|
Yangi diniy xarakatlar va sektalar
|
bet | 44/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Yangi diniy xarakatlar va sektalar. Oxirgi yuz yilliklar ichida, ya’ni XIX-XX asrlarda oldingilari bilan qorishgan yangi dinlar paydo bo‘ldi. Ulardan bir qanchasi Yaponiyada paydo bo‘lgan. Ushbu dinlardan biri bu – «Tenri»dir. Tenri yaponcha «samoviy aql» deganidir. Unga ikki mln. kishi e’tiqod qiladi, u sintoizm asosida XIX asrning 30-yillarida vujudga kelgan. Hozirgi paytgacha ayrim tadqiqotchilar uni sintoistik sektaning tarafdorlari deb hisoblaydilar. U 1912 yilda buddizm muhitida sinkretik diniy tashkilot ingliz-yapon aralashuvini bildiruvchi PL (inglizcha Perfect Liberty – «mutlaq ozodlik» so‘zining qisqartma shakli) kyodan (yaponcha «diniy tashkilot» ma’nosini bildiradi; uning uch mln.ga yaqin tarafdorlar mavvjud), shuningdek sekay kyusey (yaponcha «jahon missionerligi»; bir mln.ga yaqin tarafdorlari mavvjud) va seytyo-no ie (yaponcha «o‘sish uyi»; tarafdorlari to‘rt mln.ga yaqin) va XIX asrning 20-yillarida ko‘plab Omoto sintoistik sektalari va boshqa dinlarning ta’limotlaridan qabul qilgan va unga mos ravvishda qoidalar ishlab chiqqan.
Koreyada ham sinkretik din va sektalar paydo bo‘ldi. Ularning ichida qadimiyrog‘i – chxondogyo bo‘lib, 1860 yilda tashkil topgan va ikki yarim mln. tarafdorlari mavvjud.
«Yangi dinlar» Vьetnamda ham bor. Bu kaoday (Kaoday ruhi nomi bilan atalgan bo‘lib, vьetnam tilida «oliy qasr» ma’nosini bildiradi) dini bo‘lib, 1919 tashkil topgan. U buddizm va xristianlikning qorishuvi va konfutsiychilik va daosizmning ta’siri ostida paydo bo‘lib, uning tarafdorlari 2 mln. ga yetadi. Xaoxao (bunday deb nomlanishi, asoschisi tug‘ilgan qishloq nomi bilan bog‘liq) yo‘nalishi 1939 yilda tashkil topgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi buddizmdagi txeravvadin yo‘nalishini isloh qilishga mo‘ljallangan (1,5 mln. ga yaqin tarafdori mavvjud).
Shuni eslatib o‘tish joizki, sinkretik sektalar Gonkongda paydo bo‘lib, ya’ni konfutsiychilik, daosizm, buddizm, xristianlik va islom dini asosida shakllandi.
Yangi dinlar faqat Osiyo davvlatlarida emas, balki Amerika va Yevropa davvlatlarida ham paydo bo‘ldi. Shunday qilib XX asrning o‘rtalarida AQShda saentologiya cherkovi tashkil topdi. Hozirgi vaqtda bu yo‘nalishga dunyoning yuzdan ortiq mamlakatida 8 mln. ga yaqin kishi e’tiqod qiladi. Uning asosiy karashlari kishilarga izoterik ilmlar berish va shu orqali odamning ruhiy sog‘lomlashtirish ishlarida namoyon bo‘ladi.
«Yangi dinlar» hozirgi vaqtda «Yangi asr» (New Age – yangi era) deb ham ataladi. Ushbu diniy ta’limot AQSH va Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida har xil e’tiqod va odamlarning turli qarashlari okkulьtizmda xudo va inson o‘rtasidagi chegara bilmaslikdir.
Ba’zan yangi dinlar sinkretik kulьt sifatida turli dinlarning uchrashgan joylarida paydo bo‘ladi. Masalan, Yavvadagi agama-djavvu islom, hinduizm, buddizm ta’siri ostida mahalliy diniy ta’limot sifatida shakllandi. Katolitsizm elementlari hindiy kulьt (peyotizm, sheykerizm va h.k.) va Amerika negrlarining afro-xristian kulьtlari (Santeriya, Vudu, Umbanda va h.k.) bilan aralashib, yangi ta’limotlar vujudga keldi.
Yangi dinlarga e’tiqod qiluvchilarning umumiy soni 112 mln. kishidan ortiq. Ko‘pincha «Yangi din» termini bir qator marginal protestantik denominatsiyalarni (mormonlar, munistlar va hatto iegovistlar ham), metabuddist sektalarni (Nitiren syosyu, Rey yu kay, Rissyo kosey kay ), hinduiy bo‘lmagan sektalarni (Transtsendental meditatsiya, Ananda marg, Braxma Kumaris, Ilohiy kuchning topshirig‘i, Xalqaro krishnait jamiyati va h.k.) anglatadi.
|
| |