• 1. Taqriz haqida tushuncha.
  • 5-mustaqil ish bajardi: Oqmardiyev S. Tekshirdi: Xo`jayev A




    Download 99,05 Kb.
    bet1/3
    Sana20.12.2023
    Hajmi99,05 Kb.
    #124618
      1   2   3
    Bog'liq
    5-Mustaqil ish


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNALOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI



    5-MUSTAQIL ISH

    Bajardi: Oqmardiyev S.


    Tekshirdi: Xo`jayev A.
    Mavzu: Taqriz yozish.
    Reja:
    1. Taqriz haqida tushuncha.
    2. Taqrizning vazifasi.
    3. Taqriz yozish qoidalari.
    1. Taqriz haqida tushuncha.
    Taqriz (arab. — ijobiy baho) — adabiy tanqid janri; yangi badiiy, ilmiy yoki ilmiy-ommabop asar tahlili. T.da asarning bibliografik tavsifi, shuningdek, mazmuni, unda koʻtarilgan muammolar, asarning gʻoyaviy va badiiy xususiyatlari, muallif ijodida, adabiyotda tutgan oʻrni haqida maʼlumot boʻladi; asarga baho beriladi, uning asosiy fazilatlari va nuqsonlari qayd qilinadi. T. asosan keng kitobxonlar ommasi uchun moʻljallanadi, ularni yangi asarlardan ogoh qiladi, zarurini tanlab olishga koʻmaklashadi. Ichki T. ham boʻladi, nashriyotga kelgan badiiy, tanqidiy va ilmiy-ommabop asar ichki T.ga beriladi, biroq, bu T. matbuotda eʼlon qilinmaydi.
    Bular adabiy-badiiy taqriz, teatr taqrizi, kinossenariy taqrizlar shuningdek, janrlar orasida ham turlari mavjud. Masalan, taqriz-maqola, taqriz-ocherk, taqriz-reportaj va h.k.
    Ammo qaysi taqriz turini olib qaramang ularga taalluqli bo‘lgan umumiy talabalar mavjud.
    Taqrizning asosini, tadqiq qilayotgan asarning tahlili tashkil etadi. Imkon qadar shu tahlil har tomonlama bo‘lishi kerak. Aytaylik, biror film haqida taqriz yozganda, taqrizchi butun e’tiborni filmni ssenariysiga qaratib, uning mukammal chiqqani filmning qimmatini belgilanganini aytish filmning qimmatini belgilanganini aytish noto‘g‘ri. Bu erda rejissura, ijrochilik mahorati, kostyumlarning tanlanishi, musiqaning mos tushganligi–shularning bari bir butunligining uyg‘unligi filmni muvaffaqiyatini ta’minlanganini taqrizchi batafsil ko‘rsatib berish kerak.
    Taqrizchi ko‘pincha, badiiy asarlarga taqriz yozganda, uning mazmunini o‘quvchiga hikoya qilish bilan cheklanib qoladi. Bu ham noto‘g‘ri. Aslida taqrizchi asarda aks etgan ijtimoiy hayotda yoki adabiyotdagi, san’at orasidagi yangilik uchragan biror yangi hodisa bilaen tanishishi kerak.
    Taqrizchi yozmoqchi bo‘lgan taqrizida asar haqida aytmoqchi bo‘lgan fikrida o‘zining aniq pozitsiyasini bilib olishi kerak. Agar asarning to‘g‘ri kelgan joyida olib, tahlil qilishga harakat qilsa, u o‘quvchini o‘z qarashlariga, bergan bahosining to‘g‘ri ekanligiga ishontira olmaydi. Taqrizchining vazifasi o‘zi tushunarsiz narsani tushuntirish, noaniq narsani aniqlashtish, murakkab narsani soddalashtirishdir.
    Ko‘p hollarda taqriz yozayotgan tanqidchi publitsistik asarning to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qiladi.
    Aslida, o‘quvchining e’tiborini jal qilish to‘g‘ri gapirish kerak. Bu erda faqat haqqoniy tanqidni hal qiluvchi rol o‘ynamaydi, balki shu bilan birga tanqidchining qarashlarini aniqligi va o‘zining pozitsiyasi ham juda muhim hisoblanadi.

    Download 99,05 Kb.
      1   2   3




    Download 99,05 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-mustaqil ish bajardi: Oqmardiyev S. Tekshirdi: Xo`jayev A

    Download 99,05 Kb.