|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining dasturiy vositalari. Topshiriqlar
|
bet | 7/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 2,45 Mb. | | #160014 |
Bog'liq 2-AMALIY ISH3.Aloqa operatorlari tarmoqlari. Aloqa operatorlari tarmoqlari oʻz faoliyatlarini, uning xizmatlaridan foydalanuvchilar bilan shartnoma tuzib, tijorat asosida amalga oshiradilar. Aloqa operatorlari bir-birlaridan quyidagi belgilari bilan farq qiladilar:
1.Ularda koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmatlarning xillari bilan;
2.Xizmatlar koʻrsatiladigan xudud chegaralarining qanday ekanligi bilan;
3.Xizmatlarning qanday mijozlarga moʻljallanganligi bilan;
4.Operatorga tegishli boʻlgan infrastruktura bilan, ya’ni unda bor boʻlgan aloqa chiziqlari, kommutatsion qurilmalar, axborot servislari va shunga oʻxshash vositalarning xillari bilan;
5.Ma’lum bir xududga qay darajada xizmat koʻrsatishga ega ekanligiga qarab.
Zamonaviy aloqa operatorlari, bir necha xildagi xizmatlarni koʻrsatish imkoniyatlariga egadirlar, masalan: telefon xizmatlari va Internetga ulanish xizmatlari. Unda koʻrsatilishi mumkin boʻlgan xizmatlarni bir nechta sathlarga va guruhlarga ajratish mumkin: Bir vaqtning oʻzida bir necha xizmatlarni koʻrsatish:
- IP telefoniya;
- Xabarlar tarqatishning universal xizmati;
Telefon xizmatlari:
- Soʻrovlarga javob berish xizmatlari;
- Ovozlarni yetkazish pochtasi;
- Chaqiruvlarni koʻrsatilgan adreslarga yoʻnaltirish;
- Ikki abonentni bir-biriga ulash.
Kompyuter tarmoqlari xizmatlari:
- Axborot portallari;
- Elektron pochta;
- Internetga ulanish;
- Lokal kompyuter tarmoqlarni birlashtirish.
Aloqa kanallarini arendaga berish. Telefon xizmatlari va aloqa kanallarini arendaga berish kabi xizmatlar, aloqa operatorlari tomonidan ancha avvaldan koʻrsatib kelinayotgan xizmatlar sirasiga kiradi. Kompyuter tarmoqlari xizmatlari esa, aloqa operatorlari tomonidan ancha keyin yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ulardan keladigan foyda hozirda, telefon xizmatlaridan keladigan foydadan ancha kam boʻlmoqda. Hozirgi paytda kompyuter va telefon tarmoqlari birgalikda koʻrsatadigan aralash xizmatlaridan ancha katta foyda kelmoqda. Aloqa tarmoqlarida koʻrsatiladigan xizmatlarni, yana transport va axborot xizmatlariga ham ajratish mumkin. Telefon orqali gaplashish - transport xizmatiga, telefon tarmoqlaridagi soʻrovlarga javob berish xizmatlari yoki veb-saytlar esa axborot xizmatlariga misol boʻla oladi. Axborot-telekommunikatsiya vositalari xizmatlaridan foydalanuvchi mijozlarni ikkita katta guruhga ajratish mumkin: koʻp sonli alohidaalohida ishlovchi mijozlar va korporativ mijozlar Alohida-alohida ishlovchi mijozlar uchun ulanish va xizmatlarning arzon boʻlishi, uylarda mavjud telefon simlari va televizon koaksial kabellardan foydalanish mumkinligi muhim hisoblanadi. Hozirda bunday mijozlar uchun optik tolali kabellardan ham foydalanish mumkin boʻlmoqda. Korporativ mijozlar deganda esa har-xil katalikka ega boʻlgan korxona va tashkilotlar tushuniladi. Bunda katta xududlarga yoyilgan boʻlim va filiallarga ega boʻlgan katta korxonalarga nisbatan qoʻproq xildagi xizmatlar kerak boʻladi. Bunday xizmatlardan biri boʻlib virtual xususiy tarmoq (VPN – Virtual Private Network) hizmati hisoblanadi. Aloqa operatorlari xizmat koʻrsatish xududlarining kattakichikligiga qarab - lokal, mintaqaviy, milliy va mamlakatlararo operatorlarga boʻlinadilar (6-rasm).
6-rasm. Har-xil aloqa operatorlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanishlar.
Lokal operatorlar shahar yoki ma’lum bir kattalikda qishloq xududlarida ishlaydilar. Koʻpchilikka tanish boʻlgan ana’naviy lokal operator – bu shahar telefon tarmogʻi operatori hisoblanadi, ya’ni shahar avtomatik telefon stansiyasi (ATS). AQSH terminologiyasi boʻyicha bunday operatorlarni ILEC (Incumbent Local Exchange Carriers)lar deb ataladi. Bu xildagi operatorlar shahar xududida joylashgan transport infrastrukturasiga ega boʻladi: ya’ni ular
- abonentlarga (kvartiralardagi, uylardagi va ofislardagi) va aloqa bogʻlanmalari oʻrtasidagi fizik kanallarga, ATSlar va ular orasidagi aloqa kanallariga ega boʻladilar.
Hozirgi paytga kelib avvalgi ananaviy lokal operatorlar qatoriga, birinchi navbatda internet xizmatlarini koʻrsatadigan alternativ lokal operatorlar qoʻshildi, bular CLEC (Competitive Local Exchange Carriers) lar deb ataladi. CLEC-lar telefon xizmatlarini ham koʻrsata oladilar.
POP (Point Of Presents) – ulanish nuqtalari. Bu mijozlardan keladigan koʻp sonli aloqa kanallarini, aloqa operatorlariga ulaydigan qurilmalar joylashgan xona yoki binodir. Bunday ulanish nuqtalari markaziy ofis (Central Office - CO) deb ham ataladi. Mintaqaviy va milliy operatorlar ancha katta-katta xududlarga xizmat koʻrsata oladilar va shuncha mos transport infrastrukturasiga ega boʻladilar, ya’ni ularning tarkibida lokal operatorlar oʻrtasida telefon trafiklarini tranzit yoʻllar bilan uzatish uchun moʻljallangan yuqori tezlikdagi aloqa kanallariga ega boʻlgan katta tranzit ATS-lar boʻladi. Bunday operatorlar operatorlarning - operatorlari (Carrier of carriers) deb ataladi. Ularning mijozlari boʻlib lokal operatorlar, yoki mintaqadagi yoki mamlakatlardagi shaharlarda oʻzining boʻlim va filiallariga ega boʻlgan katta korxonalar hisoblanadi. Odatda bunday operatorlar katta-katta hajmdagi axborotlarni hech qanday ishlovsiz, katta-katta masofalarga uzatib berish vazifasini bajaradi.
Mamlakatlararo operatorlar - bir nechta mamlakatlar xududlarida xizmat koʻrsatadilar. Mamlakatlararo operatorlar 6-rasmda keltirilgan. Bunday operatorlarga - Cable Wireless, Global One va Infonet kabi operatorlarni misol qilib keltirish mumkin.
Ular bir nechta mamlakatlarni va hatto kontinentlarni qamrab olgan oʻzlarining xususiy magistral tarmoqlariga egadirlar. Bunday operatorlar koʻp xollarda milliy operatorlar bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradilar, ular mijozlarga axborotlarni etkazib berish uchun milliy operatorlarning ulanish tarmoqlaridan ham foydalanadilar. Har-xil turdagi aloqa operatorlari oʻrtasida, oʻzaro aloqalar qanday amalga oshirilganligini 6-rasmda keltirilgan chizmada ham koʻrish mumkin.
|
| |