• BMT va O‘zbekiston: terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari sohasida hamkorlik
  • -mavvzu. Dunyo hamjamiyatining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasi




    Download 1,63 Mb.
    bet59/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    14-mavvzu. Dunyo hamjamiyatining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasi
    REJA

    1. Zamonavviy ekstremizm va terrorizmning xususiyatlari

    2. Xalqaro tashkilotlarning terrorizmga qarshi kurashi.

    3. Terrorizmga qarshi kurash va mintaqavviy hamkorlik

    4. Global aksilterror strategiyasi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi

    5. BMT va O‘zbekiston: terrorizmga qarshi kurash va inson huquqlari sohasida hamkorlik

    Terrorizm va yekstremizm dunyo hamjamiyati uchun hanuzgacha asosiy tahdidlardan biri bo‘lib qolmoqda. Insoniyat hamon diniy mutaassiblik, radikalizm, zo‘ravvonlik va terrorizm xurujlaridan aziyat chekib kelmoqda. Aholi orasidagi diniy qatlamni radikallashuvi ularni zo‘ravvonlikka undaydi hamda tinchlik, xavvfsizlik, jamiyat va inson huquqlarining barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Hozirgi vaqtda biror-bir davvlat jangovar yekstremizm va terrorizm oqibatlaridan to‘liq himoyalangan yemas. Ko‘plab davvlatlarda hozirgacha yuqori darajadagi terror xavvfi saqlanib qolmoqda. Zo‘ravvon yekstremistlar tomonidan amalga oshirilgan terrorchilik holatlari jamoalar o‘rtasida nizo urug‘ini sepib, ksenofobiya, islomofobiya va jamiyatda qarama-qarshi yekstremistik qarashlarning tarqalishiga yordam bermoqda. 
    Uzoq tarixga yega bo‘lishiga qaramasdan bugungi zamonavviy terrorizm tarixdagi terrozimdan farq qiluvchi jihatlarga yega. Birinchidan, zamonavviy terrorizm ko‘proq milliy darajada sodir bo‘lgan oldingi klassik ko‘rinishdan farqli ravvishda global miqyosda namoyon bo‘lmoqda. Ikkinchidan, zamonavviy terrorizm avvvalgilariga qaraganda yana ham shavvqasiz, tajovuzkor va kutilmaganda namoyon bo‘ladi. Zamonavviy terrorizmning shu jihatlaridan uni tahmin qilishni, rejalashtirishni va unga qarshi kurashga tayyorgarlik ko‘rishni yanada qiyinlashtiradi. Nyu-York, Madrid, London, Parij, Istambul, Nisa, Bryussel, Dakka va Bag‘dodda sodir bo‘lgan aktlar terrorchilik xurujlarini oldindan aytib bo‘lmasligi, uning qattolligi hamda makon tanlamasligini namoyish qildi. Terrorizmning avvvalgi ko‘rinishlari asosan separatizm, millatchilik, din va diniy mazhablar o‘rtasida, ijtimoiy-iqtisodiy tengsizlik tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa zamonavviy terrorizm to‘lqini diniy burch hissi va diniy aqidaparastlik mafkurasi bilan yo‘g‘rilgan.
    Rik Kulset va Struye de Svilendning ta’kidlashicha, terrorchilar mafkurasi asosan siyosiy va diniy nuqtai nazardan pishib yetilmagan kishilarda namoyon bo‘ladi. U mutaassiblarning utopik qarashlari bilan buzib ko‘rsatiladi va ko‘plab dindorlar uchun tushunarsizdir. Zamonavviy terrorizmning mafkuravviy va diniy asoslarining ishonchsizligini unga qarshi kurashda samarali qo‘llashda terrorizm va yekstremizm mafkurasining zaif nuqtalaridan biri sifatida qarash mumkin. Professor Hamid as-Saidning bu boradagi fikriga ko‘ra terrorchilar ustidan g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsak ularning mafkurasini yengish kerak, sababi g‘oyalar kurashi ularga “strategik kurash” kabi ko‘rinadi.
    Radikal diniy mafkura o‘z tashviqotini siyosatchilar, mahalliy ulamolar va diniy tashkilotlarga qaraganda tez, ilg‘or hamda samarali tarqatmoqda. Mutaxassislar va ilmiy tadqiqotchilar terrorizmga qarshi kurash faqatgina jismoniy kurash holatida davvom yettirish foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishini ta’kidlashgan. Shundan kelib chiqib, diniy aqidaparastlar hamda yekstremistlarni o‘z g‘oyalaridan qaytarish va ularni ijtimoiy reablitasiya qilish bo‘yicha “aqlli” va “yumshoq” dasturlar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu kabi dasturlarni avvvalo diniy yekstremizm va terrorizm faoliyatida ishtirok yetgani uchun sudlangan shaxslar, shuningdek boshqa jinoyatlar bilan ayblanib hukm qilingan, ammo jazoni ijro yetish muassasalarida diniy yekstremistik tashkilotlarga qo‘shilib qolgan mahkumlarda tatbiq qilish lozim. Qamoqxonalarda yekstremistik qarashlarning tarqalishi muammosi ko‘plab mamlakatlarda mavvjud. Jumladan, respublikamiz qamoqhonalarida ham bunday radikallashuv jarayonlari uchrab turishi haqida aytish mumkin.
    Hozirgi kunda diniy yekstremistik oqimlar g‘oyasidan qaytarishning yumshoq dasturlarini amalga oshirish tashabbuslari ko‘plab mamlakatlarda, xususan, Irlandiya, Kolumbiya, Norvegiya, Germaniya, Fransiya, Shvesiya va boshqa shu kabi davvlatlarda amalga oshirilmoqda. Diniy yekstremistik oqimlar g‘oyasidan qaytarishning yumshoq usullari samaradorligi Sinay, Turkiya, Malayziya, Indoneziya, Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda “Contest” yekstremizmga qarshi kurash strategiyasi dorasida, Birlashgan Arab Amirliklarida “Hidoya”, “Savvob” singari yekstermizm va terrorizmga qarshi kurash markazlari faoliyati dorasida, Saudiya Arabistonida “Munasaxa”, Misr Arab Respublikasida yesa “Yekstremizmga qarshi kurash bo‘yicha al-Azhar observatoriyasi” va boshqa markazlar faoliyati doirasida amalda isbotlangan. Karnegi jamg‘armasi tadqiqotchisi Kristofer Busek, general Petrus Golos va boshqalar Indoneziyaning deradikallashuv dasturini tahlil qilib shunday xulosaga kelgan: “deradikalizasiya dasturlari terrorizm va radikallashuvdan qutilishning yeng samarali usuli, chunki ushbu dasturlar muammoni tubdan hal qiladi”. Shuni ta’kidlash joizki Saudiya Arabistoni va Yaman davvlatlarida amalga oshirilgan deradikallashtirish dasturidan o‘tgan yekstremistlar orasida yana yekstremizm yo‘liga qaytish holatlari ham kuzatilgan. Yumshoq dasturlar orqali yekstremistik oqimlar g‘oyasiga qarshi kurashuvchi markazlar sirasiga Qozog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi “Ansar” reablitasion-maslahat markazini ham kiritish mumkin. 
    Mamlakatimizda diniy yekstremistik oqimlar g‘oyasidan qaytarishning istiqbolli dasturlari mavvjudligiga qaramay, bu tor doiradagi o‘ziga xos sohada olib boriladigan ishlarning nazariy tomonlari va amaliy metodlari rivojlanish jarayonida yekanligini tan olish lozim. Bundan tashqari, yumshoq deradikallashtirish usullari toboro ommalashib borayotgan bo‘lsada, bunday usullarning o‘ziga xos shart-sharoitlari, tarkibiy qism va texnikalari to‘g‘risida ma’lumot juda ham cheklangan.
    Diniy yekstremizmga qarshi kurash borasida izlanishlar olib borgan tadqiqotchilar deradikallashtirish – bu diniy, psixologik, ijtimoiy va oilavviy reablitasiyani talab qiladigan murakkab jarayonlar majmuasi yekanligini aytadilar. Doktor Hamid Saidning ta’kidlashicha, muvaffaqiyatli deradikallashtirishni amalga oshirish uchun mikro va makro darajalarda ham muayyan shart-sharoitlarni talab qiladi.
    Xulosa qilib aytganda, bugungi kunda butun dunyo uchun xatarga aylanib ulgurgan diniy yekstremizm va terrorizm muammosiga qarshi kurashishda yekstremizm va terrorizmning oldini olish bo‘yicha amalga oshiriladigan turli chora-tadbirlarning barchasi tizimli bo‘lishi kerak. Radikal mafkurasiga qarshi barcha uchun tushunarli bo‘lgan diniy g‘oya qo‘llanishi lozim. Ayrim zamonavviy musulmonlarning diniy qarashlari siyosiylashtirilgan va mafkuravviydir. Shu munosabat bilan ularning qarashlarini siyosat va mafkuradan ijtimoiylashuvga o‘zgartirish o‘ta dolzarbdir.

    1. Bugungi kunda dinga bo‘lgan qiziqishning kuchayib borishi globallashuv jarayonlarining o‘ziga xos in’ikosi deyish mumkin. Zero, globallashuv dunyoni bir butun va yaxlit qila borishi bilan bir qatorda, uning hosilasi sifatida alohida olingan millat va jamiyatlar darajasida o‘z-o‘zini anglashga bo‘lgan intilishning chuqurlashuviga ham zamin yaratmoqda.

    Afsuski, kommunikasiya va informasion texnologiyalarning tez sur’atlardagi taraqqiyoti g‘oyavviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarining kengayishiga turtki bo‘lib, geosiyosiy maqsadlarga bo‘ysindirilgan, inson qalbi va ongi uchun kurashlarning yangidan-yangi usul va vositalarining ko‘payib borayotgani, ayniqsa, bu borada din omilidan foydalanishga urinishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat holatlarda ushbu kurash qurolli tus olib, ko‘plab xalqlarning boshiga fojiali kunlarni solmoqda.
    So‘nggi yillarda dunyoning qator mamlakatlarida, xususan, Yaqin Sharq mamlakatlarida turli noqonuniy qurolli tuzilmalar tomonidan islomiy davvlat qurish shiori ostida insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir yetilmoqda. Oqibatda, Iroq, Suriya, Liviya kabi aslida ulkan iqtisodiy salohiyatga yega mamlakatlar chuqur ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy tanazzulni boshidan kechirmoqda. Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga ko‘ra, turli to‘qnashuvlar natijasida arab mamlakatlari iqtisodiyoti 2011-2014 yillar oralig‘ida 800 mlrd AQSh dollari miqdorida zarar ko‘rgan. Qonli fojealar tufayli ushbu davvlatlar yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari keskin pasaygan, ishsizlik darajasi deyarli ommavviy tus olgan.
    Yeng dahshatlisi, hozirgi kunda Iroq va suriya davvlatlari hududida qariyb 8,5 million kishi terrorchi guruhlar to‘liq nazorat o‘rnatgan hududda, har qanday fuqaroviy huquq va yerkinliklardan marhum bo‘lgan holda kun kechirishga majbur bo‘lmoqda. Terrorchilar ushbu mamlakatlarda ommavviy qatl, garovdagilarni qiynab o‘ldirish, xotin-qizlarni ayollarni zo‘rlash yoki ularni qul qilib sotish kabi jirkanch va qabih ishlarga qul urib, o‘zlarini ye’tiqodi puch, imonsiz kimsalar yekanliklarini namoyon yetmoqda. Yuzlab ziyoratgohlar, shia musulmonlarining masjidlari, xristianlarning cherkov va monastirlari, maktab va kutubxonalar vayron qilindi.
    Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun dunyoda 500 ga yaqin terrorchilik tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatoriga “IShID (Iroq va Shom islom davvlati)”, “Jabha an-Nusra”, “Ansaru ash-Sham” (Suriya), “al-Qoida”, “al-Jihod al-Islomiy”, “at-Takfir va-l-Hijra” (Misr), “Abu Sayyaf” (Filippin), “Ozod Achex”, “Lashkari jihod” (Indoneziya), “Qurolli islomiy harakat” (Jazoir), “Boko haram” (Nigeriya), “Islom jihodi uyushmasi”, “O‘zbekiston islomiy harakati” Tolbion (Afg‘oniston, Pokiston) kabi tashkilotlarni kiritish mumkin.
    Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbut tahrir” diniy-yekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar.
    So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil yetish, diniy-yekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, yelektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda.
    Mutaxassislarning fikricha hozirda 100 mingdan ortiq yekstremizmning turli ko‘rinishlarini o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanuvchi saytlar faoliyat olib bormoqda. Internet orqali suhbat olib borish jarayonida yoshlarga kufr diyori, hijrat, jihod, shahidlik, xalifalikni tiklash kabi g‘oyalar singdirlib, ular turli to‘qnashuv va nizo o‘choqlariga jalb qilinmoqda. Muayyan siyosiy kuchlarning nog‘orasiga o‘ynayotgan diniy-yekstremistik va terrorchi oqimlar tomonidan u yerlarda amaliyotni o‘tab kelgan aqidaparast, diydasi qotgan, mustaqil fikrlashdan mahrum, rahnamolarining har qanday buyruqlarini qonun deb biluvchi zombi jangarilardan tinch mintaqalarda ham turli nizolar va beqarorliklarni keltirib chiqarishda foydalanish maqsadi bugun ko‘pchilikka ayon haqiqatdir.
    Ayniqsa, “jihodchi” guruhlar o‘z safiga yangi shaxslarni jalb yetishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, “Odnoklasnik”, “Tvitter” kabi ijtimoiy saytlarda tashkil yetilgan turli nomlardagi forum va guruhlar, “You Tube” portalidan keng foydalanilmoqda. Mazkur guruhlarning targ‘ibotchilari ko‘p vaqtini internetda o‘tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o‘z saflariga qo‘shish maqsadida ular bilan go‘yoki “musulmonlarning azoblanayotgani” suhbatlar olib boradilar.
    So‘ngra islom olamidagi “muammolar” sanab o‘tilib, aybdorlar sifatida dunyoviy davvlat va jamiyat ko‘rsatiladi. Bundan keyin yesa barcha muammolarning “yechimi” sifatida “kofirlarga” qarshi “jihod” qilish taklif yetiladi. Buning uchun yesa avvvalambor “hijrat” qilish lozimligi uqtiriladi. Bilimsiz, o‘z mustaqil fikri va atrofdagi hodisalarni tahlil yetish malakasiga yega bo‘lmagan yoshlar bunday da’vatlarga uchib, aqidaparast oqimlarga moyil bo‘la boshlaydilar. Qisqa qilib aytganda “ijtimoiy tarmoqlar” “yekstremistik qarmoqlar” vazifasini o‘tamoqda.
    Aslida yesa, yoshlarni o‘z safiga chorlayotgan, o‘zini “mujohid” deb tanitayotgan kimsalar tinch aholini qatl yetmoqda, ayol-qizlarni xo‘rlab, nomuslariga tajovuz qilmoqda. Norasida bolalarni o‘ldirmoqda. Islomning beshinchi arkoni bo‘lgan haj amalini bajarishga borayotganlarni “toshga sig‘inuvchilar” deb ye’lon qilib, ularga tahdid qilmoqda. Dinimiz qiblasi bo‘lgan muqaddas Baytullohni vayron qilishga va’da bermoqda. Uy-joylar, maktab va kutubxonalar, qishlog‘u-shaharlarni buzib, mo‘ysafid otaxon, mushipar onalar, norasida go‘daklarni ko‘chalarda sargardon qilmoqda.
    Ming taassufki, bizning yurtimizdan ham ayrim yoshlar ota-onasini qon yig‘latib Suriya, Iroq kabi fitna o‘choqlariga ketib qolmoqdalar. U yerlarda diydasi qotgan jallodlarga aylangan bu johillar yurtiga qurol o‘qtalib o‘z xalqi, ota-onasi va dindoshlariga tahdid bilan dag‘dag‘a qilishdek tubanlikka yuz tutyaptilar.
    Aqidaparastlik jamiyatimizdagi fuqarolarni “haqiqiy” va “soxta” dindorlarga ajratishi bilan ham tahdid solmoqda. Bunday harakatlarning oddiy misollari sifatida go‘yoki islomiy libos deb ilgari surilayotgan “hijob” masalasiga haddan tashqari urg‘u berish, dunyoviy hayot kechiruvchi fuqarolarni go‘yoki “imoni sust” sifatida ko‘rishni qayd yetish mumkin. Ta’kidlash joizki, bunday fitna chiqarishlar qanday oqibatlarga olib kelishi Afg‘oniston, Pokiston va Jazoirda sodir bo‘lgan hamda hozirda Iroq va Suriya davvlatlarida yuz berayotgan voqyealardan bizga ma’lum. Barcha buyumlarni “halol” va “harom”ga ajratishda g‘uluvga ketish oqibatida ba’zi qo‘shni mamlakatlarimizda hattoki “halol taksi” chiqqanini qanday izohlash mumkin? Vaholanki, islom dini o‘rtalik, mo‘tadillikka chaqiradi.
    Darhaqiqat hozirgi kunga kelib diniy-yekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur o‘ylangan strategiyaning bir qismidir. Avvvalo, barcha yekstremistik tashkilotlar bir tadqiqot markazlari, ta’bir joiz bo‘lsa, “g‘oyavviy laboratoriya”lar mahsuli yekanini alohida qayd yetishimiz lozim.
    Birinchi guruh qatoriga “Tablig‘chilar” jamoasi tashkilotini kiritish mumkin. Ikkinchi guruhlar qatoriga “Nurchilar”, “Hizbut-tahrir” kabi diniy-yekstremistik tashkilotlarni kiritish mumkin. Uchinchi guruhga yesa barcha jihodiy, soxta “salafiy” jamoalar kiradi.
    Diniy-yekstremistik ruhdagi terrorchi tashkilotlarning strategik maqsadlari, avvvalo, go‘yoki, shariatga asoslangan davvlat tuzish bo‘lib, bu bir necha bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
    Birinchi bosqichda aholini keng ko‘lamda “islomiylashtirish” nazarda tutiladi. Bunda, avvvalo, diniy ilmi sayoz bo‘lgan kishilar orasida islomning farzlariga amal qilish lozimligi, bu ishlarni bajarmaganlar musulmonchilikdan chiqishi uqtiriladi. Shu bilan birga, yashirin “hujralar” tuzish va ularda o‘qiyotganlarga, diniy ta’lim niqobi ostida, o‘z qarashlarini singdirish ishlari olib boriladi. Bir qarashda bunday “da’vat”dan hyech qanday zarar yo‘qdek ko‘rinishi mumkin, aslida yesa bu “chuqur o‘ylangan strategiya”ning bir qismidir.
    Ikkinchi bosqichda yendi “islomiylashtirilgan” aholida hukumat, mavvjud konstitusiyavviy tuzum, rasmiy diniy tuzilmalar va ulamolarga nisbatan norozilik kayfiyatini uyg‘otish va shu orqali ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish ko‘zlanadi. Unda aholi orasida “imonli” va “imonsiz”, “musulmon” va “kofir”, “islom diyori” va “kufr diyori” kabi tushunchalarni keng yoyish, diniy-yekstremistik ruhdagi varaqa, adabiyot, video va audio tasmalarni tarqatish orqali dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish asosiy maqsad hisoblanadi.
    Uchinchi bosqichga kelib, to‘plangan “jamoat”ni mavvjud hukumatni ag‘darish va “islom davvlatini” tuzishga da’vat yetiladi. Bunda, “jihod”, “shahidlik” g‘oyalarini targ‘ib qilish, yashirin guruhlar tuzish va uning a’zolarini maxsus (da’vat, qo‘poruvchilik va h.k.) tayyorgarlikdan o‘tkazish, ayollardan iborat yacheykalarni kuchaytirish va oxir-oqibat terror vositalaridan foydalangan holda maqsadga yerishish ko‘zlanadi.
    Tahlil respublikamizga turli DEO tarafdorlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazish uchun respublikamiz hududiga diniy yekstremistik mazmundagi mahsulotlarni olib kirishga qaratilgan harakat faollashayotganidan dalolat beradi. Birgina joriy yilning 1 iyuniga qadar o‘tgan davvr ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning yekspertiza bo‘limiga turli davvlat idoralari tomonidan 800 dan ziyod diniy mazmundagi materiallar taqdim yetildi. Ushbu materiallarning salmoqli qismini aqidaparastlik g‘oyalari yo‘g‘irilgan mahsulotlar tashkil yetadi. Ularning aksariyati hozirgi kunda Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan terroristik tashkilotlar safiga qo‘shilishni da’vat yetuvchi chaqiriqlar va videoroliklar tashkil yetadi.
    Ayni vaqtda, bunday materiallar bilan huquqni muxofaza qiluvchi idoralari xodimlari tomonidan qo‘lgan olinganlar ichida yendi voyaga yetgan o‘smirlar mavvjud yekani bizdan alohida ye’tibor talab qiladi.
    Shu nuqtai-nazardan, mustaqil hayotni boshlayotgan yoshlarimizni turmushda ularni og‘ir sinovlar kutib turayotgani, xususan, bizning yurtimiz, xalqimizga do‘st bo‘lmagan, soxta g‘oyalar bilan hali hayotiy tajribaga yega bo‘lmagan o‘smirlarimizni oilasi va Vatanidan ayirib olib, o‘z manfaatlari yo‘lida qurbon qilishdek g‘araz maqsadlar yega kuchlar borligidan ogohlantirishimiz biz kattalarning, ayniqsa, diniy soha vakillarining burchimiz hisoblanadi.
    Diniy-yekstremistik oqimlarning jamiyatimiz barqarorligiga tahdidi respublikamizdagi ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, dinlararo va millatlararo munosabatlarni keskinlashtirish, fuqarlarni, ayniqsa, yoshlarni qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan terroristik guruhlarga jalb qilish kabi harakatlarda, shuningdek, mamlakatimizda terrorchilik harakatlari sodir yetish uchun suqilib kirishga urinishlarda namoyon bo‘lmoqda.
    Yuqorida qayd yetilgan holatlar hushyorlikni qo‘ldan boy bermaslik, hamisha ogoh bo‘lib yashash zaruratini yana bir marta ko‘rsatmoqda. Bu yesa o‘z navvbatida, diniy yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda xalqaro maydonda ko‘p va ikki yoqlama hamkorlikni kuchaytirish, BMT, Shanhay hamkorlik tashkiloti kabi xalqaro va mintaqavviy tashkilotlarning faoliyatini samaradorligini oshirish masalasini qat’iy qilib kun tartibiga qo‘ymoqda.
    Ma’lumki, O‘zbekiston qator mintaqavviy tashkilotlar doirasida qabul qilingan yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashga qaratilgan shartnomalarni bajarishda faol qatnashib kelmoqda. Terrorizmga qarshi kurash, uni bartaraf yetish masalalariga oid siyosiy-huquqiy hujjatlar BMT, Mustaqil Davvlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti doiralarida imzolangan.
    Hozirda O‘zbekiston BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan asosiy 13 ta hujjatini ratifikasiya qilgan. BMT Xavvfsizlik kengashi Aksilterroristik qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning terrorizmga qarshi kurashdagi xalqaro hamkorligi yuksak baholanadi.
    Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatida “uch yovuz kuch”, ya’ni “terrorchilik”, “ayirmachilik” (separatizm) va “yekstremizm”ga qarshi kurashda xamkorlikni rivojlantirish alohida o‘rin tutadi. 2004 yildan beri Toshkentda ShHTning Mintaqavviy aksilterror tuzilmasi faoliyat yuritmoqda.
    2010 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisida yurtboshimiz Islom Karimov nutq so‘zlab, terrorizm, yekstremizm, ayirmachilik va narkotrafikka qarshi birgalikda kurashish hamda Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish mavvzusiga ham alohida to‘xtalib o‘tgan.
    Shuningdek, O‘zbekiston AQSh, Rossiya, Xitoy, Markaziy Osiyo respublikalari kabi qator mamlakatlar bilan xalqaro terrorizmga qarshi kurashda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.
    O‘z navvbatida, jamiyatimizda diniy yekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishini oldini olishda profilaktik va tushuntirish ishlari savviyasi va ta’sirchanligini tizimli ravvishda kuchaytirib borish bugungi kunning hayotiy muhim masalasiga aylandi.
    Hozirgi kunda respublikamizda diniy yekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda davvlat va fuqarolik jamiyatining samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Davvlat amaldagi qonunlarimizga zid ravvishda konstitusion tuzumga qarshi guruhlarning faoliyatini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi.
    Ta’kidlash joizki, DEO a’zolari diniy ye’tiqodi yoki dunyoqarashi uchun yemas, balki O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksi yoki Ma’muriy javvobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi va boshqa qonunlarimizda aniq belgilangan jinoiy ishlarni sodir yetgani va qonunbuzarligi uchun jazoga tortiladi. Aldanib oqimga kirib qolgan shaxs o‘z vaqtida xatosini anglab yetib, pushaymon bo‘lsa va jinoyatni ochishga yordam bersa, Jinoyat Kodeksining 244-2 moddasiga ko‘ra javvobgarlikdan ozod yetiladi.
    Jamiyat OAVV, ma’navviyat yo‘nalishda faoliyat yuritadigan tuzilmalar, jamoat va diniy tashkilotlar orqali fuqarolarni aqidaparast g‘oyalarning ta’siriga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan profilaktik va tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.
    Hossatan, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Respublika Ma’navviyat targ‘iboti markazi davvlat idoralari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili diniy yekstremizm va terrorizmga qarshi kurash yo‘nalishida dastur asosida tizimli faoliyat yuritmoqdalar. Targ‘ibot va tushuntirish ishlari OAVV, Internet, tele- va radiodasturlardagi chiqishlar, o‘quv muassasalari, mahalla fuqaro yig‘inlari, turli tashkilot va korxonalarda ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish shakllarida amalga oshirilmoqda.
    Olimlar va ulamolarimiz, soha mutaxassislari tomonidan aqidaparastlikning turli ko‘rinishlarini fosh yetuvchi qo‘llanmalar nashr yetilib, aholining keng qatlamlari ichida tarqatilmoqda.
    Ulamolarimiz juma ma’ruzalarida, chegara hududlarda davvriy ravvishda tashkil yetilayotgan uchrashuvlarda mutaassib da’vatchilarning soxta da’volarini dalillar bilan fosh yetib, aholini, ayniqsa, yoshlarni aldovlarga uchmaslikka chaqirmoqdalar.
    Jumladan, joriy yilning o‘tgan davvri ichida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘MI, TIU, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va o‘quv muassasalari bilan hamkorlikda 200 dan ziyod ma’rifiy tadbirlar tashkil yetdi. DIQ, TIU, O‘MI internet saytlariga mavvzuga oid yuzdan ziyod maqolalar joylashtirildi.
    Shu bilan birga, diniy-yekstremistik guruhlar, jihodiy jamoa va ularning da’vatchilari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarining tobora kengayib borayotgani respublikamizdagi davvlat va jamoat tashkilotlarining aksiltarg‘ibot ishlarini faollashtirishi, ularni yangi, ta’sirchan va ommabop usul va shakllarni amalga oshirishni taqazo yetmoqda.
    So‘nggi vaqtda qo‘ni Afg‘onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, Tolibon harakati va mazkur mamlakatdagi boshqa terrorchi guruhlarning Markaziy Osiyo respublikalariga chegaradosh hududlarda to‘planayotgani haqidagi ma’lumotlar bizni yanada hushyor bo‘lishimiz lozim yekanidan dalolat bermoqda.
    Davvlatimiz Rahbari tomonidan jamiyatimizning ma’navviyatini yuksaltirish, aholini yot va soxta diniy g‘oyalar ta’siridan saqlash, hushyorlik va ogohlikni da’vat yetishda diniy soha xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuksak baholanganiga barchamiz guvohmiz. Mazkur ye’tirof diniy soxa xodimlarini jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni avvaylab-asrash yo‘lida yanada fidokorona faoliyat yuritishlariga undaydi.
    Yuqorida qayd yetilganlardan kelib chiqqan holda, shuningdek, yurtimizda ijtimoiy-ma’navviy va diniy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, turli diniy yekstremistik oqimlarga qarshi kurashni yanada faollashtirish hamda yoshlarni yot g‘oyalarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida diniy soha xodimlari quyidagilarga ahamiyat qaratishi zarur hisoblanadi:
    - joylarda fuqarolar ichida din bilan bog‘liq jarayonlardan doimiy ravvishda boxabar bo‘lib yurish, vaziyatning barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddi tashkilot va idoralar bilan amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash;
    - o‘quv muassassalari, mahalla yig‘inlari, korxona va tashkilotlarda yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va ma’navviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish;
    - ta’lim muassasalarida «Tinchlik yeng oliy ne’mat», «Islomda yekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q», «Diniy-yekstremistik oqimlar – davvlat va jamiyatga tahdid» kabi mavvzularda davvra suhbati va seminar-mashg‘ulotlar son va sifatini oshirish, tadbirlarda diniy yekstremistik va terroristik guruhlarning asl qiyofasini fosh yetuvchi, jinoyatlari aks yetgan videotasvirlardan foydalanish;
    - joylarda masjid va alohida uylarda(hujralarda) noqonuniy diniy ta’lim berish holatlariga barham berish yuzasidan tushuntirish ishlari tizimli o‘tkazish;
    - mahalliy OAVVda diniy yekstremizm va missionerlik g‘oyalarining jamiyatga tahdidi haqida davvra suhbatlarida ishtirok yetish, xalqaro terrorizm hamda diniy yekstremizm g‘oyalari zamirida g‘arazli geosiyosiy maqsadlar yotganligi, aqidaparastlar islomni buzib talqin qilishlarini asosli tarzda fosh yetuvchi chiqishlarni ko‘paytirish;
    - Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Toshkent islom instituti, Imom Buxoriy xalqaro markazi, O‘MIning joylardagi vakilliklarining internet saytlariga sof islom ta’limotlarini yoritishga bag‘ishlangan hamda turli norasmiy, g‘arazli oqimlar tomonidan da’vo qilinayotgan g‘oyalarga (xususan, mazhabsizlik, takfir, hijrat, jihod) haqqoniy ilmiy raddiya mazmunidagi maqolalarni muntazam berib borish;
    - mahalllalarda hushyorlik va ogohlikni ta’minlash, yoshlarning tarbiyasida oila ma’suliyatini oshirishga qaratilgan tadbirlar uyushtirish va bu kabi ishlarda faol ishtirok yetish, mehnat migrantlari bilan ularni jihodiy jamoalar ta’siriga tushib qolishi oldini olishga qaratilgan suhbatlarda ishtirok yetish;
    - hokimiyat, korxona, tashkilot, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari bilan hamkorlikda xayriya faoliyatini kuchaytirish orqali yekstremistlar uchun «faoliyat maydonini» toraytirish va yo‘qqa chiqarishga alohida ye’tibor qaratish;
    - diniy-yekstremistik oqimlar tarkibida sodir yetgan jinoyati uchun jazo o‘tagan, hozirda tuzalish yo‘liga kirgan va amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan shaxslar bilan o‘tkaziladigan tarbiyavviy ishlarda qatnashish, ularga aqidaparastlikning asl mohiyati va zararli oqibatlarini tushuntirish bilan ijobiy ta’sir o‘tkazishga urg‘u berish.
    Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, tuyg‘usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuravviy immunitet shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o‘zini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo‘lib qoladi.
    Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman. Bu hujjatning asosiy maqsadi – barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savvodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat. 
    Ushbu rezolyusiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan. 

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




    Download 1,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -mavvzu. Dunyo hamjamiyatining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash tajribasi

    Download 1,63 Mb.