|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari. Topshiriqlar
|
bet | 1/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 2,45 Mb. | | #160014 |
Bog'liq 2-AMALIY ISH
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari.
Topshiriqlar.
Tarmoq orqali taqdim etiladigan xizmatlar nimalar kiradi?
Kompyuter tarmoqlari axborotlarni elektr signallari ko’rinishida uzatish va qabul qilishga ixtisoslashgan muhit. Tarmoq xizmatlariga quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin:
Fayl server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar asosiy kompyuterning (server) ma’lumotlaridan foydalanish yoki o’z ma’lumotlarini aso-siy kompyuter xotirasiga joylashtirish mumkin;
Print server xizmati. Bunda tarmoqdagi barcha kompyuterlar o’z ma’lu-motlarini xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali qog’ozga chop qilishi mumkin;
Proksi server xizmati. Bunda tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar xizmat joriy qilingan kompyuter boshqaruvi orqali bir vaqtda Internet yoki boshqa xizmatlardan foydalanishi mumkin;
Kompyuter va foydalanuvchi boshqaruvi xizmati. Bunda tarmoqqa ulan-gan barcha kompyuterlarning va ularda qayd qilingan foydalanuvchilarning tarmoqda o’zini tutishi hamda faoliyat yuritishi belgilanadi va nazorat qilinadi.
Kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash qanday bajariladi?
Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog’lash ehtiyoji paydo bo’ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
Kabel yordamida bog’lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o’ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki optik tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog’lanadi.
Simsiz bog’lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to’lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnolo-giyalari yordamida bog’lanadi.
|
| |