3. Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari




Download 59.5 Kb.
bet1/5
Sana05.05.2023
Hajmi59.5 Kb.
#56739
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Loyihalash
6, буйруқ 20 Каникул даври ўқув соатлари , буйруқ 25 Фан ойлиги март , Dorixona gigiyenasining umumiy asoslari. Kimyo farmatsevtika korxonalarida yoritilganlik., 2. Mutaxassislarga qo‘yiladigan kasbiy va shaxsiy talablar Shaxs, Mavzu MYSQL, ruxsatnoma (1), Mundarija kirish I. Bob. IoTning asosiy tushunchalari va texnolo-fayllar.org, laws, O\'ktamov Umar-WPS Office, 1 Mavzu, 4 Mavzu, 8 Мavzu, 1

3.Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari.
Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari – uning tashkiliy shakllari.
Oliy maktabda konstruksiyalash - texnologik masalalarni hal qilish uchun ta’limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi o’quvchilardan iborat brigada va xokazolar.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, deganda o‘quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham jamoa, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda o’quvchilarning o‘quv materiallarini faol, ongli va mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutildi.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, modellar va maketlarni tayorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog o’quvchilar uchun tegishli murakkablikdagi obyektlarni tanlaydi. U konstruksiyalash bo‘yicha ta’limning frontal shaklidan foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta obyekt bilan shug‘ullanishga tayorlaydi va bu tadbir uni tayorlashga sarflanadigan vaqtni, texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, o‘xshash mehnat usullarini ko‘rsatish va xokazolarni ancha kamaytiradi.
O’quvchilar bajarayotgan konstruktorlik-texnologik ishlar o‘zining murakkabligi va sermehnatligi bilan jamoa bo‘lib ishlashni taqozo qilsa ham, bir-biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo‘lsa, mashg‘ulotni tashkil etishning zveno shaklidan foydalaniladi. Ko‘pincha bunday hollarda murakkabroq bitta obyekt bilan 2-3 nafar va bundan ko‘proq o’quvchi shug‘ullanadi.
Tayorlanadigan obyektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra har xil bo‘lsa, texnik modellashtirish konstruksiyalash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir o’quvchi individual topshiriqni bajarishi pedagog uchun muayan qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda ko‘pincha ayrim o’quvchilarga yozma instruksiyalar tayorlashga va ular ana shu instruksiyalar bo‘yicha yangi mavzu materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi.
Mashg‘ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil obyektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko‘ra maktab o‘quv ustaxonalaridagi texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlarining tashkiliy shakllarini dasturdagi o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga, obyektlarning xarakteriga, pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab tanlanadi.



Download 59.5 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 59.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



3. Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari

Download 59.5 Kb.