|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini anvar obidjon she’rlarini tahlil qilish orqali mustaqil fikrlashgaBog'liq boshlang-ich-sinf-o-quvchilarini-anvar-obidjon-she-rlarini-tahlil-qilish-orqali-mustaqil-fikrlashga-o-rgatish
№4 2022
23
Bilim olishimiz uchun esa kitoblar asosiy rol o‘ynaydi. Kitob o‘qish inson
tafakkurining ozuqasidir bu haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham ko‘p bora
o‘z nutqlarida ta’kidlab kelmoqda. ‘’Kitob o‘qigan, o‘zini ustida ishlagan odamda
qanoat bo‘ladi. U befarq bo‘lmaydi. Uning kuchi bilimida bo‘ladi…’’ shu nuqtai
nazardan bugun kitob o‘qishni targ‘ib qilish davlat siyosati darajasiga olib
chiqilmoqda.
O‘zbek bolalar adabiyotining iste’dodli vakili, serqirra ijodkor, bolalarning
sevimli shoiri Anvar Obidjon asarlariga shu jihatdan nazar tashlasak bolalar ruhiy
olamini ochib beradigan, ularni kitobga oshno etadigan, ajoyib, jozibador asarlar
muallifi sifatida ko‘ramiz. Uning asarlari yosh avlodni ezgulik, yaxshilik sari
yetaklab ulardagi insoniylik tuyg‘ularini oshirishga xizmat qiladi.
Biz bilamizki, Anvar Obidjon ijodi bolalar adabiyotiga yangicha yo‘nalish olib
kirdi. She’rlarida nafaqat kitobxon onggiga ta’sir qilish, balki uning qalbiga kirib
borish bosh maqsad qilib olingan. chunki ko‘ngilda qattiq o‘rnashgan narsagina
ongda uzoq vaqt saqlanadi. Fikrimizning dalili sifatida bolalar shoiri Tursunboy
Adashboyev ta’rifini keltirib o‘tamiz. ‘’80-yllarga kelib Anvar Obidjon bolalar
she’riyatidagi ob havoni bir yo‘la yangiladi’’.
Uning ko‘pgina asarlarida o‘ta jozibador yumor ustunlik qilayotgani sezilsada
aslida esa yurtning ozodligi va qadr qimmatini xalqning sha’nini kamsituvchilarga
nafrat milliy hurlikka tashnalik, o‘zlikni anglashga da’vat yangrab turadi. Shoirning
mahorati shundaki, u bolalar olamining o‘zgacha ekanligini tub tubidan ko‘ra oladi.
Ichki dunyosini, o‘y –xayollarini, mitti qalbidan o‘tayotgan fikrlarni nozik did bilan
tasvirlab beradi.
Inson bolasi borki, nurga talpinadi, quyoshga intilib yashaydi. Chunki
quyoshning zarrin nurlari bor joyda, yorug‘lik bor joyda albatta ezgulik g‘alaba
qiladi. Anvar Obidjonning “o‘zimning quyoshim “ she’ri ezgu maqsadni ilgari surishi
bilan kitobxonga o‘zgacha shodlik va ma’naviy yuksaklik bag‘ishlaydi.
Ona quyosh, aksingni
Chizdim yo‘lakka.
Sen hammaga mehribon,
O‘zing bo‘lakcha.
Nur tushmagan joylarda
Kezarmish kulfat
Yo‘lagimda hech qachon
Bosmasin zulmat.
Ko‘rib turibmizki she’r sodda, samimiy hamda oddiy misralarda bitilgan.
Bolalarning quyoshni go‘zal qilib tasvirlaganliklari va quyoshga murojaat
qilayotganliklari ifoda etilib, quyosh nuriga o‘zgacha bir ilohiylik bag‘ishlagan.
|
| |