|
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini anvar obidjon she’rlarini tahlil qilish orqali mustaqil fikrlashgaBog'liq boshlang-ich-sinf-o-quvchilarini-anvar-obidjon-she-rlarini-tahlil-qilish-orqali-mustaqil-fikrlashga-o-rgatish
№4 2022
24
Anvar Obidjon she’rlarini tahlil qilar ekanmiz, undagi soddalik bilan birgalikda
kuchli yumor ostida yashiringan achchiq haqiqatni ham ko‘rishimiz mumkin. Bu
orqali esa bolalarga ramziy ma’noda tasvirlangan obrazlarni insonga qiyoslab
tushuntirib berish orqali ularning mustaqil fikrlashlariga imkon yaratib beriladi.
Quyidagi ‘’Tekinxo‘r’’ she’rini o‘qir ekanmiz tengsizlikni, boshqalar hisobiga kun
ko‘ruvchi insonlarni tanqid qilganligini sezamiz bu esa bolalarni kelgusi hayotga
tayyorlovchi ular atrofida uchrab turuvchi vaziyatlardan biri ekanligini va bunday
jirkanch ishlarni qilmaslikka da’vat qilish kerakligi nazarda tutilmoqda.
Qumursqavoy
Topib uvoq,
Terga botib
Tortdi uzoq
Chumchuq kelib
Sekingina,
Yutdi-qo‘ydi
Tekingina.
Anvar Obidjonning ‘’Navro‘z taronasi’’ she’rini o‘qir ekanmiz tabiatning go‘zal
tasviri ifodasiga guvoh bo‘lamiz va olamning bu ajib ko‘rinishi ko‘z oldimizda
namoyon bo‘ladi. Ma’lumki bolalar tasavvur olami kattalarga nisbatan kuchli bo‘ladi.
She’rdagi tasviriy ifodalarni ular ko‘z oldilariga keltirishib navro‘z bayramini
eslashadi.
Ko‘kda quyosh gulxan yoqdi
Soylar yana to‘lib oqdi
Chiqib xazon ko‘rpasidan,
Boychechaklar kulib boqdi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bugun kitob olamiga oshno etib
tarbiyalanayotgan bolalar hayotning oq qora ranglarini anglab yaxshilik va yomonlik
tuyg‘ularini odamiylikni anglashadi balki ular jamiyatda bo‘layotgan ishlarga
mustaqil fikr bildira oladigan yetuk shaxslar sifatida kamol topishadi. Fikrimizning
dalili sifatida esa yurtboshimizning ‘’bugun bitta kitob o‘qiyotgan bola ertaga
televizor ko‘rib o‘tirgan o‘nta bolani boshqarishi mumkin’’ degan fikrlarini keltirib
o‘tamiz. Anvar Obidjon asarlari ruhida tarbiyalangan bolalar hayotta o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan teran fikrli insonlar qatorida bo‘lishadi. Uning namunali hayoti va boy
ijodidan, unda ko‘tarilgan g‘oyalardan ibrat, saboq olish esa ham ilmiy ham ma’rifiy
ahamiyat kasb etadi.
|
| |