janub va janubi-g’arbga cho’zilgan. Pastekisliklar asosan sohillarda joylashgan
bo’lib, ular mamlakat hududini 15%ini tashkil etadi.
Yaponiyani shimol qismi (Xokkaydo oroli, Xonsyu orolini shimoli) mo’’tadil,
janubiy qismi (Xonsyu orolining janubi, Kyusyu, Sikoku, Ryukyu) subtropik iqlim
mintaqasida joylashgan. Barcha hududi musson iqlim tipiga ega. Yillik yog’in
miqdori 1000 mm dan (Xokkaydo orolining sharqida) 3800 mm gacha (markaziy
Xonsyu tizmalarida). Qor butun Yaponiya hududida yog’adi, qor qoplami qalinligi
mamlakat shimoli-g’arbida 4,5 m gacha etadi. Daryo tarmoqlari zich, lekin qisqa
tog’ daryolaridir. Eng yirik daryolari-Sinano, Tone, Kitakami, Isikari.
Tabiiy resurslarga kambag`al. Mamlakatda toshko`mir, mis rudalari, temir
rudalari, marganets rudalari, oltin, kumush, oltingugurt, xrom, polimetall
rudalarining kam zahiralari konalari topilgan. Lekin ular mamlakat extiyojini
qondirmaydi. Yoki ularni qazib olish chetdan import qilishga nisbatan qimmatga
tushadi. Shuning uchun Yaponiya importining 49% ini yoqilg’ilar, 13 % ini ruda
va boshqa xom-ashyolar tashkil etadi. Shu bilan birga Yaponiya boy dengiz,
geotermal, gidroenergiya va agroiqlim resurslariga ega.