kvalifikasiyaning yuqori ekanligi, mehnatkashlar ish intizomining
mustahkamligi, ularning texnik takomillashuv sari muttasil intilishi ham
muhum ahamyatga ega. Yapon ishchisi kasbi jihatidan Amerika ishchisiga
nisbatan yaxshi tayyorlangan bo`ladi. Mehnat haqi esa tayyorlanayotgan
mahsulotning miqdorigagina emas, balki sifatiga ham bog`liq bo`lib, bu hol ishlab
chiqarishning doimiy o`sishiga imkon beradi. Bndan
tashqari yapon ishchisi
odatda, biror firmaga “butun hayoti bo`yi” yo`llanadi va kamdan – kam holdagina
ishini almashtiradi. Bu esa o`z navbatida, ishchini ishlab chiqarishni
takomillashtirishga undaydi, chunki ish haqi miqdori, ta’til muddati, nafaqa haqi,
“o`z firmasida”gi ish stajiga bog`liqdir.
5.Yaponlarning eng qadimgi madaniyati neolit davriga oid (eramizdan avvalgi)
VI-I ming yilliklarda umumiy “dzemon” nomi bilan ma’lum.
Yaponiya xo’jaligi asosan XX asrda juda tez rivojlandi va rivojlanishi jihatidan
hozirda jahon xo’jaligida yuqori o’rinlarga chiqib oldi. Bunday tez iqtisodiy
o’sishga bir qator sabablar bor. Ular :
– II – jahon urushi yillarida eskirgan va ishdan chiqqan zavod jihozlari
butunlay yangilandi va FTI ning eng yangi yutuqlari bilan ishlangan jihozlar bilan
almashtirildi.
– Chetdan ko’plab patent va lisenziyalar avvalo AQSH va GFR dan sotib
olindi va mahalliy sharoitga moslashtirildi.
– Ishchilar qattiq ekspluatasiya qilindi.
– Korxonalarni qayta tiklashga va yangisini qurishga
ketadigan xarajatlarni
asosiy qismini davlat o’z zimmasiga oldi. Monopoliyalarga kreditni ko’paytirdi va
soliqni engillashtirdi.
– Harbiylarga ketadigan harajatlar kamaytirildi (demilitarizasiya) fanga,
ilmiy-tadqiqot ishlariga fantalab ishlab chiqarishga e’tibor kuchaydi.
Yaponiya xo’jaligi juda qisqa muddatda fan, texnika, ta’lim, sanoat va savdoda
juda katta yutuqlarga erishdi,ya’ni “iqtisodiy mo’jiza” yuz berdi. Yaponiya jahon
miqyosidagi juda katta sarmoyachi davlatga aylandi. Yaponiya “iqtisodiy mo’jiza”
sining asosiy manbayi mutaxassislar xulosasiga ko’ra, yapon millatining yuqori
darajadagi mehnatsevarligi va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat,
ishga
mas’uliyat xissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy ko’rsatkichlardir, shuningdek,
Yaponiyaning harbiy tayyorgarliklardan tiyilib borishidir.
Yaponiya sanoati dastlab (1950yillardan boshlab) evolyutsion yo’ldan
(tadrijiy) rivojlandi. Energetika, metallurgiya, avtomobilsozlik, kemasozlik,
ximiya,
neft-ximiya, qurilish sanoati kabi “tayanch” tarmoqlar import yoqilg’i va
xom-ashyo asosida butunlay yangidan barpo qilindi. Ular FTI ning eng yangi
yutuqlari asosida rivoj topdi.
XX asrning 70-80-yillaridan boshlab sanoatda inqilobiy yo’l ustun turdi.
Endilikda mamlakat yoqilg’i va xom-ashyo importiga bog’liq bo’lgan, energiya va
metallni ko’p ishlatadigan ishlab chiqarishni tobora cheklab, fanni ko’p talab
qiladigan eng yangi tarmoqlarga ko’p e’tibor berilmoqda. Yaponiyada
elektrotexnika, robot texnikasi, biotexnologiya kabi
sohalar etakchi mavqeini
egallamoqda.
Ilgari Yaponiyaning ramzi Fudziyama, sakura, samuraylar hisoblangan bo’lsa,
endilikda bunday ramz eng katta AES lar, metallurgiya kombinatlari,
supertankerlar, ko’priklar, tunnellar, tezkor temir yo’llar, zamonaviy avtomobillar
hisoblanadi. 1970 yillarning ikkinchi yarmidan boshlab Yaponiyada YAIM yiliga
o’rtacha 5 % dan o’sib keldi. Yaponiya fanga sarflanadigan mablag’ salmog’iga
ko’ra jahonda rivojlangan davlatlar orasida 1-o’ringa chiqdi. 1$=110$
2000 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi IYAM qiymati bo’yicha dunyoda 2-
o’rinni egalladi, yaeni 38200 AQSH dollari. Yalpi milliy daromad ko’rsatkichi
bo’yicha 2000 yil Yaponiya dunyoda Evropa Ittifoqi, Xitoy va AQSH dan keyin 4-
o’rinni egalladi.YAMD shu yili 5 trln.AQSH dollarini tashkil etdi.
Dunyo tashqi savdosi taqsimotini 9 % i Yaponiya hissasiga to’g’ri keladi.
Yaponiya yuqori darajada rivojlangan mamlakat bo`lib,
uning sanoatidagi
yetakchi tarmoqlar quyidagilardan iborat: