• E’tiboringiz uchun rahmat
  • Zamonaviy tarbiya fan o'qituvchisining kasbiy kompetensyalari va unga qo'yilgan talablar




    Download 3.98 Mb.
    Sana30.03.2024
    Hajmi3.98 Mb.
    #182320
    Bog'liq
    Zamonaviy tarbiya fan o\'qituvchisining kasbiy kompetensyalari va unga qo\'yilgan talablar
    valijonov xojiakbar iqtisod neww, Кашкалдок беруний, Маъруза 6, 1696998433, Test, Zamonaviy tarbiya fan o\'qituvchisining kasbiy kompetensyalari va unga qo\'yilgan talablar, Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili., Test

    Zamonaviy tarbiya fan o'qituvchisining kasbiy kompetensyalari va unga qo'yilgan talablar
    O‘qituvchilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
    “O‘qituvchi – deydi Abu Nasr Al- Forobiy, - aqlfarosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur.” U o‘z fikrini davom ettirib: “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aqlfarosatga, ravon nutqqa ega bo‘lishi, o‘qituvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini to‘la va aniq ifodalab berishni bilmog‘i lozim. Shu bilan birga o‘z nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lmog‘i lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi,” – deb ta’kidlaydi.
    Abu Ali Ibn Sinoning fikricha, “O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog‘i lozim. Mahoratli ustoz o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, aql qatlamlariga kira olmog‘i lozim.” Nosiriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday deydi: “... O‘qituvchi munozaralarni olib borishi, rad etib bo‘lmaydigan darajadagi isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim... o‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas.
    Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi: O‘qituvchi – sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. Ustoz o‘quvchilar uchun dars payti, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbai hisoblanadi. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘ladilar. Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
    Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir. Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablaridan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan.
    O‘qituvchining eng muhim shaxsiy xislatlari quyidagilardir:
    - O‘qituvchining o‘z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tili, o‘z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatning mustaqilligi g‘oyasida yashashidan iboratdir;
    - Ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajad his etishi;
    - Oliyjanobligi, aql-farosatli, ma’naviy pok;
    - O‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
    - Jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagichadir:
    - Keng bilim saviyasiga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
    - Yosh pedagogik psixiologiya, ijtimoiy psixiologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda makyab gigiyenasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
    - O‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasida jahon fanida erishilgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
    - Bolalarni bilishi, uning ichki dunyosini tushuna olishi;
    - Pedagogik texnikani ( mantiq, nutq, ta’limnig ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
    - O‘qituvchining o‘z bilim va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi. Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga eng yuqori darajada mos keladigan bo‘lishi uchun intilishi kerak.
    - Zamonaviy o‘qituvchi o‘zining bilim, ko‘nikma va malakalarini amaliyotda, ya’ni ta’lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda samarali qo‘llay olishi - kasbiy kompetentligining eng asosiy komponentidir. Jumladan, – dunyo va mamlakatda ta’lim taraqqiyoti bosqichlarini bilishi, xalq ta’limi tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni mazmunini ta’minlashga, uzviylik va uzluksizligiga amal qilish;
    – kompyuter, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va pedagogik faoliyatida qo‘llay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
    – talabalarning ruhiy, jismoniy rivojlanishi va yosh hususiyatlari qonuniyatlarini bilishi, ta’lim-tarbiyada pedagogik-psixologik yondashuvga asoslanish;
    – o‘quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda darsning aniq bosqichi uchun samarali zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda metodlarni to‘g‘ri tanlash va qo‘llay olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
    – o‘quv-tarbiya va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida bolalar hayoti va sog‘ligi, texnik hamda axborot havfsizligini ta’minlashga tayyor bo‘lish;
    – dars jarayonida mediaresurslar va elektron tarmoq imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda mediahavfsizlik me’yorlariga amal qilish;
    - O‘qituvchilar umumta’lim fanlarini o‘qitish darsining mazmuniga mediamadaniyat va mediaxavfsizlik tushunchalarini singdirib borishi, ularga axborot texnologiyalarining cheksiz ijobiy imkoniyatlari, afzalliklari bilan bir qatorda salbiy ta’siri va oqibatlaridan o‘zini himoyalash yo‘llarini ham o‘rgatish lozim. Bunda talabalarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini quyidagilarni inobatga olgan holda rivojlantirish maqsadga muvofiqdir:
    – talabalarda axborot texnologiyalarining hayot va jamiyatdagi roli, imkoniyatlari va qo‘llash doirasi, shuningdek, uning salbiy oqibatlari va ulardan himoyalanish haqidagi tushunchalarni shakllantirish;
    – ta’lim olish va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida elektron resurslar, o‘quv dasturlari va boshqa o‘quv-metodik mahsulotlarning afzalliklarini anglash va qo‘llashni o‘rgatish;
    – masofadan ma’lumot almashish lokal va global tarmoqda ma’lumot qidirishni va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-hatardan saqlanish hamda mediamadaniyat qoidalariga rioya qilish.
    Yoshlarimizda yangi zamonga mos hayotiy mo‘ljallarini belgilashda chalg‘imaslik, axborot makonida o‘zlariga kerakli manzilni aql-idrok, halollik va mehnatsevarlik bilan topish, Vatan taraqqiyoti va yurt faravonligiga o‘z hissasini qo‘shish kabi fazilatlarni tarbiyalash biz pedagoglarning burchidir. O‘qituvchilar umumta’lim fanlarini o‘qitish darsining mazmuniga O‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xilldagi ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning, shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorgarligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorgarligidan dalolat beradi.
    Muhim davlat vazifasini – Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o‘qituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati, asosan, amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi. Shu bilan birga o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z malakasini oshirib, o‘zishining muvaffaqiyatini yuqori darajada ta’minlashga yordam beradigan shaxsiy xislatlarini tarbiyalab borishi zarur. Jamiyat uchun o‘qituvchining o‘rni va roli beqiyos. Ularning saviyasi jamiyatni yo tubanga, yoki yuksakka olib boradi. Tushunarli bo‘lishi kerakki, o‘qituvchi – ulkan mas’uliyatli, hur fikrli va o‘sib boruvchi bilim egasi.
    Zamonaviylik uning majburiy sifati, bilimiga qanady talab bo‘lsa, unga ham shunchalik qat’iy talab bo‘ladi. Ya’ni bilimini bu zamonga muvofiqlashtirib borilmasa, nafi va dollzarbligi kamayib boradi. Demak, keng dunyoqarash, hur fikrlash va zamonaviylik – o‘qituvchining majburiy kasb talabi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida haqli ravishda ta’kidlaganidek, “ agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug‘i maktab bo‘lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o‘qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”. Darhaqiqat, o‘qituvchi, jamiki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg‘ak qalblarga ezgulik yog‘dusini baxsh etadigan mo‘tabar zotdir.
    E’tiboringiz uchun rahmat
    Download 3.98 Mb.




    Download 3.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zamonaviy tarbiya fan o'qituvchisining kasbiy kompetensyalari va unga qo'yilgan talablar

    Download 3.98 Mb.