Texnosfera zararli
omillari
Texnosfera bu
odamlar tomonidan texnik vositalarning bevosita yoki bilvosita
ta'siri natijasida o'zgartirilgan biosferaning maydoni hisoblanadi. Shu bilan
birgalikda,
texnosfera
doimiy ravishda kengayib boradigan tushuncha bo’lib, Yer
yuzining yangi sun'iy qatlamiga berilgan nom sifatida yuritiladi. Bunga misol
tariqasida, yodgorliklar, fabrika,
aeroport, ko'cha va ko'priklar, kitob, kiyim,
mashina, kompyuter va uyali telefon kabi jismlar, ya’ni, odamlar tomonidan
yaratilgan barcha narsalardan tashkil topgan murakkab tizimdir.
Yer sathining
ushbu sun'iy qatlami, o'z navbatida, insonning sanoat,
konchilik va maishiy inson
faoliyati natijasida hosil bo'lgan barcha chiqindilarni, axlatlarni va qoldiqlarni o'z
ichiga oladi. Demak, umuman olganda, biosferaga
texnikaning bevosita yoki
bilvosita ta’siri oshgani sari, texnosfera ham kengayib boradi.
Texnosferaning kelib chiqish tarixiga qaraydigan bo’lsak, ilk bora bu
atama 2014
yilda Dyuk Universitetining geologiya va fuqarolik atrof-muhit muhandisligi
bo'yicha
mutaxassisi, professor Piter Xaf tomonidan kiritilgan. Xaf uchun
texnosfera, sayyoramizning yangi qatlami mavjudligini belgilaydigan yangi paydo
bo'layotgan global paradigmani tashkil etadi.
Texnosferani tashkil etuvchi asosiy jihatlardan biri bu inson kapitalidir.
Inson
kapitali deganda, insoniyat jamiyat taraqqiyoti va farovonligiga hissa
qo'shadigan, ishonch va o'zaro munosabatlarga asoslangan tarmoqlar, normalar va
tashkilotlar majmuasi tushuniladi.
Ijtimoiy va inson kapitali - bu odamlar birgalikda
harakat qilish va ijtimoiy
ehtiyojlarni qondirish uchun kelishilgan holda va o'zaro manfaat uchun birlashish
qobiliyatidir.
Aynan inson kapitali va odamlarning hayot sifatini yaxshilashga bo'lgan qiziqish
tufayli butun jamiyat yangi narsalar va bo'shliqlarni barpo etadi va loyihalaydi.