• Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol.Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
  • O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li”
  • 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari




    Download 52.06 Kb.
    bet1/6
    Sana01.11.2023
    Hajmi52.06 Kb.
    #92418
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4-amaliy Kamolov Faxriddin-915
    Begijonov Muslimbek kurs ishi, radiobiologiyadan-6, radiobiologiya-4-mavzu, 6-mustaqilish, dokument microsoft word 2, 666666, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan dastur, Samandar Mb Kitchen, Исматовой Гуллола, №1 NI uchun uslubiy ko\'rsatma, 10, kompy, portal.guldu.uz-Kimyo tarixi (1), portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

    Topshiriq

    1.Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari


    2.Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol.Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
    3.O‘zbekiston Respublikasining tinchliksevar tashqi siyosati asoslarining yaratilishi, uning tamoyillari.
    4.Shanxay hamkorlik tashkiloti va O‘zbekiston.
    5.O‘zbekiston va MDH.

    1. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida institutsional va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda ma’lum ijobiy siljishlarga erishildi. Noqulay ekologik sharoitga qaramasdan mintaqada makroiqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida islohotlarni amalga oshirish o‘zining ijobiy samaralarini ko‘rsatmoqda.


    Amaliyotda asosan mintaqani rivojlanish strategiyasi davlat tomonidan ishlab chiqilgan maqsadli dasturlar orqali amalga oshiriladi.Misol uchun mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ustuvor vazifalar qatoriga kiritilganligi sababli, Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2017-2018 yillarda kompleks rivojlantirish dasturlari ishlab chiqildi.
    Shuni alohida ta’kidlash lozimki mintaqada iqtisodiy o‘sish sur’atlari 2005-2017 yillarda umummamlakat ko‘rsatkichlariga nisbatan yuqori bo‘lgan. Tahlillarni ko‘rsatishicha ushbu yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari avvalambor mintaqada qurilish, sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalari hisobiga erishildi. Ayniqsa, 2016 yilda yuqori iqtisodiy o‘sish (18,7 foiz) yangi qurilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobiga to‘g‘ri keladi.
    Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida o‘sish sur’atlari turlicha bo‘lib, ularning kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta’siri turlicha bo‘lgan. Qishloq xo‘jaligi, investitsiyalar va iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda oxirgi yillarda ma’lum darajada nomutanosiblik kuzatilmoqda. Ichki iste’molni shakllantiruvchi tovar ayirboshlash va xizmatlarning o‘sish sur’atlarining keskin kamayishi aholi turmush sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumdavlat mehnat taqsimotida tabiiy gaz (2017 yildagi ulushi 3,0 foiz), paxta tolasi (4,0 foiz), osh tuzi (32,0 foiz), soda (100 foiz), guruch (31,0 foiz) ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori salohiyatga ega.
    Erishilgan natijalarga qaramasdan mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi mavjud tabiiy salohiyatga mos kelmaydi. 2017 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 3,3 foizni, mos ravishda sanoat ishlab chiqarishi 4,6 foizni, qishloq xo‘jaligi 2,8 foizni, eksport 2,0 foizni, xizmatlar 3,0 foizni tashkil qilgan.Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqa mintaqalarga nisbatan, qishloq xo‘jaligi va chakana tovar ayirboshlash bo‘yicha pastroq natijalarga ega1.
    Qoraqalpog‘iston respublikasi yalpi hududiy mahsulot, iste’mol tovarlari, pullik xizmatlar indeksi bo‘yicha ham mamlakat mintaqalari orasida oxirgi o‘rinlardan birini egallagan. 2005-2017 yillar davomida asosiy ijobiy siljish sanoat sohasiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holat mintaqada oxirgi yillarda ishga tushirilgan yirik kimyo korxonalari hisobiga erishilgan.
    Mintaqa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish natijalari iqtisodiyot tarkibini shakllanishi bilan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, yalpi hududiy mahsulotning tarkibida, ya’ni diversifikatsiya jarayonida ma’lum o‘zgarishlar kuzatilgan.
    Mamlakatimiz iqtisodiyotining tarmoqlararo tarkibida 2005-2017 yillarda bir qator ijobiy siljishlar yuz berdi. Jumladan, yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 14,2 foizdan 26,7 foizga oshgan bo‘lsa, qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 19,2 foizga kamaygan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ishlab chiqarilgan ichki hududiy mahsulotning tarkibiy o‘zgarishida ushbu tendensiyani kuzatish mumkin. Bunda sanoatning ulushi keskin oshgan (9,5 foizdan 32,7 foizga), qishloq xo‘jaligining ulushi esa kamaygan (21,3 foizdan 15,2 foizga). Ushbu vaziyatni mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda yuz bergan ma’lum sifat o‘zgarishlar bilan izohlash mumkin. Agarda Qo‘ng‘irot soda zavodi va Ustyurt gazkimyo majmuasi hisobga olinmasa, sanoatning ulushi kamaygan va xizmatlar sohasining rivojlanish darajasi talablarga javob bermasligi, ekologik vaziyatning (Orol dengizi inqirozi, suv va erning sifat ko‘rsatkichlari tushib ketganligi) salbiy natijalar ekanligini qayd etish lozim2.
    Shuningdek, mintaqa iqtisodiyoti tarkibini shakllantirishda olib borilayotgan tarkibiy va investitsion siyosatda mavjud tabiiy, ekologik, demografik omillarga tizimli e’tiborning yo‘qligi, yo‘naltirilayotgan moliyaviy mablag‘larning bir qator xorij davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan grantlarning samaradorligi pastligi bilan bog‘liq.
    O‘rta va uzoq muddatli mintaqa strategiyasini ishlab chiqishda monografik kuzatuv natijalari orqali aniqlangan reyting, ya’ni eng asosiy tizimli muammolarni hal qilish, aholi turmush sifatini tubdan yaxshilashga qaratilishi maqsadga muvofiq.
    2. Qoraqalpog‘iston Respublikasida ekologik ahvol.Orol fojiasi.Ekologik holatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati. Orol dengizi boy tabiiy resursi bilan mashhur bo‘lgan. Bu dengiz biologik jihatdan boy ekotizim sifatida e’tirof etilgan. 1964 yilgacha dengiz hududi 68,9 ming kvadrat kilometrni tashkil etgan. Yiliga 30-35 ming tonnagacha baliq etishtirilgan. Noyob flora va faunasi dunyoga mashhur edi. Afsuski, suvdan noto‘g‘ri va tartibsiz foydalanish natijasida so‘nggi 50-55 yil ichida suv hajmi 15 barobarga tushib, sathi 29 metrga pasaydi. Dengizning qurigan hududini oq tuz konlari egalladi. Hayvonot va o‘simlik dunyosi tobora yo‘qolib bormoqda.
    Dengizning qurib qolgan tubida vaqti-vaqti bilan chang va sho‘r bo‘ronlar kuzatiladi. Jumladan, har yili 100 million tonnaga yaqin qum-tuz bo‘ronlari bo‘lib, 400 kilometrdan ortiq masofaga tarqaladi. Bu esa insonlarning sog‘lig‘iga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Hududda nafas yo‘llari, onkologik, surunkali bronxit kabi kasalliklar kuzatilmoqda. Atrof-muhitning buzilishi iqtisodiy ko‘rsatkichlar pasayishiga ham sabab bo‘ladi. Hududda chorvachilik va baliqchilik sohasi oqsamoqda. Iqtisodiy zarar ko‘rsatkichi ortib bormoqda.
    Orol dengizi fojiasi natijasida yuzaga kelgan suv resurslari tanqisligi, er degradatsiyasi, cho‘llanishning kuchayishi, bioxilma-xillikning keskin kamayishi va boshqa jiddiy iqlim o‘zgarishlari jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
    Orol halokati oqibatlarini yumshatish bo‘yicha mintaqa hududida 500 dan ortiq keng miqyosli loyihalar amalga oshirildi, qurigan dengizning 350 ming gektar maydoniga saksovul va sho‘rga chidamli o‘simliklar ekilib, butazorlar barpo etildi. Bugun bunday hududlarning umumiy maydoni qariyb 700 ming gektarga etdi.
    Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-2021yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi qabul qilindi. Moliya vazirligi huzurida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi va unga 200 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Hozirda ushbu mablag‘lar hisobidan amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisining suv ta’minoti, turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashilmoqda.
    Davlatimiz rahbari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq oqibatlarni bartaraf etish xalqaro miqyosdagi sa’y-harakatlarni faol birlashtirish, BMT tomonidan Orol fojiasidan jabr ko‘rgan aholiga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2017 yil qabul qilingan maxsus dastur to‘liq amalga oshirilishi masalasiga jahon hamjamiyati e’tiborini qaratgan edi.
    Shuningdek, joriy yilning 7-8 iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlar: yangi yondashuvlar, innovatsion echimlar va investitsiyalar” mavzusidagi xalqaro anjumanda qabul qilingan rezolyusiya bu borada amaliy echim sifatida xizmat qilishi shubhasiz.
    Darhaqiqat, hozirgi kunda Orolbo‘yi hududida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolariga echim topish bo‘yicha qo‘shni davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirish lozimligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘lmoqda.
    Yaqinda Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida Prezidentimiz ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratdi. O‘z navbatida, Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishda mintaqadagi davlatlarning o‘zaro hamkorligi borasida ustuvor ahamiyatga molik konstruktiv yo‘nalishlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
    Prezidentimiz Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon to‘planib qolgan savollar ochiq va konstruktiv muhokama qilinganini, endi qog‘ozdan amaliy ishga o‘tilishini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ayniqsa, mintaqa davlatlari umumiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish va Orolbo‘yidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bog‘liq muammolariga echim topish bo‘yicha barcha sa’y-harakatlarni birlashtirish lozimligi qayd etildi. Darhaqiqat, mintaqa davlatlarining barchasi Jamg‘arma faoliyatida, jumladan, Orol dengizi havzasidagi mamlakatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha to‘rtinchi Dasturni ishlab chiqish va o‘zaro kelishish jarayonida to‘laqonli qatnashishi bu boradagi umumiy muammolarni hal etish va tahdidlarni bartaraf qilishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
    Davlatimiz rahbari tomonidan Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish yuzasidan taklif etilgan konstruktiv yo‘nalishlar xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e’tirof etilmoqda.
    3-4. O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy tamoyillari
    Prezident Islom Karimov o’zining “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” va boshqa asarlarida mustaqil tashqi siyosat yuritish qoidalarini nazariy va amaliy jihatdan puxta asoslab berdi. Tashqi siyosatga tinchlik, barqarorlik, hamkorlik yo’li asos qilib olindi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:


    • mafkuraviy qarashlardan qafiy nazar hamkorlik uchun chiqlik,umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik;

    • davlatlarning suveren tengligi va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish;

    • boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik;

    • nizolarni tinch yo'l bilan hal etish;

    • kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik;

    • inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash;

    • ichki milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan qoidalari va normalarining ustivorligi;

    • davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzish, hamdo’stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish;

    • tajovuzkor harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik;

    • davlatlararo aloqalarda teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi;

    • tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama kelishuvlar asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan uzoqlashmaslik.

    Mamlakatimizning jahon xalqlari tinchligi va xavfsizligiga mos bo’lib tushgan tinchliksevar tashqi siyosati, uni jahonda mustaqil davlat sifatida tezda tan olinishini ta'minladi. O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini dunyodagi nufuzli davlatlar tan oldi, ularning 120 tasi bilan diplomatik, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy–texnikaviy va madaniy aloqalar o’rnatildi. Toshkentda 43 mamlakatning elchixonasi ochildi. Bular jumlasiga AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqalarni kiritish mumkin. Shuningdek, O’zbekistonda 88 xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlarning, 24 hukumatlararo va 13 ta nohukumat tashkilotlarning vakolatxonalari faoliyat ko’rsatmoqda. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda – AQSH, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Pokiston va boshqalarda O’zbekistonning elchixonalari va konsulliklari ishlab turibdi.

    Download 52.06 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 52.06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlanish tendensiyalari

    Download 52.06 Kb.