O’zbеkistоn rеspublikаsi




Download 1,63 Mb.
bet41/64
Sana17.01.2024
Hajmi1,63 Mb.
#139436
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
Bog'liq
Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

Yassavviya tariqati. Shayx Ahmad Yasavviy (v. 1166-67 y.) va uning shogirdlari nomi bilan bog‘liqdir. Ahmad Yasavviy sufiylik tariqatining targ‘ibotchisi bo‘lish bilan birga shoir ham edi. Yasavviy g‘oyalari bir necha marotaba turli tahrirda nashr etilgan «Devoni hikmat»da jamlangan. Ammo, tadqiqotchilar orasida uning Yasavviyga taalluqliligi ilmiy muammo sifatida bahs etilayapti. Uning fikricha, dunyoning noz-ne’matlarini so‘ragan kishi sufiy emas, balki zuhd va taqvoni ixtiyor etib, umrini toat-ibodatda hamda yig‘i bilan o‘tkazgan kishi asl sufiydir. Uning «hikmatlar»i xalq orasida keng tarqalgan.
By tariqat asoschisi Xoja Ahmad Yasavviy bugungi Qozog‘istonning janubidagi Chimkent viloyati, Sayram qishlog‘ida dunyoga kelgan. Ba’zi manbalarga qaraganda, u Yasida (hozirgi Turkiston) tavvallud topgan. Rivoyatlarga ko‘ra, bu yerda u Arslon-bob ismli mashhur shayxning xayrli duosiga erishgan. Oddiy xalq ommasi anglaydigan uslubda sufiyona hikmatlari, she’rlari bilan atrofdagi odamlarni xaq yo‘lga chaqiradi, ularning ma’navviyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi She’r-hikmatlari «Devoni xikmat» nomi ostida kitob holiga keltirilgan. Ahmad Yasavviy hayotligidayoq uzoq o‘lkalarga muridlarini jo‘natib, o‘z tariqatini keng tarqatishga harakat qildi. Yasavviy riyozat, chilla, zikr va mujohadaga kuchli ahamiyat berib, hayotining aksari qismini chillaxonada o‘tkazdi. Uning hayoti va karomatlari haqida ko‘plab manoqiblar saqlanib qolgan.
Yasavviy tariqatida jahriy zikr ijro etiladi. Zikr chog‘ida darvishning tomog‘idan arraning tovushi kabi ovoz chiqqani uchun Yasavviya zikriga «zikri arra», «zikri minshoriy» deyiladi. Bu zikr quyidagicha ijro etiladi: darvish ikki qo‘lini tizzasi ustiga qo‘yib, nafasini qorniga chiqarib «ha» deb, yana qorni tomonidan nafas olib bosh, bel, yelka qimirlamagan holda «Hayy» deydi va zikr shu tarzda davvom etadi. Zikrning 12 zarb turi ma’lumdir. Yasavviylikda xilvatga ham katta ahamiyat beriladi.
Bu tariqatda muhim o‘rin tutgan asoslar quyidagilardan iborat: Allohni tanish (ma’rifatulloh), mutlaq jo‘mardlik, rostgo‘ylik, o‘zini Allohga topshirish (tavvakkul) va teran tafakkur.
Yasavviya tariqati, asosan, sunniy e’tiqodiga amal qilish bilan birga Xuroson malomatiya maktabidan biroz ta’sirlangani sababli, terma madaniyat asosiga ega. Uning xususiyatlari keyinchalik yuzaga kelgan ko‘plab tariqatlarda aks etgan. Hatto Naqshbandiyani Yasavviyaning bir shahobchasi deb biluvchilar ham bor. Ahmad Yasavviyning eng mashhur xalifalaridan Sulaymon Hakim ota Boqirg‘oniy (v. 1186 y.), Sufiy Muhammad Donishmand az-Zarnuqiy va boshqalar ma’lum.

Download 1,63 Mb.
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Download 1,63 Mb.