|
Kreaktivlik jarayonlarni shakllanishida tafakkur jarayonlarning o`rni reja: kirish
|
bet | 1/3 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 175,43 Kb. | | #262442 |
Bog'liq Kreaktivlik jarayonlarni shakllanishida tafakkur jarayonlarning
KREAKTIVLIK JARAYONLARNI SHAKLLANISHIDA TAFAKKUR JARAYONLARNING O`RNI
REJA:
KIRISH
1. Xo‘sh kreativlik nima? Bu qanday tushincha?
2. Kreativlik pedagogik faoliyatnirivojlantirishning asosiy omili sifatida
3. O’quvchilarning kreativ kompetentlikini shakllantirish mezoni
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
XXI asr axborotlar oqimi davrida ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalariga, shu jumladan ta’lim-tarbiya sohasiga ham ko‘plab yangiliklar kirib kelmoqda. Ushbu yangiliklar bilan bir qatorda ularni yorituvchi yangi tushunchalar ham bizning ilmiy tilimizda qo‘llanilishi kuzatilmoqda. Jumladan pedagogika, ya’ni ta’lim-tarbiya sohasida keyingi 20-yil ichida qo‘yidagi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda va bizning ilmiy tilimiz iste’molida keng ishlatiomoqda: pedagogik texnologiya, ilg‘or texnologiya, ilg‘or tajribalar, innovatsiya va innovatika, pedagogik neologiya, praksiologiya, aksiologiya, innovatsiya va innovator, interaktivlik, strategiyalar, gumanistik pedagogika, liberalizatsiya, ta’limda axborot kommunikatsion texnologiyalar, tarbiya jarayonida texnologiyalar,. Biz shular orasida «kreativlik» tushunchasiga alohida to‘xtab o‘tmoqchimiz. Bu tushuncha so‘nggi yillarda ta’lim-tarbiya jarayonlarida ma’lum darajada qo‘llanilmoqda. Lekin bu tushunchaning mazmun va ma’nosini tahlil etishga hamda insonlarda kreativlikning hakllanganlik darajasini aniqlashga doir qator tatqiqotlar olib borilgan.
1. Xo‘sh kreativlik nima? Bu qanday tushincha?
Kreativlik tushunchasi lotincha, inglizcha “create”- yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor, ingliz tilidan tarjima qilinganda ijod degan ma`nosini anglatadi. Kreativlik insonda mavjud ma`lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Kreativlik- bu so‘zni sodda tilda tushintiradigan bo‘lsak, yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma`nolarni anglatadi. Ya`ni bu bir xillikdan qochish, nimagadir yangicha yondashish ko‘nikmasidir.
Kreativlik bu xar kim xar xil tushinadi lekin to‘g‘ridan- to‘g‘ri tushinadigan bo‘lsak kreativlik bu ijodkorlik, ya`ni kreativ so‘zi ijod degan ma`noni anglatadi. Uning tag zaminida esa orginallik, amaliylik, noodatirlik va erkinlik yotadi. Misol uchun biror bir narsani ijod orqali chiroyli, boshqalardan chiroyli qilib chiqarib berish desak bo‘ladi. Misol oladigan bo‘lsak oddiy stulni tasavvur qilamiz. Stulning oddiysi bu to‘rta oyog‘i, bitta o‘rindigiI va bitta suyanchig‘i bo‘ladi. Agar buni kreativlashtirsak balki uchta oyog‘i bo‘lishi mumkin, balki o‘rindig‘i boshqacharoq bo‘lishi mumkin, yoki dizayni umuman boshqacharoq bo‘lishi mumkin. Atrofga boqsangiz xar tomonda inson ijodkorligining beqiyos va xayratlanarli namunasiga duch kelasiz. Bularning barchasi inson tafakkuri va tasavvuri mahsuli. Bugun biz uchun odatiy ko‘ringan kitob, musiqa, bino, samalyot va hatto lampalar xam qachonlardir orzu va tasavvurda bo‘lgan. Keyinchalik aql idrok samarasi olaroq yaratilgan. Kreativlikni shakllantirishda tasavvur muhum ro‘l o‘ynaydi.
Xo‘sh, biz uchun kreativlik nega kerak? Kreativ insonlar har bir sohada, har bir bajaradigan ishida o‘zgalardan ajralib turadi. Chunki ular nafaqat o‘z ishlarini katta ishtiyoq va qiziqish bilan, balki hech kimning xayoliga kelmaydigan g‘oyalar orqali amalga oshirishadi. Shunday ekan kraetivlik muvaffaqiyatimiz kaliti desak adashmaymiz. Kreativlikni shakllantirishda tasavvur muhum ro‘l o‘ynaydi. Dunyoga mashur olim Albert Eynshteyn “tasavvur bilimdan muhum”, deganida aynan shuni nazarda tutgan.
|
| |