|
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi режа: Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari
|
bet | 1/3 | Sana | 18.01.2024 | Hajmi | 0,59 Mb. | | #140336 |
Bog'liq 24.фискал сиёсат
Ўзбекистон Республикасининг асосий макроиқтисодий кўрсаткичлари (1990-2015 йй.)
FISKAL SIYOSAT, DAVLAT BYUDJETI VA UNING TAQCHILLIGI
РЕЖА:
1. Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari
2. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi.
3. Davlat byudjeti va uning taqchilligi
4. Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari
Davlat fiskal siyosati – bu davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari tarkibiy qismini o’zgartirish orqali milliy iqtisodiyotga ta’sir qilishni anglatadi.
“Fiskal” lotincha “fiscus” so’zidan olingan bo’lib, xazina degan ma’noni bildiradi. Bu o’z navbatida “xazina siyosati” degan tushunchani ham yuzaga keltiradi.
K.Makkonell va S.Bryu
“Fiskal siyosatning asosiy maqsadi, -deb yozishadi ular, ishsizlik va inflyasiyani tugatishdan iboratdir. Tanazzul davrida kun tartibida rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat to‘g‘risidagi masala paydo bo‘ladi.
davlat xarajatlarining ko‘payishi (1)
soliqlarning pasayishi
(2)
(1) va (2)ni birga qo‘shib olib borish
Keyns
Iqtisodiyotning siklik rivojlanishi va krizislarni bartaraf etishning asosiy dastagi bu – davlat xarajatlaridir. Keynsning fikricha, uning shakllanishi, tuzulishi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishdagi muhim omildir.
Shunday qilib, Keyns davlat monopolistik kapitalislik iqtisodiyotni tartibga solishda yangi moliya nazariyasining ustuvor yo‘nalishini ishlab chiqdi.
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita turi ajratiladi
Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat
Nediskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat
Moliya – bu pul mablag’larining harakatini, ya’ni turli darajada pul fondlarining shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonini ifodalaydi.
Moliyaviy munosabatlar ko’p qirrali bo’lib, pul mablag’larining harakatida turli daraja va shakllarda ishtirok etuvchi iqtisodiyotning barcha sub’ektlari o’rtasidagi munosabatlarni o’z ichiga oladi.
Bular:
davlat bilan turli mulkchilikka asoslangan korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar
davlat bilan aholining turli qatlamlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar
korxonalar bilan korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar
korxonalar bilan uning xodimlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar
davlat bilan ijtimoiy, jamoat va xayriya tashkilotlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi режа: Davlatning fiskal siyosati, uning maqsadi va iqtisodiy dastaklari
|