• LABARATORYA ISHI
  • Labaratorya ishi mavzu: lokal boshqarish tizimlari bilan ishlash




    Download 292.49 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana14.03.2024
    Hajmi292.49 Kb.
    #172097
      1   2   3   4
    Bog'liq
    1-lobaratorya ishi
    Hybrid-renewable energy systems in microgrids integration, developments and control ( PDFDrive ), 1427572, gipermatnlar yaratish va ishlash, 2 5454015403950874988-3[1], Биринчи бет, Astanov Axliddin, Asosiy makroiqtisodiy ko, 11-маъруза, Additiv va multiplikativ ekonometrik modellarni tuzish, ,,,, Mavzu Erkin savdo va proteksionizm siyosati Reja, Tursunov Murodjon ingliz tilidan mustaqil ishi, Haqidagi fan, 0.В.И. Вешкурцев, Д.Г. Мирошин Практикум по дисциплине Оборудование отрасли, yakka tartibli ishchi reja


    Andijon mashinasozlik instituti 
    Intellektual boshqaruv va kompyuter 
    tizimlari fakulteti IMT yo`nalishi K19-20 
    guruh talabasi Narbekov Botirbekning 
    Boshqarish jarayonlarini 
    intellektuallashtirish fanidan 
    LABARATORYA ISHI 
     
     
     
     


    MAVZU: LOKAL BOSHQARISH TIZIMLARI BILAN ISHLASH 
    Reja: 
    1.Lokal tarmoqlar haqida 
    2.Lokal boshqarish tizimlari 
    3.lokal tarmoqlar tuzlishi 
     
    80-yillarning oxirlarida lokal va global tarmoqlar o`rtasida farqli 
    jihatlar yaqqol ko`rinib turar edi. Bunday farqli jihatlarga misol qilib 
    quyidagilarni keltirish mumkin:
    1.Aloqa chiziqlarinig qanday masofalarga tortilganligi va ularning 
    sifati. Lokal tarmoqlarning bog„lamlari orasidagi masofalar, global 
    tarmoqlarga nisbatan ancha qisqa edi. Bunday holat lokal tarmoqlarda 
    ancha sifatli aloqa chiziqlaridan foydalanish imkonini berar edi. 
    2.Ma’lumotlarni 
    uzatish usullarining murakkabligi. Global 
    tarmoqlarda lokal tarmoqlarga nisbatan, ishonchliligi ancha past bo„lgan 
    kanallarning qo„llanilishi bois, ularda ma‟lumotlarni uzatishning ancha 
    murakkab usullari va shunga mos qurilmalar ishlatishga to„g„ri kelar edi.
    3.Ma’lumotlarni almashinish tezligi. Lokal tarmoqlarda ma‟lumotlar 
    almashinish tezligi (10, 16 va 100 Mbit/s) global tarmoqladagi 
    tezliklardan (2,4 Mbit/sek dan 2 Mbit/s gacha) ancha yuqori edi.
    4.Ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning xilma-xilligi. 
    Ma’lumotlar almashinish tezligi ancha yuqori bo„lgan lokal tarmoqlarda 
    ko’rsatiladigan xizmatlarning xillari ancha ko„p bo„lgan, bunday 
    xizmatlar turlariga misol qilib - boshqa-boshqa kompyuterlarning qattiq 
    disklarida joylashgan fayllardan foydalanish mexanizmlari, bosmaga 
    chiqaruvchi qurilmalardan (printer, plotetter, ...), modemlar va fakslardan 
    birgalikda foydalanish xizmatlari, yagona ma‟lumotlar bazasiga murojaat 


    qila olish, elektron pochta xizmati va boshqalar. Global tarmoqlarda esa 
    oddiy pochta va fayl almashinish xizmatlari bilan cheklangan. Vaqt 
    o„tishi bilan lokal va global tarmoqlar o„rtasidagi yuqorida sanab o„tilgan 
    farqli jihatlar yo‘qola boshladi. Avvallari alohida-alohida ishlayotgan 
    lokal tarmoqlarni o„zaro bog„lash amalga oshirila bordi. Bunda 
    bog„lovchi muhit sifatida global tarmoqlardan foydalaniladigan bo„ldi.
    Lokal va global tarmoqlarning o„zaro yaqin integratsiyalashuvi, bu 
    texnologiyalarni bir-biriga yaqinlashuviga olib keldi. Ma‟lumotlarni 
    uzatish usullaridagi yaqinlashuv, ma‟lumotlarni uzatishni optik tolali 
    aloqa chiziqlari orqali amalga oshirilishi va bunda raqamli 
    (modulyasiyalanmagan) asosga o„tkazilishi bilan sodir bo„lgan. 100 
    metrdan uzoq bo„lgan masofalarga ma‟lumot uzatish uchun bunday 
    uzatish muhitdan deyarli barcha lokal tarmoqlarda foydalanilgan edi. 
    SDH va DWDM kabi birlamchi tarmoqlarning zamonaviy magistrallari 
    ham, ana shunday muhit asosida qurilgan. Ularning raqamli kanallari 14 
    yordamida global kompyuter tarmoqlarining qurilmalarini ham 
    birlashtirish mumkin bo„ldi. Raqamli kanallar sifatining yuqoriligi, 
    global kompyuter tarmoqlari protokollariga qo„yiladigan talablarni 
    o„zgartirib yubordi. Bunda ishonchlilikni ta‟minlash muolajalari o„rniga, 
    foydalanuvchilarga axborotni etkazib berishning o„rtacha tezligini 
    ta‟minlash muolajalari, hamda trafikni uzatishda kechikishlarga salbiy 
    ta‟sir qilishi mumkin bo„lgan, masalan tovush trafigiga tegishli paketlarni 
    alohida ishlash mexanizmlarini qo„llash masalalari muhim bo„lib qoldi. 
    Sanab o„tilagan bu o„zgartirishlar global tarmoqlarining yangi 
    texnologiyalari bo„lgan Framy Relay va ATM texnologiyalarida o`z 
    aksini topdi. Lokal va global tarmoqlarning yaqinlashuviga IP 


    protokolining keng qo„llanila boshlanganligi ham katta ta‟sir ko„rsatdi. 
    Hozirda bu protokol har qanday lokal va global tarmoq texnologiyalari 
    (Ethernet, Fast Ethernet, Gigabit Ethernet, ATM, Frame Realy) asosida 
    qurilgan tarmoqlarni o„zaro yagona tarmoqqa birlashtirib ishlash 
    imkonini beradi. 90-yillardan boshlab tezkor raqamli kanallar asosida 
    ishlaydigan global kompyuter tarmoqlar ham, ko„rsatilishi mumkin 
    bo„lgan xizmatlar xillarini anchagina ko„paytirib bu borada lokal 
    tarmoqlarga etib oldilar. Katta hajmlarga ega bo„lgan - tasvirlar, 
    videofilmlar, tovush kabi ma‟lumotlarni, ya‟ni multimediyali axborotni 
    real vaqt masshtabida uzatib berish mumkin bo„ldi.
    Internet tarmog„i orqali axborot etkazib berish xizmati hisoblangan, 
    gipermatnli axborotlar xizmati - World Wide Web (WWW) ham tezkor 
    xizmatlarga yaqqol misol bo„la oladi. Lokal tarmoqlarda esa, global 
    tarmoqlardagi singari – axborotni himoyalash usullariga katta e‟tibor 
    berishga to„g„ri kelyapti, negaki hozirgi lokal tarmoqlar avvalgilariga 
    o„xshab alohida-alohida emas, balki “katta dunyo” bilan bog„langan 
    holda ishlamoqda. Bu davrga kelib bir vaqtning o„zida ham lokal, ham 
    global tarmoqlar uchun mo„ljallangan texnologiyalar paydo bo„la 
    boshladi. 
    Yangi 
    avlod 
    texnologiyalaridan 
    hisoblangan 
    ATM 
    texnologiyasi yordamida lokal va global tarmoqlarni birlashtirib, mavjud 
    trafikni samarali uzatishni ta‟minlab beruvchi yagona trasport tarmog„i 
    qurish mumkin bo„ldi. Boshqa bir misol sifatida, avvalda lokal tarmoq 
    texnologiyasi xisoblangan Ethernet texnologiyasining 10G – 10 Gbit/s 
    tezlikda ishlaydigan standarti yordamida esa, global va katta lokal 
    tarmoqlarning magistrallarini hosil qilish uchun ishlayotganini keltirish 
    mumkin. 15 Lokal va global tarmoqlarninig yaqinlashuvini ko„rsatuvchi 


    belgilaridan yana biri, bu lokal va global tarmoqlar orasidan joy olishi 
    mumkin bo`lgan, shahar tarmoqlari – MAN-larning paydo bo„lishidir. Bu 
    tarmoqlarda ko`p xollarda 155 Mbit/s va undan yuqori tezlikka ega 
    bo„lgan optik tolali raqamli aloqa chiziqlaridan foydalanildi. Bu aloqa 
    chiziqlari shahar xududidagi lokal tarmoqlarni o`zaro ulashni, hamda 
    global tarmoqlarga ulanishni nisbatan kam xarajatlar bilan ta`minlab bera 
    oladi. 
    Zamonaviy tarmoqlarga misollar qilib quyidagi tarmoqlarni keltirish 
    mumkin – lokal va global kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, 
    telekommunikatsion tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va ushbu 
    tarmoqlardan iborat bo„lgan tarmoq, ya‟ni Internet tarmog‘i. Bu 
    tarmoqlar boshqa-boshqa xil tarmoqlar bo„lishiga qaramasdan, ularning 
    ko„pgina o„xshash tomonlarining borligini ham ko„rsatib o„tish mumkin. 
    Shulardan biri va muhimi, ularning tuzilishi, ya‟ni arxitekturalarining 
    o„xshashligidir. Zamonaviy kompyuter tarmog„i yoki zamonaviy 
    tarmoqning 
    tuzilishini 
    1-rasmda 
    keltirilgan 
    telekommunikatsion 
    tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi asosida ko„rib chiqamiz. Bunday 
    tarmoq quyidagi qismlardan iborat bo„ladi:
    1.Foydalanuvchilarning terminal uskunalari, bunda ular lokal 
    tarmoqqa birlashtirilgan holda ham ulangan bo„lishlari mumkin.
    2.Ulanish tarmoqlari.
    3.Telekommunikatsion tarmoqning magistrali–magistral tarmoq.
    4.Axborot markazlari yoki xizmatlarni boshqarish markazlari 
    (Services 
    Control 
    Paint 

    SCP). 
    Kompyuter 
    tarmoqlarida 
    foydalanuvchilarning terminal uskunalari sifatida – kompyuterlar, telefon 
    tarmoqlarida – telefonlar, televizion yoki radiotarmoqlarda - televizorlar 


    yoki radiopriyomniklar ulangan bo„ladi. Foydalanuvchilarning terminal 
    uskunalari, telekommunikatsion tarmoq tarkibidan tashqarida joylashgan 
    tarmoqlarga ham birlashtirilgan bo„lishi mumkin. Kompyuterlar - lokal 
    kompyuter tarmoqlariga, telefonlar esa - ofisdagi telefon kommutatoriga 
    (PBX – Private Branch Exchange) ulangan bo„lishi mumkin. Ulanish 
    tarmoqlari ham, magistral tarmoqlar ham - kommutatorlar yoki 
    marshrutizatorlar asosida quriladi. Har bir kommutator boshqa 
    kommutatorlar bilan aloqa kanallari orqali ulanish uchun mo„ljallangan 
    bir nechta portlarga ega bo„ladi. Ulanish tarmog‘i. Ulanish tarmog„i 
    telekommunikatsion tarmoq ierarxiyasining pastki sathini tashkil qiladi. 
    Ulanish tarmog„ining asosiy vazifasi ko„p sonli aloqa kanallari orqali 
    mijozlarning qurilmalaridan 17 kelayotgan axborot oqimlarini, magistral 
    tarmoqning nisbatan kam sonli bog„lanmalarida to„plashdan iboratdir. 

    Download 292.49 Kb.
      1   2   3   4




    Download 292.49 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Labaratorya ishi mavzu: lokal boshqarish tizimlari bilan ishlash

    Download 292.49 Kb.
    Pdf ko'rish