|
Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar
|
bet | 7/79 | Sana | 10.04.2017 | Hajmi | 0,58 Mb. | | #3803 |
Uy vazifasini bajarish uchun tavsiyalar:
Uy vazifasi uchun berilgan topshiriq murakkab topshiriqlardan sanaladi. U bir vaqtning o‘zida barcha BKM elementlarini qamrab oladi, shu sababli uy vazifasining o‘quvchilar tomonidan bajarilishiga o‘qituvchi alohida e’tibor berishi lozim.
O‘quvchilarga uy vazifasini berishda quyidagilarni hisobga oling:
-
Reja asosida ta’rif berish uchun ma’lumotlarni topish oson bo‘lgan daryolarni tanlang. Eng yaxshisi, agar mavjud bo‘lsa o‘zingiz yashaydigan joydagi daryoni tanlash yaxshi samara beradi.
-
O‘quvchilarga topshiriqni bajarish tartibini mukammal tushuntirib bering.
-
O‘quvchilarga uy vazifasini bajarishda zarur bo‘ladigan qo‘shimcha manbalar topishda yordam bering.
Darsni yakunlash:
Darsga yakun yasash, baholarni e’lon qilish.
2.4. “Germaniya” mavzusini ta’lim texnologiyalari asosida o’qitish
(1 soat)
Mavzuning texnologik xaritasi va o‘tkazilish ishlanmasi
Mavzu:
|
III Germaniya
|
Maqsad va vazifalar
|
a). Ta’limiy: O‘quvchilarda Germaniya,uning hududi, geografik o’rni,tabiiy sharoiti haqida tishuncha va tasavvur hosil qilish; ularga Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida O’zbekiston bilan aloqasi haqida, Germaniya aholisining soni,tarkibi, zichligi,shaharlari haqidagi bilimlar bilan tanishtirish.
b). tarbiyaviy: o’quvchilarda baynalminal tarbiya va madaniyatni shakllantirish;
v). rivojlantiruvchi: O‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog‘lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirish, Tabiatga mehr va muhabbat uyg‘otish asosida ekologik tushunchalarni kengaytirish.
|
O‘quv materiali mazmuni
|
O‘quvchilar mavzuning mohiyatini tushinib yetishlari bunda Germaniya ga umum geografik tavsfi ,geografik o‘rni va chegaralari, tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari, aholisi va mehnat resurslari, xо‘jaligi, rivojlanishining asosiy xususiyatlari, xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanish omillari, sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, qishloq xo‘jalik ixtisoslashuvi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari
haqida ma’lumot berish.
|
O‘quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
|
Shakl: interfaol mashg‘ulot: suhbat-ma’ruza, yakka tartibda, kichik guruh, jamoa bo‘lib ishlash.
Metod: “Aqliy hujum”, og‘zaki bayon, “Blis so‘rov” elementi, savol- javob, grafik test.
Vosita: Darslik, mavzu bo‘yicha slaydlar, globus, mavzuga oid jadvallar, Germaniya aks etgan rangli rasmlar, 9-sinf o‘quv atlasi va yozuvsiz xarita, tarqatma materiallar, Dunyoning yarimsharlar xaritasi, Jahonning ijtimoiy – iqtisodiy xaritasi.
Usul: slayd, grafik test.
Nazorat: kuzatish, nazorat savollari, nazorat testlari.
Baholash: rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida.
|
Kutiladigan natijalar
|
O‘qituvchi: Mavzu asosida to‘laqonli ma’lumot berib, o‘quvchilar bilimini oshiradi. Mashg‘ulotda qo‘llanilgan turli metodlar, mustaqil ish bo‘yicha tarqatma materiallar asosida mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarini oshiradi.
O‘quvchi: Mavzu bo‘yicha yangi bilimlar egallanadi. Guruhlar bilan ishlashni o‘rganadilar, eslab qolish, ayta olish, ko‘rsata olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar. Yozuvsiz xaritada Germaniyaning sanoat tarmoqlari va uning elementlarini tasvirlay oladi. Ijtimoiy – iqtisodiy tarmoqlariga reja asosida tavsif yoza oladi.
|
Kelgusi rejalar
|
O‘qituvchi: Yangi pedagogik texnologilarni o‘zlashtiradi va darsda tatbiq etib, takomillashtirishga erishadi. O‘z ustida ishlaydi. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘laydi va solishtiradi.
O‘quvchi: Mavzu yo`zasidan berilgan topshiriq ustida mustaqil isshashni o‘rganadi. O‘z fikrini ravon bayon eta oladi. Yangi mavzuga oid qo‘shimcha materiallar topishga harakat qiladi.
|
Dars bosqichlari.
Bosiqichlar
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Vaqti
|
1-bosqich Tashkiliy qism
|
Salomlashuv. Mashg‘ulotning borishi haqida tushuncha berish.
|
og‘zaki
muloqot
|
3 daqiqa
|
2-bosqich Motivatsiya
|
Nazorat bosqchi “BLIS” so‘rov orqali sinf o‘quvchilarini to‘liq nazorat qilishdan iboratdir. “BLIS” so‘rov o‘tkazishda uning “ha-yo‘q”elementidan foydalanish yaxshi samara beradi.
| “BLITS” so‘rov topshiriqlari
Shakli: “ha-yo‘q”
|
8 daqiqa
|
3-bosqich Mavzu va topshiriqlar bayoni
|
O‘qituvchining “Germaniya” mavzusi mazmuni to‘g‘risidagi suhbat-ma’ruzasi (slaydlar hamda savollar asosida) – jamoaviy ish va guruhlardagi mustaqil ish
Asosiy bosqich:
a) “Aqliy hujum” metodi yordamida o‘quvchilarning Germaniya haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.
b) yangi mavzu bayoni - Germaniya ko‘rgazmali usulda muammoli bayon etish o‘quvchi bilimlarini to‘ldirish.
|
og‘zaki bayon, tushuntirish,
savol-javob
|
20 daqiqa
|
4-bosqich Mustahkamlash
|
Grafik usulda test topshirig‘i. Germaniyadagi sanoat korxonalari jadvali va diagrammasini tahlil qilish.
|
Grafik usulida test topshirig‘i.
|
12 daqiqa
|
5-bosqich
Dars yakuni va mustaqil ish uchun topshiriq
| |
|
| |