№4 2022
22
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI ANVAR OBIDJON
SHE’RLARINI TAHLIL QILISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA
O‘RGATISH
Mamasahatova Sharafat Urol qizi
TerDUPI Ta’lim va tarbiya nazaryasi va metodikasi boshlang‘ich ta’lim
Mutaxasisiligi 1-bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7256203
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini Anvar Obidjon
she’rlarini tahlil qilish orqali mustaqil fikrlashga o‘rgatish, o‘quvchilarning
fikrlash
qobilyatlarini o‘stirish, kelajakda barkamol shaxsni tarbiyalash haqida fikrlar bayon
etilgan.
Kalit so‘zlar: Mustaqil fikrlash,
barkamol shaxs, Anvar Obidjon, she’riyat,
yumor, ong, bilim, tafakkur.
TEACHING PRIMARY SCHOOL STUDENTS TO THINK
INDEPENDENTLY THROUGH ANWAR ABIDJAN’S POETRY ANALYSIS
Annotation: This article teaches elementary students to think independently by
analyzing Anwar Abidjan’s poems, thoughts are expressed
on the development of
students’ thinking skills, the development of a harmoniously developed personality in
the future
Keywords: Independent thinking,
competent person, Anwar Abidjan, poetry,
humor, knowledge, thinking.
Chinakam ijod namunalarigina o‘quvchilarning onggi va tafakkuriga kuchli
ta’sir eta olishi mumkin. Shunday ekan bu kabi asarlar o‘zining
tarbiyaviy
ahamiyatga egaligi, insonlarni ezgulik sari yetaklashi, bunyodkor g‘oyalar targ‘ib
qilinishi bilan boshqa asarlardan ajralib turishi kerak. Bu xildagi she’rlar esa
o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, atrofdagi bo‘layotgan
xodisalarni anglagan holda
ulardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga undaydi.
Xususan, bolalarga adabiyot namunalarini o‘rganish uchun tashkil etilgan
darslarda o‘quvchilarga mustaqil fikrlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berish
bilim, ko‘nikma, malaka va kompitensiyalarini rivojlantirish yuzasidan olib
boriladigan ishlar muvvaffaqiyat garovidir. O‘sib kelayotgan
yosh avlodni mustaqil
fikrlaydigan, barcha masalalarda qo‘rqmasdan o‘z fikrini bildira oladigan barkamol
shaxslar qilib tarbiyalash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Zero, tafakkurning
mustaqilligi bilim olishdagi mustaqillikka tayanadi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.