|
Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi
|
bet | 4/10 | Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 2,45 Mb. | | #160014 |
Bog'liq 2-AMALIY ISHMavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi.
Reja:
Zamonaviy kompyuter tarmog‘ining umumlashgan strukturasi va uning xususiyatlari.
Lokal kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar.
Aloqa operatorlari tarmoqlari.
Internet tarmog‘i.
Kompyuter tarmog’i – bu apparat va dasturiy tashkil etuvchilardan iborat bo’lgan, hamda birgalikda kelishilgan holda ishlaydigan murakkab kompleksdir. Kompyuter tarmog’ini tashkil etuvchilari quyidagi to’rt qatlamdan biriga tegishli bo’lishi mumkin:
1.Kompyuterlar;
2.Kommunikatsion qurilmalar;
3.Operatsion tizimlar;
4.Tarmoq ilovalari.
Hozirgi paytda birinchi qatlam vositalari sifatida imkoniyatlari o„rtacha bo’lgan shaxsiy kompyuterlardan tortib, to maynfremlar va superkompyuterlargacha bo’lgan kompyuterlar qo„llanib kelmoqda. Ikkinchi qatlam - bu kommunikatsion qurilmalar qatlamidir.Kompyuterlar tarmoqda ma’lumotlarni ishlashni amalga oshiruvchi asosiy vosita hisoblanadi, ammo 15-20 yillar davomida kommunikatsion qurilmalar ham tarmoq tarkibida katta ahamiyatga ega bo’lgan vositalarga aylanib ulgurdi. Kommunikatsion qurilmalar hisoblangan – ko‘priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar kabi qurilmalar tarmoqning yordamchi vositalaridan, kompyuterlar va operatsion tizimlar kabi asosiy vositalarga aylandi.
Zamonaviy tarmoqlarga misollar qilib quyidagi tarmoqlarni keltirish mumkin - lokal va global kompyuter tarmoqlari, korporativ tarmoqlar, telekommunikatsion tarmoqlar, aloqa operatorlari tarmoqlari va ushbu tarmoqlardan iborat bo’lgan tarmoq, ya’ni Internet tarmog'i.
Bu tarmoqlar boshqa-boshqa xil tarmoqlar bo’lishiga qaramasdan, ulaming ko‘pgina o‘xshash tomonlarining borligini ham ko‘rsatib o‘tish mumkin. Shulardan biri va muhimi, ulaming tuzilishi, ya’ni arxitekturalarining o‘xshasliligidir. Zamonaviy kompyuter tarmog’i yoki zamonaviy tarmoqning tuzilishini 1-rasmda keltirilgan telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi asosida ko’rib chiqamiz. Bunday tarmoq quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
1-rasm. Telekommunikatsion tarmoqning umumlashtirilgan chizmasi.
1.Foydalanuvchilarning terminal uskunalari, bunda ular lokal tarmoqqa birlashtirilgan holda ham ulangan bo’lishlari mumkin.
2.Ulanish tarmoqlari.
3.Telekommunikatsion tarmoqning magistrali-magistral tarmoq.
4.Axborot markazlari yoki xizmatlarni boshqarish markazlari (Services Control Paint - SCP).
Kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilarning terminal uskunalari sifatida - kompyuterlar, telefon tarmoqlarida - telefonlar, televizion yoki radiotarmoqlarda - televizorlar yoki radiopriyomniklar ulangan bo’ladi. Foydalanuvchilarning terminal uskunalari, telekommunikatsion tarmoq tarkibidan tashqarida joylashgan tarmoqiarga ham birlashtirilgan bo’lishi mumkin. Kompyuterlar - lokal kompyuter tarmoqlariga, telefonlar esa - ofisdagi telefon kommutatoriga (PBX - Private Branch Exchange) ulangan bo’lishi mumkin.
Ulanish tarmoqlari ham, magistral tarmoqlar ham - kommutatorlar yoki marshrutizatorlar asosida quriladi. Har bir kommutator boshqa kommutatorlar bilan aloqa kanallari orqali ulanish uchun moʻljallangan bir nechta portlarga ega bo’ladi. Ulanish tarmog‘i. Ulanish tarmog’i telekommunikatsion tarmoq ierarxiyasining pastki sathini tashkil qiladi. Ulanish tarmogʻining asosiy vazifasi ko’p sonli aloqa kanallari orqali mijozlarning qurilmalaridan kelayotgan axborot oqimlarini, magistral tarmoqning nisbatan kam sonli bog’lanmalarida to’plashdan iboratdir.
Ulanish tarmog’i deganda ancha katta xududga yoyilgan xududiy (regional) tarmoq tushuniladi. Telekommunikatsion tarmoq ham, ulanish tarmog’i ham bir nechta sathlardan iborat boMishi mumkin. Pastki sathlarda o’rnatilgan kommutatorlar, ko’p sonli abonentlaming kanallaridan keladigan axborot oqimlarini multipleksatsiyalash, ya’ni to plab - bir yoki bir nechta kanallar orqali uzatishga tayyorlab, o’zidan yuqoriroq sathda joylashgan kommutatorlarga, ular esa o’z navbatida magistral tarmoq kommutatorlariga uzatib beradilar.
|
| |