• 3 5 -moddasi
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1,63 Mb.
    bet53/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    «Iegov guvohlari» cherkovi 1870 yilda Charlz Rassell tomonidan tashkil etilgan. 2007 yilning 1 yanvar kunidagi holatga ko‘ra, dunyo bo‘yicha iegovochilarning miqdori taxminan 6,7 million kishini tashkil etadi, deb hisoblanadi. Tashkilot a’zolari xudoni Iegov nomi bilan ataydilar. Ularning ta’limotiga ko‘ra, Iegov odamlar orasidan eng yaxshilarini tanlab olib, ularni o‘zining sodiq odamlari, deb nomlar ekan.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda birinchi iegovochilar 1950-yillarning oxiri – 1960-yillarning boshlarida paydo bo‘lgan. 1972 yilda Angren va Chirchiq shaharlarida ularning ilk jamoalari paydo bo‘lgan. Keyinchalik boshqa shaharlarda ham iegovochilar paydo bo‘lgan. Toshkent shahrida birinchi iegovochilar 1960-yillarda paydo bo‘lgan.
    Bugungi kunda respublika bo‘yicha faqat bitta «Iegov guvohlari» cherkovi – Chirchiq shahrida rasmiy faoliyat olib bormoqda.
    «Iegov guvohlari» cherkovining MDHdagi markaziy boshqaruv organi Sankt-Peterburg shahrida, Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqavviy markazi esa Almatida joylashgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, diniy tashkilotning respublikamiz hududidagi jamoalariga 3000 ga yaqin iegovochilar birikkan.
    Iegov guvohlari” jamoalari tomonidan zo‘r berib missionerlik da’vatini amalga oshirish holatlari uchrab turibdi. Mutasaddi tashkilotlar tomondan bunday holatlarga barham berish choralari ko‘rilmoqda. Masalan, 2008 yilning o‘zida diniy tashkilotning Samarqand va Qarshi shahridagi 13 nafar a’zosi ma’muriy, 3 nafar a’zosi esa jinoiy javvobgarlikka tortildi.
    Missionerlik faoliyatidagi “To‘liq injil xristianlar” cherkovi, “Evangel xristian-baptistlar” cherkovlarini hozirda missionerlikda eng ko‘p fosh bo‘layotgan tashkilotlar qatorida ko‘rsatish mumkin.
    Injilchi protestant-masihiy diniy tashkilotlari maqsadli moddiy va ma’navviy yordam ko‘rsatishni ustomonlarcha tashkil qilish yo‘li bilan katoliklik va pravvoslavvlikka e’tiqod qiladigan fuqarolarni, ayrim hollarda kelib chiqishi musulmon bo‘lganlarni o‘z tomonlariga og‘dirib olish yo‘lidagi harakatlarni olib bormoqdalar.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda jahonda taxminan 120 millionga yaqin to‘liq injilchilar mavvjud. Diniy yo‘nalishga rasman 1901 yilning 1 yanvarida AQShning Kanzas shtatidagi Topeke shahrida Charlz Parxem tomonidan asos solingan. Bugungi kunda cherkov Shimoliy Amerika, Skandinavviya, Italiya, Braziliyada katta jamoalariga ega. AQShdagi eng yirik jamoa «Xudo Assambleyasi» deb nomlanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur yo‘nalishga taalluqli birinchi tashkilot 1985 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan (keyinchalik u markazga aylangan).
    Bugungi kunda respublika bo‘yicha To‘liq injilchi xristianlar cherkovlari markazi tarkibida jami 21 ta diniy tashkilot mavvjud.
    To‘liq injilchi xristianlar cherkovlari markazi nazoratdan qochish maqsadida o‘zining faoliyatini mamlakat poytaxti Toshkent shahridan ancha yiroqda joylashgan hududlarda olib borishga harakat qilmoqda.
    Ayni paytda, Toshkent va Andijon shaharlaridagi ro‘yxatdan o‘tmagan guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi. Hozirgi kunda rasmiy faoliyat ko‘rsatayotgan To‘liq injil xristianlari cherkovi faollari ayrim joylarda mahalliy millat vakillarini jalb etgan holda alohida diniy guruhlar tashkil etishga urinayotgani, diniy Adabiyotlarning tarqatilishi hollari uchrayotgani haqidagi axborotlar bor. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur Adabiyotlarning ko‘pchiligi bizga qo‘shni bo‘lgan ayrim davvlatlar hududidan olib kirilmoqda.
    Evangel xristian-baptistlar cherkovlari Kengashiga taalluqli diniy tashkilotlar haqida gap ketar ekan, ular respublika hududida ro‘yxatdan o‘tgan Evangel xristian-baptistlar cherkovlari Uyushmasiga aloqasi bo‘lmagan diniy tashkilotlar guruhi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Evangel xristian-baptistlar Kengashiga mansub tashkilotlar o‘z diniy qarashlariga tayangan holda ongli ravvishda Adliya idoralarida ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortib kelmoqdalar. Shu bilan birga, ular turli xil diniy marosimlarni qonunga xilof ravvishda o‘tkazishga harakat qilib kelmoqdalar va bu bilan huquq-targ‘ibot idoralarining asosli xatti-harakatlarini keltirib chiqarmoqdalar.
    Turli xorijiy mamlakatlarda aynan yuqoridagi ikki guruh faoliyati yuzasidan ko‘plab noroziliklar kelib chiqmoqda. Ular o‘zlarining muammolarini xorijiy mamlakatlardagi raxnamolari va homiylari yordamida hal qilishga intilishlari bilan ajralib turishlarini ham qayd etish lozim.
    Krishnani anglash jamiyati qadimgi hind muqaddas kitoblari – Vedalarga asoslangan, yangi paydo bo‘lgan diniy birlashmalardan biridir. Dunyo bo‘yicha Krishnachilarning umumiy soni aniq emas. Krishnachilarning ta’kidlashicha, dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari bor.
    Jamiyat 1966 yilda AQShda paydo bo‘lgan. Asoschisi – A.Ch.Bxaktivedanta Svami Prabxupada. 1970-yillardan e’tiboran krishnaizm turli mamlakatga tarqala boshlagan. 1971 yil iyunda Shrila Prabxupada Moskvaga kelgan. Shu vaqtdan boshlab krishnachilarning sobiq Sho‘ro mamlakatidagi rivojlanishi boshlangan.
    Krishnachilar o‘z faoliyatida Shrila Prabxupadaning asarlariga asoslanadilar. 1990-yillarning o‘rtalarida Toshkent shahrida joylashgan Krishnani anglash jamiyati vakillari shaharning turli burchaklarida ibodat kiyimlarida yurib, turli Adabiyotlar sotish bilan shug‘ullanganlar. Ular bilan olib borilgan tadbirlar natijasida krishnachilarning bu turdagi faoliyatiga barham berildi.
    Shunday ekan, missionerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun tahdid ekanini chuqur anglash, uning oldini olish hamda qarshi kurash bo‘yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.
    3 Missiоnеrlikka qarshi kurashning huquqiy-amaliy asоslari. Missionerlik uchun javvobgarlik masalasining huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», degan qoida mustahkamlab qo‘yilgan.
    Bu ham missionerlik va prozelitizm harakatlari konstitutsiyavviy tamoyillarga butunlay zid ekanini ko‘rsatadi.

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   64




    Download 1,63 Mb.