F. S. M. U. metodining tavsifi: Bu metod mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.06.2024
Hajmi0,9 Mb.
#262277
  1   2   3   4   5
Bog'liq
To‘xtasinova Sayohat Mirzaraxmatovna



Международный
научный
журнал

5
(100), 
часть
1
 
«
Научный импульс
»
Январь
, 202

1482 
F.S.M.U. metodining tavsifi: Bu metod mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning 
muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo‘yicha o‘quvchilar o‘z fikrlarini bayon 
qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko‘rsatishlari, ularni tasdiqlovchi misolllarni 
keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o‘rgatish va mashq 
qildirish metodidir. 
Bu metod o‘quvchilarni erkin fikrlashga, o‘z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o‘z 
fikrini o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir 
qatorda, o‘quvchilar tomonidan o‘quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va 
o‘zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o‘rgatadi. 
FSMU metodining umumiy sxemasi: 
F – fikringizni bayon eting; 
S – fikringizni asoslovchi sabab ko‘rsating; 
M – ko‘rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring; 
U – fikringizni umumlashtiring. 
FSMU metodi 11-22 guruhida Mutaxassislik sohasida axborot xavfsizligi va 
axborotlarni himoyalash usullari mavzusini o‘tishida shaxsiy kompyuterda xavfsizlikni 
ta’minlash va uning imkoniyatlarini yoritishda foydalanildi 
Yuqoridagi metodlar orqali darsni vaqt bo‘yicha taqsimlash hamda o‘zlashtirish 
jihatidan o‘rganildi. Ushbu metodlarda quyidagi natijalarga erishildi: 
1.Klaster metodida 70% o‘quvchi bilimni o‘zlashtirganligi aniqlandi. Dars 
mashg‘ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning 
majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari 
surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular o‘rtasidagi aloqalarni topa olish
imkoniyatini yaratadi. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni 
ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikni 
ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni 
ko‘rsatishni cheklamang.
Mazkur metodni mashg‘ulotlarga quyidagicha qo‘llash mumkin:
Mavzu: " Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti”.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarda yangi mavzuga aloqador o‘tilgan mavzuni 
mustahkamlash, ko‘nikma hamda malakalarini shakllantirish. 
Darsni tashkil etish: Yangi mavzuni o‘zlashtirishning samaradorligiga erishish uchun 
o‘tilgan mavzular yuzasidan qisqacha takrorlash mashqlari o‘tkaziladi. Uni quyidagicha 
tashkil etish mumkin:
Operatsion tizim haqida nimalarni bilasiz?, Dunyoga mashhur operatsion tizim nomini 
sanang?, Ularni ishlab chiquvchi firmalar nomini aytib bering?, Zamonaviy operatsion 
tizimlar va uning imkoniyatlari misol keltiring? Undan qanday foydalanish mumkin?
O‘tilgan mavzuni takrorlash bilan bo‘lajak bakalavr o‘qituvchilari ongida yangi 
mavzuni o‘zlashtirishga zamin hozirlanadi. Bu esa yangi mavzuni o‘zlashtirishning
samaradorligini ta'minlaydi. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashgulotlarda ushbu


Международный
научный
журнал

5
(100), 

Download 0,9 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



F. S. M. U. metodining tavsifi: Bu metod mashg‘ulotda o‘rganilayotgan mavzuning

Download 0,9 Mb.
Pdf ko'rish