• “BLIS” so‘rov topshiriqlari
  • Uy vazifasini bajarish uchun




    Download 0,58 Mb.
    bet8/79
    Sana10.04.2017
    Hajmi0,58 Mb.
    #3803
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79

    Uy vazifasini bajarish uchun

    tavsiyalar







    2 daqiqa


    Mashg‘ulotning borishi

    Atama va tushunchalar: 1. Germaniyaga umum geografik tavsfi,

    2.Geografik o‘rni va chegaralari

    3. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari

    4. Aholisi va mehnat resurslari

    5. Xо‘jaligi, rivojlanishining asosiy xususiyatlari xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanish omillari, sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, qishloq xo‘jalik ixtisoslashuvi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari

    6. Iqtisodiy rayonlari

    Geografik obektlar: Berlin, Frankfurt-Mayn, Shtutfart, Gamburg, Myunxen, Dyusseldorf, Kyoln, Duyusburg, Braunshvays, Gannover, Bremen, Magdeburg, Trir, Nyurnberg, Mangeym

    O‘quvchilar egallash lozim bo‘lgan BKM elementlari

    Bilimlar:

    Germaniya2.

    Berlin - Olmoniya poytaxti. Federal maʼmuriy birlik - Yerga tenglashtirilgan. Shpre daryosi Xafeldaryosiga quyiladigan yerda. Shim. va Boltik dengizlariga chiqiladigan kanal lar boʻyida. Maydoni qariyb 890 km.
    Geografik o‘rni va chegaralari haqida bilish;

    3. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida bilish;

    4. Aholisi va mehnat resurslari haqida bilish;

    5. Xо‘jaligi, rivojlanishining asosiy xususiyatlari xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanish omillari, sanoat tarmoqlarining rivojlanishi, qishloq xo‘jalik ixtisoslashuvi, transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari haqida bilish;

    6. Iqtisodiy rayonlari haqida bilish;



    • Germaniya va O’zbekiston aloqalari haqida bilish;

    • Transport tarmoqlari t turlarini bilish;

    Ko‘nikma va malakalar:

    1. Germaniyaning geografik o‘rni va chegaralarini aniqlay olish;



    • Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari haqida bilib olishi;

    • Aholisi va mehnat resurslari haqida ayta olishi;

    • Iqtisodiy rayonlarini xaritada ko‘rsata olishi;

    • Yozuvsiz xaritada transport tarmoqlari yonalishlarini tasvirlay olishi;

    • O’zbekiston va Germaniyaga reja asosida qiyosiy tavsif yoza olishi.

    Tashkiliy qism.

    Dars avvalida salomlashib, o‘quvchilar davomati aniqlanadi. O‘quvchilar bugungi kun ob-havosi va atrof-muhitdagi tabiiy o‘zgarishlarga hamda mamlakatimizdagi yuz berayotgan iqtisodiy rivojlanishga sharh beradilar. O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi nazorat qilinadi.



    Guruhlash. O‘quvchilar qatorlar orqali uch guruhga bo‘linadi: "Toshkent", "Berlin", "Qarshi" guruhlari.

    BLIS” so‘rov orqali oldingi darsda o‘tilgan mavzu yuzasidan sinf o‘quvchilarning bilimini tekshirish.

    BLIS” so‘rov topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlari:


    • Qisqa vaqtda nazoratni amalga oshirish

    • Barcha o‘quvchilarni qamrab olish

    • Nazorat materiallari tuzishning soddaligi

    • Natijalarni tekshirib chiqish qisqa vaqtni talab etishi

    • Vaqtning qat’iy belgilanganligi nazorat natijalarini realligini ta’minlaydi

    BLIS” so‘rov topshiriqlari:


    Shakli: “ha-yo‘q”.

    1. Yevropada IES larining asosiy qismi dengiz portlari va katta shaharlarda barpo etilgan.?

    2. Elektr energetika tizimida AES lar Fransiya, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya davlatlari ajralib turadi. Ularning hududlarida 80 dan ortiq AES joylashgan.

    1. Yevropada sanoat tarmoqlari ichida mashinasozlikdan keyin ikkinchi o'rinda kimyo sanoati turadi.

    2. Wolkswagen”, “Mercedes-Benz” korxonalari GFRdami,?

    3. Mashinasozlik Yevropaning yetakchi sanoat tarmog'i hisoblanadi

    4. Yevropada jahonning yetakchi bank-moliya markazi London joylashgan

    5. Turizm mamlakat iqtisodiyotiga katta foyda keltiradi

    8. Dunyoda mavjud 10 ta eng boy mamlakatning 7-si, 100 ta eng yirik TMK ning 32-si, 20 ta eng salmoqli bankning 11 -si ham Yevropada joylashgan- mi?

    9. Hozirgi vaqtda tug'ilishning nisbatan yuqori ko'rsatkichlari Bolgariya, Xorvatiya, Latviya, Litva, Ukraina, Ruminiya, Estoniya, Moldova, Vengriyada-mi?

    10. Irlandiya, Luksemburg, Malta, Islandiya va Makedoniya mamlakatlariga o'rtacha tug'ilish darajasi xosdir.

    So‘rovni o‘tkazish tartibi:

    1.Har bir o‘quvchi ucchun individual nazorat topshiriqlari beriladi.

    2. “BLIS” so‘rov topshiriqlari uchun javob varaqasi:



    Topshiriqni bajarish tartibi:


    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10






























    O‘zingiz to‘g‘ri deb hisoblagan to‘g‘ri javoblarni X belgisi bilan, noto‘gri deb hisoblagan javoblarringizni O belgisi bilan belgilang.

    3. O‘quvchi quyidagi shaklda javoblarni belgilaydi:

    1

    2

    3

    4

    5

    6

    7

    8

    9

    10

    X

    X

    X

    X

    X

    O

    O

    O

    O

    O

    4.Nazorat uchun belgilangan vaqt tugagach o‘qituvchi o‘quvchilarning javob varaqalarini tekshirib chiqadi va baholaydi.

    Baholash mezonlari:


    • 9-10 ta to‘g‘ri javob uchun “5” ball

    • 7-8 ta to‘g‘ri javob uchun “4” ball

    • 5-6 ta to‘g‘ri javob uchun “3” ball

    Yangi mavzu bayonidan oldin “Aqliy hujum metodi yordamida o‘quvchilarning Yevropa mamlakatlari transporti haqidagi bilimlari aniqlab olinadi.

    Aqliy hujum” metodi


    • Bevosita jamoa bo‘lib “fikrlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin qadar katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ilish, talaba (yoki o‘quvchi)larni ayni bir xil fikrlashdan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir.

    AQLIY HUJUM” metodi- biror muammo bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir

    «AQLIY HUJUM» metodining to`zilmasi

    • Muammoli savol beriladi

    • Fikr va g‘oyalar bildiriladi va jamlab boriladi

    • Fikr va g‘oyalar guruhlanadi

    • Aniq va to‘g‘ri javoblar tanlab olinadi

    1.Germaniya-parlamentar respublika (ha).

    2. Germaniya ochiq dengizga chiqa oladimi? (ha).

    3. Germaniya 17 federal yerlardan (yo’q).

    4. Shimolda tekislik, janubga tomon ko‘tarilib boradi. (ha).

    5. Mamlakatning shimolida Shimoliy German pasttekisligi joylashgan (ha).

    6. Markazida Bavariya yassi tog‘ligi va Alp (eng baland nuqtasi 2962 metr) tog‘lari joylashgan (yo’q).

    7. Shimoliy German pasttekisligida temir rudasi, polimetall bor (yo’q).

    8. Toshko‘mirning asosiy havzalari: Rur, Saar va Axen bo‘lib, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida 1–o‘rinda turadi (ha).

    9. Germaniyaning maydoni-357 ming km2 (ha).

    10. Germaniyani shimoldan Boltiq va Shimoliy dengiz suvlari o'rab turmaydi (yoq).


    Yangi mavzuning bayoni

    Reja:

    GFR davlatiga umum geografik tavsif

    1.1. Geografik o‘rni va chegaralari

    1.2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari

    1.3. Aholisi va mehnat resurslari



    GFR davlatlatini xо‘jaligi, rivojlanishining asosiy xususiyatlari

    2.1. Xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanish omillari

    2.2. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi

    2.3. Qishloq xo‘jalik ixtisoslashuvi

    2.4. Transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari

    .

    Germaniya rivojlangan mamlakatlar ichida AQSH va Yaponiyadan keyin 3-o’rinda turadi. Tashqi savdo aylanmasi bo’yicha AQSH dan keyinda turadi. Ko’rgazmali usulda bayon qilinadi. 2.3. “Germaniya” mavzusini ta’lim texnologiyalari asosida o’rganishga doir



    Germaniya Federativ Respublikasi Markaziy Yevropada joylashgan industrial mamlakat. U rivojlanganlik darajasi bо‘yicha nafaqat Yevropa, balki Jahonda ham о‘z о‘rniga egadir. Iqtisodiy geografik о‘rnining qulayligi rivojlanishining asosiy sababidir. Germaniya-parlamentar respublika. Siyosiy-ma’muriy tuzilishi federatsiya shaklida bо‘lib, 16 federal yerlardan iborat. Yerlar okruglarda, tumanlarga va jamoalarga bо‘linadi.

    Qishloq xо‘jaligini intensiv industriallashtirish XX asrning 50-60 yillarida amalga oshirildi va iqtisodiyotning kapital talab tarmog‘iga aylandi. GFRning haddan tashqari “О‘ta sanoatlashgan”iga qaramay keyingi yillarda YIM tarkibida moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va bandlar hissasining qisqarishi va xizmat kо‘rsatish sohalari ulushining kо‘payib borishi xosdir. GFR transport tizimining rivojlanganligi va transport turi jihatdan dunyoda oldingi о‘rinlardan birida turadi.

    Relyefi jihatidan xilma–xil bo‘lib, shimolda tekislik, janubga tomon ko‘tarilib boradi. Mamlakatning shimolida Shimoliy German past tekisligi, mamlakat markazida O‘rta German tog‘lari (Shvab Albi, Frankon Albi, Reyn Slanetsli tog‘lari) janubda Bavariya yassi tog‘ligi va Alp (eng baland nuqtasi 2962 metr) tog‘lari joylashgan. Foydali qazilmalardan o‘rtacha balandlikdagi tog‘larda temir rudasi, polimetall, Shimoliy German pasttekisligida neft va tabiiy gaz (34 mlrd m3 ortiq) bor. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirga (1–o‘rinda turadi) boy. Toshko‘mirning asosiy havzalari: Rur, Saar va Axen bo‘lib, 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanuvchi ko'mirdir.

    GERMANIYA (GFR)

    Maydoni-357 ming km2

    Aholisi- 82,2 mln. kishi (2008 yil, iyul)

    PoytaxtiBerlin (aholisi–3,5 mln kishi.

    Iyul (lot. mensis Julius) - Grigoriy taqvimida yilning yettinchi oyi. 31 kundan iborat. Shu oyda tugʻilgan Yuliy Sezar sharafiga nomlangan.


    Iqtisodiy - siyosiy geografik o'rni. Germaniya Markaziy Yevropada joylashgan. Mamlakat quruqlik orqali Niderlandiya, Belgiya, Lyuksemburg, Fransiya, Shveysariya, Avstriya, Chexiya, Polsha va Daniya bilan chegaradosh. Germaniyaning siyosiy va iqtisodiy ijtimoiy rivojlanishida uning siyosiy va iqtisodiy geografik o'rni muhim rol o'ynaydi.

    Mamlakatning Yevropa markazida joylashgan o'rni va iqtisodiy rivojlangan davlatlar orasida kenglik va meridional yo'nalishda transyevropa magistral yo'lining kesib o'tganligi katta qulayliklarni yaratadi. Germaniyaning dengiz bo'yi o'rni va qo'shni davlatlar yirik shahar portlariga yaqinligi (Rotterdam, Antperven va boshqalar) uning katta imkoniyatlaridan biridir.

    Germaniyani shimoldan Boltiq va Shimoliy dengiz suvlari o'rab turadi. Ushbu dengizlarda uning Niderlandiya, Belgiya, Fransiyaning yirik portlaridan keyinda turuvchi Gamburg, Bremen, Vilgelmsxafen, Rostok kabi portlari joylashgan.

    Germaniyaning bugungi chegaralari 1990 yil oktabr oyida ikki davlat–GFR va GDR qo‘shilishidan vujudga keldi. Yuridik jihatdan GDR yerlari va Berlin shahri GFR tarkibiga kirganligi rasmiylashtirilgan. Natijada, GFR hududi GDR qo‘shilishidan so‘ng 43% ga va aholisi 27% ko‘paydi.

    Germaniya parlamentar respublika. Siyosiy – ma’muriy tuzilishi federatsiya shaklida bo‘lib, 16 federal yerlardan: Baden–Vyurtemberg, Bavariya, Berlin, Brandenburg, Bremen, Gamburg, Gessen, Meklenburg–Old Pomeraniya, Quyi Saksoniya, Reynland–Pfals, Shimoliy Reyn–Vestrfaliya, Saar, Saksoniya, Angalt, Tyuringiya va Shlezvig–Golshteyndan iborat. Yerlar okruglarga, tumanlarga va jamaolarga bo‘linadi.

    Amaldagi Konstitusiyaga ko‘ra federativ respublika. Davlat boshlig‘i – federal prezident. Ijro etuvchi hukumatni federal kansler boshqaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat parlament amalga oshiradi.

    Qonun chiqaruvchi hokimiyat - hokimiyat boʻlinishi prinsipi va nazariyasiga muvofiq davlatning uch hokimiyat tarmogʻidan biri. Qonun chiqaruvchi hokimiyath. Konstitutsiya va qonunlarni qabul qilish, ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, zarur hollarda ularni belgilangan tartibda bekor qilish vakolatlariga ega boʻladi.
    U ikki palata: bundestagva bundestratdan iborat. Har bir yerning o‘z konstitusiyasi, parlamenti va hukumati mavjud.



    Tabiiy sharoiti va resurslari. Relefi jihatidan xilma–xil bo‘lib, shimolda tekislik, janubga tomon ko‘tarilib boradi. Mamlakatning shimolida Shimoliy German pasttekisligi, mamlakat markazida O‘rta German tog‘lari (Shvab Albi, Frankon Albi, Reyn Slanetsli tog‘lari) janubda Bavariya yassi tog‘ligi va Alp (eng baland nuqtasi 2962 metr) tog‘lari joylashgan.

    Foydali qazilmalardan o‘rtacha balandlikdagi tog‘larda temir rudasi, polimetall, Shimoliy German pasttekisligida neft va tabiiy gaz (34 mlrd m3 ortiq) bor. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari o‘rtasida toshko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mirga (1–o‘rinda turadi) boy. Toshko‘mirning asosiy havzalari: Rur, Saar va Axen bo‘lib, 2/3 qismi yuqori sifatli kokslanuvchi ko'mirdir.

    Mamlakatda rudali foydali qazilmalar o'rtacha balandlikdagi tog'larda, neft va tabiiy gaz esa Shimoliy Germaniya pasttekisligida topilgan. Germaniya G'arbiy Yevropa mamlakatlar orasida toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir zahiralari bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Toshko'mirning asosiy konlari Rur, Saar va Axensk hovzalarida joylashgan.

    Mamlakatda topilgan qo'ng'ir ko'mir zaxiralarining katta qismi (80 mlrd.t.). Sharqiy Germaniyaning (Lauzis va O'rtagerman havzasi)da, G'arbiy Germaniyada esa Kyolndan g'arbdagi (Qo'yirreyn) havzalarida joylashgan. Qo'ng'ir ko'mir ochiq usulda qazib olinadi. Tabiiy gaz konlari esa (340 mlrd m3) mamlakatning shimolida joylashgan. Germaniya temir ruda zahiralariga ham ega, lekin uning sifati past. Shimoliy Germaniya pasttekisligida tosh tuzining katta zahiralari topilgan. Shuningdek oyna sanoati va qurilish materiallari ishlab chiqarishi uchun xom-ashyo resurslarining katta zaxiralarga ega.

    Germaniya iqlim sharoiti aholi yashashi va xo'jalik yuritishi uchun qulaydir. Mamlakat mu'tadil zonada joylashgan. Qishning sovuqligi dengiz qirg'oqlaridan uzoqlashgan sari oshib boradi, lekin kuchli sovuq kunlar kamdan-kam bo'lib turadi. Yuqori Reyn va uning irmoqlari vodiylarida (Mozel, Nae, Mayn) issiqsevar o'simliklar yetishtiriladi.

    Irmoq - katta daryoga quyiladigan daryo, soy, jilgʻa. Odatda, I. oʻzi quyiladigan daryodan kamsuv, shuningdek, vodiysi boshqa tomonga yoʻnalgan boʻladi. Koʻl va b. ichki suv havzalariga quy-iladigan daryolar ham baʼzan I.
    Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir.
    (uzum va mevalar).

    Mamlakatdagi eng yirik daryolarga Reyn, Elba, Vezer, Ems (Shimoliy va Boltiq dengizi hovzasi) va Dunay (Qora dengiz havzasi) kabi daryolar kiradi.



    Aholisi. Ikkala german davlatining birlashuvidan keyin mamlakat aholisi soni ancha o'sdi ya'ni 80 mln kishiga yetdi. Mamlakat aholisi tabiiy ko'payishda o'limning tug'ilishga nisbatan yuqoriligi bilan xarakterlanadi. (Ayniqsa sharqiy yerlarda) Aholining o'rtacha zichligi har 1 km2 ga 200 kishidan ortadi. Bugungi kunda tabiiy o‘sish koeffitsiyenti –0,2%, tug‘ilish koeffitsiyenti 8/1000 va o‘lim koeffitsiyenti 10/1000 bo‘lib, millatning qarshi tendensiyasi xosdir. O‘rtacha umr ko‘rish 79 yosh va ayollarda 82 yosh). Aholining o‘rtacha zichligi bir km2 ga 230 kishidan to‘g‘ri keladi.

    XX asr 60-yillardan boshlab Germaniyadan iqtisodiy yuksalish natijasida ishchi kuchiga ehtiyoj kuchaydi va mamlakatga chet el ishchilari-“gastrabayterlar” taklif qilinishi oqibatida aholi soni tez o‘sdi. Germaniyadagi yuqori ish haqi, shinam va qulay hayot mehnat sharoiti tufayli Italiya, Sobiq Yugoslaviya Respublikalari, Gretsiya, Turkiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan, 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshlarida esa sobiq SSSRdan (Ukraina, Rossiya, Boltiqbo‘yi davlatlari va boshqa), Polsha, Ruminiyadan immigrantlar ko‘plab kela boshladi va ularning soni 7 mln, kishidan ortib, mamlakat aholisining 8% dar ortig‘ini tashkil qiladi.

    Germaniyada davlat tili-nemis tili hisoblanadi. Mamlakatning asosiy dini-xristian dini hisoblanadi. Mamlakatda taxminan 58 mln kishi e'tiqod qiluvchilardan 30 mln kishi protestantlar, qolgan 28 mlni kishi katoliklar sanaladi. Bundan tashqari mamlakatda islom diniga e'tiqod qiluvchilar ham bor.

    Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi - sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922-91 yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSR ni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936 yildan ittifokdosh respublikalar - Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston CCP)J, keyinchalik - 1925 y. Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929 y. Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936 y. Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940 y. Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.
    Islom (arab. - boʻysunish, itoat etish, oʻzini Alloh irodasiga topshirish) - jahonda keng tarqalgan uch dindan ( buddizm va xristianlik bilan bir qatorda) biri. Islom diniga eʼtiqod qiluvchilar arabcha "muslim" ("sadoqatli"; koʻpligi "muslimun") deb ataladi.

    Germaniya aholisining umumiy soni immigrant oqimlar hisobiga o'smoqda. (Turkiyadan, sobiq Yugoslaviya respublika laridan, Italiya, Portugaliya va boshqa mamlakatlardan). Mamlakatning birlashuviga qadar uning g'arbiy yerlarida 5 mln atrofida, sharqiy qismida esa-0,2 mln chet ellik immigrantlar bo'lgan. Hozirgi vaqtda ularning soni 7 mln kishiga yetadi.

    Mamlakat aholisining 87 foizi shaharlarda yashaydi. Ko'pgina shaharlar aglomerasiyalar yadrosini hosil qilgan, 500 mingdan ortiq yashaydigan shaharlar: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Essen, Dyusseldorf, Frankfurt, Dortmund, Shtutgart, Gannover, Bremen, Duysburg, Lepsig, shuningdek, Drezden, Nyurenberg, Vuppertal, Kil va boshqa. Yirik, ko‘p yadroli shahar aglomeratsiyalari: Berlin (3,5 mlndan ortiq), Reyn-Rur, Reyn-Mayn, Shtutgart, Galle-Leypsig, Drezden shaharlari asosan Reyn daryosi va dengiz bo‘yicha joylashgan. Shaharlar qadimiy bo‘lib, miloddan oldin Rim kolonizatsiyasi davrida va o‘rta asrlarda dastlabki universitet shaharlari (Xaydelberg, Frayburg, keyinroq Morburg, Myunstr) shakllangan.

    Davlat tuzumi. Germaniyaning hozirgi chegaralari 1990 yilning oktabrida ikkala GFR va GDR davlatlarining birlashuv yo'li bilan tashkil topdi. Natijada birlashuv jarayonidan keyin GFR hududi 47 foizga ko'paydi. Aholisi esa 27 foizga o'sdi.

    GFR parlament respublika.

    Davlat boshlig'i-prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni aholi to'rt yil muddatga saylaydigan bundestak yer hukumatlari a'zolaridan tayinlanadigan bundestrt (yer palatasi) amalga oshiradi. Ijro etuvchi hokimiyat federal kansler boshliq hukumatga tegishli.

    Mamlakatda to'rtta yirik siyosiy partiya mavjud. Bularga: Xristian, Demokratik Ittifoq, Xristian Sosial Ittifoq, Erkin Demokratik Partiya va Germaniya Sosial-Demokratik Partiyasi faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari Germaniyada Yashillar va kommunistik partiyalar ham faoliyat yuritadi.



    Xo'jaligi. GFR dunyo iqtisodiyotining “lokomotivi” sifatida iqtisodiy rivojlanish sur’atlari va ko‘lami, salohiyati, jahon ishlab chiqarishidagi hissasi, xalqaro bozor va xalqaro mehnat taqsimotiga tortilgan ko‘rsatkichlari jihatidan yuqori darajada rivojlangan “yettilik” mamlakatlari qatoriga kiradi. YAIM39 va sanoat ishlab chiqarishi hajmi jihatidan dunyoda 4-o‘rinda (AQSH, Yaponiya, Xitoydan so‘ng) va tashqi savdo aylanmasi jihatidan 2-o‘rinda turadi.
    Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR - Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri.
    Dunyo eksportining 10%i to‘g‘ri keladi. Eng yirik kapital eksporti va importi mamlakatidir. Germaniya 1957 yilda tuzilgan Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati (bugungi Yevropa Ittifoqi)tuzilishi tashabbuskori sifatida Yevropa kontinentida xalqaro iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish uchun intilmoqda. Ayni vaqtda 2008 yildan boshlangan moliyaviy inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli zarba berdi.

    XX asr oxirgi yilligida sharqiy yerlarning qo‘shib olinishi oqibatida sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi orqaga ketdi. Sotsial muammolar (jumladan, ishsizlik) ko‘paydi. Chunki, 40 yil davomida bo‘lingan holda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish (xo‘jalik tarkibi va hududiy tabaqalanish va xo‘jalik rivojlanish darajasidagi farqlar kuchaydi. Jumladan, 1994 yil sharqiy yerlarga 20% mamlakat aholisi to‘g‘ri kelgani holda, sanoat mahsulotlari ishlab chiqishining 4% ini berdi, xolos.

    Sanoat tarkibida ishlov beruvchi sanoat hissasi juda yuqori (qazib beruvchi sanoat hissasi G‘arbiy yerlarda 2%, Sharqiy yerlarda 9%). Qazib beruvchi sanoatda temir rudasi, mis, uran qazib chiqarish, hatto ko‘mir qazib chiqarish amalda to‘xtab, nisbatan arzon xomashyo importi kuchaygan.

    Germaniya iqtisodiyotida ilmtalab tarmoqlar roli tobora ortib bormoqda. GFR stanoklar, ishlab chiqarish jihozlari, avtomobillar va organik sintez kimyosi mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Yirik sanoat kompaniyalari: “Daimler Benz”, “Volkswaswn”, “Siemens”, “Hoechst”, “Bayer” va boshqa transmilliy korporatsiyalardir. GFR milliy iqtisodiyotining sifat ko‘rsatkichlari-mehnat unumdorligi va ishlab chiqarishning kapital bilan ta’minlanganlik darajasi, ilmtalab tarmoqlar hissasining doimiy ortib borishi va boshqa jihatlarga ko‘ra dunyo xo‘jaligida yetakchi o‘rinlardan birida turadi.



    GFR dunyodagi yetarli darajada foydali qazilmalar, qulay agroiqlimiy xususiyatlarga ega bo‘lmasa-da, milliy iqtisodiyotning rivojlanishida “nemis mo‘jizasi”ga erishgan mamlakat. Bunday iqtisodiy mo‘jizaga erishishda iqtisodiy o‘sishning qator omillari: ilmiy-texnika progressi yutuqlaridan samarali foydalanish, “inson kapitalining” yuqori malakaviy sifati va oqilona ichki iqtisodiy siyosat muhim rol o‘ynaydi:

    • Germaniya XIX asrdan boshlangan ilmiy va texnik bilimlarga asoslangan jahon andozalaridagi kimyo, optik fizika, metallurgiya, mashinasozlik va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot an’analariga egadir;

    • Ilmiy-tadqiqotlardagi yutuq va marralar tufayli Germaniya kompaniyalari raqobatda ustunlik qilishiga, sanoat firmalari YEI va boshqa Yeropa mamlakatlarini birgalikda olganda ham ko‘p patent va litsenziyalarga egaligi (ammo Amerika va Yaponiya firmalaridan orqada);

    • YAIMda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga harajatlar (3% atrofida) ko‘lami jihatdan dunyodagi beshlikka kirishi (Yaponiya singari urushdan keyingi yillarda o‘zida ilmiy-tadqiqotlarga ko‘p mablag‘ sarflamay, xorij bozorlaridan texnologiyalarning katta qismi sotib olingan), keyingi yillikda davlavt fundamental tadqiqotlar, YEI doirasida davlatlararo ilmiy-tadqiqot, kichik biznesda ilmiy-tadqiqot, kichik biznesda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga sarflanadigan mablag‘larning katta qismini o‘z zimmasiga oldi va mamlakat ichki salohiyatini kuchaytirmoqda. Bu esa xalqaro bozorda nemis tovarlarining yuqori raqobatbardoshligini ta’minlamoqda;

    • GFR uchun yuqori intellektual “inson kapital” xos bo‘lib, bu aholining ma’lumot darajasi, kasbiy-malakaviy tarkibi, ijtimoiy tarkibi, salomatlik juda tez o‘zlashtirishi va o‘ta ijrochilik mahorati bilan ajralib turishi;

    • ITI sharoitida mehnatning intelluktuallashuvi va ishchi-xodimlarning mutaxassisligi, ma’lumotiga bo‘lgan talabning kuchayishi (yuqori malakali ishchilar hissasi dunyo bo‘yicha yuqori bo‘lib, 50% ni tashkil qiladi), o‘rta va oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash, kasbiy ta’limga e’tiborning ortib borishi;

    • Germaniya urushdan keyingi neoliberalizm konsepsiyasi “sotsial bozor xo‘jaligi” fashistik totalitar iqtisodiyotning muqobil sifatida shakllandi. Bu konsepsiya iqtisodiyot vaziri, so‘ngra federal kansler L.Erxard tomonidan amalga oshirildi. Bu konsepsiya asosida “Freyburg maktabi” olimlari-V.Oyken va V.Repkening “ordoliberalizm”, qaysiki erkin bozor iqtisodiyoti tarafdorlari va A.Myuller-Armak va boshqalarning “sotsial bozor iqtisodiyoti” ta’limotlari yotadi va bu ta’limotlarning mamlakat ichki iqtisodiy siyosatiga asos qilib olinishi;

    • Ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik, erkin raqobat va erkin narxlar asosida ishlab chiqarish resurslarida oqilona foydalanish negizida aholi ehtiyojlarini to‘laroq qondirish;

    • Davlatning iqtisodiyotdagi faol roli, qaysiki fuqarolarning iqtisodiy erkinligini ta’minlash, pul muomalasini tashkillash va ma’sulligini olish, iqtisodiy inqirozlarga qarshi kurashish, sotsial adolatni, raqobat uchun teng sharoitni ta’minlash va iqtisodiyotdagi monopolizmga yo‘l qo‘ymaslik tamoyillaridir.
      Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.


    XX asrning 50-yillari oxirida GFRdan yuqori turmush tarzi ta’minlandi. 80-yillardan boshlab iqtisodiy o‘sishning intensiv yo‘llari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda GFR iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xos postidustrial jamiyatdir (informatsion jamiyat). Ayni vaqtda Germaniya tarixiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq boshqa mamlakatlardan farq qiluvchi xususiyatlarga ega:

    • Mamlakatning intustriallashuvi va keyinroq (boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan, ya’ni 1871 yil, Germaniya birlashgandan so‘ng boshlandi va XX asr boshlarida asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Angliyadan o‘tib ketdi (ayniqsa, kimyo va elektrotexnika sohasida).
      Ángliya (ingl. England) - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-gʻarbini egallagan.
      Germaniya iqtisodiyoti uchun “o‘ta industrlashuv” xos bo‘lib, milliy iqtisodiyotda sanoatning hissasi 39% atrofida.

    • Ikkinchi jahon urushidan keyin GFR ikkita bo‘lingan holda sanoatda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Ishlov beruvchi sanoatda-kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, elektro-texnika, avtomobilsozlik, aniq mexanika va optika, aholiga keng iste’mol tovarlari ishlab chiqarish, xalqaro bozor va xalqaro mehnat taqsimoti jarayonlariga moslashdi.

    • Investitsiya yo‘nalishlari o‘zgardi va 80% kapital qo‘yilmalar modernizatsiyalash va jihozlarni yangilashga, 20%i quvvatlarni kengaytirishga qaratildi.

    • Germaniya tovarlari yuqori raqobatbardoshliligining asosi mahsulotlarning doimiy yangilanishidir. Natijada, yetakchi sanoat konsernlarining ilmiy-tadqiqotlar asosidagi doimiy yangi mahsulotlari (tibbiyot texnikasi, dori-darmon va boshqa) xalqaro bozorda asosiy o‘rin egallasa, an’anaviy eksport tarmoqlari ham bir qator texnik yutuqlar ta’sirida yetakchilikka ega bo‘lmoqdaki, bu tashqi iqtisodiy aloqalarda ustunlikka ega bo‘lmoqdaki, bu tashqi iqtisodiy aloqalarda ustunlikka olib kelmoqda.

    Germaniya iqtisodiyoti ko‘p ukladli bo‘lib, Germaniyadagi “sotsial bozor xo‘jaligi” sog’lom raqobat, tadbirkorlik erkinliklariva xo’jalik faoliyati kafolatiga asoslanadi. Bu tamoil asosiy qonunda (GFR Konstitusiyasi) belgilab qoyilgan. Raqobatni qullab- quvvatlash antimanapol qonunchilik, kichik va o’rta tadbirkorlikni (kichik beznes) qo’llab quvvatlash orqali amalga oshiriladi.

    Kichik biznes (10 kishidan 500 kishigacha) barcha firmalarining 99,8% ini tashkil qiladi. Bunga 2/3 qismi shogirdlar o‘rni to‘g‘ri keladi. Kichik biznesga YAIM 46%, sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning 50%, yalpi investitsiyaning 44%, tovarlar eksportining 40% to‘g‘ri keladi. xizmat ko‘rsatish sohalarida 35% kichik firmalar faoliyat ko‘rsatadi. Davlat tomonidan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning (hatto innovatsion sohalarda ham) butun boshli tizimi yaratilgan.

    Ayni vaqtda GFR iqtisodiyoti uchun yirik ishlab chiqarish va sertarmoq konsernlarning uyg‘unlashuvi xosdir. Yirik firma va konsernlar ko‘p bo‘lmasa-da, Germaniya iqtisodiyoti siymosi sifatida xo‘jalikning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligi kafolatidir. Germaniya iqtisodiyotida ishlab chiqarish konsentariyasi va kapital markazlashuvining yuqori darajasi xos bo‘lib, zamonaviy tarmoqlar, bank, moliya-kredit institutlari, sug‘urta kompaniyalari ichki bozorda yetakchi o‘rin tutishidan tashqari xalqaro ko‘lamda ham mustahkam pozitsiyaga ega.

    Hozirgi Germaniya dunyoda eng rivojlangan mamlakatlardan biridir. Mamlakat sanoat ishlab chiqarishi va yalpi ichki mahsulot hajmi bo'yicha faqat AQSH, Yaponiya va Xitoydan keyinda turadi.

    Yalpi ichki mahsulot - umumiy qabul qilinish qisqartirilishi hamda makroekonomik koʻrsatkich, bu bevosita har bir yilning oxirgi mollar va xizmatlar aks ettiruvchi bozor qiymatidir (yaʼni bevosita isteʼmol uchun moʻljallangan) davlatlar iqtisodiyot hududining hamma sohalarida isteʼmol qilish uchun yil davomida ishlab chiqarilgan hisoboti, milliy jihozlar ishlab chiqarish omillari ishlatilgan qatʼiy eksportning jamgʻarmalari hisoblanadi. Birinchi marta 1934-yilda Saymon Kuznets tomonidan bu tushuncha ilk bor taklif etilgan edi. YaIM mavjud va belgilangan davlatlar ishlab chiqarishning izchilligini yillik hisobot sifatida dunyo iqtisodchilari qismlarga boʻlishadi(angl. nominal and real GDP). YaIM ushbu yildagi narhlarning oʻsishini joriy narxlarga(nisbat berilmasdan) asoslanib dunyo bozorlarida belgilaydi . YaIM (inqirozni toʻgʻri baholashligi bilan) narxlardagi oʻsish hususiyatini oldingisi yoki har qanday boshqasini yillik zahira taqsimotiga muhrlaydi. Har doim YaIMga amaldagi mavjud mahsulotlar hisobga olinadi va qanday darajada mamlakatlarda ishlab chiqarishning oʻsishi mavjudligi bilan narxlarni YaIM darajasi yordamida aniqlanadi. YaIM yonida iqtisodiyot oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli sotilgan ishchi kuchini band etish barobarida qaytaradi. YaIM imkoniyati - bu YaIM bilan toʻlaqonli bandlik va iqtisodiyot imkoniyatini boshqa sohalardagi tadqiqotlar bilan oʻzaro va bevosita bogʻliqlik ahamiyatini oshiradi. YaIM mamlakatlar orasida zarurat chogʻida birja nuqtalarida har qanday milliy valyutada kursga hisoblanishi yoki horijiy valyutalar yordamida qiymatlashtiriladi. Bularni shunday qiymatlarga baholash uchun jahon bozorida Paritet Haridorlik qobiliyati (PHQ) (xalqaro qiyoslashni aniqligi yoki ortiqligini bilish uchun)taqdim etilgan. Bugun " Bozor qiymati " deb nomlanuvchi maʼlum miqdorda hisoblash yoki barqaror kattalikdagi mahsulotlar erkin jahon bozorida amal qila oladi.
    Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo'yicha dunyoda ikkinchi o'rinda turadi.

    Germaniya sanoati Yevropa va jahon bozorida yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida muhim rol o'ynaydi.

    Hozirgi Germaniya xo'jaligining tarmoq va hududiy tarkibi rivojlanishida GFR va GDR davlatlarining qirq yillik bo'linishi salbiy ta'sir ko'rsatdi. Mamlakat birlashuvidan keyin Sharqiy yerlarda xo'jalikni rivojlantirish muammolari sezilarli kuchaydi, sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish pasayishi ro'y berdi. Shuningdek ijtimoiy muammolar vujudga keldi. (shu jumladan ishsizlik). GFRda xo'jalikni rivojlantirish darajasiga ko'ra hududiy nomutanosibliklar kuchaydi. Shunday qilib 1994 yilda Germaniya aholisi 20 foiz aholisi yashovchi sharqiy yerlarda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish bor yo'g'i 4 foizni tashkil etdi.



    Sanoati. Mamlakat sanoat tarmoqlar tarkibida qayta ishlash sanoati hissasi juda yuqori. (Qazib chiqarish sanoati xissasi g'arbiy yerlarda 2 foiz, sharqiy yerlarda esa 9 foizni tashkil etadi). Germaniyada bir qancha qazib chiqarish (temir ruda, mis rudasi, uran rudasi) tarmoqlari o'z faoliyatini amalda to'xtatgan. So'nggi yillarda import asosida olib kelinadigan arzon xom-ashyo istemolning o'sish hisobiga ko'mir sanoatida toshko'mir qazib chiqarish keskin qisqarmoqda.

    Hozirgi vaqtda mamlakatda fan-talab tarmoqlar hissasi oshib bormoqda. Germaniya stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlari avtomobillar, organik ximiya mahsulotlari eksport qilish bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. GFR dagi barcha yirik sanoat kompaniyalari transmilliy korporasiyalar hisoblanadi. (Daimler-Benz, Volkswagen, Siemens, Hoechst, Bayer).

    Energetika sanoati o'zining yoqilg'iga bo'lgan ehtiyojining yarmidan ortig'ini import hisobiga ta'minlaydi. Germaniya yoqilg'i-energetika balansida neft va tabiiy gaz muhim rol o'ynaydi. Ko'mir hissasi esa 30 foizni tashkil etadi. Neft mamlakatga neft quvurlari va tankerlar orqali Shimoliy dengiz, Rossiyadan, Afrika mamlakatlari (Nigeriya, Liviya) va Fors qo'ltig'i mamlakatlaridan tashib keltiriladi. Neftni qayta ishlash zavodlari mamlakat bo'ylab bir tekis joylashgan bo'lib, uning Gamburg, Kyoln, Karlsrue, Ingolshtadt, Shvedt kabi yirik markazlari ishlab turibdi.

    Gaz sanoati Niderlandiyadan, Shimoliy dengizdagi Norvegiyaga qarashli konlardan, Rossiyadan va mahalliy konlardan qazib olinadigan tabiiy gazlarga tayanadi. 1950 yillarga kelib mamlakatda toshko'mir qazib chiqarish 152 mln tonnaga yetkazilgan edi. O'sha davrlarda toshko'mir sanoati energetik sanoatining asosini tashkil etgan edi. So'nggi yillarda ushbu sanoatda toshko'mir qazib olish qisqarib bormoqda. Natijada Germaniya eng ko'p ko'mirni eksport qiluvchi mamlakatlardan eng ko'p ko'mirni import qiluvchi mamlakatga aylandi. (Jahon bozorida ko'mir Germaniya ko'miriga nisbatan 3-4 marta arzon). 1994 yilda mamlakatda ko'mir qazib chiqarish 57,6 mln tonnagacha kamaydi. Germaniyaga ko'mirning katta qismi AQShdan, Polsha, JAR va hatto Avstraliyadan tashib keltiriladi. G'arbiy Germaniya birlashuviga qadar qo'ng'ir ko'mir qazib chiqarish bo'yicha G'arbiy Yevropada birinchi, Sharqiy Germaniyada esa dunyoda oldingi o'rinlarni egallagan. (Hozirgi vaqtda 250 mln tonnadan ortiq ko'mir qazib chiqarilmoqda).

    GFRda asosan elektroenergiya issiqlik elektrstansiyalarda ishlab chiqariladi. Mamlakatda issiqlik elektrstansiyalar Rur va Saar havzalari va port shaharlarida ko'mirga tayanib, ishlamoqda shimolda esa tabiiy gazga, neftni qayta ishlash markazlarida esa mazutga tayanib ishlaydi. AESlarda esa elektroenergiyaning 30 foizi ishlab chiqarilmoqda. GESlar asosan mamlakatning janubida qurilgan. (tog' daryolarida).

    Qora metallurgiya sanoati-Germaniyaning eng muhim ixtisoslashgan tarmog'idir.

    Mamlakat cho'yan, po'lat quyish va prokat ishlab chiqarish bo'yicha G'arbiy Yevropada yetakchi o'rinda va dunyoda beshinchi o'rinda turadi. Quyiladigan po'latning deyarli hammasi kislorod-konvertor va elektrpo'lat quyish usuli orqali ishlab chiqariladi. Asosiy metallurgiya zavodlari Rur va Quyi Reynda joylashgan. Saar rayoni, Quyi Saksoniya va Bremenda to'liq siklda ishlovchi zavodlar ishlab turibdi.

    Rangli metallurgiya- asosan import va ikkilamchi xomashyo asosida ishlaydi. Rangli metallurgiya korxonalarining joylashuvida energiya resurslari bilan yetarli ta'minlanganligi va xom-ashyoni tashib keltirishning qulayligi bosh omil hisoblanadi.

    Germaniya alyuminiy quyish bo'yicha G'arbiy Yevropada faqat Norvegiyadan keyinda turadi. Asosiy korxonalar Shimoliy Reyn-Vestfaliy. (Essen, Norf, Fyorde), shuningdek Gamburg va Bavariya (Tyoging) yerlari hududlarda joylashgan.

    Mashinasozligi va metallni qayta ishlash sanoati- Germaniyadagi eng rivojlangan sanoat tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat mashinasozlik sanoatiga jami sanoat mahsulotlari va eksportning yarmiga yaqini to'g'ri keladi. Shu bilan birga jami mashinasozlik mahsuloti eksport hajmida 40 foizni tashkil etadi. Mamlakatda mashinasozlikning Myunxen, Nyurnberg, Erlangen bilan Mangeym, Berlin, Leypsig, Gamburg kabi yirik markazlari shakllangan. Mamlakat federal yerlar orasida Baden-Vyurtenberg va Shimoliy Reyn-Vestfaliyada umumiy mashinasozlik ishlab chiqarishi rivojlangan. Elektrotexnika tarmoqlarining rivojlanishida Bavariya yetakchilik qiladi. Shuningdek mamlakatda mashinasozlikning Myunxen (Siemens konserni), Berlin, Shtutgard, Kyoln, Gamburg, Frankfurt-Mayn kabi yirik markazlari ishlab turibdi. Germaniya avtomobil ishlab chiqarish bo'yicha jahonda Yaponiya va AQShdan keyinda turadi. Avtomobillarni «Folksvagen», «Mersedes Bens», «BMV», «Ford Verke», «Opel» firmalari ishlab chiqaradi. Mamlakatda mashinasozlikning Volfsburg, Shtutggart, Kyoln, Ryusselsxaym, Myunxen kabi yirik markazlari shakllangan.

    Mamlakatda dengiz kemasozligining asosiy markazlari Kil, Gamburg, Bremen, Emden, Rostok daryo kemasozligining markazi Duysburg hisoblanadi.

    Germaniyada optika-mexanika sanoati korxonalari Boden-Vyurtemberg va Tyuringiya yerlarida joylashgan. Aerokosmik sanoatning yirik markazlari-Myunxen, Augsburg, Gamburg va Bremenda joylashgan.



    Ximiya sanoati. Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeri Germaniya ximiya sanoatining bosh rayoni hisoblanadi. (jami ximiya sanoati mahsulotining 40 foizi to'g'ri keladi). Mamlakatda ximiya sanoatining Leverkuzen (Vauer konserni), Kyoln, Dormagen, Frankfurt-Mayn (Hoechst konserni), Lyudvigsxafen (BASF) kabi yirik markazlari shakllangan. Sharqiy yerlarda esa (Germaniya birlashuvidan keyin) ximiya sanoati chuqur iqtisodiy krizis holatiga tushib qoldi.

    Qishloq xo'jaligi. XX asrning 50-yillaridan GFR qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi industrial asoslarga kо‘chdi. Qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi industrial asoslarga kо‘chdi. Qishloq xо‘jaligida ITI yutuqlari keng kо‘lamda, ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi, intensiv usullar negizida agrosanoat majmuasi, 70-yillardan boshlab agrobiznes jadal rivojlana boshladi. Qishloq xо‘jaligining YAIMdagi hissasi juda oz (taxminan 1,1%), ammo aholi harajatlari tarkibida muayyan о‘ringa ega, aholi joy boshiga о‘rtacha oziq-ovqat ta’minoti yuqoridir (sut, gо‘sht, tuxum va boshqa). Qishloq xо‘jaligida band aholi sonining keskin qisqarishiga qaramay (1950 yil jami band aholining 20% i qishloq xо‘jaligida band bо‘lgan bо‘lsa, bugungi kunda 3,2% i band bо‘ldi), ishlab chiqarishning barqaror rivojlanishi aholining oziq-ovqatga bо‘lgan ehtiyojini 90% ta’minlashga erishildi.

    Qishloq xо‘jaligini intensiv industrlashtirish XX asrning 50 - 60 – yillarida amalga oshirildi va iqtisodiyotning kapital talab tarmog‘iga aylandi. Mexanizatsiyalashuv darajasi jihatidan iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar о‘rtasida birinchi о‘rinda turadi. 80-yillardan boshlab intensiv omillar ta’sirining yanada kuchayishi va iqtisodiyotda texnik resurslarni tejash yо‘nalishiga о‘tildi:



    • traktor va don о‘rish kombaynlari quvvatining ortishi tufayli fermerlar tomonidan bunday texnikalarni sotib olish kamaydi;

    • universel agregatlardan foydalanish kо‘paydi. Qishloq xо‘jaligi mashinalari mikroprotsesslar bilan jihozlandi;

    • mineral о‘g‘itlar, о‘sish stimulyatorlari, о‘simliklarni himoya qilish vositalaridan foydalanishning ortishi tabiiy sharoitlarga bog‘liq bо‘lmagan holda yuqori hosil olish imkonini beradi. Fermer xо‘jaliklarida tobora yuqori samarali vositalardan foydalanish asosida asosida 1 ga yerga “yukni” ozaytirish hisobiga tabiat va insonga kamroq zarar yetkazishga harakat qilish jarayoni boshlandi;

    • chorvachilik va ziroatchilik tarmoqlarida о‘simliklarni himoya qilishda biologik usullardan-organik о‘g‘itlardan va gen muhandisligi yutuqlaridan foydalanish kuchaydi;

    • bu jarayonlar qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishining yuqori samarali bо‘lishidan tashqari, atrof-muhitga texnogen ta’sirini ham kamaytirdi;

    • GFR qishloq xо‘jaligi uchun ishlab chiqarish va kapital konsentratsiyasi, avvalo:

    • fermer xо‘jaliklar umumiy sonining (mayda xо‘jaliklar hisobiga) qisqarishi;

    • о‘rtacha fermer xо‘jaliklarining yiriklashuvi;

    • fermer xо‘jaliklarini tashkil qilishda zarur kapital minimal hajmining ortishi bilan harakterlanadi.

    Unga qaramay, fermer xо‘jaliklarining daromad olish darajasi Buyuk Britaniya, Benilyuks mamlakatlari va Fransiyadan orqada. Qishloq xо‘jaligidagi konsentratsiya va vertikal integratsiya negizida ishlab chiqarish va noagrar sohalarning qо‘shilishi nisbatida agrosanoat majmuasi-qishloq xо‘jaligi uchun ishlab chiqarish vositalari ta’minoti, transport, qishloq xо‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, savdo, umumiy ovqatlanish, kredit institutlari, sug‘urta va qishloq xо‘jaligini tartiblash organlarining bir doirada uyg‘unlashuvi asosida rivojlanmoqda.

    GFR qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishida chorvachilik yetakchi soha (60% qishloq xо‘jaligi mahsulotlari qiymati tо‘g‘ri keladi) bо‘lib, dehqonchilik, chorvachilik manfaatlari (yem-hashak yetishtirish) asosida rivojlangan. Chorvachilikda yirik shoxli hayvonlar va chо‘chqachilik ustuvor tarmoq. Chorvachilik deyarli mamlakatning barcha federal yerlarida rivojlangan bо‘lsada, hududlar bо‘yicha bir xil emas. Sut chorvachiligi Reyn va Nekkara vodiylarida, Shimoli-G‘arb, Bavariyaning tog‘li yaylovlarida, chо‘chqachilik shimoliy rayonlar, Quyi Saksoniya janubida, qо‘ychilik janubiy tog‘li rayonlarda rivojlangan.

    Ekin maydonlari GFR hududining 35% ini tashkil qiladi. Donli ekinlar g‘arbiy yerlarda haydaladigan yerlarning 3/5 qismidan kо‘prog‘ini, sharqiy yerlarda esa ½ qismini tashkil qiladi. Asosan donli ekinlardan bug‘doy, roj, arpa, tariq yetishtiriladi. Texnika ekinlaridan qand-lavlagi, yem-xashak ekinlari, ildiz mevalar kо‘p ekiladi. Ayrim arpa sortlari pivo sanoati uchun maxsus ekiladi. Bavariyada xmel yetishtiriladi (pivo uchun). Kо‘plab kartoshka va sabzavot yetishtiriladi. Reyn vodiysi va uning irmoqlarida uzumchilik-bog‘dorchilik va tamakichilik rivojlangan. Chorvachilik uchun yem (AQShdan) import qilinadi. Oziq-ovqat uchun don bilan о‘zini tо‘la ta’minlaydi.

    GFR hududining 1/3 qismi о‘rmonlar bilan qoplangan (10,7 mln ga). Har yili 30-40 mln m3 yog‘och tayyorlanadi va ichki ehtiyojlarning 2/3 qismini qoplaydi. Ayni vaqtda yog‘och eksport qiluvchi mamlakat hamdir. Shimoliy va Boltiq dengizlari, Grenlandiya oroli atrofidan baliq ovlanadi.

    Grenlandiya - Shim. Muz okeani va Atlantika okeani oraligʻidagi orol, Shim. Amerikaning shim.-sharqida. G.- dunyodagi eng katta orol. Mayd. 2166,1 ming km2. Daniyaga karashli. Aholisi 56 ming kishi (1998), shu jumladan 44,4 ming kishi grenlandiyalik inuitlar (90% aholi jan.-gʻarbiy sohilda yashaydi)

    Germaniya qishloq xo'jaligida o'z hududining 50 foizidan foydalanadi. Biroq ushbu tarmoqning mamlakat yalpi ichki mahsulotlar hissasida faqat 1 foizni tashkil etadi. (mahsulot qiymati bo'yicha)mamlakat qishloq xo'jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotning 60 foizini chorvachilik sohasi beradi. Mamlakat chorvachiligining yetakchi sohalari yirik qoramolchilik va cho'chqachilik sohalari hisoblanadi.

    Germaniyada ekin maydonlar mamlakat maydonining 35 foizini tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi ekin maydonlariga nisbatan yem-xashak ekin maydonlar katta maydonlarni egallaydi. Shunga qaramay mamlakatda yem-xashak ekinlar katta miqdorda chetdan import qilinadi.

    Donli ekinlar mamlakat g'arbiy yerlarida haydaladigan yerlarning qismini, sharqda esa qismini egallaydi.

    Qishloq xo'jaligida bug'doy asosiy oziq-ovqat ekini hisoblanadi, lekin Germaniya javdar, suli, arpa yetishtirishda Yevropada alohida ajralib turadi.

    Pivo ishlab chiqarish uchun arpaning bir qancha sortlari yetishtiriladi. Germaniya o'zini donli oziq-ovqat ekinlari bilan to'la ta'minlaydi.

    Bovariyada katta maydonlarda xmel yetishtiriladi. Bundan tashqari mamlakatda kartoshkachilik va qand lavlagi yetishtirish muhim o'rin tutadi. Reyn daryosi va uning irmoqlari bo'ylab (mamlakatning g'arbiy rayonlarida) uzumchilik va bog'dorchilik yo'lga qo'yilgan.

    Transport tarmoqlari. Germaniya transporti yo'llarining zichligi bo'yicha dunyoda oldingi o'rinlardan birini egallaydi. Mamlakatning asosiy transport turini temir yo'llar tashkil etadi. Temir yo'llarning umumiy uzunligi 44 ming km atrofida bo'lib, shundan jami temir yo'llarning qismi elektrlashtirilgan.

    Jami tashiladigan yuk aylanmasida avtomobil transportining hissasi 60 foizni, temir yo'l transportiga 20 foiz, daryo transportiga 15 foiz to'g'ri keladi. Yo'lovchi tashish aylanmasida esa avtomobil transportining hissasi yanada yuqori ya'ni 90 foizni tashkil etadi.

    Germaniyada ichki suv yo'llarining uzunligi 7 ming km atrofida. Mamlakatning Reyn daryosidagi xalqaro magistral suv yo'lida ko'plab yirik portlar joylashgan bo'lib, unda yillik yuk aylanmasi 50 mln tonna bo'lgan dunyodagi eng yirik daryo porti-Duysburg joylashgan.

    Germaniya kemalarda konteynerlarda yuk tashish tonnaji bo'yicha dunyoda AQSH, Panama va Tayvandan so'ng 4-chi o'rinda turadi. Germaniya dengiz portlari yuk aylanmasi hajmiga ko'ra Yevropa mamlakatlarining yirik portlaridan keyinda turadi. Mamlakatda Gamburg, Vilgelmsxafen, shuningdek Bremen, Emden, Rostok kabi yirik portlar ishlab turibdi.



    Havo transporti dengiz transporti kabi mamlakat tashqi aloqalarida muhim rol o'ynaydi. Barcha savdo yarmarka markazlari mamlakat aeroportlarida joylashgan.

    Germaniyada jami 16 ta xalqaro aeraportlar bo'lib, shu bilan birgalikda Frankfurt aeroporti yuk aylanmasi bo'yicha Yevropada birinchi, yo'lovchi tashish hajmi bo'yicha uchinchi o'rinni egallaydi.



    Ichki tafovutlari va iqtisodiy rayonlari. Germaniyaning 40 bо‘lingan holda ikki ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy yо‘nalishda rivojlanishi oqibatida, sobiq GDR ijtimoiy-iqtisodiy va hududiy-xо‘jalik tarkibi, aholining turmush darajasi jihatidan GFR dan bir necha barobar orqada qolgan edi. Bugungi kunda Germaniyani iqtisodiy-geografik holati, tarixiy-iqtisodiy va bozor munosabatlarining rivojlanish xususiyatlari hamda hududlarning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga kо‘ra ikkita yirik makroiqtisodiy rayonga – G‘arbiy va Sharqiy Germaniyaga bо‘lish mumkin.

    G‘arbiy Germaniya makroiqtisodiy rayoni tarkibida Baden-Vyurtemberg yeri, Bavariya Respublikasi, Brem va Gamburg shaharlari, Gessen, Quyi Saksoniya, shimoliy Reyn-Vestfaliya, Reynland-Pfals, Saar, Saksoniya-Angalt, Shlezvig-Golshteyn yerlari kiradi. Hududi 248 ming km2 bо‘lib, 65,7 mln aholi yashaydi. Iqtisodiy jihatdan g‘oyat rivojlangan va urbanizatsiyalashgan mintaqa. Sanoatda metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, kimyo, elektronika sohalari yetakchi rol о‘ynaydi. G‘arbiy maroiqtisodiy rayon bugungi Germaniyaning asosiy industrial yadrosi sifatida yuksak malakali ishchilar tо‘planganligi hamda urbanizatsiyalashganligi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarish konsentratsiyasi va kapital markazlashuvi jihatdan G‘arbiy Yevropadagina emas, balki dunyo mintaqalari о‘rtasida ham yetakchi mavqega ega.

    Makroiqtisodiy rayonda qora va rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, elektrotexnika va elektronika, kimyo, neft-kimyo, yengil (tо‘qimachilik va tikuvchilik) va oziq-ovqat sanoati, intensiv sut-gо‘sht chorvachiligi va dehqonchilik rivojlangan.



    Sharqiy Germaniya makroiqtisodiy rayoni tarkibida Brandenburg, Bremen, Maklenburg-old Pomeraniya, Saksoniya Respublikasi va Tyurengiya Respublikasi kiradi. Hududi 109,0 ming km2, aholisi 16,5 mln kishi (sobiq GDR hududi). Iqtisodiy rivojlanish darajasi jihatidan G‘arbiy Germaniya yerlaridan bir necha barobar orqada qolgan bо‘lib, 1979 yil mehnat unumdorligi kо‘rsatkichlari g‘arb andozalariga nisbatan 46%ni, 1989 yil esa 30-40% ni tashkil qilgan. Aholining turmush darajasi va malakaviy mahoratni nisbatan past, iqtisodiy tarkibi raqobatbardosh emas. Sharqiy Germaniya bilan G‘arbiy Germaniya о‘rtasida 1990 yil 1 iyulda ijtimoiy-iqtisodiy va valyuta ittifoqi hamda 30 noyabrda davlatlarni birlashtirish tо‘g‘risida shartnoma imzolangandan sо‘ng GFR Konstitusiyasi va sotsial bozor xо‘jaligi tamoyillarini Sharqiy Germaniya hududiga tadbiq qilish boshlandi. Natijada, GFRda samarali faoliyat kо‘rsatayotgan siyosiy va iqtisodiy sistema, institusional tarkib, huquqiy asos va qonuniy normalar Sharqiy Germaniyada ham amal qila boshladi. Dunyodagi barqaror valyutalardan biri nemis markasi, bank va moliya tizimi, iqtisodiyotni erkinlashtirish, xususiylashtirishni amalga oshirish, makroiqtisodiy-moliyaviy barqarorlashuv oqibatida 1994 yildan boshlab xо‘jalikda ijobiy tarkibiy о‘zgarishlar yuz berdi. Keng kо‘lamdagi moliyaviy (1991-1998 yillarda Sharqiy Germaniya hududiga 1,4 trln nemis markasi kiritilda) va boshqa iqtisodiy yordamga qaramay, iqtisodiy, ayniqsa sotsial muammolar yuzaga keldi. Bu kо‘plab korxonalarning g‘arbiy ishlab chiqaruvchilar raqobatiga dosh bera olmasligi va ishsizlikning о‘sishi bilan bog‘liq bо‘ldi. Sharqiy Germaniya iqtisodiyotidagi transformatsiya jarayonlari kо‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganligiga qaramay, rivojlanib bormoqda.

    GFRni tarixiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganlik darajasi, ichki bozor va xalqaro xо‘jalik tizimiga tortilganlik bо‘yicha 5 ta: Shimoliy, G‘arbiy, Janubi-G‘arbiy, Sharqiy va Janubiy iqtisodiy rayonlarga ajratish mumkin.



    Shimoliy iqtisodiy rayon tarkibida Meklenburg – Old Pomeraniya, Shlezvig-Golshteyn, Quyi Saksoniya yerlari, Gamburg va Bremen yer-shaharlari kiradi. Iqtisodiy rayon dengizbо‘yi holati va tashqi savdo aloqalariga xizmat qilish bilan ajralib turadi. Sertarmoq sanoat ishlab chiqarishiga, ega, ayniqsa, kemasozlik, avtomobilsozlik, kimyo, neft-kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Iqtisodiy rayonda Gamburg (2,0 mln dan ortiq aholi) yirik sanoat va madaniyat markazi, xalqaro port, temir yо‘l, avtomobil va havo yо‘llari tugunidir. Shuningdek, Bremen, Emden, Rostok, Shverin, Kil, Lyubek, Volfsburg, Gannover, Braunshveyg, Zalsigitter shaharlari metallurgiya, mashinasozlik (avtombilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik), neftni qayta ishlash, kimyo va neft-kimyo, oziq-ovqat sanoati rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Sut chorvachiligi va chо‘chqachilik yetakchi tarmoq, dehqonchilikda roj, tariq, kartoshka, bug‘doy, qand – lavlagi va boshqa qishloq xо‘jaligi ekinlari yetishtiriladi.

    G‘arbiy (Shimoliy Reyn-Vestfaliya yeri) rayon. Iqtisodiy rayon GFRning iqtisodiy rivojlangan indusrial hududidir. Rur industrial о‘lkasi mamlakatning iqtisodiy rivojlangan yadrosi bо‘lib, dunyo mamlakatlarining birortasida bunday yuqori darajada sanoat rivojlangan hudud yо‘q. О‘nlab shahar aglomeratsiyalari bir-biri bilan qо‘shilib ketgan, urbanizatsiyalashish kо‘rsatkichi g‘oyat yuqoridir (95% dan ortiq). Har bir km2 hududga 6 mingdan ortiq aholi tо‘g‘ri keladi. Yirik shaharlari: Dessen (og‘ir industriya, mashinasozlik, kimyo), Duysburg (kо‘mir qazib chiqarish, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika va elektronika, kimyo sanoati, transport tuguni va port-shahar), Dyusseldorf (mashinasozlik, metallurgiya, elektrotexnika va elektronika, yengil va oziq-ovqat tarmoqlari), Vupertal (mashinasozlik, kimyo, neftni qayta ishlash va neft-kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati) Bonn shahri (40 yildan ortiq GFR poytaxti bо‘lgan;
    Poytaxt - davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy mar-kazi. P., odatda, markaziy (umummilliy) xukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Odatda, P. aloxdsa boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil maʼmuriy birlikka ajratiladi.
    AQShning Vashington shahriga о‘xshash maxsus poytaxt sifatida barpo qilingan).

    Janubiy–G‘arbiy iqtisodiy rayon tarkibida Baden-Vyurtemberg, Reyland-Pfals, Gessen va Saar yerlari kiradi. Tabiiy sharoiti sanoat va qishloq xо‘jaligini rivojlantirish uchun juda qulay. XX asrning 50-yillaridan boshlab sanoatning yangi va о‘ta yangi tarmoqlari; mashinasozlik (avtomobilsozlik), elektrotexnika va elektronika, kimyo va neftni qayta ishlash an’anaviy tarmoqlar; toshkо‘mir qazib chiqarish, qora metallurgiya, aniq mexanika va optika, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Frankfurt, Shtutgart, Mangeym, Karlsrue shaharlari yirik sanoat markazlaridir.

    Qishloq xо‘jaligida uzumchilik, bog‘dorchilik, sabzavotchilik, tamakichilik rivojlangan bо‘lib, mamlakatning boshqa sanoat rayonlarini ushbu mahsulotlar bilan ta’minlaydi.



    Sharqiy iqtisodiy rayon tarkibida Berlin, Brandenburg, Saksoniya Respublikasi va Tyurgeniya Respublikasi yerlari kiradi. Iqtisodiy rayon ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga kо‘ra boshqa iqtisodiy rayonlardan ancha orqada. Shuning uchun 90-yillardan boshlab sharqiy iqtisodiy rayon xо‘jaligini rivojlantirish yuzasidan federal hukumat tomonidan bir qator iqtisodiy, ijtimoiy va moliyaviy dasturlar, yangi raqobatbardosh ishlab chiqarish tizimlari va xizmatlarni, yuqori ishlab chiqarish munosabatlarini shakllantirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

    Iqtisodiy rayondagi Berlin-mamlakat poytaxti, yirik sanoat, madaniyat, moliya markazi va transport tuguni. Mashinasozlik, metallni qayta ishlash, elektrotexnika va elektronika, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanib bormoqda. Iqtisodiy rayon xо‘jalik tarkibi jiddiy о‘zgarmoqda. Zamonaviy ishlab chiqarish tizimlari va xizmatlar yuzasiga kelmoqda. Potsdam, Brandenburg, Shvedt, Magdeburg, Galle, Drezden, Erfurt, Gera, Yena, Veymar va boshqa shaharlar nafaqat sanoat markazlari, balki nemis adabiyoti, san’ati va yodgorliklari shaharlari hamdir. Qishloq xо‘jaligida donli ekinlar (bug‘doy), qand – lavlagi, kartoshka-sabzavot-bog‘dorchilik, sut-gо‘sht chorvachiligi va chо‘chqachilik yetakchi о‘rin tutadi.



    Janubiy iqtisodiy rayon tarkibiga Bavariya Respublikasi kiradi. Industrial ishlab chiqarish tarkibida umumiy va transport mashinasozligi (avtomobillar), 50-yillardan boshlab elektrotexnika va elektronika, samolyotsozlik va motorsozlik, harbiy sanoat, atom sanoati, kosmik-raketa sanoati, harbiy kimyo, neftni qayta ishlash, yengil va oziq-ovqat (pivo), о‘yinchoqlar, forfor-fayans va boshqa о‘ta zamonaviy sanoat tarmoqlari rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Yirik markazlar-Myunxen, Nyurberg va Augsburgda asosiy sanoat korxonalari tо‘plangan.

    Sut chorvachiligi, chо‘chqachilik, tekislik va daryo vodiylarida bug‘doy, arpa, kartoshka, qand-lavlagi, sabzavotchilik, tamakichilik, xmel yetishtirish va uzumchilik rivojlangan.



    Tashqi iqtisodiy aloqalari. Germaniya tashqi savdo umumiy hajmi bo'yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o'rinda turadi. (1994) yilda 767,7 mlrd dollarni tashkil etdi). GFR tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlangan mamlakatlar bilan birinchi navbatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan olib boradi. Ularga tashqi savdo aylanmasining 50 foizi va chetga chiqariladigan kapitalning asosiy qismi to'g'ri keladi. Yevropaning ko'pgina mamlakatlari uchun Germaniya bosh savdo sherik hisoblanadi. Elektronika sanoatida «Simens» avtomobilsozligida esa-Daymler-Bens kompaniyalarini misol keltirish mumkin.

    GFRda tashqi iqtisodiy aloqalarga alohida ahamiyat qaratiladi. Asosiy tashqi savdo sheriklari YEI mamlakatlari, AQSH va Yaponiyadir. Shuningdek, nemis firmalari Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Lotin Amerikasi, Janubiy Amerika mamlakatlari, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Rossiya, Ukraina, Boliqbo‘yi mamlakatlari iqtisodiy hayotida o‘z faoliyatini kengaytirmoqda.

    Lotin amerikasi (ispancha America Latina) - Shim. Amerikaning jan. qismida, Rio-Bravodel - Norte daryosidan jan.da (Markaziy Amerika va Vest-Indiya bilan birga) va Janubiy Amerika joylashgan mamlakatlarning umumiy nomi.
    Shimoliy Amerika - Yerning gʻarbiy yarimsharida joylashgan qitʼa. Janubiy amerika - Gʻarbiy yarim sharqning jan. qismidagi materik, Amerika qitʼasining jan. yarmi. Sharqdan Atlantika okeani, gʻarbdan Tinch okean oʻrab turadi.
    Tashqi savdo aylanmasining 55%i YEI mamlakatlariga, shuningdek, AQShga 8-9%, Yaponiyaga 3-4%, rivojlanayotgan mamlakatlarga 12% to‘g‘ri keladi.

    Tashqi savdo GFR iqtisodiyotining barqaror rivojlanib borayotgan sohasi, iqtisodiy o‘sish stimulyatori sifatida YAIMda hissasi (12%) yuqori bo‘lishiga olib keladi. Chunonchi, keyingi yillarda YAIM eksport va importning (xizmatlar bilan) hissasi mos ravishda 26,6 va 24,9%ni (joriy narxlar) tashkil qildi. Germaniya tashqi savdo balansi ijobiy saldoga egadir.

    GFRning tashqi savdo tovar tarkibida tayyor sanoat mahsulotlari hissasi (tovar aylanmasi qiymatining 90?n ortig‘i) yuqori. Germaniya eksportining tovar tarkibi XX asrning 60-yillarida shakllangan bo‘lib, hozirga qadar barqaror rivojlanib kelmoqda. Eksportda investitsion sanoat torvarlari, mashina va jihozlar (56%), sanoat xom ashyolari va yarim fabrikalar (22,4% dan ortiq), keng sanoat iste’mol tovarlari, importda tayyor sanoat mahsulotlari (70%) va yarim fabrikatar (10%), xomashyo (5%), ya’ni avtomobillar, ko‘tarma transport vositalari, elektrotexnika jihozlari, neft, tabiiy gaz, ko‘mir, rangli metallar, propan, mineral xom ashyo, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak asosiy o‘rin tutadi.

    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.

    GFR yoqilg‘i resurslariga bo‘lgan ehtiyojining (neftning – 98%, tabiiy gazning – 80%, toshko‘mirning – 20% va qo‘ng‘ir ko‘mirning -2%) katta qismini va ayni vaqtda yuqori texnologik tovarlarni import hisobiga qondiradi. Germaniya dunyodagi eng yirik kapital eksport qiluvchi mamlakat. Germaniya kompaniya va firmalari kapital eksport qilish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (IHRT) reytingida uchinchi o‘rinda turadi va sobiq SSSR hududidagi postsotsialistik davlatlar bozorlarini intensiv o‘zlashtirmoqda. Qo‘shma korxonalar va nemis firmalarining “qiz” korxonalari-filiallari barpo etilmoqda. Ayniqsa, Chexiya, Vengriya, Rossiya bilan aloqalar intensiv rivojlanib bormoqda.

    Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yildan boshlandi. 1993 yil Berlin shahrida O‘zbekiston elchixonasi ochildi. 1993 yildan Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida texnik va madaniy sohalar bo‘yicha hamkorlik dasturlari amalga oshirilmoqda. 2006 yil O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida tashqi savdo aylanmasi 324,0 mln AQSH dollarga yetdi.

    Germaniya O‘zbekistonda paxta tolasi, mis va undan yasalgan buyumlar, rangli metallar oladi, turli xizmatlardan foydalanadi. O‘z navbatida Germaniya O‘zbekistonga asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari (baliq konservalari, qand-shakar, un), kimyo sanoati mahsulotlari, qora metall, transport va aloqa vositalari, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari va boshqalarni) eksport qiladi hamda turli xizmatlar ko‘rsatadi.

    Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.

    Germaniyaning 40 dan ortiq firma va kompaniyalari (“Daymler Bens”, Simens”, “Lyufganza”, “BASF”, “Salamander”, “Alkatel”, “Tissen” va boshqa) ishtirokida “Landtexnik-Toshkent”, “Chirkom”, “Grasso”, “Tosh-Virt”, “Intermed Ekasan”, “O‘zsalaman”, “O‘z-Vinkler” kabi o‘nlab qo‘shma korxonalar barpo etildi.

    Germaniya–O‘zbekiston o‘rtasida ilmiy-texnik hamkorlik yuqori texnologiyalar, oziq-ovqat, yo‘l texnikasi, biotexnika, aloqa, tibbiyot va farmatsevtika, qog‘oz ishlab chiqarish, elektrotexnika va elektronika, ekologik sof ishlab chiqarish kabi sohalarda kengayib bormoqda.

    Mamlakat organik ximiya mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlari eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'rin uchun kuchli raqobat olib bormoqda. Germaniya avtomobillar va kemalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 3-chi o'rinni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda Germaniya mikroelektronika va kompyuterlar, aerokosmik texnikalar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha AQSH va Yaponiyadan keyinda turadi.

    Mamlakat import tarkibida tayyor mahsulotlar hissasi yuqori, biroq xom-ashyo va yoqilg'i hissasi ham ancha yuqori. Hozirgi Germaniya uchun Rossiya neft va tabiiy gaz yetkazib beruvchi asosiy mamlakatdir, Germaniya esa Rossiya uchun mashina va jihozlar, temir yo'l vagonlari, ximikatlar va oziq-ovqat mollari yetkazib beradi.

    Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

    1.Germaniyaning qanday foydali qazilmalari bor?

    2. Germaniyada ishlab chiqariladigan mashhur avtomobillar markalarini ayting?

    3.Siz yashaydigan joy bilan Germaniya joylashgan hududning qanday oxshashligi va farqi bor?

    4. Germaniyaga chegaradosh mamlakatlarni nomini ayting?

    5.Germaniya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar qachon boshlandi? (1992 yildan)

    6. Berlin shahrida O‘zbekiston elchixonasi qachon ochildi? (1993 yil)

    7. Germaniya O‘zbekistondan nima oladi? (paxta tolasi, mis va undan yasalgan buyumlar, rangli metallar oladi, turli xizmatlardan foydalanadi)

    8. Germaniya O‘zbekistonni nima bilan ta’minlaydi? (asbob-uskunalar, oziq-ovqat mahsulotlari (baliq konservalari, qand-shakar, un), kimyo sanoati mahsulotlari, qora metall, transport va aloqa vositalari, tibbiyot va farmatsevtika mahsulotlari va boshqalar)

    9. Germaniya bilan O‘zbekiston qo‘shma korxonalarini ayting? (“Landtexnik-Toshkent”, “Chirkom”, “Grasso”, “Tosh-Virt”, “Intermed Ekasan”, “O‘zsalaman”, “O‘z-Vinkler” kabi)

    10. Germaniyaning eksport bo’yicha dunyoda tutgan o’rnining ayting? Mamlakat organik ximiya mahsulotlarni eksport qilish bo'yicha dunyoda birinchi o'rinni egallaydi. Stanoklar va boshqa ishlab chiqarish jihozlari eksporti bo'yicha dunyoda birinchi o'rin uchun kuchli raqobat olib bormoqda. Germaniya avtomobillar va kemalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda 3-chi o'rinni egallaydi. Shu bilan bir vaqtda Germaniya mikroelektronika va kompyuterlar, aerokosmik texnikalar ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha AQSH va Yaponiyadan keyinda turadi.


    Download 0,58 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   79




    Download 0,58 Mb.