Reja: Pedagogik etika




Download 25.74 Kb.
Sana01.11.2023
Hajmi25.74 Kb.
#92515
Bog'liq
3-mavzu maktabgacha pedagogika
1-mavzu, 1.сценарий -ўзб. охирги, vyrazhenie-obektnyh-znacheniy-v-slozhnopodchinennom-predlozhenii, Boltayeva Olimpiada, cahstota s, 1- sinf matematika, 2-MATEMATIKA To\'garak 34-Soatlikki 2021-2022 yil uchun, 3-grade cw, Solikov fizika, dfszfvzsdgv, 5-sinf 16-mavzu, Chrome бўйича инструкция (2), Muntazam-kopburchakning-tomoni-bilan-tashqi-va-ichki-chizilgan-aylanalar-radiuslari-orasidagi-boglanish-9-sinf-Geometriya, 8-mavzu Inklyuziv ta\'lim

3-Mavzu: MTT pedagogining kasb etikasi
Reja:
1.Pedagogik etika.
2.Pedagogik mahorat va uning komponentlari.
3.Pedagogik muomala.


Mustaqil O‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tiuzimi isloh qilinishi, yangi ta’lim standartlari asosida ta’lim tarbiya jarayonini qayta tashkil etishga kirishilgan hozirgi kunda pedagog faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Tarbiyachilarning o‘ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma’lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga solib bo‘lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz. Ta’lim tarbiya tizmini o‘zgarishdagi asosiy muommo ham mana shu yerda. Tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun avvalo, pedagogning o‘zi mana shunday bilimga ega bo‟lishi kerak. Shunday ekan, sog‘lom, har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga, ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. Kelajagimiz bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash nozik, nihoyatda katta diqqat e’tiborni talab qiladigan jarayondir. Pedagogik shu jarayonni boshqarar ekan, pedagogik etikaga rioya qilishi, ya`ni pedagogik odob , pedagogik qobiliyat va mahorat egasi bo’lishi lozim. Pedagog odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, vazifalari, tamoyillari, tushunchalari, talablari, mezonlarini ta’lim-tarbiya jarayonida oydinlashtirib, pedagogning ta‟lim oluvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar, ta’lim muassasasi rahbarlari bilan munosabatlarida namoyon bo’ladigan kasbiy-axloqiy xususiyatlari yig’indisidir. Pedagog odobi eng avvalo, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning o‟zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi. Biroq bunday yondashuv bir qadar cheklangan nuqtai nazar ekanligini ta’kidlash joiz. Zero, tarbiyachining kasbiy axloqi faqat tarbiyalanuvchilar bilan muloqoti jarayonidagina namoyon bo‟lmaydi, balki uning butun faoliyati davomida birinchi darajali ehtiyoj sifatida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, pedagog odobi tushunchasi tarbiyachi dunyoqarashining hayotiy tizimini anglatadi. Pedagog odobi tushunchasining mazmuni axloqiylik bilan birga iqtisodiy, siyosiy, huquqiy jihatlarni ham o‟z ichiga qamrab oladi. Pedagog odobining normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e„tiqodiga aylanishi lozim. Axloqiy e„tiqod va sifatlar pedagogning ta`lim berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarida, o‟quvchilar, ota-onalar va boshqa kishilar bilan muomala munosabatlarida, kundalik turmushda o‟zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta’sir o‘tkazishida ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt pedagog axloqining amaliy ko’rinishlaridan bo`lib, bu pedagogning ta‟lim oluvchilar oldida o’zini tutishni bilishi, ta’lim oluvchining holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali ta’sir yo’lini topa olishidir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta„sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya sohasida erishgan yutuqlarida namoyon bo‟ladi. Pedagogik mahorat tug‟ma talant yoki nasldan – naslga o’tuvchi hususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsulidir. Pedagogik mahorat – yosh avlodga ta‟lim tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san‟atidir. Pedagogik mahorat asoslari fanining paydo bo‟lishi buyuk pedagog A.S.Makarenko nomi bilan bevosita bogliq. U bolalar kalonnasidagi faoliyatida, yani faqat tarbiyasini emas, manaviy qiyofasini ham yo‟qotgan bolalar bilan ishlab, ularning benihoya hurmati va ishonchiga sazovor bo‟ldi. Shaxsiy tarbiyaviy usuli bilan butun olamga mashhur bo‟ganligining o’zi ham A.S.Makarenkoning yuksak pedagogik mahorat cho‟qqisiga erishganligining yaqqol dalilidir. A.S.Makarenko bo’lajak pedagog talabalik davridayoq pedagogik mahorat sirlarini o’ganishi zarurligini ta’kidlab, shunday deydi: «Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq, jahldor bo„lishni bilishi lozim, u o’zini shunday tutishi lozimki, uning har bir harakati tarbiyalasin.» Pedagogik bilim va mahorat egasi bo’lgan pedagog avval, pedagogika fanining metagologik asoslarini, shaxs rivojlanishining qonuniyatlarini va omillarini, kadrlar tayyorlash milliy dasturining mohiyati, maqsad va vazifalarini bilishi darkor. Yosh avlodga ko‟ngildagidek ta‟lim – tarbiya berish haqida gap borar ekan, bu g’oyat murakkab va ko’p qirrali vazifani faqat malakali, pedagogik mahoratga ega bo’lgan pedagog osongina erisha olmaydi. Buning uchun tarbiyachilik kasbiga yani sog‟lom avlodning chinakam murrabiy bo’lishiga havasi, ishtiyoqi zo’r , zamon talablarini tez va chuqur tushunadigan, o‟zining ilmiy, ijtimoiy – siyosiy saviyasini, pedagogik mahoratini izchillik bilan amalga oshira boruvchi, bolalarni sevuchi, haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar kishilargina erisha oladi. Pedagogik mahorat – o‟z ustida ishlash, ijodir mehnatdir. Ta’lim va tarbiya jarayoni ta’sirchanligining yanada yuksak bo‟lishi avvalo o‟qituvchining ilmiy salohiyatiga bolalar oldidagi obro‟siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy istedodiga, va mahorati hamda bolalar bilan o‟rnatgan do‟stona munosabatiga bog’liqdir. Pedagogik mahorat bir qancha elementlardan tashkil topgan: 1. Pedagogning gumanistik (insonparvarlikka yo‟nalganligi).
2. Ixtisos mutahassislikka doir bilimlar.
3. Pedagogik qobiliyat.
4. Pedagogik texnika. Pedagogik texnikani egallash usullari.Taqdimot. Pedagogik texnika bu o’qituvchining kasbiy va shaxsiy sifatlarining umumlashmasi bo’lib, uning bilimlari, ko’nikma va malakalaridir. Tadqiqotchilarning fikiriga ko‟ra quydagi 4ta komponent pedagogik mahoratni asosini tashlik etivchu hisoblanadi:
1. Pedagog kasbiga sadoqat.
2. Pedagogning shaxsiy va kasbiy fazilatlarini to’liq egallashi.
3. Pedagogning ruxiy va psixologik tayorgalikka ega bo‟lishi.
4. Pedagogning maxsus va ixtisoslikka oid ilmiy va na‟zariy jihatdan bilim ko‟nikma malakalarga ega bo’lishi. Pedagogok mahorat bu pedagogning shaxsiy sifatlarining majmuyi, ilmiy texnik, pedagogik bilimlar hamda kasbiy ko’nikmalari va qobiliyatlarini yig’indisidir. Pedagogik mahorat samarasi, tarbiyachini pedagogik qobilyati qay darajada shakllanganligiga bog‟liqdir.Pedagogik qobiliyatlar – pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagog qobiliyat - bu bolalar bilan ishlashga ishtiyoq, bolalarga nisbatan muhabbat, ular bilan bo‟lgan muloqotdan mamnun bo’lish bilan ifoda bo’ladigan shaxs sifatlari. Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‟ladi va rivojlanadi. Pedagogik qobiliyatni quyidagi turlari mavjud: Bilish qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, kuzatuvchanlik qobiliyati, nutq qobiliyati, muomala qila olish qobilyati. Pedagogik qobiliyat va mahorat tarbiyachida osonlik bilan bilan shakllanmaydi. Bu kasbni tanalgan kishi o’z maqsadiga erishish uchun uzluksiz o’qishi, o’rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, voqeylikni tez anglashi va o’z mehnatini mamlakat uchun qanchalik zarurligini chuqur his qilishi zarur. Tarbiyachini pedagogik mahoratiga baho berishda uni ta‟limni, tarbiyani qay darajada tashkil qila bilishi muhim ahamiyatga egadir. Mashg’ulotlarni qiziqarli, mukamamal tashkil etishi tarbiyachining birinchi navbatdagi vazifasidir. Yuqori o’tilgan mashg’ulotlar bolalar ongida uzoq saqlanadi. Buning uchun har bir pedagog yuksak kasbiy tayyorgarligi va yuqori ahloqiy fazilat egasi bo‟lishlari darkor. Yosh pedagoglar, bo’lajak tarbiyachilar, birinchi bor ish boshlaganda pedagogik muomala muammosiga duch keladilar. Ularni qiynaydigan savol: “Bolalar bilan qanday muomalada bo’lish kerak?”, “Nima uchun ular (bolalar) quloq solmaydilar?”, “Qanday qilib hayajon va tortinchoqlikni yengsa bo’ladi?” va hokazo. Bu savollar bizni bir natijaga – pedagogik muomalani boshqara olmaslik degan xulosaga olib keladi. A.S. Makarenko shunday degan edi: “Amaliyotda men uchun: qanday turish, qanday yurish, ovoz ohangini qanday ko‟tarish, kulish, qanday qarash kabi eng oddiy “arzimas” narsalar muhim rol qiluvchi vazifani bajaradi. Meni bunga hech kim o‟rgatmagan, ammo bunga o‟rganish mumkin va o‟rgatish kerak, aslida shunga pedagogik mahorat bor va bo’lishi kerak”. Pedagogni bolalar bilan bo’lgan o’zaro munosabatida arzimas, narsani o’zi yo’q. qarash, ko’z tashlash, imo-ishora, ko‟zning harakati bularning hammasi ahamiyatli, chunki biz oddiy muomalada emas, balki professional muomalada bo‟lamiz. Bolalar bilan muomalada bo‟lish – bu doimo ijod qilishdir. Birinchidan ijodiy muomalada fikrlarni yetkaza bilish: yorqin obrazli tushunchalarni topa olish va o’z tinglovchisiga yetkazishdir. Ijodiy muomalaning yana bir ko’rinishi – bu shaxsni ko’z qarashidan, imo-ishorasidan tushuna olish. Bolani yuziga qarab, u bilan nima sodir bo’layotganini bilish – qanchalik muhimdir. Ijodiy muomalaning yana bir ko’rinishi bu – ruhiy holatini boshqara olish mahoratidir. Tarbiyachi, pedagog o’z his-tuyg’ularini boshqara olishi, hushchaqchaq, optimistic kayfiyatda bo’la olishi kerak. Pedagogik muomalani tartibga solish metodlari.
1-bosqich. Rejalashtirish orqali muomalani modellashtirib olish. Ya’ni darsga tayyorgarlik ko‟rish: dastur bilan tanishish, material tanlash, qo’llaniladigan metodlarni aniqlab olish va eng muhimi bo‟lajak muloqotni oldindan o’ylab olish.
2-bosqich. Bolalar bilan to’g’ridan-to’g’ri, bevosita muloqotga kirishish. Bu bosqichda eng muhimi pedagog muloqotda tashabbuskor bo‟lishi, vaziyatni o’z qo’liga olishidir. Bunga erishish uchun sinf bilan bo’lgan aloqada epchillik, ildamlilik ko’rsatishi kerak. Epchillik bilan tashkiliy ishlardan (salomlashish, o’tkazsih va h.k.) ish jarayoni va shaxsiy muloqotga o’tishi kerak. Muomala madaniyatiga e’tibor berish, nutqining ravonligi, tushunarli bo’lishi, imo-ishoralarni qo’llash, ko’z bilan ishlash va h.k. Pedagogning tashqi ko’rinishi: ozodaligi, o‟zini tuta bilishi, faolligi,hayrixoxligi, jozibaliligi va h.k.
3-bosqich - Muomalani boshqarish. Bu bosqichda tarbiyachi bir qator masalalarni hal etadi. Masalan muloqot orqali diqqani boshqaradi. Kimningdir diqqati bo’lindi. Uni qanday qilib o’qish jarayoniga qaytarish mumkin? Bunga albatta bolalarni qiziqtirish orqali muloqotga kirishish, baxs-munozara yuritish, muammoli vaziyatlar tashkil qilish, fikr almashish, har bir bolaga e’tibor berish, ularni mustaqil fikrlarini bilish, individual hususiyatlarini hisobga olish orqali erishish mumkin. Shu bilan bir qatorda bola pedagogni, unga kerak bo’lgan hayrixox munosabatini his qilishdir. Bu juda muhimdir.
4-bosqich – bo’lib o’tgan muloqot analizi. Pedagogning bolalar bilan bo’lgan muloqoti samarali, ijobiy bo’lishi va bolalarni o’zgaruvchan ruhiy holatiga to’g’ri kelishi uchun quyidagilar tavsiya etiladi: - suhbatdoshingizga e’tiborli bo’ling; - xotirani rivojlantiring (muloqot mavzusini esda tutish); - bolalar bilan bo‟lgan muloqotda kuzatuvchanlikni rivojlantiring; - bolalarni tashqi hatti-harakatlarini (imo-ishora, turish holatlarini analiz qiling; - muomala, muloqot jarayonida faqat suhbatdoshingiz haqida o’ylang. Pedagogning yorqin, aniq nutqi, o’tilayotgan mavzuni obrazli, tasvirli ko’z oldiga keltira olish qobiliyati – pedagog uchun juda muhimdir. Aynan mana shu obrazli tasvirni muloqot orqali ko’z oldiga keltira olish qobiliyati afsuski hamma pedagoglarda ham rivojlanmagan, aynan shu qobiliyat esa pedagogik muomalaning samarasini oshiradi. Tarbiyachi jamiyatning ijtimoiy topshirig‟ini bajaradi, shunday ekan har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayorlashda pedagog muayan ijtimoiy- siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Jamiyatning pedagoglik kasbiga qo’yadigan asosiy talablari quyidagichadir: G‘oyaviy sohada: ilmiy dunyoqarash va e’tiqod; ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatlarni chuqur tushunish;Vatan va jahon taraqqiyoti yo’lida ezgulik,ijtimoiy va fuqarolik burchini anglash; ijtimoiy – siyosiy faollik. Shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalash, o’z Vatani, tabiatga va oilasiga bo’lgan muhabbati, mustaqillik g’oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalash. Pedagog kasbi sohasida: bolalarni sevish va ular bilan ishlashga qiziqish, pedagogik ishni sevish;bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi; ruhiy – pedagogik ziyraklik va kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, tashkilotchilik qobiliyati; haqqoniylik, dilkashlik, talabchanlik, qat’iyatlilik, maqsadga intilish, vazminlik, o’zini tuta bilish sifatlari; kasbiy layoqatlilik,o’z ishiga ijodiy yondashishi, o’z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi,pedagogik texnikani (mantiq, nutq, ta’limning ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi; Bilish sohasida:chuqur umumiy bilim,keng dunyoqarash; kasb tayyorgarligi,xorijiy til, kompyuter bo‟yicha savodxonligi; o‟z bilimini tezlik bilan yangilash va to‟ldira olish qobiliyati, manaviy ehtiyoj va qiziqish, intellektual qiziqish, yangilikni his qila bilish, pedagogik ma’lumotlarni oshirishga intilish;mutaxassisligi bo‟yicha mustahkam bilimga ega bo’lib, o’z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo’lishi; ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi; FOYDANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh.M. “Niyati ulug‟ xalqning ishi ham ulug‟, hayoti yorug‟ va kelajagi farovon bo‟ladi” – Toshkent: O‟zbekiston, 2019 yil.
2. O. Xasanboyeva. “Maktabgacha ta‟lim pedagogikasi”. Toshkent 2011.
3. Babanskiy YU.K va boshqalar. „Pedagogika”, Moskva1998. 4. N.G‟aybullaev. Pedagogika. Ma‟ruzalar matni
Download 25.74 Kb.




Download 25.74 Kb.