• 12-mavvzu. Missionerlik va prozelitizmning siyosiy-ijtimoiy xavvfi REJA: 1.
  • Tayanch tushunchalar
  • «missionerlik»
  • «Iegov guvohlari»
  • O‘tilgan mavvzu bo‘yicha savvollar




    Download 1,63 Mb.
    bet52/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    O‘tilgan mavvzu bo‘yicha savvollar

    1. Kibermakon tushunchasining mazmuni

    2. Kiberterrorizm nima?

    3. Axborot makonida tahdid deganda nimani tushunasiz?

    4. Kiberhujum deganda nimani tushunasiz?

    5. Kiberhimoya deganda nimani tushunasiz?

    12-mavvzu. Missionerlik va prozelitizmning siyosiy-ijtimoiy xavvfi
    REJA:
    1. Missiоnеrlik va prоzеlitizmning mazmun-mоhiyati hamda missiоnеrlik faоliyatlarini amalga оshirishning mоliyavviy manbalari.
    2. Diniy sеktalar faоliyatining оqibatlari va missiоnеrlikning milliy hayotga tahdidi.
    3. Missiоnеrlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asоslari.


    Tayanch tushunchalar: Missiоnеrlik va prоzеlitizmning mazmun-mоhiyati. Zamоnavviy missiоnеrlik uyushmalari. Missiоnеrlik faоliyatida ijtimоiy tabaqalar bilan ishlash stratеgiyasi. Missiоnеrlik faоliyatlarini amalga оshirishning mоliyavviy manbalari. Missiоnеrlik: mintaqavviy xususiyatlar. Diniy sеktalar va ular faоliyatining оqibatlari. Missiоnеrlikning milliy hayotga tahdidi. Missiоnеrlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asоslari.
    1 Missiоnеrlik va prоzеlitizmning mazmun-mоhiyati hamda missiоnеrlik faоliyatlarini amalga оshirishning mоliyavviy manbalari. “Missionerlik to‘g‘risida gapirganda, birinchi navvbatda, uning kelib chiqishi va rivojiga to‘xtalish lozim.
    Missionerlik - eng umumiy ma’noda biror dinga e’tiqod qiluvchi xalqlar orasida boshqa dinni targ‘ib qilishni anglatadi. Missionerlik, asosan, xristianlikka xosdir. Bunday harakat xristianlik Vizantiya imperiyasining davvlat dini sifatida e’lon qilingan paytdan beri olib borilmoqda. Xristian ruhoniylari dastlab missionerlik harakatini Yevropa va Yaqin Sharqdagi ko‘p xudolikka e’tiqod qilib kelgan aholini yakkaxudolikka targ‘ib qilish bayrog‘i ostida olib bordilar. Shu tariqa IV asrda paydo bo‘lgan xristian missionerligi XIII–XVI asrlarda Hindiston, Xitoy, Yaponiyaga kirib bordi.
    Katolik cherkovida missionerlik Ispaniya va Portugaliya imperiyalari tashkil topgach (XIII–XVI asrlar) kuchaydi. Missionerlik Rim imperiyasiga yangi erlarni o‘z ta’siri ostiga olishda katta yordam berdi. Katolik missionerligiga rahbarlik qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ‘ibot kongregatsiyasini ta’sis etdi. Missionerlik XIX asrda yangidan faollashdi, ayniqsa, xristian missionerlari Afrikada faoliyatlarini kuchaytirdilar va o‘z mamlakatlarining siyosatini o‘tkazishga yordam berdilar.
    Yuqoridagi ma’lumotlar ham missionerlik o‘z tarixiga ega ekanini ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsada, xristian diniy tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan missionerlik harakati bugungi kungacha ko‘pdan-ko‘p bahslarga sabab bo‘lmoqda. Zero, hozirgi davvrda jahon aholisining mutlaq ko‘pchiligi o‘z diniga, aksariyat hollarda yakkaxudolikka ega bo‘lgan davvrda «missionerlik» salbiy bir holatga aylanib qolganini ta’kidlash zarur.
    Ayni paytda, «missionerlik» tushunchasining o‘zi turlicha talqin etilayotganini ham qayd etish lozim. Xususan, protestant diniy tashkilotlari «missionerlik» so‘zini inkor etadilar va o‘z faoliyatlarini «evangellashtirish» tushunchasi bilan izohlashga harakat qiladilar. Buni ular Bibliyaning tarkibiy qismi bo‘lgan avvliyo Markdan kelgan Evangeliyadagi xristianlar uchun jahon uzra o‘z dinlarini barcha xalqlarga etkazish zarurligi to‘g‘risidagi ko‘rsatmaning bajarilishi sifatida taqdim etadilar.
    Shu o‘rinda bir holatga e’tibor qaratish zarur. Bibliyaning muqaddas kitobligini hech kim inkor etmaydi. Shu bilan birga, unda qayd etilgan yuqoridagiga o‘xshash fikrlarning aynan Bibliya yozilgan davvr uchun to‘g‘ri kelishligini ayrim xristian diniy tashkilotlari tushunishni xohlamayotganliklarini va ular olib borayotgan harakatlar haqli noroziliklarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlash zarur.
    Qayd etilgan holatlar ham missionerlik bugungi kunda mutaassiblikning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘layotganini ko‘rsatadi.
    “Prozelitizm” - bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri biron bir dinga ishongan fuqaroni o‘z dinidan voz kechishga va o‘zga dinni qabul qilishga majbur qilishdir.
    Prozelitizm keltirib chiqarayotgan salbiy oqibatlarni ayrim hayotiy misollarda ham ko‘rish mumkin. Xususan, bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davvlatlarda xristian dinini qabul qilgan kishilar vafot etganda jasadni qabristonga qo‘yish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqmoqda. Mayyitning musulmon ota-onalari o‘z farzandlarini xris­tian mozoriga dafn etishni xohlamaganlari, musulmonlar esa xristian dini vakili jasadini o‘z musulmon birodarlari yotgan joyga qo‘yishni istamaganliklari natijasida kelishmovchiliklar yuzaga kelmoqda.
    Shuningdek, xristian dinini qabul qilgan kishi o‘z o‘g‘lini xatna qildirishni xohlamagani, uning otasi esa, o‘z nabirasini musulmon urf-odatlariga ko‘ra xatna qildirishni istagani tufayli ota-bola o‘rtasida janjallar kelib chiqqani ham ma’lum.
    Yuqoridagi kabi misollarni yana davvom ettirish mumkin. Ammo shularning o‘zi ham missionerlik va prozelitizm harakatlari boshqa dinni qabul qilgan tub millat vakillari oilalarida nizolar va janjallarning avvj olishiga hamda islom diniga mansub aholida xristianlikning ayrim yo‘nalishlari vakillariga nisbatan dushmanlik hissiyotlarining paydo bo‘lishi orqali dinlararo va millatlararo nizolarni keltirib chiqarishiga zamin yaratishi mumkinligini yaqqol tasavvvur qilish imkonini beradi.
    Shu bilan birga, din milliy ma’navviyat va madaniyatning tarkibiy qismi, millatni birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri ekanini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Bir tilda gaplashadigan, umumiy tarix va yagona davvlatga ega bo‘lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy yo‘nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni ta’minlay olmayotgani, kichkina bir sabab qayta-qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi. Masalaning ana shu jihatiga e’tibor berilsa, missionerlik va prozelitizm harakatlari ortida diniy zaminda millatni ichidan bo‘lib tashlashga qaratilgan g‘arazli siyosiy maqsadlar yotganini va u keltirib chiqaradigan fojialarni anglab etish mumkin.
    Missionerlik va prozelitizmning shakllari. XXI asr boshida missionerlik haqiqatan ham o‘ziga xos xususiyatlar kasb etmoqda. Eng avvvalo, missionerlar konkret mamlakatlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatdan o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishda unumli foydalanishga harakat qilayotganliklarini ta’kidlash zarur. Bunda boquvchisini yo‘qotgan bolalar, qarovchisiz qolgan qariyalar hamda nogironlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar va muassasalarga xayriya yordamlarini ko‘rsatish, aholining nochor qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash va muhtojlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordamni tashkil etish orqali o‘z qarashlari va harakatlariga xayrixohlikni uyg‘otishga intilmoqdalar.
    Missionerlarning turli davvlatlar, jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida olib borayotgan amaliyoti tahlili xristianlikni targ‘ib qilishda maxsus Adabiyotlar, audio va videokassetalarni mahalliy tillarda tayyorlash va bepul tarqatish, masihiylikka da’vat g‘oyalari bilan sug‘orilgan maxsus gazeta va jurnallarni nashr qilish masalalariga ham alohida e’tibor berilayotganini ko‘rsatadi.
    Ayni paytda, sport to‘garaklari tashkil qilish va musobaqalar uyushtirish, ularning ishtirokchilariga xristianlikni targ‘ib qiluvchi maxsus bukletlar tarqatish va sovg‘alar berish hamda aholining turli qatlamlari bilan doimiy muloqotda bo‘lish va ta’sir o‘tkazish doirasini kengaytirish maqsadida tibbiyot, ta’lim-tarbiya sohasiga maxsus kadrlarni yuborish (tibbiy xizmatchi, o‘qituvchi-murabbiy va sh.k.) yo‘li bilan «tayanch nuqtani» tashkil etish va unga suyangan holda missionerlikni kuchaytirishga intilish ham mavvjudligini ta’kidlash joiz.
    Erkin targ‘ibot olib borish va faoliyat doirasini keskin kengaytirish maqsadida ayrim missionerlik tashkilotlarining o‘z harakatlarini xalqaro nodavvlat tashkilotlari maqomida amalga oshirishga intilayotgani ham hozirgi davvrdagi missionerlikning muhim xususiyatlaridan biridir. Bunday intilish ortida o‘ziga xos mantiq bor, albatta. Tajriba bunday maqom missionerlik faoliyati haqli e’tirozlarni keltirib chiqarganda ularning xalqaro huquq normalarini ro‘kach qilishiga va uning himoya mexanizmlaridan foydalanishga urinishlariga, o‘z harakatlarini xas-po‘shlashga va javvobgarlikdan qochishga intilishlariga zamin yaratishini ko‘rsatadi.
    Missionerlar zamonavviy texnika va texnologiya, ommavviy axborot va kommunikatsiya vositalari imkoniyatlaridan ham samarali foydalanishga harakat qilmoqdalar. Turli davvlatlar va mintaqalarda ish yuritayotgan missionerlar internet tarmog‘i orqali o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirayotgani, moliyavviy mablag‘larni bemalol u mamlakatdan bu mamlakatga o‘tkazayotgani ham shunday xulosa chiqarish uchun asos bo‘ladi. Bunday yo‘l bilan missionerlar va ularning homiylari u yoki bu davvlatdagi diniy muvozanatni izdan chiqarish, soxta insonparvarlik yordami ko‘rsatish bahonasida o‘z ta’sir doiralarini kengaytirishga intilmoqdalar.
    2 Diniy sеktalar faоliyatining оqibatlari va missiоnеrlikning milliy hayotga tahdidi. Asrlar davvomida yurtimizda mehr-muruvvat va oqibat, ezgulik va yaxshilik, tinchlik va do‘stlik g‘oyalariga asoslanadigan, ularni targ‘ib etadigan turli dinlarga e’tiqod qiladigan kishilar hamkor va hamjihat yashab kelgan. Xususan, qadimdan diyorimizda islom, nasroniylik, iudaizm kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Yirik shaharlarimizda masjid, cherkov va sinagogalar faoliyat ko‘rsatgani, tariximizning eng murakkab va og‘ir davvrlarida ham ular o‘rtasida kelishmovchilik va mojarolar bo‘lmagani ham buning tasdig‘idir.
    Bugun ham mamlakatimizda turli konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda, fuqarolarimiz o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelmoqdalar.
    Diniy tashkilotlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlari va mamlakat hayotida faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunda o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, ulug‘ va mushtarak g‘oyalar yo‘lida harakat qilishi uchun imkon yaratadi.
    Istiqlol yillarida din sohasida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni aniq misollarda ham ko‘rish mumkin. Xususan, 2007 yilning 15 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida jami 181 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ular qatorida Rus Pravvoslavv cherkovi (36), Rim-katolik cherkovi (5), Evangel xristian-baptistlar cherkovi (23), To‘liq injilchi xristianlar cherkovi (21), Ettinchi kun xristian-adventistlar cherkovi (10), Novoapostol cherkovi (4), Nemis Evangel-lyuteranlar cherkovi (3), Arman Apostollik cherkovi (2), «Iegov guvohlari» cherkovi (1), «Tolos Bojiy» cherkovi (1), Koreys protestant cherkovlari (58), yahudiylar diniy jamoalari (8), Bahoiylar diniy jamoalari (6), Buddavviylar ibodatxonasi (1), Krishnani anglash jamiyati (1), Bibliya kitob jamiyati (1) ni sanash mumkin.
    Shu bilan birga mustaqillik yillarida Pravvoslavv va Protestant seminariyalari ham faoliyat ko‘rsata boshlaganini qayd etish zarur. 2006–2007 o‘quv yilida Pravvoslavv seminariyasida 47 nafar va Protestant seminariyasida 33 nafar talaba ta’lim olmoqda.
    Qayd etilgan dalillar ham o‘tgan yillarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar keng ko‘lamli ekanini, yurtimizda diniy bag‘rikenglik (tolerantlik), konfessiyalararo hurmat, bir-birini tushunish asosiy hayotiy tamoyillardan biriga aylanganini ko‘rsatadi.
    Ilmiy manbalar O‘zbekiston ilk diniy qarash va tasavvvurlar yuzaga kelgan eng qadimiy o‘lkalardan biri ekanidan dalolat beradi. O‘lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddizm, Yahudiylik , nasroniylik kabi dinlar vakillari tinch-totuv faoliyat olib borganlar. Bu haqda Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov shunday deydi: «Musulmonlar va xristianlarning O‘zbekiston zaminida birgalikda hamnafas bo‘lib yashashi diniy-ma’navviy totuvlikning nodir timsoli va barcha din vakillariga nisbatan bag‘rikenglikning eng yaxshi namunasi deb hisoblanishiga arzigulikdir».
    Mamlakatimizda o‘tkazib kelinayotgan nufuzli xalqaro anjumanlar ishtirokchilari ham O‘zbekistonda din sohasida olib borilayotgan islohotlar hamda boshqa davvlatlarga namuna bo‘la oladigan diniy bag‘rikenglikni e’tirof etgan holda hukumatimiz siyosati, O‘zbekistonda barcha din vakillariga yaratilgan erkinliklar va diniy sohadagi katta o‘zgarishlardan zo‘r taassurot olganlarini ham ta’kidlab kelmoqdalar.
    Haqiqatan ham, mamlakatimizda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasidagi davvlat siyosati boshqalarga namuna bo‘la oladigan darajada desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Respublikamizda YuNESKO raxnamoligida «Jahon dinlari – tinchlik madaniyati yo‘lida» mavvzuida dinlararo muloqot xalqaro Kongressi, musulmon va xristian ilohiyotchilari ishtirokida «Bir samo ostida» xalqaro xristian-musulmon konferentsiyasi o‘tkazilgani, Rus pravvoslavv cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo eparxiyasining 125 va 130 yilligi, Evangel-Lyuteran jamoasi, Rim-katolik cherkovi va Arman apostollik cherkovlarining 100 yilligi nishonlangani ham buni tasdiqlaydi.
    Avvvalo, zamonavviy missionerlikka xos xususiyatlar bunday harakatlarni respublikamizda amalga oshirishga intilayotgan tashkilotlarga ham u yoki bu darajada xosligini qayd etish lozim.
    Shu bilan birga, mamlakatimizdagi barqaror ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, olib borilayotgan kuchli va tizimli ijtimoiy muhofaza siyosati, milliy g‘oya kontseptsiyasining ishlab chiqilgani va unga asoslangan holda olib borilayotgan g‘oyavviy tarbiya va ma’navviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari, xalqimizning o‘z e’tiqodida mustahkamligi missionerlik harakatlari yo‘lida jiddiy to‘siq bo‘lib xizmat qilayotganini ham ta’kidlash zarur.
    Bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davvlatlardan farqli ravvishda, mehribonlik va qariyalar uylari, nogironlar uyushmalarining davvlat qaramog‘ida va himoyasida ekani, yosh avvlodni jismonan baquvvat va ma’navviy barkamol qilib tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan tizimli ishlar ham bunday harakatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda.
    Shunday bo‘lsa-da, missionerlar mamlakatimizdagi vaziyatga moslashgan holda o‘z harakatlarini tashkil qilishga urinayotganliklarini ham yoddan chiqarmaslik lozim. Jumladan, xristian diniy tashkilotlarida ibodatlarni o‘zbek va boshqa mahalliy tillarda olib borish, maxsus diniy Adabiyotlarni mamlakatimiz hududiga olib kirish va tarqatish yo‘lidagi harakatlar batamom to‘xtadi, deb bo‘lmaydi. Xususan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, birinchi galda «Iegov guvohlari» diniy tashkiloti vakillari o‘z missionerlik faoliyatlarini shu tarzda olib borishni davvom ettirishga urinmoqdalar. Masalan, 2006 yilning sentyabr oyidan e’tiboran cherkovning eng asosiy nashrlaridan biri bo‘lgan «Storojevaya bashnya» jurnali «Qo‘riqchi minorasi» nomi ostida ilk marta o‘zbek tilida bosmadan chiqdi va turli noqonuniy yo‘llar bilan respublikamizga olib kirishga harakat qilinmoqda. Ayni paytda, ular uyma-uy yurib, ochiqdan-ochiq o‘z dinlariga da’vat qilishga, go‘yoki faqat ularning dinlari haqiqiyligi, boshqa dinlar esa botil ekani haqidagi g‘oyani singdirishga harakat qilmoqdalar.
    Missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’navviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. Shuningdek, kar-soqovlar, nogironlar orasida faol ish olib borishga harakat qilish ham tez-tez kuzatilmoqda. Shu bilan birga, ziyolilarning turli qatlamlari vakillari – o‘qituvchilar, vrachlar, san’atkorlar orasida targ‘ibotni kuchaytirishga intilishi ham mavvjudligini ta’kidlash zarur. Afsuski, bunday targ‘ibotga ergashayotgan va kelib chiqishi musulmon bo‘lgan fuqarolar ham kam bo‘lsada borligini qayd etish lozim.
    Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, uning hududi ko‘pgina xristian yo‘nalishlari uchun go‘yoki «ochilmagan qo‘riq»ni anglatdi va ular bizning yurtimizda birinchilardan bo‘lib o‘rnashib olishga harakat qila boshladilar. Shu tariqa yuqorida nomi tilga olingan «Iegov guvohlari» diniy tashkiloti vakillari O‘zbekistonda joylashib olib, o‘z faoliyat doirasini kengaytirish harakatiga tushdi.

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   64




    Download 1,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘tilgan mavvzu bo‘yicha savvollar

    Download 1,63 Mb.