• REFERAT Tezis matni talablari va taqriz haqida
  • Qadimgi yunoncha




    Download 0.73 Mb.
    bet1/4
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.73 Mb.
    #171232
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Akademik yozuv mustaqil ish
    Qobulov Yunusbek mustaql ish org





    AXBOROT
    Taqriz (arabcha - ijobiy baho) — adabiy tanqid janri,yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili.Taqrizda asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. Taqriz asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki taqriz ham boʻladi, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki taqrizga beriladi, biroq, bu taqriz matbuotda eʼlon qilinmaydi. Rus tanqidchiligi tarixida taqrizning rivojida V.G. Belinskiyning roli katta. U taqrizni haqiqiy sanʼat darajasiga koʻtardi. Taqriz badiiy asar haqida shunchaki maʼlumot beruvchi janr darajasidan adabiy hayotning muhim masalalarini koʻtaruvchi, kitobxonni hayot va adabiyot haqida oʻylashga oʻrgatuvchi, uning estetik didini tarbiyalashga yordam beruvchi janrga aylanadi. Taqriz tadqiqot ishi, darslik va oquv-metodik qoʻllanmalarga beriladigan tanqidiy baho bolib, unda mazkur ishning dolzarbligi va zarurati, ishning mazmuni meyoriy hujjatlar talablariga mosligi, muallif erishgan yutuqlar, qoʻllangan yangi metodlar va texnologiyalar, ishning rasmiylashtirilishi va savodxonlik darajasi tahlil qilinadi, Bunda, albatta, taqrizchi shu soha mutaxassisi boʻlishi va subektivlikka yoʻl qoʻymasligi kerak.
    Tezis (qadimgi yunoncha: thesis -„qoida“, „isbot“) keng maʼnoda — bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; tor maʼnoda — asosiy fikr, prinsip; 2) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza. Tezis - ilmiy maqola yoki konferensiyalar uchun taqdim qilinadigan ilmiy ma’ruzaning qisqa asosiy mazmuni aks ettirilgan ilmiy ish turi bolib, uning hajmi annotatsiyadan kattaroq, biroq ilmiy maqoladan kichik boladi (taxminan 1 betdan 3-4 betgacha). Tezislar, odatda, nashr va konferensiya talablariga asosida bir necha tillarda beriladi. Uni ilmiy asarga beriladigan tanqidiy baho, tanqidiy talqin aks etgan taqriz bilan chalkashtirmaslik kerak.

    REFERAT
    Tezis matni talablari va taqriz haqida
    REJA:
    I. KIRISH.
    Tezis va taqriz haqida ma’lumot.
    II.ASOSIY QISM:

    Download 0.73 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.73 Mb.