• MAVZU
  • ASOSIY QISM II-bob. Aksonometrik proyeksiyalar va ularda detal sirtlari tasvirlash
  • XULOSA
  • Mavzu: Aksonometrik proyeksiyalarda detal sirtlarini tahlil qilish. Bajardi




    Download 1.5 Mb.
    bet1/10
    Sana15.04.2024
    Hajmi1.5 Mb.
    #196026
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    AKSONOMETRIYA
    Ma\'lumotlar bazasi, Atamalar lug\'ati, HISOBOT, Atamalar lug\'ati, 4-5 yig\'ilish, 1. Dinamika qatorlari turlari. Dinamika qatorlarini tahlil qilis, Pedagogika, obyektivka-namuna, Ushbu o\'quv qo\'llanma siz 7 segmentli led displeylar bilan biroz, Mehnat gigiyenasi, Ózbekstan respublikasi joqari hám orta arnawli biLİmlendiRİw miN-www.hozir.org, postroenie-sredy-razrabotki-programmnyh-kompleksov-na-osnove-obektno-orientirovannoy-tehnologii, Kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydala, Механик усуллар ва асбоблар-fayllar.org, bugalteriya tamoyilllari



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
    FIZIKA VA TEXNOLOGIK TA’LIM FAKULTETI
    TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI YO’NALISHI TALABASI TAYYORLAGAN
    KURS ISHI

    MAVZU: Aksonometrik proyeksiyalarda detal sirtlarini tahlil qilish.

    Bajardi: Zayniddinova Maftuna
    Qabul qildi: Raximov Azizbek

    Jizzax-2023


    MUNDARIJA
    KIRISH……………………………………………………………………...3
    I.bob.Aksonometrik proyeksiyalar va uning turlari haqida ma’lumot
    1.1Aksonometrik proyeksiyalar tarixi…………………………………………5
    1.2.Aksonometrik proyeksiya turlari haqida umumiy ma’lumot………………9
    ASOSIY QISM
    II-bob. Aksonometrik proyeksiyalar va ularda detal sirtlari tasvirlash

    2.1. Aksonometrik proyeksiyalarda yassi shakllar va jismlarni yasash………..13

    2.2.Detalning aksonometrik proyeksiyalarida ko’rinishlarini yasash…………22
    XULOSA………………………………………………………………………26
    ADABIYOTLAR RO’YXATI………………………………………………...27
    ILOVALAR…………………………………………………………………...28

    KIRISH
    Yurtimizda kechayotgan islohotlar natijasida ta'lim sohasida ham boshqa sohalardagi kabi ulkan o'zgarishlar, yangiliklar ro'y bermoqda. Bu yangiliklar ichida zamonaviy o'qitish metodlari alohida o'rin egallaydi. Xususan, hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor kuchayib bormoqda.
    “Biz yoshlarga oid davlat siyosatini hech qachon og`ishmasdan, qat’iyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni eng ustuvor vazifamiz sifatida bugun zamon talab qilayotgan yuksak darajaga ko`taramiz.
    Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqiyosida o`z tengdoshlari hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.(I.Karimov)
    Texnik bilimlarni mukammal egallashning asosiy vazifalaridan biri grafik savodxonlikni o'stirish, ya'ni chizmalarni o'qish va bajarishni bilishdir. Shu boisdan chizmalar chizishni asosi bo'lgan chizma geometriya buyumini chuqur o'rganish talab etiladi.
    Chizmachilik fani matematikaning bir tarmog'i bo'lib, uch o'lchamli fazodagi obyektlarning tekisliklardagi grafik modelini qurish asoslarini o'rganadi. Shu boisidan chizmaning fazodagi geometrik shaklining tekisliklardagi grafik modelini deb qarash mumkin.
    Buyumning moxiyatini asosan ikki narsa tashkil etadi:

    1. geometrik shaklining biror sirt yoki tekislik ustida tasvirlash usullari.

    2. Jismlarning hosil qilingan tasvirlari bo'yicha ular orasidagi pozitsion (o'zaro tegishlilik) va metrik munosabatlarni tekshirish.

    Yuqorida aytilganlardan shuni xulosa qilib ayitish mumkinki chizma geometriya buyumi qo'yidagilarni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi.

    1. O'quvchilarni proyeksiyalash prinsiplari va uning turlari bilan tanishtirish.

    2. Metrik va pozitsion masalalar yechishning umumiy va maxsus usullarini o'rganish.

    3. Nazariy va amaliy materiallarni injenerlik professiyasi bilan bog' lay olish.

    4. O'quvchilarda fazoviy tasovvurlarni o'stirish va tafakkurini rivojlantirish.

    5. Muommoli vaziyatlar yaratish vositasi bilan o'quvchilarning ixtirochilik tafakkurini rivojlantirish va har bir masalani chuqur tahlil qilib, unga ilmiy yondoshishni o'rgatish shuningdek ijodiy qobiliyatini shakillantirish.

    Ishlab chiqarishning asosiy texnik hujjatlaridan biri chizmalardir. Mashina va mexanizimlarning detallarini yasash hamda ularning yig'ish, shuningdek, bino va inshoatlarni qurish uchun ularning chizmalari bo'lishi shart. Chunki chizmalar bo'yicha buyumning shakli va o'lchamlarini, qanday materialdan yasalganligi yoki yasalishi kerakligi, buyum detallarining bir-biriga nisbatan bog' lanishlariga tegishli bo'lgan talablarni va shunga o'xshash boshqa ma’lumotlarni aniqlash mumkin. Bundan tashqari chizmalardan tayyor buyumlarning to'g'ri ishlashini aniqlash va ularni remont qilish mumkin. Bu vazifalarda esa aksonometrik proyeksiyalar, va ularni to’la tasavvur qila olish uchun ularda qirqimlarni tasvirlash va o’qiy olish juda muhim sanaladi va bu ishimizning dolzarbligini belgilab beradi.




    Download 1.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Aksonometrik proyeksiyalarda detal sirtlarini tahlil qilish. Bajardi

    Download 1.5 Mb.