilish yullari haqida bilim berish.

    - tabiiy va antropogen omillar ta‘sirida ularning o’zgarish qonuniyatlarini o’rganish

    - amalga oshirilishi muljallangan suv xo’jaligi tadbirlarini (melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv zaxiralarini xududlar buyicha qayta taqsimlash) ekologik nuqtai nazaridan asoslashga o’rgatish

    Geografiya Yer to`g’risidagi fanlar turkumiga kiradi.

    Turkum (genus) -1) botanikada filogenetik jihatdan yaqin (qardosh) turlarni birlashtiruvchi asosiy taksonomik kategoriya. Zoologiyadagi urugʻ botanikadagi T. ga toʻgʻri keladi. Mac, doʻlananing (Crataegus) har xil turlari (sariq, qizil va boshqalar) doʻlanalar T.
    Geografiya yunoncha so`z bo’lib «geo» -yer va «grafiya» -yozaman, tasvirlayman yoki fan degan ma‘noni beradi.
    Yunon tili (yunon. Ελληνικά [ɛliniˈka]) - yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda - mil. av. 14- 12-asrlardan mil. 1 -4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. Yunon tili).
    Umumiy qilib aytganda geografiya Yer haqidagi fandir. Geografiya faning vazifasi umuman butun yerdagi geografik qobiqnig qonuniyatlari asosiy xususiyatlarini o’rganishdir. Landshaftlarni o’rganish geografiyaning vazifalaridan biridir. Butun geografik qobiq ham, uning regionlari va landshaftlari ham bilish maqsadidagina emas, balki asosan tabiiy resurslardan amaliy foydalanish maqsadida o’rganiladi. Demak,geografiya atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferaningi xususiyatlarini hamda ularda sodir bo`ladigan xodisa va jarayonlarning boshqa hodisalar bilan o’zaro aloqasini o’rganuvchi fandir.

    Bu geografik qobiq qonuniyatlarini o‘rganuvchi Geografiya fanining o‘rni va roli benihoya kattadir. Yosh avlodni yangicha ta’lim standartlari asosida, jahon talablariga javob beruvchi mutaxassislar qilib tarbiyalash ishi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, risolalar tayyorlashning ham yangicha uslublarini talab etmoqda. Ularni o‘z atrofida ro‘y berayotgan islohotlarga holis baho berish, tabiat resurslaridan oqilona foydalanish, transchegaraviy suv muammolari, Orol dengizi muammolarini sir-asrorlariga befarq bo‘lmaslik, o‘z bilim va imkoniyatlarini o‘stirishning elementar vositalaridan bohabar bo‘lishga yordam beradi.

    Orol dengizi - Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan.
    Chunki o’quvchi (talaba)lar bilim olish jarayonida o‘z qobiliyati, iqtidori, layoqati va tafakkurini suv ilmining o‘ziga xos xususiyatlarini bilib, undan tabiatdan to‘g‘ri foydalanishga yo‘naltira olsa, bu nafaqat shaxsning o‘ziga, balki jamiyat uchun ham katta naf keltiradi. Shunday ekan, hozirgi kunda ” Geografiya” fani sir-asrorlarini har bir Yer ilmi bo‘yicha tahsil oladigan o’quvchi (talaba) uchun zarur bo‘lgan jihatlarini, ya’ni Geografiya boshqa fanlar bilan integrasiyalashuvi, hamkorligi, bog‘liqligini; Geografiyaning zamonaviy yo‘nalishlari, tarmoqlarini tadqiqot qilish usullarini va geografik obektlarni xususiyatlarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida dars uslubiyotini yaratish, bilish, o‘rganish muhimdir.

    O’quvchi (talaba)larga mo‘ljallangan “Geografiya” kursining asosiy maqsadi – geografik qobiq va unda kechadigan jarayonlar qonuniyatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Hozirgi kunda Geografiya keng qamrovli fan bo‘lib, atmosfera, gidrosfera, litosfera va biosferaningi xususiyatlarini hamda ularda sodir bo`ladigan hodisa va jarayonlarning boshqa hodisalar bilan o’zaro aloqasini hamda har bir tashkil etuvchining o‘zaro va atrof tabiiy muhit bilan ta’sirlashuvi natijasida ro‘y beradigan hodisalar qonuniyatlarini o‘rganadi. O’quvchi (talaba)larda Geografiya tushunchalarini shakllantirishdan iboratdir.

    “Geografiya” kursi bo‘yicha o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarning maqsadi – mustaqil fikrlashga o‘rgatish, fikrlashga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish. Amaliy mashg‘ulotlarda o’quvchi (talaba) geografik qobiq haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lishi uchun atmosfera, gidrosfera, litosfera va uning qismlari hamda uning o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganishi lozim. Tabiatda suvning aylanishi, unda kechadigan hodisalar hamda Dunyo suv muvozanatini o‘rganiladi.

    Geografiyadan olingan bilimlarni amaliyotga tadbiq etish soha va yo‘nalishlarini aniq tasavvur qilishga ko‘maklashadi.

    “Geografiya” fani bo‘yicha talabalarning bilimi, o‘quvi va ko‘nikmasiga qo‘yiladigan talablar:

    a) tassavvurga ega bo‘lishlari kerak:



    • fanga tegishli bo‘lgan nazariy va amaliy ma’lumotlarni o‘rganish, aniq tassavvurga ega bo‘lishlari;

    • har bir elementga e’tibor bergan holda, fan sirlarini to‘liq o‘zlashtirib olishlari lozim.

    • Geografiyaning hozirgi sharoitdagi o‘rni va ahamiyatini bilish;

    • Suvdan foydalanishni tashkil etish va boshqarishdagi geografik qonuniyatlar, suvdan oqilona foydalanishni o‘rganish;
      Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.


    b) bilish kerak:

    • o’quvchi (talaba)lar kursni o‘zlashtirish jarayonida fanning mazmuni, maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda, fanning nazariy asoslarini;

    • fanga tegishli bo‘lgan asosiy terminlarning izohini, yangiliklar, qonun–qoidalarni o‘zlashtirishlari zarur;

    • tabiatdan oqilona foydalanishning sir-asrorlarini bilish zarur;

    • o‘z iqtidori va qobiliyatlarini o‘stirish texnologiyalarni o‘zlashtirish;

    • bajarish lozim:

    • o’quvchilar (talaba)lar fanning mazmunidan kelib chiqqan holda har bir mavzuga tegishli bo‘lgan mustaqil ravishda kerakli adabiyotlardan foydalanishlari, ma’ruzalar, referatlar tayyorlashlari;

    • kunlik seminarlarda kerakli ma’lumotlarni yig‘ishlari, noan’anviy usullarni takomillashtirilgan variantlarini ishlab chiqishda ishtirok etishlari.

    • o‘z ustida mustaqil va ijodiy ishlash ko‘nikmalari;

    • o‘zgalar mehnati va ijodiy faoliyatini xolis va obektiv baholash.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati jahon andozalariga mos keladigan kadrlar tayyorlash masalalariga e’tiborni qaratib kelmoqda. Dars jarayonini boshqarish va tashkillashtirishda professor-o‘qituvchining bilimi, tajribasi, ko‘nikmasi, ilmiy-pedagogik salohiyati, mahorati, qobiliyati asosiy omil hisoblanadi. Shunga ko‘ra, jumladan ma’ruzani oddiydan murakkabga qarab rivojlantirib qo‘llaniladigan o‘quv qo‘llanmalar va vositalar tayyorlanadi. O‘quv xonasi dars uchun tayyorlab qo‘yiladi.

    O‘qituvchi ma’ruza qila turib quyidagilarga e’tibor qaratadi:



    • O’quvchilar (talabalar)ni savol-javobga undash orqali guruhda muhokama muhitini yaratadi, ijobiy javoblarni shakllantiradi;

    • vaqtincha erkin fikr almashishga ruxsat beradi;

    • kundalik hayotdan ibratli misollar keltiradi;

    • o’quvchilar (talabalar)ni savol berishga undaydi;

    • ilgari o‘rganilgan hodisa va vaziyatlarni yangilari bilan taqqoslashni amalga oshiradi;

    • fan doirasida turli ma’lumotlarni jonli, qiziqarli bayon qiladi.

    Dars jarayonida o’quvchilar (talaba)ning tanqidiy (tahliliy) fikrini shakllantirishda, uchta bosqichdan foydalaniladi:

    1. Yo‘llanma berish;

    2. Ahamiyatini oshirish;

    3. Fikrlash.

    O’quvchilar (talabalar)ning tanqidiy (taxliliy) fikrini rivojlantirishda interaktiv uslublarning muhim o‘rni bor, bular hamkorlik subektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, noma’lum holatni ochishga, kashf etishga ko‘mak beruvchi nazariy-aqliy mulohazalarda ifodalanadi.

    Darsni boshlash jarayonida o’quvchilar (talabalar)da ko‘tarinki kayfiyat, yuksak ehtiros, ijodiy ruhlanish kuzatilsa dars jarayonining samaradorligi yuqori bo‘ladi. Bunda o‘qituvchining faoliyati aniq reja asosida, oldindan tayyorlangan holda bo‘lishi zarur. Demak, o‘qituvchi tomonidan dars davlat ta’lim standartlari asosida olib boriladi.

    Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ikkinchi bosqichi ta’lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib ularni amalda keng qo‘llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini yaxshilash, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o‘qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.

    O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo‘llanmalardan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot yuritishga, ijodiy fikrlashga o‘rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim ustivorligini ta’minlaydi.








    Download 0,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




    Download 0,58 Mb.