|
Termiz Davlat Pedagogika Instuti Tarix fakulteti Geografiya va iqdisodiy bilim asoslar yo’nalishi101-guruh talabasi O’taganov Akbar
|
Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 374,27 Kb. | | #108770 |
Bog'liq geografik qobiq tuzulishi - копия - копия Termiz Davlat Pedagogika Instuti Tarix fakulteti Geografiya va iqdisodiy bilim asoslar yo’nalishi101-guruh talabasi O’taganov Akbar Reja: - Geografik qobiq tuzulishi
- Geografik qobiq haqida
Geografik qobiq, landshaft qobigʻi, epigeosfera — Yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferalar oʻzaro tutashadigan va bir-biriga taʼsir etadigan qobigʻi. G. q.ning tarkibi va tuzilishi juda murakkab. Uning yuqorigi va pastki chegaralari ham shartlidir. Atmosferada G. q. stratopauza buylab oʻtadi deb hisoblaydilar, chunki Yer yuzasining atmosfera jarayonlariga boʻlgan issiqlik taʼsiri shu chegaragacha davom etib, litosferada esa gipergenez oblasti quyi qismigacha boradi. G. q. butun gidrosferani, Yer poʻstining yuqori qavatini va atmosferaning quyi qismi (25–30 km qalinlikdagi qatlam)ni oʻz ichiga oladi. G. q.ning eng qalin qismi 40 km ga yaqin.
G. q.ning Yerdagi boshqa qobiqlardan farqi: G. q. Yerdagi va kosmosdagi jarayonlar taʼsirida shakllanadi; litosfera, atmosfera tutashib, oʻzaro taʼsir etib turadi — turli xil erkin energiyalarga nihoyatda boy, unda moddalarning barcha agregat holati uchraydi; Quyoshdan keladigan issiqlik toʻplanadi; insoniyat jamiyati mavjud.Yer poʻstini tashkil etadigan tog jinslari relyef bilan birga, havo massalari, suv, tuproq qatlami va biotsenozlar, qutbiy kengliklarda va baland togʻlik joylarda toʻplangan muzliklar G. q.ning asosiy moddiy komponentlaridir. Gravitatsion energiya, sayyoraning ichki issiqligi, Quyoshning nur energiyasi va kosmik nurlar energiyasi esa asosiy energetik komponentlaridir.
G. q. quyidagi muhim xususiyatlarga ega: 1) tarkibiy qismlari oʻrtasida betoʻxtov modda va energiya almashinishi tufayli G. q. yaxlit bir butunni tashkil etadi; 2) moddalar (ular bilan bogʻliq holda energiya) aylanma harakat qilib turadi. Tabiatda moddalarning aylanib yurishi turlicha: ulardan baʼzilari mexanik harakatlardir (atmosfera sirkulyatsiyasi, dengiz oqimlari), boshqalarida moddaning agregat holati oʻzgaradi, uchinchilarida uning kimyoviy tarkibi ham oʻzgaradi (biologik aylanma harakat); 3)ritmiklik, yaʼni jarayon va hodisalarning vaqt oʻtishi bilan takrorlanishi. Bu, asosan, astronomik va geologik sabablarga bogʻliq. Sutkalik (kun va tunning almashinishi), yillik (yil fasllarining oʻzgarishi), asr ichida (mas, har 25—50-yilda) iqdim, muzlik, koʻl sathi, daryolardagi suv miqdori va b.ning takroriy oʻzgarib turishi, asrdan koʻp (mas, har 1800—1900-yillarda va salqinsernam iqlimli davrning quruq va issiq iqlimli davr bilan almashib turishi), geologik ritmlar (kaledon, gersin, alp togʻ hosil boʻlish bosqichlaridan har birining 200—240 mln. yil davom etishi) va h. k. ritmlar farq qilinadi; 4) ekzogen va endogen kuchlarning oʻzaro taʼsiri ostida G. q.niig yaxlit sistema sifatida betuxtov rivojlanishi; 5) Yerning shakli va Quyosh energiyasining Yer yuzasida taqsimlanishidan kelib chiqadigan zonallik hamda regionallik xususiyati.
Yerning ichki va tashqi (koinot) omillari va jarayonlari yer po‘stining yuza qismida to‘qnashib va o‘zaro ta’sirlashib sayyoramizning boshqa hech bir qismida uchramaydigan o‘ziga xos tabiiy tizim – geografik qobiqni vujudga keltirgan.Geografik qobiqning mohiyati shundaki, faqat undagina suv uch xil holatda uchraydi, hayvonlar va o‘simliklar yashaydi, tuproq qoplami hosil bo‘ladi, turli tog‘ jinslari va relyef shakllari vujudga keladi, quyosh energiyasi to‘planadi va xususiyatlarini o‘zgartiradi. Eng asosiysi, hayot mavjud, kishilik jamiyati faqat shu qobiqda paydo bo‘lib yashamoqda va rivojlanmoqda.Geografik qobiq juda murakkab tuzilgan bo‘lib, unda 3 tarkibiy tuzilish darajalari ajratiladi: geokomponentli, geosferali, geotizimli.Geokomponentli eng sodda tuzilish darajasi. Geokomponentlar yer yuzidagi bir xil holatdagi (qattiq, suyuq, gazsimon) moddalardir. Bular tog‘ jinslari, tuproq, suv, havo, o‘simlik va hayvonlar.
Etiboringiz uchun rahmat!
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Termiz Davlat Pedagogika Instuti Tarix fakulteti Geografiya va iqdisodiy bilim asoslar yo’nalishi101-guruh talabasi O’taganov Akbar
|