Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili




Download 20.83 Kb.
Sana30.03.2024
Hajmi20.83 Kb.
#182180
Bog'liq
Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili.
valijonov xojiakbar iqtisod neww, Кашкалдок беруний, Маъруза 6, 1696998433, Test, Zamonaviy tarbiya fan o\'qituvchisining kasbiy kompetensyalari va unga qo\'yilgan talablar, Test, Zamonaviy tarbiya fan o\'qituvchisining kasbiy kompetensyalari va unga qo\'yilgan talablar

Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili
Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.
Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P.Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: "...tarbiyaviy ishlarda ta`lim muassasasining milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning(uning qayerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning ta`limiy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi.
Yangi avlodni tarbiyalash g‘oyasining asoschisi J.Lokk
Yoshlar hisob-kitob ilmini bilish bilan birga, an’anaviy qilichbozlik san’atini ham yaxshi egallashlari kerak deb hisoblar edi. Jon Lokk Angliyaning jahon miqyosidagi obro‘sini ko‘tarishni yoshlarni tarbiyalashga tayanmay oshirish mumkin emasligini asoslab, amalga oshirdi.
Angliyadagi tarbiyaviy maqsad – yosh avlodni tarbiyalash g‘oyasi Fransiyada ham qabul qilinib, o‘ziga xos tarzda amalga oshirildi. Bu quyidagicha ta’riflangan edi; "Fransiyada tarbiyadan maqsad - o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, fazilatlar, ziyolilik, sog‘lom mushohadalik ruhida tarbiyalanganlikni o‘z Vatanida qabul qilingan xush xulqlik bilan uyg‘unlashtirib, takomiliga yetkazgan fransuzdir", madaniy uyg‘onish davrida amalga oshirilgan islohotlar ta`lim, tarbiya maqsadini belgilashga mahsuldor ta’sir ko‘rsatib, Olmoniyaning milliy davlat sifatida rivojlanishiga katta turtki bo‘lib xizmat qildi.
“Yevropa tarbiyasi”. Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi:
1) tarbiya va ta’lim rejalari, dasturlari milliylashtirildi;
2) ta’lim ona tilida olib borila boshlandi;
3) tabiiy-matematik fanlar turkumining roli oshirildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq kolonial maktablarni birdaniga isloh qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli mavjud ta’lim tizimlarini saqlab qolgan holda tarbiyaviy jarayonni milliy asosga qurish boshlandi. Jumladan ta’limning ona tilida berilishiga erishildi.
Yapon milliy tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlaridan ayrimlari:
• milliy birlik, yaponlarning jamoa, urug‘ kollektivchilligi umummilliy darajada namoyon bo‘ladi: kechagina bir-biriga raqobat qiluvchilar millat manfaatiga dahldor vaziyatda birdaniga bir-birini qo‘llay boshlaydilar;
• jamoa ming ko‘zli devor bo‘lib, har bir yaponning hatti-harakatini kuzatadi, uning hatti-harakatidagi axloqiy qadriyatlarning sofligini nazorat qiladi... Yapon jamiyati axloqiyligining siri ana shunda, deb hisoblashadi;
• rostgo‘ylik, bag‘rikenglik sifatlarini tarbiyalashga favqulotda ahamiyat beriladi;
• ierogliflar ataylab maydalab yoziladi. Ularni qiynalib yodlash bolada ko‘z qobiliyati(ko‘rganini esda saqlash)ni rivojlantiradi. Ierogliflarni ko‘p martalab, diqqat bilan ko‘chirish o‘quvchilarda tirishqoqlik, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi;
• maktablarda “yapon axloqi” darsi maxsus o‘tiladi. Bolalar asta-sekin xuddi kattalardek salomlashishga, hatti-harakatlar qilishga mashq qildirila boriladi. Agarda biror o‘quvchi milliy axloq qoidalarini buzsa, bolalar uni “g‘alati yapon” deyishadi. Keyinchalik ham u o‘z xatolarini tuzatmasa, “begona” nomini oladi va bolalar undan uzoqlashadi;
• maktablarda “yapon axloqi” darsi maxsus o‘tiladi. Bolalar asta-sekin xuddi kattalardek salomlashishga, hatti-harakatlar qilishga mashq qildirila boriladi. Agarda biror o‘quvchi milliy axloq qoidalarini buzsa, bolalar uni “g‘alati yapon” deyishadi. Keyinchalik ham u o‘z xatolarini tuzatmasa, “begona” nomini oladi va bolalar undan uzoqlashadi;
• o‘smirlik – yapon bolalari uchun eng qiyin – cheksiz dars tayyorlash va kelajak haqida qayg‘urish yo‘llaridir;
• o‘quvchilarning aksariyati ikki maktabda o‘qishadi. Birinchi – asosiy, ikkinchi, Dzyuki – tushdan keyingi darsda o‘tilgan mavzuni takrorlash va qo‘shimcha materiallar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi.
• oilada qiz bola tarbiyasi bilan ko‘proq ona, o‘g‘il bola tarbiyasi bilan ko‘proq ota shug‘ullanadi va h.k.1.
• milliylik, milliy vatanparvarlikning zamonaviylik bilan go‘zal uyg‘unligiga erishayotgan yana bir mamlakat – Turkiyadir. Bu yerda “yoshlikdan buyuk ajdodlarni eslatish, bildirish, targ‘ib qilish orqali yoshu qari – har bir fuqaroni milliy ruhda tarbiyalash odat tusiga kirgan”, - deb yozadi A.Ibrohimov2. Turkiya istiqlolga erishgach, millatning eng ko‘zga ko‘ringan ziyolilari “Turkiya taraqqiyoti yo‘li” nomli davlat taraqqiyot dasturini belgilab oldilar.


Download 20.83 Kb.




Download 20.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy va jahon tarbiya konsepsiyalarini qiyosiy tahlili

Download 20.83 Kb.