5-mustaqil ish bajardi: Oqmardiyev S. Tekshirdi: Xo`jayev A




Download 99,05 Kb.
bet2/3
Sana20.12.2023
Hajmi99,05 Kb.
#124618
1   2   3
Bog'liq
5-Mustaqil ish

2. Taqrizning vazifasi.
Taqrizning vazifasi, bir mavzuni yoki bir matnni analiz qilish, baholash va natijani chiqarishdir. Taqriz odatda yozma asarlarga, maqolalarga, kitoblarga, filmlarga yoki boshqa san'at asarlarga qo'llaniladi.

Taqrizning maqsadi, asarning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, uning maqsad va mavzusini tushunish, muallifning fikrini va uslubini tahlil qilish, asar tarkibidagi o'zgarishlarni va nutqning samaradorligini baholash bo'ladi. Taqriz, o'qituvchilar, akademik o'qituvchilar, adiblar, kinomuharrirlar va boshqa insonlar tomonidan amalga oshiriladi.

Taqrizning bir nechta turlari mavjud bo'lib, ularning har biri o'zining xususiyatlari va talablari bilan ajratilgan. Masalan, adabiy taqriz asar tarkibini, uslubini, asar muallifining fikrini tahlil qiladi. Filmlar uchun taqriz esa kinoning o'ziga xos elementlarini, aktyorlar, rejissorlik va kinematografik texnikalarni baholaydi.

Taqrizning vazifasi, o'qituvchilar va o'rganuvchilar uchun muhimdir, chunki bu ularga asarning tushunishlarini, fikrlarini va mavzusini tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, taqrizlar o'qitish metodlarini, san'at asarlarini tushunish va baholashni o'rganishga yordam beradi.


Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog‘du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog‘du ichra gullagan so‘z – she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-ona oldidagi farzandlik mas’uliyatini his qilishning yorqin e’tirofidir”. Ijodkor she’rlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, o‘quvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli ma’lumot berib, uni she’riyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini to‘liq bo‘lmasa-da, bajarmoqda. Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi e’lon qilingan asar tahlilining mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho o‘z aksini topganligi ularning ijobiy xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday o‘rin egallashi: bu – uning yutug‘imi, ijodiy g‘alabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi ta’minlangan bo‘lur edi.
Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, ma’lum qoliplarga bo‘ysunish, baho berishdan ko‘ra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz bo‘lib, u tanqidni tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga bag‘ishlangan “Ma’rifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu ma’rifiy romanning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpo‘lat Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos ko‘ngil mavjlari” deb nomlanadi. Unda shoir she’rlariga baho beriladi, ba’zilari tahlilga tortiladi, shoirning “serqirra iste’dod sohibi ekanligi” ko‘rsatiladi, ba’zan maqtovlar haddan oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida so‘z yuritilganda kitobxonda “hamma she’rlaridami?” degan ishtiboh uyg‘onadi yoki shoirni “go‘zal va hassos ishqiy she’rlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi shunday she’rlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb nomlangan kitobiga shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) e’lon qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir she’rlarining tahliliga kirishishdan oldin shunday da’voni ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining she’rdan she’rga, kitobdan kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’i nazar, yangi asar haqida o‘quvchida ma’lum taassurot uyg‘otsin, rost so‘zlasin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, taqrizchining va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo‘lingizga olgan kitob sizni o‘ziga tortmaydi, yolg‘on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Adabiyotshunos olim H. Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32). Iste’dodli yozuvchi A. Yo‘ldoshning “Timsohning ko‘z yoshlari” qissalar to‘plamiga yozilgan taqrizni o‘qir ekansiz, adib ijodiga qiziqishingiz oshadi. Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini so‘zlab berishga ko‘p o‘rin ajratilgan bo‘lsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida ko‘rsatgan edi), kitobxon asar qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud 13–uy” qissasi tahlilida Nozima obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi.

Download 99,05 Kb.
1   2   3




Download 99,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mustaqil ish bajardi: Oqmardiyev S. Tekshirdi: Xo`jayev A

Download 99,05 Kb.