|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari. Topshiriqlar
|
bet | 10/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 2,45 Mb. | | #160014 |
Bog'liq 2-AMALIY ISHMavzu: Korporativ tarmoq.
Korporativ tarmoq – bu shunday tarmoqki, uning asosiy vazifasi bo’lib tarmoqqa egalik qiluvchi korxona ishini qo’llab quvvatlab turish hisoblanadi. Ushbu korxona xodimlarigina korporativ tarmoq foydalanuvchilari bo’lishlari mumkin. Korporativ tarmoqning tuzilishi, biz yuqorida ko’rib o’tgan telekommunikatsion tarmoq tuzilishiga deyarli o’xshash bo’ladi. Korporativ tarmoqlarda foydalanuvchilarni birlashtiruvchi lokal tarmoqlar, korporativ tarmoq tarkibiga kiritilgan bo’ladi. Bundan tashqari korporativ tarmoq tarkibiga kirgan uni tashkil etuvchi bo’linmalar birgalikda, nafaqat tarmoq egallagan xududni, balki korxonaning tuzilishi qanday ekanligini ham ko’rsatib turadi. Korporativ tarmoqni tashkil etuvchi bo’linmalar quyidagicha nomlanadi:
bo‘limlar va ishchi guruhlar tarmoqlari;
binolar va kampuslar tarmoqlari;
magistral tarmoqlar.
Bo‘limlar tarmoqlari. Bitta bo’limda ishlaydigan, unchalik katta bo’lmagan xodimlar guruhi foydalanadigan tarmoq – bo’lim tarmog’i yoki ishchi guruhi tarmog’i deb ataladi. Bu xodimlar biron-bir umumiy masalalarni echish bilan shug„ullanadilar, masalan buxgalteriya hisobi yoki marketing. Bo„lim tarmog’i – o’sha bo’limga tegishli hamma xonalarni o’z ichiga olgan lokal kompyuter tarmog’idir. Bo’lim, bir nechta xonalarni yoki binoning biron-bir qavatini egallagan bo’lishi mumkin.
Bo’lim tarmog’ining asosiy maqsadi – ilovalar, ma’lumotlar, printerlar va modemlar kabi lokal resurslardan birgalikda foydalanishni ta’minlab berish hisoblanadi. Bo’limlar tarmoqlari tarkibida bitta yoki ikkita fayl server va 30-ga yaqin foydalanuvchilarga ega bo’lib, odatda ular tarmoq osti tarmoqlariga bo’linmaydilar. Bunday tarmoqlarda korxona trafigining kattagina qismi aylanib yuradi. Odatda bo’lim tarmoqlari Fast Ethernet texnologiyasi oilasiga mansub bir necha xil spetsifikatsiyalar, ba’zi xollarda esa Gigabit Ethernet texnologiyasi asosida quriladi. Bunday tarmoqlarda asosan bitta yoki ko’pi bilan ikki xil operatsion tizmlardan foydalaniladi (2.3-rasm).
2.3- rasm. Bo’lim masshtabidagi tarmoqqa misol.
Bo’lim tarmog’ida administratsiyalash masalalari ancha oson hisoblanadi - unda yangi foydalanuvchilarni qo„shish yoki hisobga olish, oddiy buzilishlarni bartaraf etish, yangi bog’lamalarni va dasturiy ta’minotning yangi versiyalarini o’rnatish kerak bo’ladi. O’z ish vaqtining bir qismidagina administrator vazifasini bajaruvchi biron-bir xodim, bunday tarmoqni boshqarishi mumkin bo’ladi. Ya’ni bunday tarmoq administratori vazifasini ko’p xollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo’lmagan xodim ham bajarishi mumkin bo’ladi.
Biron – bir bo’limning tarmog’i, bino yoki kampus tarmog’i tarkibiga kirgan tarmoq ham bo’lishi mumkin, yoki korxonaning uzoqda joylashgan ofisi tarmog’i ham bo’lishi mumkin. Birinchi holda bo’lim
tarmog’i bino yoki kampus tarmog’iga biron–bir lokal tarmoq texnologiyasi yordamida ulanadi. Ikkinchi holda esa uzoqdagi ofis tarmog’ini korxona korporativ tarmog’i magistraliga ulash uchun biron- bir global tarmoq texnologiyasidan yoki global ulanishlarning biridan foydalanishga to’g’ri keladi.
Binolar va kampuslar tarmoqlari. Bino tarmog’i – bitta korxonaning har-xil bo’limlarini bitta bino chegarasida birlashtiradi. Kampus tarmog’i esa, bir-necha kvadrat kilometrli xududni egallagan bir nechta binolardagi tarmoqlarni birlashtiradi. Odatda bino (yoki kampus) tarmog’i Gigabit Ethernet asosida qurilgan o„z magistraliga ega bo’lgan, ierarxik tuzilishdagi tarmoq ko’rinishida bo„ladi. Magistral orqali bir-biriga ulanadigan bo’limlar tarmoqlarini qurishda esa Fast Ethernet texnologiyasidan foydalaniladi (2.4-rasm). Gigabit Ethernet magistrali deyarli har doim uzib-ulanadigan axborot uzatish muhitiga ega bo„ladi, bu texnologiyaning axborot uzatish muhitidan birgalikda foydalaniladigan varianti ham mavjud.
Bunday tarmoqlarda asosan - bo’limlar tarmoqlarini birgalikda ishlashini ta’minlash, korxonaning umumiy ma’lumotlar bazasiga ulanishni ta’minlash, umumiy faks-serverlarga, yuqori tezlikda ishlay oladigan modemlarga va printerlarga ulanish kabi xizmatlar amalga oshiriladi. Kampus tarmoqlari tomonidan ko’rsatiladigan hizmatlarning eng muhimi bo’lib, korxonaning ma’lumotlar bazasi qaysi kompyuterda joylashganligidan qat‟iy nazar, ularga ulana olish xizmati hisoblanadi. Aynan kampus tarmoqlari sathida har-xil turdagi apparat va dasturiy ta’minotini birgalikda ishlashini ta’minlash muammolari paydo bo’ladi.
Bo’limlarda ishlatiladigan kompyuterlar, tarmoq operatsion tizimlari va tarmoq apparat ta’minoti bir-biridan farq qilishi mumkin. Shu sababli kampus tarmog’ini boshqarish anchagina murakkab jarayonga aylanadi. Kampus tarkibiga kirgan bo’limlar tarmoqlari bir- biridan mustaqil holda ish yuritganligi va har-xil texnologiyalar asosida qurilganligi sababli, ularni birlashtirish uchun odatda IP-texnologiyadan foydalanishga to’g„ri keladi.
Korporativ tarmoqlar haqida gap ketganda - korxona masshtabidagi korporativ tarmoq degan iboradan ham foydalaniladi. Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqlarda, birinchi o’ringa axborot xizmatlari qo’yilganligi bilan, ular boshqa xil tarmoqlardan farqlanadilar. Korporativ tarmoqlar faqatgina transport xizmatlarini ko’rsatish bilangina cheklana olmaydilar.
2.4- rasm. Kampus tarmog„iga misol.
Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqning, xususiyatlaridan yana biri, bu uning anchagina katta-katta xududlarni qamrab olishning mumkinligidir. Bo’lim yoki bino masshtabidagi korporativ tarmoqni kamdan-kam hollarda korporativ tarmoq deb ataladi. Odatda “korporativ” degan nom, tarkibida, boshqa-boshqa shaharlarda joylashgan va global ulanish chiziqlari orqali ulangan, ko’pgina binolar va bo’limlar masshtablaridagi tarmoqlari bo„lgan tarmoqqa nisbatan qo’llaniladi (2.5-rasm).
Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqda - foydalanuvchilar va kompyuterlar soni - bir, ikki, uch mingtaga, serverlar soni esa - bir, ikki, uch yuztaga ham etishi mumkin bo„ladi, alohida xududlarning
tarmoqlari orasidagi masofalar esa, ancha katta bo’lib, ular o’rtasida axborot uzatishda global aloqalardan foydalanish zarur bo’lib qoladi.
2.5- rasm. Korxona masshtabidagi korporativ tarmoqqa misol.
|
| |