Yaponiyaning iqtisodiy kartasi




Download 404,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana29.11.2023
Hajmi404,9 Kb.
#107467
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
yaponiyaga iqtisodiy geografik tavsif (3)

Yaponiyaning iqtisodiy kartasi 


Yoqilg’i – energetika sanoati. Yaponiyada neft va tabiiy gaz qazib olinsada u 
ehtiyojni qondirmaydi. Yaponiya dunyoda neft importi bo’yicha 2-o’rinda turadi. 
U yiliga 210-220 mln t. neft sotib oladi (umumjahon neft savdosini 14 % i ). Neftni 
asosan OPEK davlatlaridan keltiradi. 
Ko’mirni asosan Avstraliya, JAR, AQSH va Kanadadan keltiradi. 
Yaponiya elektr-energiyasi ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda 2-o’rinda turadi. 
U yiliga 950 mlrd kVt/s elektr – energiyasi ishlab chiqaradi. Bu butun jahon 
elektr-energiyasini 7,5 %i demakdir. Mamlakatda gidro, geotermal, quyosh, 
qalqish va to’lqin elektro stansiyalari mavjud, lekin elektr-energiyasining asosiy 
qismini IES va AES lar beradi. Yaponiyada 30 dan ortiq AES lar bor, dunyodagi 
eng yirik AES (Fukusima) shu davlatda joylashgan. 
Metallurgiya sanoati. Yaponiya po’lat ishlab chiqarish xajmi bo’yicha dunyoda 
1-o’rinda turadi. U yiliga 98 mln t. po’lat eritadi, umumjahon po’latini 13,6 % i. 
Lekin po’lat eritish salmog’i yil sayin kamayib bormoqda. Masalan, Yaponiya 
1990 yil 110 mln t. po’lat eritgan edi. Buning asosiy sababi mashinasozlikning 
metalga bog’liqligi kamayishi va fantalab sanoat tarmoqlarini kuchayishidir. 
Organik sintez va neft-ximiya sanoati tarmoqlari asosan dengiz portlarida
ayniqsa Ichki Yapon dengizi bo’ylarida to’plangan. XX asrning 2-yarmida II-jahon 
urushiga qadar Yaponiyada avtomobilsozlik bo’lmagan edi, avtomobilsozlikda 
Yaponiya ulkan yutuqlarga erishgan. U avtomobil “jangi”da AQSH ni yutib chiqib 
dunyoda 1-o’rinni egalladi. Yaponiya yiliga 13 mln dona avtomobil ishlab 
chiqaradi, bu dunyo bo’yicha ishlab chiqarilgan (50 mln dona) avtomobillarni 26 
% i demakdir. Yaponiyaning “Xonda”, “Nissan” va “Toyot” kabi zamonaviy 
avtomobillaridunyoga mashxur. Avtomobilsozlikni eng yirik markazlar: Tokio, 
Osaka,Nagoya,Kavasaki kabi shaharlar hisoblanadi.
Hozirgi Yaponiya iqtisodiyotining faxri va ramzi elektrotexnika va elektronika 
sanoatidir. 
Ayniqsa 
radioelektronika 
sanoati 
– 
rangli 
televizorlar, 
videomagnitofonlar, radiotexnikalar ishlab chiqarish ustunlikka ega. Televizorlar 


ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda 3 – o’rinda turadi, u yiliga 15 mln 
donadan ortiq televizor ishlab chiqaradi.
Metal kesuvchi dastgohlar ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda 
birinchi o’rinda (yiliga 195 mln dona), traktorlar ishlab chiqarish bo’yicha 
dunyoda ikkinchi o’rinda (yiliga 150 ming dona) turadi.
Yaponiyada ommaviy mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan birga 
yuqori texnologiyaga asoslangan buyumlar ishlab chiqarish ustun. Mashinasozlik
sanoati tarmoqlari eng rivojlangan xududi – Tokio rayoni bo’lib, u butun 
mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotni 3/1 qismini beradi. 
Kema ishlab chiqarish bo’yicha Yaponiya dunyoda birinchi o’rinda turadi. 
Kemasozlik sanoatining eng yirik markazlari: Iokogama, Osaka, Kobe va Nagasaki 
kabi shaharlarda joylashgan. Ularda kemasozlikning xilma-xil tarmoqlari 
rivojlangan. Yaponiyada dunyodagi eng yirik supertankerlar, xilma-xil kit ovlovchi 
kemalar, traulerlar va kichik kemalar ishlab chiqariladi. 
Ximiya sanoatining rivojlanishi va sanoat mahsulotining hajmiga ko’ra 
Yaponiya dunyoda AQSH va Germaniyadan keyin 3-o’rinda turadi. Bu sanoatning 
asosiy xom ashyosi koks chiqindi, neft va tabiiy gaz hisoblanadi. Organik sintez 
ximiyasi keng ko’lamda rivojlanmoqda. Ximiya sanoatida; mineral o’g’itlar, 
medikamentlar, kosmetika, plastmassa, sun’iy tola, bo’yoqlar, noorganik 
ximikatlar ishlab chiqarish ustun turadi.
Qo’riq yerlar faqat Xokkaydo orolida saqlanib qolgan. Orollar meridional 
yo’nalishda joylashganligi uchun ularning iqlimiy sharoiti ham turlicha. 
Ikkinchi jahon urushidan so`ng mamlakatda qishloq xo`jaligida ham tub 
o`zgarishlar ro`y berdi.
Akademik N.I.Vavilov Yaponiyaga 1929 yil uyushtirgan sayohatlari 
ta’sirida yozgan “Pyat kontinentov” asarida “Yaponiyada dehqonchilik o`zining 
intevsivligi bilan kishini hayratga soladi. Markaziy va Janubiy Yaponiyada har bir 
qarich yerdan foydalaniladi”, deb yozgan edi. 


So`nggi yillarda, esa qishloq xo`jaligining strukturasi ham asta – sekin 
o`zgarib bordi. Yaponiya har doim sof dehqonchilik mamlakati bo`lib kelgan. 
Garchi asosiy don ekini, yaponlarning noni hali hanuz sholi bo`lsa-da (sholi 
maydonlari mamlakatda haydaladigan yerlarning deyarli yarmini egallab yotadi), 
keying vaqtlarda bog`dorchilik, chorbog` xo`jaligi va ayniqsa qoramol, cho`chqa, 
parranda boqib ko`paytirish yaxshi rivoj topmoqda. Natijada, yaponlarning 
ovqatlanish ratsioni (ya’ni taomlar miqdori va sifati) yevropa va amerikaliklarning 
ratsioniga tobora yaqinlasha bordi. 
Yaponiya qishloq xo`jaligida jami 7 mln kishi band, ishlanadigan yerlar esa 
mamlakat hududining 16%ini tashkil qilmoqda. Biroq bu hudud va ishchilar 
mamlakatning oziq – ovqat mahsulotlariga bo`lgan ehtiyojini asosiy qismini 
qondirib kelmoqda. 
Yapon xo`jaligining yana bir an’anaviy tarmog`i – baliqchilikdir. 
Mamlakatda 3 mingdan ortiq baliq ovlovchi portlarning mavjudligi bugungi kunda 
unga dunyoda eng ko`p baliq ovlash imkoniyatini yaratib bermoqda. Sohil 
bo`yidagi dengizlarning boy va xillma – xil faunasi faqat baliqchiliknigina emas
balki boshqa dengiz mahsulotlarini yetishtirishni rivojlantirishga ham imkon 
bermoqda. Yaponiya bugungi kunda eng ko`p dengiz o`tlarini yig`ishtirib oluvchi 
davlat bo`lishi ham yuqoridagi ma’lumotlarni isbotlab beradi. 
Yaponiya xo`jaligining juda muhim xususiyati uning xalqaro iqtisodiy 
aloqalari nihoyatda kuchli ekanligidir. Mamlakat o`z yoqilg`isi va xomashyosi 
bilan sust ta’minlanganligi sababli, ularning 9/10 qismini chetdan keltiradi. 
Ikkinchi tomondan, mamlakat iqtisodiyoti eksport qilish bilan ham bog`liqdir. 
Yaponiya bugungi kunda eng faol savdo balansiga ega bo`lib turgan 
mamlakatlardan 
biridir. 
Yapon 
avtomobillari, 
fotoapparatlari, 
turli 
xil 
ko`rinishdagi electron moslamalar dunyo bozorlarida eng xaridorbop hisoblanadi. 
Yapon ishbilarmonlarining shiori “savdo qilish yoki halok bo`lish” dir. 
Bugungi Yaponiyaning asosiy rayonlari – Tokio, Osaka, Nagoya, 
Kitakyusyu yirik issiqlik va atom elektr stansiyalari, metallurgiya, neftni qayta 


ishlash va kimyo kombinatlari, masinasozlik zavodlari ham shu hududlarda 
joylashgan. Yuqorida sanab o`tilgan korxonalar chetdan keltiladigan xomashyo va 
yoqilg`i hamda o`z mahsulotini eksport qilishga asoslangan. Qurilish maydonlari 
yetishmasligi sababli ko`plab, shu jumladan eng yirik korxonalar qirg`oq bo`yidagi 
dengizdan ajratib olingan maydonlarga qurilgan. 
Tinch okean mintaqasini odatda sanoat mintqasi deb ataydilar, lekin hozirda 
esa bunday atama o`zini to`la oqlamayapti, sababi qishloq xo`jaligi rayonlari, bosh 
transport magistrallari, eng muhim portlar va xizmat ko`rsatish sohalarining 
rivojlanib borayotganligi kuzatilmoqda.
Yaponiyaning “ichki qism” deb ataluvchi hududida uning qirg`oq bo`yi 
sohillari joylashgan. U avvalo Xonsyu orolining barcha tog`-o`rmon rayonlarini 
o`z ichiga olib, bu yerda o`rmon ogochi tayyorlash, chorvachilik, yer osti 
boyliklarini qazib olish, gidroenergetika ustun turadi. Rekreatsiya va turizm 
so`nggi yillarda jadal rivojlanmoqda.
So`nggi vaqtlarda Yaponiyadagi davlat regional siyosati ekologik jihatdan 
toza chekka hududlarni turistik baza sifatid shakllantirishdi. Tinch okeani 
mintaqasidagi ekologik va demografik vaziyatni yumshatish maqsadida barcha 
texnopolislar, ya’ni fan va fanni ko`plab talab qiluvchi ishlab chiqarish 
markazlarining yarmi Xonsyu orolining atrof zonasi bunyod etilganligi Xokkado 
orolidagi dunyodagi eng uzun temir yo`llardan biri - “Seykan” temir yo`lini 
qurishga imkon tug`dirdi.

Download 404,9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 404,9 Kb.
Pdf ko'rish