|
Global aksilterror strategiyasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
|
bet | 61/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)Global aksilterror strategiyasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi
BMTning 2006 yil 8 sentyabrda qabul qilingan Global aksilterror strategiyasining to‘rtta asosiy qismidan bittasi inson huquqlari mavvzusiga bag‘ishlangan. Ushbu bo‘lim “Inson huquqlarining umumjahon miqyosida hurmat qilinishi va qonun ustuvorligini terrorizmga qarshi kurashning asosiy tayanchi sifatida ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar” deb nomlanganini qayd yetish lozim.
Global aksilterror strategiyasida ye’tirof yetilganidek, terrorizmga qarshi kurashish va inson huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshiriladigan ta’sirchan chora-tadbirlarning biri boshqasini aslo inkor yetmaydi. Aksincha, ular o‘zaro bir-birini to‘ldirib, terrorizm jabrdiydalarining huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish uchun nihoyatda zarur hisoblanadi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”dagi oltinchi ustuvor yo‘nalish “Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish” deb nomlangani bejiz yemas.
Ayniqsa, ushbu ustuvor yo‘nalishning “Yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali mexanizmalarini shakllantirish” sarlavvhali 82-maqsadi muhim ahamiyat kasb yetadi. Hozirgi vaqtda Taraqqiyot strategiyasi doirasida, jumladan:
yekstremizm va terrorizmni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olishga qaratilgan preventiv mexanizmlarni takomillashtirish, ijtimoiy-ma’navviy muhitni yaxshilash, yot g‘oyalar ta’sirining oldini olish va bunday ta’sirga tushib qolganlar bilan tizimli ishlash orqali ularning muammolarini bartaraf yetish;
aholi, ayniqsa yosh avvlodda terrorizm va yekstremizm mafkurasiga qarshi qat’iy va barqaror immunitetni shakllantirish;
yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarini takomillashtirish hamda xorijiy davvlatlar, mintaqavviy va xalqaro tashkilotlar bilan yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomavviy-huquqiy asoslarini kengaytirish;
diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi, shuningdek, chet yelga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shug‘ullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash;
xorijiy davvlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan yekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurash sohasida axborot hamda tajriba almashish;
faoliyati yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqavviy tashkilotlarda faol ishtirok yetish;
Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlarni birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida muvofiqlashtirish;
Markaziy Osiyoda yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda O‘zbekistonning rolini kengaytirish;
dunyo hamjamiyati va mintaqavviy tashkilotlar ye’tiborini Afg‘onistonda tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga jalb qilish borasidagi tashabbuslarni jadallashtirish va ushbu mamlakatni mintaqavviy hamkorlik jarayonlariga, shu jumladan yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish kabi muhim masalalar doirasida izchil ishlar boshlab yuborilgan.
Xalqaro konferensiyada inson huquqlari masalalariga katta ye’tibor qaratilayotgani, ta’bir joiz bo‘lsa, Prezident Shavvkat Mirziyoyevning Yangi O‘zbekistonni bunyod yetish yo‘lida ilgari surgan “Inson qadri uchun” tamoyili bilan o‘zaro uyg‘un va hamohangdir. Buni anjuman doirasida “Inson huquqlarining umumjahon miqyosida hurmat qilinishi va qonun ustuvorligi ta’minlanishi – terrorizmga qarshi kurashning asosiy tayanchi” mavvzusi alohida sessiya majlisida muhokama qilinishi ko‘zda tutilayotgani ham yaqqol tasdiqlaydi.
Mamlakatimiz BMTning Global aksilterror strategiyasini qo‘llab-quvvatlagan, terrorizm va diniy yekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha 14 ta xalqaro konvensiya hamda protokolni ratifikasiya qilgan.
Bundan tashqari, bu borada mamlakatimizda “Yekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommavviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlar hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan.
BMT va O‘zbekiston: terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari sohasida hamkorlik 2021 yil 16 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida “Terrorizm va inson huquqlari” nomli 76/169-sonli rezolyusiya qabul qilindi. Rezolyusiyada terrorizm hamda terrorizm uchun sharoit yaratadigan zo‘ravvonlik yekstremizmining barcha xurujlari, usul va amaliyotlari, qaysi shakl va ko‘rinishda yuz berishi, qayerda va kim tomonidan sodir yetilishi, qanday motivasiya yo moliyavviy, moddiy yoki siyosiy qo‘llab-quvvatlash negizida sodir yetilishidan qat’i nazar, xalqaro huquqqa mutlaqo mos kelmaydigan xatti-harakat sifatida so‘zsiz qoralanishi ta’kidlangan.
BMT Bosh Assambleyasining Rezolyusiyasida, shuningdek, terrorizm hamda terrorizm uchun sharoit yaratadigan zo‘ravvonlik yekstremizmi inson huquqlari, yerkinliklari va qonuniy manfaatlarini to‘la ro‘yobga chiqarishga g‘ov bo‘lishiga ye’tibor qaratilgan. Bu salbiy omillar tufayli yesa, bir tomondan, insonning siyosiy, shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarini amalga oshirish yo‘lida to‘siqlar yuzaga kelsa, ikkinchi tomondan, davvlatlarning hududiy yaxlitligi va xavvfsizligi, hukumatlarning barqarorligi, huquq va demokratiyaning ustuvorligi, yanada tashvishlanarlisi, dunyoda farovon jamiyatlar, xalqaro tinchlik hamda xavvfsizlikning mavvjudligi ulkan tahdid ostida qoladi.
Bundan tashqari, 76/169-sonli rezolyusiyada barcha davvlatlar hukumatlaridan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Terrorizmga qarshi kurashda inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilish masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisiga uning zimmasiga yuklangan vazifa hamda majburiyatlarini bajarishida har tomonlama yordam ko‘rsatishi so‘ralgan.
Shu o‘rinda BMT Maxsus ma’ruzachisi Fionnuala Ni Aolaynning mamlakatimizga 2021 yil 28 noyabr – 7 dekabr kunlari amalga oshirgan tashrifi davvomida O‘zbekiston tomoni u bilan yaqin hamkorlikda ish olib borgani haqida muxtasar to‘xtalish maqsadga muvofiqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavvkat Mirziyoyev BMT Maxsus ma’ruzachisi F.Ni Aolaynni qabul qildi. Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning BMT organlari va huquqni himoya qilish institutlari bilan sherikligini mustahkamlashga qaratilgan qator qo‘shma xalqaro tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.
BMT Maxsus ma’ruzachisi O‘zbekiston Prezidenti bilan muloqoti, shuningdek keng jamoatchilik ishtirokidagi matbuot anjumani va brifinglarda ham O‘zbekistonning “Mehr” operasiyasi doirasida fuqarolarni mamlakatga qaytarish, reabilitasiya va reintegrasiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini yuksak baholadi.
F.Ni Aolayn Suriya, Iroq va Afg‘onistondan qaytib kelgan shaxslarning reabilitasiya markaziga tashrif buyurdi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi mazkur maskanda o‘z vaqtida “qaynoq nuqta”lardan olib chiqilgan ayollar va bolalarni reabilitasiya qilish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
“Oila birligi va jamiyatning qo‘llab-quvvatlashiga asoslangan o‘zbek modeli repatriasiya qilish, bolaning manfaatini ko‘zlash va siyosiy, huquqiy va ijtimoiy harakatlar markazida o‘choqli hududlardan qaytgan ayollarni samarali reintegrasiya qilish bo‘yicha yeng yaxshi amaliyot namunasidir», dedi BMT Maxsus ma’ruzachisi.
|
| |