Kreativlik pedagogik faoliyatnirivojlantirishning asosiy omili sifatida




Download 175,43 Kb.
bet2/3
Sana11.06.2024
Hajmi175,43 Kb.
#262442
1   2   3
Bog'liq
Kreaktivlik jarayonlarni shakllanishida tafakkur jarayonlarning

2. Kreativlik pedagogik faoliyatnirivojlantirishning asosiy omili sifatida
Kreativlik — shaxsning muammoli vaziyatlardan tafakkuri orqali, takrorlanmas yo‘l bilan chiqib ketish, unga ijodiylik bilan yondasha olish qobiliyati hisoblanadi.
Kreativlik tushunchasi (lot., ing. «create» – yaratish, «creative» yaratuvchi, ijodkor) ingliz tilidan tarjima qilganda ijod ma’nosini anglatadi. Haqiqattan esa yangi, original (o‘ziga xos) yanada sayqallangan moddiy va ma’naviy bog‘liqliklarni yaratishdir. Kreativlikni ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o‘ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkin. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug‘atlariga asoslanib o‘qituvchining kreativligiga uning fikridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’rif berish mumkin.
Kreativ tafakkur barcha faoliyat turlariga tegishli. Bundan lingvistik kreativlik ham mavjud bo‘lib, bu tilning turli sath birliklaridan foydangan holda obrazli fikrlash, ma’lum tafakkur mahsuli bo‘lmish tushuncha yarata olish imkoniyatidir. Tilda tushunchani turli shaklda ifodalash imkoniyati mavjud.
Kreativ fikrlovchi insonlar biron bir manzarani o‘zgacharoq tasavvur etadi, hech kim ilg‘amagan jihatlarni payqay oladi. Mana shunday kreativ tafakkurni rivojlantirish tashkil etilgan darsning qaysi metod va usullardan foydalanganlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda esa interfaol usullar yaqindan yordan beradi. Interfaol ta’lim turlaridan biri – kreativ ta’limdir.
Kreativ usulda o‘tilgan mavzuni o‘quvchi to‘liq o‘zlashtirishi bilan birga, ijodkorlik qobiliyatini ham rivojlantiradi. Agar o‘quvchida she’r yozishga moyillik bo‘lsa, u ijodiy matnni she’r orqali ham ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ko‘rib turganimizdek, bu kabi metodlar o‘quvchida tezkorlik, shu bilan birga, kreativ kompetensiyani shakllanishida ham muhim rol o‘ynaydi. Agar bunday usullardan ko‘proq foydalanilsa, har qanday o‘quvchi darsga qiziqadi, shu bilan birga kreativ qobiliyatga ham ega bo‘ladi.
Kreativlikni: ijodga intilish, hayotga ijodiy yondashish, o’ziga doimiy tanqidiy nazar solish va tahlil etish deyish mumkun. Hozirgi zamon psixologiya va pedagogika lug’atlariga asoslanib o’qituvchining kreativligi deb uning fikirlaridagi sezgilaridagi, muloqotdagi, alohida faoliyat turidagi, ijodiy yondashish, bilish darajasi deb ta’riflash mumkun. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularni cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi.
“Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to’rtta kreativlik konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki, mazkur kreativ ko’nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun:
1. Ravonlik. Ko’plab g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi ko’p degan so’zga asoslanadi.
2. Moslashuvchanlik. Turli g’oyalarni o’ylab topish ko’nikmasi o’zgartirish degan so’zga asoslanadi.
3. O’ziga xoslik. Boshqalarga o’xshamagan, ajralib turuvchi g’oyani o’ylab topish ko'nikmasi noyob degan so'zga asoslanadi.
4. Yaratuvchanlik. G’oyalarni kengaytirish ko’nikmasi qo’shish degan so’zga asoslanadi.
Kreativlik darslarida pedagoglardan ajoyib g’oyalarni o’ylab topish (o’ziga xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g’oyalar bilan solishtirish va ulardagi bog’liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur ko’nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Patti Drepeau tomonidan ham shaxsda kreativlik sifatlari ni muvaffaqiyatli rivojlantirishning to’rtta yo’li ko’rsatilgan:

  • Kreativ fikirlash ko’nikmasini shakllantirish;

  • Amaliy kreativ harakat ko’nikmalarini rivojlantirish

  • Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish;

  • Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish.

Xorijiy pedagoglar, xususan, Patti Drapeauning fikricha, bir shaxsning ayniqsa o’qituvchining kreativligi boshqalarni ijodiy jarayonini tashkil etishga ruhlantiradi.
“Kretivlik yuqumli xususiyatga egadir; kreativ bo’lish uchun kishi ko’proq kreativ insonlar bilan muloqot qilishi va hamisha izlanishda bo’lishi lozim. Har qanday ko’nikmani shakllantirish mumkun bo’lganiday, kreativ fikirlash qobilyati yoki ko’nikmasini ham rivojlantirish mumkin. Bu bo’lajak pedagoglarga ham taalluqli bo’lib, kreativlik ustida ishlash bo’lajak pedagoglarga noodatiy tarzda fikirlashga yordam beradi.
Haligacha ta’lim tizimida ko’plab yondashuv va metodlar ijodiy fikirlash emas, talqin va tahlilga, ya’ni berilgan ma’lumotni tushunib, to’g’ri yetkazishga, nari borsa, bir necha axborotni umumiylashtirib, xulosa chiqara olishga yo’naltirilgan.
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganiga qaramay, ko’pchilik o’qituvchilar hali hanuz shaxs o’zlarida hamda bo’lajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o’zlashtira olmayaptilar.
Balki darslarni avvaldan o’ylab, rejalashtirib o’tilishi bo’lajak pedagoglar uchun qiziq bo’lmayotgandir,balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi bo’lajak pedagoglar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag’bat bildirmayotgandir
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalami yechish, muammoli vaziyatlami tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Kreativ kompetentlik shaxsda mustaqil fikrlash sifatlari namoyon bo’lishining eng asosiy va faol shakli hisoblanadi. Barcha tariflar bir-biridan keskin farq qiliga qaramay, uning ba’zi umumiy jihatlarini ko’rsatish mumkin. Birinchidan, kreativ kompetentlik natijasi sifatida olinadigan mahsulotning sifat jihatidan yangilikka ega bo’lishi; ikkinchidan, ushbu jihatlar kreativ kompetentlikning dastlabki asoslarida mavjud bo’lmaganligi; uchinchidan esa, har qanday kreativ kompetentlik faoliyati intellektual izlanishni taqozo etishi bilan belgilanadi.
O’quvchilarda kreativ kompetentlik faoliyatini quyidagicha belgilariga ko’ra tasniflash mumkin:

  • ijod turi (texnik, texnologik, tashkilotchilik, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, pedagogik, didaktik, o’quvchilarda, aralash);

  • ijod darajasi (mono ijod, mulbti ijod, mega ijod);

  • ijod qamrovi (bilim sohasi, tarmoqlararo, milliy, mintaqaviy, mintaqalararo, xalqaro);

  • ijodning davomiyligi (qisqa muddatli, o’rta muddatli, uzoq muddatli);

  • ijodning shakli (innovatsion, ta’limiy, investitsion, aralash);

  • umumiy jihatlariga ko’ra (yangi g’oyalarni hayotga tadbiq etish; printsipial jihatdan yangi yechimlarni ilgari surish; yangilikni amaliy qo’llash);

  • yaratilgan ijod mahsulini ma’nosi va murakkabligiga ko’ra (ratsionalizatorlik taklifi; ixtiro; kashfiyot).

Tahlillar o’quvchining ijodkorligi uning masalalar yechishi, insho yozishi, tajriba ishlari, o’quv topshiriqlarini bajarishi bilan bog’liq muammoli vaziyatlarda mustaqil fikrlashi bilan namoyon bo’lishini ko’rsatdi.
Ijodiy faoliyatni o’qituvchi va o’quvchilarning bu jarayonga psixologik jihatdan yetarlicha tayyor emasliklari murakkablashtiradi. Muntazam ravishda muayyan usul, shakl, vositalarga tayanib qolish - yangi vaziyatlarga moslasha olmaslik, kutilmagan vaziyatlarda ish yurita olmaslikka olib keladi. Bu psixologik holat sifatida turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin, jumladan: o’zgalar fikr va mulohazalarini umuman qabul qilmaslik; umumiy qabul qilingan nuqtai nazardan qat’iy himoyalanish; yangi mazmun va vositalarga nisbatan eski usullarni qo’llash; yangi usullarda eski usullarning saqlanib qolishi; umuman yangi masalani yechishda an’anaviy usullarni qo’llash kabilar.
O’quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o’zaro bog’liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi - o’quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan; ikkinchisi - o’zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo’llay olishga o’rgatish bilan belgilanadi.
Quyidagi ko’rsatkichlar o’quvchilarda kreativlik kompetentlikni shakllantirish mezonlari sifatida taklif qilindi: mustaqil qaror qabul qilish; o’z imkoniyatlariga ishonch; faol izlanuvchanlik; fikrlash tezligi; fikrlash moslashuvchanligi; g’oyaning o’ziga xosligi; g’oyaning mukammalligi; g’oyaning ijobiy yo’naltirilganligi; axborotlarni qayta ishlash va maqsadli qo’llay olish; tasavvur kengligi; bir-biridan uzoq fikrlarni o’zaro bog’lay olish; g’oya salmog’ini baholay olish; yechimning nafis, bejirim va oddiyligi; ko’plab g’oyalarni yuzaga keltira olish; g’oyaning asosliligi. Ushbu sifat ko’rsatkichlarini baholashda test sinovi, muammoli topshiriq va tajriba usullardlan foydalaniladi.
Maqsadimiz o’quvchilardagi kreativlik kompetentlikni o’rganish va uni baholash usullari, shuningdek kreativlik kompetentlikni shakllantirish mezonlarini aniqlash va qo’llash asosida ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar samaradorligini asoslashdan iborat etib belgilandi. Natijada quyidagi vazifalar ijobiy hal etildi:

  • uzluksiz ta’lim tizimi mazmunining tahlili asosida o’quv-tarbiya jarayonida o’quvchilar kreativ kompetentlikini shakllantirish bo’yicha nazariy ma’lumotlar o’rganildi va umumlashtirildi;

  • kreativ kompetentlikni o’rganish usullari, shuningdek kreativlikni shakllantirish mezonlari belgilab olindi;

  • so’rovnomalar vositasida o’quvchilarda kreativ kompetentlik borasidagi asosiy tushunchalarni o’zlashtirganlik darajasi aniqlandi;

  • tadqiqot ishida o’quvchilarda kreativ kompetentlik sifatlarini rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan tavsiyalar sinovdan o’tkazildi;

  • umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilarini kreativ kompetentlikini shakllantirish uchun zarur didaktik shart-sharoitlar hamda ijodkor shaxs o’quvchilarda ahamiyatli sifatlarini shakllantirish tizimining didaktik modeli samaradorligi baholandi.

Kreativ kompetentlik o’quvchilarning egallayotgan bilimlarini mustahkamligi va mukammalligini ta’minlash, ularda faol va mustaqil fikrlovchi shaxs xislatlarini shakllantirish, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi faoliyat turi hisoblanadi. Bu holat, ayniqsa bo’lajak mutaxassislarning fan asoslarini o’zlashtirishida, keyinchalik bu jarayonga bevosita rahbarlikni amalga oshirishda o’quvchilarda kreativ kompetentlikka asoslangan yondoshuvlarni joriy etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kreativ kompetentlik faoliyatini rivojlantirishda ilmiy-texnik ma’lumotlar bilan tanishish muhim o’rin tutadi. O’quvchilarga axborotnomalar, ilmiy atamalar bo’yicha ma’lumotlar, ixtirochilik va patentshunoslik materiallari haqida ma’lumotlar berib borish muhim manba vazifasini o’taydi. Axborot texnologiyalari va patentshunoslik sohasidagi mutaxassislar bilan yaqindan hamkorlik qilish, shu sohalarga oid davriy nashrlar bilan muntazam tanishib borish o’zining ijobiy natijalarini beradi.
Taxlilga ko’ra o’quvchilarni kreativ kompetentlik faoliyatiga tayyorlash strategiyasini quyidagi yo’nalishlarda amalga oshadi deb hisoblash mumkin: - o’quvchilar e’tiborini masalani hal qilishda qo’llanilgan usulning umumiyligi, keng qamrovligiga qaratish;

  • o’quvchilarni kreativ kompetentlik usullariga o’rgatishni dars maqsadi sifatida emas, balki darsda qo’yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo’l, imkoniyat sifatida qaralishi;

  • o’quvchilar o’zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g’oyalar kreativ kompetentlik darslarinining asosiy mahsuli sifatida qaralishi;

  • axborotlarni yig’ish, tahlil va talqin qilishni kreativ kompetentlikni yo’lga qo’yishning muhim jihati sifatida qaralishi;

  • shaxs kreativ kompetentlik sifatlarini tarbiyalashni ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan mashg’ulotlarining muhim, qamrovi jihatidan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlardan ham tashqariga chiqadigan masala sifatida qaralishi.

XULOSA
O’quv mashg’ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bo’lajak pedagoglarda tanqidiy,kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish,ularni ijodiy fikirlash, yangi g’oyalarni o’ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo’lgan munosabatni o’zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag’batlantirishda asosiy omil bo’ladi. O’qituvchining ijodkor va kreativ bo’lishi yoki bo’lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g’oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko’rishga intilishi zarur.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kreativlik xozirgi kunda judayam, ayniqsa O‘zbeksitonda tanqis, kam uchraydigan narsalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab ko‘pchilik pedagog o‘qituvchilarni o‘z ustida ko‘p ishlamasligida deb aytsak bo‘ladi. Kreativlik uchun qobilyat tug‘ma bo‘lishi kerakmi degan savol tug‘iladi. Qaysidir ma`noda albatta kerak bo‘ladi. Lekin xammasi mehnatga, o‘z ustida ishlashga borib taqaladi. Kreativ- pedagog har tomonlama rivojlangan, har bir darsini qiziqarli o‘ta oladigan,yangi metodlar va tehnikalardan xabardor va barcha o‘quvchilari uchun sevimli bo‘lgan mahoratli ustoz. Uning darslari g‘aroyib g‘oyalarga boy!
Shuni unutmaslik kerakki, bugungi jamiyat bir xillikdan zerikdi. Endi faqatgina kerativ o‘ylagan insongina xammadan ajralib tura oladi. Chunki Kreativlik- bu cheklash mumkin bo‘lgan tushuncha emas. Uni rivojlantirish xar birimizning qo‘limizda. Unutmang, Kreativlik – XXI asr talabi!

Download 175,43 Kb.
1   2   3




Download 175,43 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kreativlik pedagogik faoliyatnirivojlantirishning asosiy omili sifatida

Download 175,43 Kb.