• Kalit so’zlar
  • Key words
  • Ключевые слова
  • FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
  • Tezis matni talablari va taqriz haqida




    Download 0.73 Mb.
    bet4/4
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.73 Mb.
    #171232
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Akademik yozuv mustaqil ish
    Qobulov Yunusbek mustaql ish org
    Tezis matni talablari va taqriz haqida
    Annotatsiya: Ushbu maqolada tezis va taqriz haqida umumiy ma’lumotlar va ularning bir-biridan farqi haqida fikrlar yurutilgan.Taqriz va tezisning qayerda kerakligi, asosan kimlar ishlatishi yoritilgan.Asosan taqriz va tezisni qanday yozish kerakligi ko’rsatilgan.
    Kalit so’zlar:Taqriz, tezis, annotatasiya, maqola, termin, taqrizchi, tanqidchi, kalit so’zlar.

    About the requirements for the text of the dissertation and its review
    Annotation: This article provides general information about a dissertation and a review and their differences, explains where a review and a dissertation are needed, who uses them, and how to write a review and a dissertation.
    Key words: Review, dissertation, abstract, article, term, reviewer, critic, keywords.
    О требованиях к тексту диссертации и ее рецензии
    Аннотация: В данной статье представлены общие сведения о диссертации и рецензии и их различиях, поясняется, где нужны рецензия и диссертация, кто ими пользуется, как писать рецензию и диссертацию.
    Ключевые слова: Рецензия, диссертация, аннотация, статья, термин, рецензент, критик, ключевые слова.
    Taqrizning asosini, tadqiq qilayotgan asarning tahlili tashkil etadi. Imkon qadar shu tahlil har tomonlama bo‘lishi kerak. Aytaylik, biror film haqida taqriz yozganda, taqrizchi butun e’tiborni filmni ssenariysiga qaratib, uning mukammal chiqqani filmning qimmatini belgilanganini aytish filmning qimmatini belgilanganini aytish noto‘g‘ri. Bu erda rejissura, ijrochilik mahorati, kostyumlarning tanlanishi, musiqaning mos tushganligi–shularning bari bir butunligining uyg‘unligi filmni muvaffaqiyatini ta’minlanganini taqrizchi batafsil ko‘rsatib berish kerak.
    Taqrizchi ko‘pincha, badiiy asarlarga taqriz yozganda, uning mazmunini o‘quvchiga hikoya qilish bilan cheklanib qoladi. Bu ham noto‘g‘ri. Aslida taqrizchi asarda aks etgan ijtimoiy hayotda yoki adabiyotdagi, san’at orasidagi yangilik uchragan biror yangi hodisa bilaen tanishishi kerak.
    Taqrizchi yozmoqchi bo‘lgan taqrizida asar haqida aytmoqchi bo‘lgan fikrida o‘zining aniq pozitsiyasini bilib olishi kerak. Agar asarning to‘g‘ri kelgan joyida olib, tahlil qilishga harakat qilsa, u o‘quvchini o‘z qarashlariga, bergan bahosining to‘g‘ri ekanligiga ishontira olmaydi. Taqrizchining vazifasi o‘zi tushunarsiz narsani tushuntirish, noaniq narsani aniqlashtish, murakkab narsani soddalashtirishdir.
    Ko‘p hollarda taqriz yozayotgan tanqidchi publitsistik asarning to‘g‘ridan to‘g‘ri tanqid qiladi.
    Aslida, o‘quvchining e’tiborini jal qilish to‘g‘ri gapirish kerak. Bu erda faqat haqqoniy tanqidni hal qiluvchi rol o‘ynamaydi, balki shu bilan birga tanqidchining qarashlarini aniqligi va o‘zining pozitsiyasi ham juda muhim hisoblanadi.
    Tezis jumlalari o'quvchiga qog'ozda yozmoqchi bo'lgan fikrlar va / yoki dalillarni etkazadi. Tezis jumlasi o'quvchilarga sizning dalillaringiz yoki tahlillaringiz qayerda ketayotganligini va mavzuning ahamiyatini qanday izohlashingizni ko'rsatadigan yo'l xaritasi bo'lib xizmat qiladi. Qisqasi, tezis bayonoti "Ushbu hujjatda nima bor?" Degan savolga javob beradi. Bundan tashqari, tezis bayoni,

    • bu dalil yoki kuzatuv emas, balki bayon. Faktlar sizning da'volaringizni tasdiqlash uchun qog'ozlarda qo'llaniladi.

    • pozitsiyani aniqlang, ma'lum bir mavzu bo'yicha o'z pozitsiyangizni aytib bering.

    • asosiy g'oyadir va siz yoritmoqchi bo'lgan narsalarni tavsiflaydi.

    • aniq savollarga javob bering va sizning fikringizni tasdiqlash uchun rejalaringizni tushuntiring.

    • munozara qilish mumkin. Kimdir sizning pozitsiyangiz bilan bahslashishi yoki aksincha da'voingizni zaxiralashi kerak.

    • Taqrizning vazifasi, u yoki bu janrdagi badiiy asarning tahlili orqali uning adabiy jarayon va yozuvchi ijodidagi o‘rnini aniqlash, yutuq va kamchiligini ko‘rsatish, fikrini isbotlash va baholashdan iborat. Yangi asarni birinchi bo‘lib baholaydigan taqrizda ilmiy-estetik tahlil ixcham, siqiq shaklda, ommaga tushunarli tarzda o‘z ifodasini topadi. Shuning uchun taqriz ayrim tanqidchilar aytayotganidek, faqat “kutib oluvchi janr” emas. Balki u bir asar tahlili orqali adabiy jarayondagi yangi tamoyillarni ko‘rsatadigan, uning yozuvchi ijodida tutgan o‘rnini tezlik bilan baholay oladigan estetik xususiyatga ega. S. Sayyidning “So‘z yo‘li” ikki jildli saylanmasiga shoir Mahmud Toirning (2009, №14) “Yog‘du ichra gullagan so‘z” deb nomlangan taqrizida buni ko‘rish mumkin. Taqrizchi, eng avvalo, she’rdan olgan taassurotlarini ifodali tarzda bayon etadi. Taqriz sarlavhani izohlash bilan boshlanadi: “Yog‘du ichra gullagan so‘z – she’r bo‘ladi. Bunday she’rning mazasi dardingga malham bo‘ladi… She’rdagi otash – so‘zdagi otash. Ochiq ko‘z bilan otashga o‘zini otgan odam – shoir bo‘ladi”. She’rdan ta’sirlangan bunday qalb izhorlarini o‘qigan kitobxon beixtiyor shoir she’rlariga qiziqib qolganini sezadi. Taqrizda “Saylanma”ning mundarijasi haqida so‘z yuritilmaydi, balki S. Sayyid she’rlari o‘ziga xos sharhlanadi, tahlil etiladi, shu orqali baholanadi. Shoir uslubining o‘ziga xos tomonlari ochiladi. Masalan: “Sirojiddin siylagan so‘zlarning bittasi – ayvon…”. (Keyin ayvon so‘zi izohlanadi – Sh. A.) “Uyingizning ayvoni – umringizning ayvoni… Shoir bejizga “Onam ayvonidan keldingmi, bahor?” deya entikmaydi. Yoki ota uyining devorlarini dil bilan oqlab berishni xayol qilish shoirona jununlik emas. Balki ota-ona oldidagi farzandlik mas’uliyatini his qilishning yorqin e’tirofidir”. Ijodkor she’rlariga ana shunday shoirona baho berish bilan taqriznavis ikki muddaoga erishgan: birinchidan, o‘quvchiga yangi va yaxshi kitob haqida yetarli ma’lumot berib, uni she’riyatga oshno etmoqda, ikkinchidan, taqrizning vazifalarini to‘liq bo‘lmasa-da, bajarmoqda. Tilga olingan taqrizlarda, birinchidan, yangi e’lon qilingan asar tahlilining mavjudligi, ikkinchidan, mazkur asarga adabiy-badiiy jarayon nuqtai nazaridan turib berilgan baho o‘z aksini topganligi ularning ijobiy xususiyatlaridir. Uchinchidan, asarning yozuvchi ijodida qanday o‘rin egallashi: bu – uning yutug‘imi, ijodiy g‘alabasimi yoki avvalgi asarlariga qaraganda orqaga chekinishmi, bu haqida fikr bildirilganda, taqrizlarning yanada mukammalligi ta’minlangan bo‘lur ed

    • Shu bilan birga, taqriznavislikda bir xillik, ma’lum qoliplarga bo‘ysunish, baho berishdan ko‘ra maqtash, syujet voqealarini bayon etish kabi qusurlar ham uchraydi. Gazetaning (2004) 25-sonida birdaniga uchta taqriz bosilgan. Birinchisi, O. Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” kitobiga taqriz bo‘lib, u tanqidni tanqid ruhida yozilgan. Ikkinchisi, X. Sultonning “Boburiynoma” asariga bag‘ishlangan “Ma’rifatning badiiy talqini” deb nomlangan taqrizda bu ma’rifiy romanning yutuqlari haqida so‘z yuritilgan. Uchinchi taqriz, shoir Mirpo‘lat Mirzoning “Saylanma”si bosilib chiqishi munosabati bilan yozilgan, adabiyotshunos olim E. Ochilov qalamiga mansub, “Hassos ko‘ngil mavjlari” deb nomlanadi. Unda shoir she’rlariga baho beriladi, ba’zilari tahlilga tortiladi, shoirning “serqirra iste’dod sohibi ekanligi” ko‘rsatiladi, ba’zan maqtovlar haddan oshiriladi: shoir ijodining “beqiyos samimiyati” haqida so‘z yuritilganda kitobxonda “hamma she’rlaridami?” degan ishtiboh uyg‘onadi yoki shoirni “go‘zal va hassos ishqiy she’rlar muallifi sifatida mashhur” deb hisoblagan taqrizchi shunday she’rlarining nomlarini keltiradi, xolos. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Yoki shoir Salim Ashurning “Sensiz” deb nomlangan kitobiga shu ruknda “Hijrondek yaqin, visoldek olis” deb nomlangan taqriz (2004, № 42) e’lon qilingan. Taqriz muallifi A. Mengqobilov shoir she’rlarining tahliliga kirishishdan oldin shunday da’voni ilgari suradi: “… yangi kitob shoir ijodiy mahoratining she’rdan she’rga, kitobdan kitobga yuksalayotgani dalilidir”. Nazarimda, fikr dalillar yordamida isbotlanishi kerak edi. Taqrizda bevosita tahlildan tashqari, ijodkorga munosabat masalasi ham muhim. Taqriz hajmi katta-kichikligidan qat’i nazar, yangi asar haqida o‘quvchida ma’lum taassurot uyg‘otsin, rost so‘zlasin. Ba’zan shunday bo‘ladiki, taqrizchining va’dalari, maqtovlariga ishonib, qo‘lingizga olgan kitob sizni o‘ziga tortmaydi, yolg‘on aldovlarga uchib qolmasligi uchun adabiyot ham, adabiyotshunos ham kitobxonga rost gapirishi kerak. Adabiyotshunos olim H. Karimov qalamiga mansub taqriz “Ziddiyatlar talqini” deb atalgan (2004, №32). Iste’dodli yozuvchi A. Yo‘ldoshning “Timsohning ko‘z yoshlari” qissalar to‘plamiga yozilgan taqrizni o‘qir ekansiz, adib ijodiga qiziqishingiz oshadi. Taqrizda, garchand, qissalar mazmunini so‘zlab berishga ko‘p o‘rin ajratilgan bo‘lsa-da (aslida, V. Belinskiydan qolgan bu usulni akademik M. Qo‘shjonov o‘zbek tanqidchiligiga olib kirib, tahlilning yaxshi usullaridan biri sifatida ko‘rsatgan edi), kitobxon asar qahramonlarining hayoti, taqdiriga qiziqadi. Ayniqsa, “Otchopar yoxud 13–uy” qissasi tahlilida Nozima obrazi birmuncha aniq tahlil etilgani yaxshi.

    • Olim taqrizning o‘qishli chiqishi, kitobxonning diqqatini tortish, o‘z fikrlarini isbotlash uchun Belinskiy maqolalariga murojaat qiladiki, o‘quvchi taqriznavis da’volarining asosli ekanligiga shubha qilmaydi. Ammo yozuvchi qissalari adabiyotimizda yaratilayotgan qissalardan qaysi jihatlari bilan farq qiladi, adibning o‘ziga xos uslubi qay tarzda namoyon bo‘lgan, degan savollar ochiq qoladi. Adib yo‘l qo‘ygan kamchiliklar ham ko‘rsatilsa edi, taqrizning butunligi ta’minlangan bo‘lur edi. Shuni unutmaslik zarurki, asarga birinchi bo‘lib baho berish, uning yozuvchi ijodi va adabiy jarayondagi o‘rnini ko‘rsatish; baholashdagi tezkorlik va hozirjavoblik; tashviqiy mohiyatga ega ekanligi; kitobxonga yangi asar haqida ma’lumot berib, uning estetik tasavvurini boyitish hamda o‘sha asarni o‘qishga da’vat qilish jihatidan adabiy tanqidda taqriz ayricha o‘rin kasb etadi. Taqrizda asarning qisqa tahlili orqali uning mohiyati hamda badiiyatiga berilgan baho asosiydir. Olimjon Xoldor Qamchibek Kenjaning ikki jildli “Saylanma”siga yozgan “Ehtiros va e’tirof” deb nomlagan taqrizida (2009, № 3), asosan, ikki jildlikning mundarijasi haqida so‘z yuritilgan. Muallif o‘z fikrlarini isbotlash uchun ko‘chirma keltiradi. Bu – yaxshi usul. Ammo kichik bir taqrizda T. To‘la, O. Yoqubov, M. Shayxzoda va yana qaysidir adabiyotshunos (nomi berilmagan)ning fikrlarini keltirish o‘quvchini taqriznavisning o‘z so‘zlari yo‘q ekanmi, degan ishtibohga olib bormaydimi? Keyin taqrizda sanoq ko‘pligi bois tahlilga kam o‘rin berilgan, ammo taqrizchi “Saylanma”ning qusurlarini ham birma-bir ko‘rsatadi. Shunisi qiziqki, adib hikoyalarida “xulosa chiqarish esa ko‘pincha o‘quvchining o‘ziga qoldiriladi” deya, bu xususiyatni ham nuqson sanaydi. Holbuki, modern yo‘nalishga mansub asarlarning ko‘pchiligida olimlar ayni xususiyatni yutuq hisoblaydilar. Shu bois o‘quvchi nazariga havola etiladigan har bir tanqidiy asar, u taqrizmi, maqolami, suhbatmi – qaysi janrda bo‘lishidan qat’i nazar, mas’uliyat bilan yozilmog‘i, kitobxonda shubha emas, ishonch uyg‘otishi lozim. Ayniqsa, taqrizchilikda bu juda muhimdir. Ba’zan shunday bo‘ladiki, asarni o‘qimasdan oldin u haqidagi taqrizni o‘qib qolasiz. Samimiy, ortiqcha maqtovlarsiz, xolislik bilan bitilgan taqriz sizni tezroq o‘sha asarni topib o‘qishga undaydi. Shuning uchun ham adabiy jarayonda, kitobxon qiziqishlarida doimo taqrizning o‘rni muhim bo‘lib kelgan.

    • Bugungi internet olami, turli ijtimoiy tarmoqlar, yozma, audio, video shaklida kitoblarga bagʼishlangan taqrizlar, taassurotlar zamonaviy tilda aytganda revyular bilan toʼla. Instgram, Yutub orqali yuritilayotgan mashhur bloglar omma nazariga tushgan. Xoʼsh ularning muvaffaqiyati sabablari qaerda? Аsarlar haqidagi bildirayotgan fikrlari ilmiylikka mos keladimi?

    • Quyidagi maqolani oʼqib oʼsha bloglarga baho berishingiz mumkin.

    • Аvvalo, oʼqigan kitobi haqida qanday yozish har kimni oʼz xohishi, buni maʼlum bir qoidalar bilan qolipga solib qoʼyish, kitobxon tasavvurini cheklashdek gap. Аsar sizga yoqdimi u haqida bizga nimanidir aytmoqchimisiz, oʼz bilganingizcha yozavering bunda qandaydir qoidalarga boʼysunish, yoki kimlarningdir tanqidlaridan qoʼrqish shart emas. Shunday boʼlsada taqriz haqida bilib qoʼysangiz ziyon boʼlmaydigan jihatlar bor.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

    1. Oʻzbek tilining izohli lugʻati.

    2. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi.

    3. ziyo.net sayti.

    4. library.uz sayti.

    5. uz.wikipedia.org sayti.

    Download 0.73 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0.73 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tezis matni talablari va taqriz haqida

    Download 0.73 Mb.