|
Turon zarmed universiteti “Maktabgacha ta’lim” 4-4 mts 23-guruhi talabasi Ortiqova gulruxsor Mavzu: Ijtimoiy pedagogik tatqiqot metodlari
|
Sana | 10.02.2024 | Hajmi | 0,76 Mb. | | #154045 |
Bog'liq ORTIQOVA GULRUXSOR
TURON ZARMED UNIVERSITETI “Maktabgacha ta’lim”
4-4 mts 23-guruhi talabasi Ortiqova gulruxsor
Mavzu: Ijtimoiy pedagogik tatqiqot metodlari
O’QITUVCHI: To’ymurodova Dilnoza
FAN: BOLALARNING IJTIMOIY MOSLASHUVI
REJA:
Jamiyat tarbiyasi
1
Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari
2
Vasiylik va homiylik – ijtimoiy-pedagogik
faoliyatning muhim yo’nalishi.
3
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan esa ijtimoiy pedagogika shug’ullanadi.
Ijtimoiy pedagogika — bu pedagogik fanlarning muxim yo’nalishlaridan biri, uning tadqiqot obe’kti shaxs bo’lib, u aniq manzilga ega. Ya’ni ijtimoiy pedagogikaning obekti jamiyatdagi barcha shaxslar emas, balki ijtimoiy xayotda adashgan, odob-axloq, me’yorlaridan og’ishgan, ijtimoiy pedagogik yordamga muxtoj shaxslar, shuningdek, jamiyat a’zolarining ongini tarbiyalashdan iboratdir. Ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa — bolaning ijtimoiylashuvi jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika — bu shaxslarning ijtimoiylashuvi hamda ularga ijtimoiy ta’lim va ijtimoiy tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganuvchi pedagogika fanining tarmog’idir.
SHaxsning ijtimoiylashuvi esa — bu ma’lum jamiyatga mos bilimlar, qadriyatlar, me’yorlar, xatti-xarakatlar tizimidan iborat ijtimoiy xayotga kirisha borish jarayonidir.
Ijtimoiy pedagogika fanining vazifalari
Ijtimoiy pedagogika fanining asosiy vazifasi ijtimoiy tarbiya muammolarini o’rganish hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy vazifalarini ko’rib chiqamiz. Bunda ijtimoiy pedagog xar bir bolaning yosh va o’ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olishi talab etiladi.
1. Bola (o’smir) ongida yaxshilik va adolat tushunchasiga sobitlikni tarbiyalash, borliqni, ijodni sevishga o’rgatib, o’zaro tushunish xissini uyg’otish;
2. Inqirozli vaziyatdan mustaqil chiqib keta olish maqqsadini qo’yish, odamlar bilan muloqot
qilishni o’rganish va xayotda o’z maqqsad va mazmunini aniqlash yo’llarini ko’rsatish;
3. Tevarak-olam, inson va uning mukammalligi, jismoniy va ma’naviy xususiyatlarini,
jamiyatdagi xuquq va burchlarini anglashga intilishni rivojlantirish;
4. O’z sha’ni, mustaqilligi va o’ziga ishonch kabi tuyQularni rivojlantirish;
5. Bola (o’smir) da maktab, ish, oila va tengdoshlari jamoasida, katta-kichik guruxlarda
odamlar bilan muloqot o’rnatish istagi va qobiliyatini kuchaytirish.
FSMU texnologiyasi
Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda o’quv
jarayonini baxs-munozarali o’tkazishda qo’llaniladi, chunki bu texnologiya
talabalarni o’z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikrini boshqalarga
o’tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish
madaniyatini o’ratadi.Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o’z fikrlarini
aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.
Ижтимоий педагогнинг фаолиятининг мазмуни
Ижтимоий педагогик фаолият — ўз ичига педагогик фаолиятни хам қамраб олган ижтимоий мехнат бўлиб, бола (ўсмир)га ўзини ва рухий холатини шакллантиришда ёрдам бериш, оила, мактаб ва жамиятда нормал муносабатлар ўрнатишига йўналтирилади.
Ижтимоий педагог фаолияти кенг қамровлидир. Қуйида уларнинг айримларига тўхталамиз.
Ижтимоий педагог фаолиятидаги мухим йўналиш — бу БМТ конвенциясида эълон қилинган боланинг яшашга, соғлом шаклланишга, таълим олишга, ўз қарашларини эркин ифода этишга, камситишнинг хар қандай туридан химоялашга
қаратилган хуқуқларини химоя қилишдир.
Ижтимоий педагог фаолиятидаги яна бир йўналиш — бу болани шаклланишига кўмаклашувчи ижтимоий лойихалар ва дастурлар, хусусий ташаббусларни ишлаб чиқишда иштирок этишдир.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Turon zarmed universiteti “Maktabgacha ta’lim” 4-4 mts 23-guruhi talabasi Ortiqova gulruxsor Mavzu: Ijtimoiy pedagogik tatqiqot metodlari
|