• 2. Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar
  • Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.
  • Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini tashkil etadi.
  • Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan
  • Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikasiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
  • Savol va topshiriqlar ❓❓❓
  • 3. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. T.: “Cho‘lpon”, 2013 y.
  • 6. B.Moʻminov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-boʻstoni”, 2014 y.
  • Termiz davlat pedagogika instituti matematika infarmatika yo`nalishi




    Download 450.8 Kb.
    Sana20.04.2024
    Hajmi450.8 Kb.
    #202271
    Bog'liq
    BERDIMURODOV ASADBEK
    Эстетика, Hujjat Documentation, VEBINAR VS ZOOM PLATFORMALARIDA ISHLASH, List of Irregular Verbs, PARDAYEVA MUNISANING, O\'ZBEK TERMINOLOGIYASI SHAKLLANISHI, bobur bayoni, ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВЗГЛЯДЫ АБУ РАЙХАН БЕРУНИ, 3-ta asar, 298API02随车

    TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

    MATEMATIKA INFARMATIKA YO`NALISHI

    21-04 GURUH TALABASI

    BERDIMURODOV ASADBEK

    Mintaqaviy tarmoq bayonnomalari

    Reja:

    1. Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati

    2. Tarmoq taqdim etadigan xizmatlar

    3. Manzil tushunchasi

    Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Kompyuterlar orasida ma’lumot almashish va umumiy masalalarni birgalikda yechish uchun komyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:

    Kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, o‘ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plata yordamida bog‘lanadi.

    Simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar yordamida, ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari yordamida bog‘lanadi.

    Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter tarmog‘ini tashkil etadi.

    Tarmoq – kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumot almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuasi. Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.

    Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, masalan:

    Lokal tarmoq – bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.

    Mintaqaviy tarmoqlar – mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikasiya kanallari orqali o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.

    Global tarmoqlar – o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikasiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh) aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.

    Tarmoq orqali axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi. Tarmoq axborotlarni uzatish, alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma’lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma’lumotlari, xotirasi) birgalikda foydalanish, hamda butun dunyo kompyuterlarini o‘zida birlashtirgan Internet tarmog‘iga bog‘lanish mumkin.

    Savol va topshiriqlar ❓❓❓

    Axborot muhitida tezlik tushunchasi nima ?

    • 2. Axborotlarni qidirish tizimlaridan nimalarni bilasiz ?
    • Mintaqaviy tarmoqlar haqida gapiring
    • Axborot texnalogiyalarining bugungi kundagi ahamiyati

    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. Darslik. T.: TDYuI, 2004 y.

    2. S.S.Gʻulomov va boshqalar. Axbotor tizimlari va texnologiyalari. Darslik. Toshkent, “Sharq”, 2000 y.

    3. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web-dizayn. Darslik. T.: “Cho‘lpon”, 2013 y.

    4. U.Yuldashev, M.Mamarajabov, S.Tursunov. Pedagogik Web-dizayn. O‘quv qo‘llanma. T.: “Voris”, 2013 y.

    5. M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. T.: “Faylasuflar jamiyati”, 2013 y.

    6. B.Moʻminov. Informatika. O‘quv qo‘llanma. T.: “Tafakkur-boʻstoni”, 2014 y.


    Download 450.8 Kb.




    Download 450.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Termiz davlat pedagogika instituti matematika infarmatika yo`nalishi

    Download 450.8 Kb.