• 9 - mavvzu. O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diniy tashkilotlar
  • «secularity»
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1,63 Mb.
    bet42/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    Kubraviya tariqati. Bu tariqatning asoschisi – shayx Najmiddin Kubro al-Xivaqiy (v. 1221 y.) bo‘lib, tasavvvuf tarixidagi eng yorqin siymolardan biridir. Xivada tug‘ilgan. Yoshligida diniy ilmlarni egallagan. Ayniqsa, hadis ilmida tengi yo‘q edi. Turli o‘lkalarni kezgan. Misrda shayx Ruzbihon al-Misriy bilan tanishib, unga murid bo‘lgan. Qattiq riyozatlar natijasida murshidining tavvajjuhiga erishib, uning qiziga uylangan. Bundan keyin u Ammor Yosirga murid bo‘lgan, uning tavvsiyasi bilan esa Ismoil Kasriy dargohiga kirgan va u yerdan «xirqai tabarruk» kiygan. Yana Misrga – shayxining yoniga – qaytgan Kubro, shayxi tomonidan o‘z vatani Xorazmga irshod vazifasi bilan jo‘natiladi. Kubro Xorazmga ko‘chib borib, kubravviya-zahabiya tariqatiga asos solgan. Qisqa vaqt ichida atrofdagilarning muhabbatini qozondi, shogirdlar tarbiyalab, voyaga yetkazdi. Chunonchi, Farididdin Attorning ustozi – shayx Najmuddin al-Bag‘dodiy bilan «Mirsod al-ibod» asari muallifi mashhur Najmuddin Doya Kubro shogirdlari jumlasidandir. Najmiddin Kubro mo‘g‘ullar bilan bo‘lgan jangda halok bo‘lgan.
    Yozgan asarlari orasida eng mashhuri «Usuli ashara» risolasi bo‘lib, bu asar barcha tariqatlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Ismoil Xaqqiy Bursavviy tomonidan sharh etilgan. «Favvoihul jamol» asari esa tasavvvuf ruhshunosligi (psixologiyasi) mavvzusidadir. Kubroning asarlari Eron, Kichik Osiyo va Hindistondagi tariqat muhitlariga kuchli ta’sir qilgan. Chunonchi, bu tariqat naqshbandiya va mavvlavviya tariqatlariga ham ta’sir ko‘rsatgan.
    Kubraviya ko‘proq O‘rta Osiyo, Rossiya va Eron mamlakatlarida keng tarqalgan. Kubravviyaning o‘ziga xos jihatlari chordona qurib, jahriy zikr qilish. Uning tariqat silsilasi Ali ibn Abi Tolibga borib ulanadi. Tariqat asoslari «Usuli ashara» asarida tavvsif etilgan. Kubravviyaning mashhur shahobchalari quyidagilar: baho‘iya xilvatiya, firdavvsiya, nuriya, rukniya, hamadoniya, nurbaxshiya, barzanjiya.


    9 - mavvzu. O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diniy tashkilotlar
    Режа
    1. Davvlat va din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning tiplari.
    2. Sekulyarlashuv jarayoni. O`zbekistonning davvlat sifatida shakillanishida din omili. O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlanishi.
    3. O‘zbekistonda davvlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar.
    4. Konfessiya tushunchasining mohiyati va O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi diniy konfessiyalarning tasnifi.

    1. Din va davvlat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning tiplari. Rivojlangan demokratik yo‘ldan ketayotgan davvlatlarning hozirgi zamonda dinga munosabati asosan vijdon erkinligini ta’minlash va diniy bag‘rikenglikka asoslangan. Shunga qaramay, bugungi kunda davvlat va din o‘rtasidagi munosabatlar o‘z mazmuni, mohiyati, shakllari va usullariga ko‘ra turli davvlatlarda o‘ziga xoslikka ega. Shu munosabat bilan din va davvlat o‘rtasidagi munosabatning tiplari, modellari haqida fikr yuritish mumkin. Hozirda davvlat bilan din (diniy tashkilotlar) o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning turli shakllari mavvjud bo‘lib, ular bugunga kelib quyidagi uchta asosiy turkumga ajratiladi:


    1. Davlat-diniy tashkilot modeli – identifikatsion model. Bunday modelni biz, misol uchun, Daniya, Angliya, Gretsiya, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiyada (ya’ni Evropa ittifoqining deyarli uchdan bir qismidA), Saudiya Arabistoni, Bruney qirolligi, Qatar, Eron islom respublikasida kuzatishimiz mumkin.
    2. Separatsion, ya’ni davvlat dindan ajratilganligiga asoslangan model. Davvlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning bu turiga AQSH, Fransiya, Niderlandiya, Turkiya, MDH davvlatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi kabi davvlatlarni misol sifatida keltirish mumkin.
    3. Kooperatsion – neytralitet modeli. Germaniya, Ispaniya, Italiya, Belgiya, Lyuksemburg, Avvstriya kabi mamlakatlarida o‘z aksini topgan. Identifikatsion model muayyan tarixiy shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda, Evropaning ayrim mamlakatlarida davvlat dinini rasmiy belgilash prinsipiga amal qiladi. Jumladan, hozirgi kunda anglikan cherkovi (rasmiy nomlanishi – Angliya cherkovi) davvlat maqomiga egadir. Qirolikdagi diniy tashkilotlarning o‘rni-mavvqei bir qator parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar hamda davvlat va diniy tashkilot o‘rtasidagi kelishuv-bitimlari bilan belgilanadi. Shunday hujjatlardan eng muhimi – 1534 yili qabul qilingan «Suprematiya (ustuvorlik) to‘g‘risidagi akt»dir. Unga binoan qirol anglikan cherkov rahbari hisoblanadi (1952 yildang buyon qirolicha). Monarx hukumat tavvsiyasiga binoan episkoplarni tayinlaydi.
    Bunday episkoplarning aksariyat qismi lordlar palatasining a’zolaridir. Barcha din xizmatchilaridan san (diniy unvon)ga bag‘ishlash jarayonida qirolga itoatkorlik to‘g‘risida qasamyod qilishi talab etiladi. Shuningdek, cherkovning muhim hujjatlari, shuningdek anglikan cherkovining Bosh sinodi qarorlari, qonuniy kuchga kirishidan avvval, parlament tomonidan tasdiqlanishi va qirol tomonidan ma’qullanishi lozim. Anglikan cherkovi xizmatchilari tomonidan rasmiylashtirilgan nikohlar yuridik kuchga ega. Diniy tashkilot o‘zining barcha mablag‘larini bevosita emas, balki «Cherkov vakolatdorlari» nomli davvlat moliyavviy tashkiloti orqali tasarruf etadi. Bu tashkilot qo‘lida Angliya cherkoviga rasmiy tegishli bo‘lgan barcha moliya-mablag‘lar to‘planadi. Shvetsiya, Daniya va Norvegiyada diniy tashkilotning maqomi boshqa mamlakatlarda bo‘lgan maqomidan jiddiy farq qiladi. Skandinavviya mamlakatlarining xarakterli belgisi – protestantizmning qat’iy ustuvorligi hisoblanadi - bu mamlakatlarda aholining 90 foizidan ko‘prog‘i protestant cherkoviga mansubdir. Yaqin va O‘rta sharq mamlakatlarining aksariyatida davvlat dini sifatida islom dini e’tirof etilgan bo‘lib, ko‘pincha, bu haqda ularning nomlarida ham ko‘rsatiladi: Pokiston Islom Respublikasi, Eron Islom Respublikasi. SHu bilan birga islom Afg‘oniston, Misr, Iroq, Jazoir, Tunis va Iordaniyada ham davvlat dini sifatida e’tirof etilgan. 1979 yili 23 dekabrda tasdiqlangan Eron Islom Respublikasining Konstitutsiyasida aytilishicha, «Eronda 12 ta imomlarning mavvjudligini nazarda tutuvchi ja’fariya mazhabi rasmiy din sifatida e’tirof etiladi hamda bu qoida abadiy o‘zgarmas bo‘lib qoladi» (12-moddA). «Barcha fuqarolik, moliyavviy, iqtisodiy, ma’muriy, madaniy, harbiy, siyosiy va boshqa qonun-qoidalar islom normalari asosida belgilanishi lozim» (4-moddа).
    Qirol bir vaqtning o‘zida hukumat rahbari, oliy bosh qo‘mondon va diniy rahbar sifatida namoyon bo‘ladigan, mutlaq teokratik monarxiyaga Saudiya Arbistonini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Bu mamlakat Konstitutsiyada Qur’oni karim va Payg‘ambar alayhis-salom sunnatlari har qanday normadan ustun ekani e’tirof etilgan. Saudiya Arabistonida mahalliy aholi to‘liq islom diniga e’tiqod qiladi. Shuningdek, Makka va Madina shaharlariga islomdan boshqa dinga e’tiqod qiluvchi shaxsning kirishi taqiqlanadi. Qirollikda sud hokimiyati asosan shariat sudlari tomonidan Qur’on ko‘rsatmalariga amal qilgan holda amalga oshiriladi. Isroilda esa yahudiylik davvlat dini bo‘lib, bu mamlakatda din davvlat mexanizmining bir qismi sifatida o‘z aksini topgan. Mamlakatda yagona konstitutsiya mavvjud bo‘lmay, uning o‘rniga Knesset tomonidan qabul qilinadigan qonunlar amal qiladi. 1952 yilgi qonunga binoan Isroil fuqaroligi yahudiylikdan boshqa dinga e’tiqod qiluvchi yoki umuman dinsiz yahudiylarga berilmaydi.
    Sinagoga va ravvvinatning jamiyat turli sohalardagi aralashuvi nihoyatda keng bo‘lib, ular o‘zlari tomonidan chiqarilgan turli ko‘rsatmalar orqali e’tiqod qiluvchi hayotining turli jabhalarini tartibga soladi. Ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida diniy tashkilotning davvlatdan ajratilganligi (separatsion model) mustahkamlangan bo‘lib, bunda davvlat dinni o‘z fuqarolarining shaxsiy ishi sifatida ko‘radi. Bunday holatni «erkin jamiyatda erkin e’tiqod» degan ibora bilan izohlasa bo‘ladi. Separatsion model vakillaridan bo‘lgan AQShda davvlat va dinning bir-biri ishlariga ikki tomonlama aralashmaslik, diniy jamoalarning erkinligi, diniy konfessiyalar o‘rtasida davvlatning betaraf ekanini nazarda tutuvchi diniy tashkilotning davvlatdan qat’iy ajratilishi tamoyili keng yoyilgan. Diniy tashkilotning davvlatdan ajratilishi prinsipi boshqa shaklda ham namoyon bo‘lishi mumkin. Evropada bunday tizim diniy tashkilotga qarshi kurash jarayonlari natijasi sifatida shakllandi. XIX asr davvomida Fransiyada davvlat-din munosabatlari hamkorlikdan butunlay uzilishga qadar o‘zgarib, 1905 yildan cherkov davvlatdan rasmiy ravvishda ajratiladi. Shunga bog‘liq ravvishda 1905 yili Fransiyada qabul qilingan qonun quyidagilarni tan oladi: 1. Vijdon va e’tiqod erkinligi; 2. Davvlat tomonidan diniy tashkilotlar va ularni moliyavviy jihatdan qo‘llabquvvatlanishining taqiqlanishi; 3. Barcha dinlarga, hech bir istisnosiz teng munosabatda bo‘lish. Fransiyada qabuli qilingan dinning davvlatdan ajratilishi to‘g‘risidagi qonun diniy marosim va urf-odatlarni bajo keltirish davvlat hokimiyati ruxsati va nazorati bilan amalga oshirilishini belgilab qo‘ydi.
    Kooperatsion, ya’ni neytralitet modeliga Germaniya federativ respublikasini misol tariqasida keltirish mumkin. GFR da davvlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi munosabatlarda davvlat hokimiyatining ustuvorligi e’tirof etilgan, davvlat-diniy tashkilot huquqi vujudga keldi. Veymar Konstitutsiyasi davvridan boshlab Germaniyada davvlat-cherkov munosabatlari sekulyarlik tamoyiliga asoslanadi. Shuningdek, davvlat hokimiyati bilan diniy tashkilot muunosabatlarida muayyan masofa saqlanadi. Hozirgi kunda bunday masofani «neytralitet» termini bilan atash odat bo‘lgan. Hozirgi kunda davvlat-cherkov munosabatlari GFR Asosiy qonunining 140moddasi asosida tartibga solinadi. O‘z navvbatida konstitutsiyaning mazkur moddasi 1919 yilgi Veymar Konstitutsiyasining 136-139, 141- moddalaridan tashkil topgan. Mazkur qoidalarga binoan GFR da davvlat biror dinga rasmiy davvlat dini maqomini bermaydi. GFRda diniy mashg‘ulotlar davvlat bilan diniy tashkilot o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning o‘ziga xos ifodasi bo‘lib, diniy mashg‘ulotlar davvlat bilan diniy tashkilotning umumiy ishi sifatida e’tirof etiladi. GFR Konstitutsiyasining 7moddasiga binoan, ommavviy maktablarda diniy ta’lim majburiy predmet sifatida o‘qitiladi. Ko‘rib chiqilayotgan model doirasida 1920 yilgi Avvstriya konstitutsiyasida ham o‘ziga xosliklar bor. Unda ham vijdon va e’tiqod erkinligi to‘liq e’tirof etiladi. Avvstriyada ham, GFRda bo‘lgani kabi, cherkov davvlatdan ajratilmagan. Katolik cherkovi davvlat maqomiga ega bo‘lmasa-da, diniy sohada hukmronlik qiladi va mafkuravviy hayotning turli jabhalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. E’tiqod qiluvchilarning taxminan 90% ni katoliklar tashkil etadi. Yuqoridagi davvlatlar misolidan ko‘rinib turibdiki, xorijiy mamlakatlarda diniy tashkilotlarning huquqiy maqomini, davvlatning dinga, vijdon va e’tiqod erkinligiga bo‘lgan munosabatini tartibga soluvchi konstitutsiyavviy va qonunchilik normalari nihoyatda turli-tumandir. Konstitutsiyalar odatda, diniy tashkilot bilan davvlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabat asoslari, jamiyatda dinning tutgan o‘rni bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi maxsus moddalarni, ayrim hollarda esa bir-butun bo‘lim va boblarni ham o‘zida aks ettiradi. Umuman olganda esa, konstitutsiyalar konfessiyalar va e’tiqod qiluvchilar huquqlarining kafili bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekistonda tarkib topgan davvlat va din o‘rtasidagi munosabat o‘z mohiyati, mazmuni va huquqiy asoslariga ko‘ra separatsion modelga, ya’ni davvlatdan din, umumta’lim maktablaridan diniy ta’limning ajratilganligi va vijdon erkinligi, konfessional bag‘rikenglik ta’minlanganligiga asoslanadi.
    2. Dinni davvlatdan ajratish haqidagi g‘oya azaldan hurfikrlilik va dunyoviy-ratsionalistik tafakkur rivojiga asoslanganini ta’kidlash joiz. Ushbu hayotiy masala hozirgi O‘zbekiston hududida mavvjud bo‘lgan davvlatlarda ham doimo muhim o‘rinni egallab kelgan. Bunda dunyoviylikka moyil siyosiy kuchlarning davvlat va jamiyatni boshqarishdagi mavvqei muntazam ravvishda mustahkamlanib borgani diqqatga sazovordir. Movarounnahrning o‘rta asrlar va undan keyingi davvrlardagi tarixida boshqaruvning diniy-teokratik usullariga moyil davvlatlarning yo‘qligi ham ushbu xulosaning o‘rinli ekanini tasdiqlaydi.
    Demokratik taraqqiyot va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan O‘zbekistondagi ma’navviy hayotni tashkil etuvchi, uni birlashtirib turuvchi o‘zak o‘q – diniylik va dunyoviylik o‘rtasidagi muvozanatga asoslanadi.
    Xalq tomonidan asrlar osha e’zozlanib kelingan qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar alohida o‘rin egallaydi. O‘zbekiston xalqi tomonidan azaldan ardoqlanib kelinayotgan qadriyatlarning aksariyatiga islomiy ruhiyat va sharqona odob-axloq chuqur singib ketgan. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tomonidan “...agar mendan, nega milliy qadriyatlarimiz shuncha zamonlar osha bezavvol yashab kelayapti, deb so‘rashsa, bu – avvvalo muqaddas dinimiz hisobidan, deb javvob bergan bo‘lur edim,”– deb ta’kidlangani ham ayni shu bilan izohlanadi.
    Ijtimoiy sohaga oid darslarda yoshlarga din bilan dunyoviy hayot masalalarini, bu ikki tushunchaning bir-biriga ta’sirini, ular o‘rtasidagi mo‘’tadil munosabat bo‘lishi zarurligini ochib berish kerak”. Demak, dinlar haqidagi mantiqiy asoslangan bilimlarni shakllantirish va dunyoviylik tushunchasini chuqurlashtirib borish yoshlarda dinga nisbatan sog‘lom munosabatni shakllantirishning ikki qutbi hisoblanadi.
    Mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy tamoyillaridan biri dunyoviylik ekan, uni qanday tushunish lozim, degan savvol tug‘iladi. Ingliz tilidagi «secularity» hamda rus tilidagi «sekulyarizatsiya» va «svetskost’» tushunchalari bilan tutash ushbu istilohning qanday talqin etilishining o‘ziyoq har qanday mamlakatdagi davvlat va din o‘rtasidagi munosabatlarning mazmun-mohiyatini belgilab beradi.
    Sho‘ro zamonida chiqarilgan aksariyat lug‘atlarda «svetskost’» va «sekulyarizatsiya» tushunchalari diniylikning aksi bo‘lgan ijtimoiy xatti-harakatlar sifatida talqin etiladi. Bu esa, tabiiy ravvishda, dahriylik targ‘iboti va dinning hayotiy o‘rnini inkor etishga olib kelar edi. Aslida esa, “... dunyoviylik – bu dahriylik degani emas. Din va diniy e’tiqod butunlay rad etiladigan hayot qanday g‘ayriinsoniy ko‘rinishga ega ekanini biz kechagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday mafkuraning xatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davvomida din negizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar – bu yozma yoki og‘zaki, moddiy yoki ma’navviy meros bo‘ladimi, axloq yoki an’analar bo‘ladimi, milliy dunyoqarash yoki turmush tarzi bo‘ladimi – bularning barchasini rad etadi. Natijada odamzod o‘zining ichki dunyosi, his-tuyg‘u va qarashlari, tayanib-suyanib turadigan poydevoridan mahrum bo‘lib, «sho‘ro dohiylari» aytganidek, ulkan davvlat mashinasining «vintchasi»ga aylanadi. Oxir-oqibatda bunday odam ota-onasini ham, o‘z millati, xalqi va Vatanini ham tanimaydigan ayanchli holatga tushib qoladi”.
    Demak, tom ma’nodagi sog‘lom dunyoviylik dinning ijtimoiy mavvqeini inkor etmaydi, balki jamiyat hayotini tashkil etishning dunyoviy ma’rifatga asoslangan tarzini anglatadi. Boshqacha aytganda, dunyoviylik ijtimoiy hayot sohalari diniy aqidaning yakkahokimligidan va uning hal qiluvchi ta’siridan xoli bo‘lishni taqozo etadi.
    Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma’navviy hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o‘zgarishlar davvrini boshlab berdi. Dinga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi: sobiq sovet tizimining ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berildi, vijdon erkinligi qonun orqali kafolatlandi.
    Din va dunyoviy davvlat orasidagi munosabat haqida gap ketar ekan, eng avvvalo, dinning davvlatdan ajratilishi tamoyili uning asosini tashkil etishini ta’kidlash zarur. Bu haqda Konstitutsiyamizning 61-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davvlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davvlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi».
    Mazkur moddada muhim qoidalar mustahkam qo‘yilgan. Avvvalo diniy tashkilotlar qaysi konfessiyaga taalluqliligidan qat’i nazar, bir xil huquqiy maydonda faoliyat olib boradi. qolavversa, diniy birlashmalar faoliyatini tashkil etish ularning ichki ishi hisoblanadi va davvlat nazoratidan xolidir.
    Shu bilan birga, diniy tashkilotlarning davvlatdan ajratilgani dinning jamiyatdan ajratilganini anglatmasligini ham ta’kidlash zarur. Bu fuqarolik jamiyatida din o‘z mavvqeiga ega bo‘lishini anglatadi. Bu ham Konstitutsiyamizning amaldagi ijrosidan kelib chiqadigan mantiqiy xulosalardan biridir. Aytish joizki, ma’navviy barkamol avvlodni tarbiyalash, bunyodkor milliy qadriyatlarimizni asrab-avvaylash va xalqimizning haqiqiy ma’navviy surati va siyratini belgilovchi fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan mehr-oqibat, hamjihatlik, o‘zaro yordam, keksalarga hurmat, sharqona odob-axloq, sharmu hayo kabi eng oliy insoniy tuyg‘ularning tub mohiyatini anglash va ko‘z qorachig‘idek e’zozlashda aynan diniy tashkilotlar va din arboblarining roli va o‘rni beqiyosligini bugun hech kim inkor etmaydi. Aksincha, bunday bunyodkor faoliyat qizg‘in qo‘llab-quvvatlanmoqda. Buning sababi esa, Konstitutsiyamizda ana shunday faoliyat uchun mustahkam huquqiy zamin yaratib berilganidadir.
    Dunyoviy davvlat va din munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis va ilmiy o‘rganish, shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo‘ladi.
    Davvlatning dinga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, davvlat dinni xalq ma’navviyatining uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit yaratishga harakat qiladi.
    Davvlat va din munosabatlarining yana bir asosiy xususiyati bu dinning siyosatga aralashmasligidir. Zero, har qanday din, birinchi o‘rinda ma’navviy-axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi.
    Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotining barcha jihatlarini qamrab olishga da’vogarlik qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi.
    E’tirof etish lozimki, har qanday diniy e’tiqod kabi islom ham barcha davvrlarda, shu jumladan, dahriylik keng targ‘ib etilgan sho‘ro tuzumi zamonida ham, ijtimoiy munosabatlar va ma’navviy-ruhiy hayotga o‘z ta’sirini o‘tkazib turgan muhim omillardan biri bo‘lib qolavvergan. Ijtimoiy munosabatlar va ma’navviy-ruhiy hayotning uyg‘unligi esa, har qanday jamiyatning ichki siyosiy barqarorligini belgilovchi asosiy omillardan ekani sir emas. Shu nuqtai nazardan qaraganda, din va siyosat o‘rtasidagi muayyan bog‘liqlikni inkor etib bo‘lmaydi. Buning sababi esa islomning xalqimiz ongu shuuri va mentalitetiga shu qadar singib ketganidadir. Uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo‘lmaydi.
    Bundan kelib chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, islom dini va musulmonchilik degan tushuncha bizning mintaqamiz uchun faqat o‘tmish va bugun tajribasigina bo‘lib qolmasdan, u kelajak voqeligi hamdir. Islomning jamiyat hayotidagi roli tom ma’nodagi hurfikrlilik qaror topayotgan mustaqillik davvrida o‘zini yanada yaqqolroq namoyon etayotgani ham shunday xulosa chiqarishga asos bo‘ladi.
    Biroq masalaning ikkinchi jihati ham bor: diniy omilning siyosiylashuvi jamiyat xavvfsizligi va barqarorligi uchun tahdidga aylanib ketishi mumkin. Ushbu holat har qanday dinning sof e’tiqodiy masalalar chegarasidan chiqib, davvlat va jamiyat qurilishi masalalariga aralashishga urinishidan boshlanadi. Mazkur hol musulmon Sharqi mamlakatlari tarixida o‘zini takror va takror namoyon etib kelayotgani yaxshi ma’lum. Ayniqsa, bunday holatning vujudga kelish xavvfi u yoki bu jamiyat tarixida keskin o‘zgarishlar ro‘y bergan davvrlarda kuchayadi.
    Mustaqillikning ilk bosqichida misli ko‘rilmagan darajada faollashgan diniy guruhlarning siyosiy va hatto, harbiylashgan tashkilotlarni tuzishga qaratilgan amaliy harakatlarini eslash lozim. O‘shanda bunday guruhlar O‘zbekistonni islomiy davvlat deb e’lon qilishni talab qilish darajasigacha borib etgan edilar. Mafkuravviy markazi Farg‘ona vodiysi bo‘lgan ushbu harakat o‘z davvrida mamlakatimizning boshqa mintaqalarida ham muayyan aks-sado berib, umummilliy xavvfsizlikka jiddiy tahdid tug‘dirganini inkor etib bo‘lmaydi. Dunyoviy-ma’rifiy davvlat va jamiyat qurilayotgan har qanday mamlakatda diniy jarayonlar evolyutsiyasini o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Ushbu mulohaza, ayniqsa, o‘zlikka qaytishning qo‘sh qanotini tashkil etuvchi milliylik va diniylik o‘rtasidagi chegarani aniqlash baqoyat mushkul bo‘lgan musulmon jamiyatlari uchun dolzarbdir.
    Dunyoviy davvlat va jamiyat eng avvvalo, qonun ustuvorligini taqozo etadi. “qonun – barcha uchun barobar” degan demokratik tamoyil, shubhasiz, diniy jarayonlarga ham taalluqlidir. Ijtimoiy-iqtisodiy va ma’navviy-ma’rifiy hayotning boshqa har qanday sohasi kabi diniy jarayonlar ham faqat qonun belgilab qo‘yilgan mezonlarga muvofiq ravvishda rivojlanishga haqlidir. Ifodali qilib aytganda, qonun barcha boshqa sohalarni me’yorga solib turgani kabi diniy vaziyat evolyutsiyasi ham, hech qanday chekinishlarsiz, unga bo‘ysunishga majbur. Bu ish demokratiyaning asosiy tamoyillaridan bo‘lgan vijdon erkinligi, xususan, e’tiqod erkinligini chegaralash hisobiga qilinmaydi, albatta. Aksincha, azal-azaldan demokratik jamiyatning bosh mezoni bo‘lib kelgan qonun ustuvorligini ta’minlash orqali amalga oshiriladi.
    Diniy vaziyat evolyutsiyasini boshqarish” haqidagi tezis, eng avvvalo, dunyoviy-ma’rifiy davvlat va jamiyat qurilishi jarayonida diniy omilga ajratilgan konstitutsiyavviy o‘rinni qonuniy vositalar bilan ta’minlashni nazarda tutadi. Xuddi shu asosda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 71-moddasida diniy-siyosiy partiyalar tuzish taqiqlangan.
    O‘zbekiston davvlatining dunyoviylik, diniy bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda munosabat, jamiyat taraqqiyotida din bilan hamkorlik qilish xususiyatlari ana shu tamoyil asosida amalga oshiriladi. Chunki dunyoviy-ma’rifiy davvlatda diniy e’tiqodi va dunyoqarashidan qat’i nazar, siyosiy xohishlarini bildirishda barcha fuqarolarning teng ishtiroki tamoyiliga rioya qiladi.
    Dunyoviylik tuyg‘ulari alohida shaxs va ijtimoiy institutlar darajasida namoyon bo‘lib boradi. Dunyoviylik demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlagan har qanday mamlakat hayotini tashkil etishning bosh mezonlaridan biri – vijdon erkinligi tamoyilining ustuvorligini kafolatlaydi.
    Ma’lumki, diniy ong o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi. Unga faol ta’sir ko‘rsatib turuvchi omillar mavvjud. Ularning eng ta’sirchani, shubhasiz, diniy muassasalardir. O‘zbekiston misolida olib qaraladigan bo‘lsa, mustaqillikning dastlabki yillarida ularning soni muntazam oshib bordi. Uzoq tarixiy davvr davvomida olib borilgan islomga qarshi siyosat doirasida mulohaza yuritilsa hamda XX asrning 80-yillari oxiri va 90-yillarining boshida mamlakatda vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat ko‘zgusi orqali qaralsa, bu – tabiiy hol edi, deyish mumkin. Masalaning g‘ayritabiiy tomoni shunda ediki, masjidlar sonining uzluksiz oshib borishi bilan bir vaqtda, musulmonlar diniy ongini radikallashtirish va siyosiylashtirishga uringan kuchlar ham faollashib bordi. Masjidlarning barkamol insonni tarbiyalashdek nozik masaladagi muhim tarbiyavviy rolini inkor etmagan va unga zarracha soya tashlamagan holda, shuni qayd etish mumkinki, ularning ayrimlari, afsuski, O‘zbekistonda siyosiy islomning shakllanishi va rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib xizmat qildi. XX asrning 90-yillari boshida Rossiyada tuzilgan “Islom uyg‘onish partiyasi” filialini O‘zbekistonda ochish, “Turkiston islom partiyasi”ga asos solishga qaratilgan urinishlar mazkur kuchlarning o‘z saflarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli harakatlari sifatida yuzaga keldi. Namangan va Qo‘qonda tuzilgan “Adolat”, “Islom lashkarlari”, “Odamiylik va insoniylik” kabi harbiylashgan tashkilotlar jinoyatchilikka qarshi kurashda davvlat organlariga yordam berish niqobi ostida huquq-tartibot tashkilotlarining ayrim vazifalarini o‘z zimmasiga ola boshlagani ham islomning tez sur’at bilan siyosiylashib borayotganidan dalolat berar edi.
    Har qanday masjidda diniy qadriyatlarning targ‘ib etilishi tabiiy hol. Aslida, masjidlarning asosiy vazifalaridan biri ham shudir. Demak, ular diniy ongni rivojlantirish va uning evolyutsiyasi yo‘nalishini belgilovchi eng muhim mexanizmdir. Tabiiyki, masjidlarda ushbu targ‘ibot sof diniy qobiqqa o‘ralgan tarzda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, turli masjidlarda va’z qiluvchi imomlarning savviyasi ham, dunyoqarashi ham turlichadir.
    Ma’lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo‘lidan bormoqda. “Fuqarolik jamiyati” degani esa, birinchi navvbatda, jamiyat boshqaruvining muayyan sohalarini davvlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-bosqich nohukumat tuzilmalarga o‘tib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma’navviyat va ma’rifat, ilm-fan va madaniyat bilan bog‘liq sohalarda o‘zini ko‘proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarni to‘g‘ri va sog‘lom idrok etishga xizmat qilishga qaratilgan ma’navviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi qator jamg‘armalar, uyushmalar va markazlar tuzilmoqda. Ular davvlat tashkilotlaridan qabul qilib olinayotgan tegishli boshqaruv va tarbiyavviy-ma’rifiy funktsiyalarni bajarishga harakat qilmoqda. Davvlat organlari, o‘z navvbatida, ularning mus-tahkamlanib borishi uchun zarur moddiy-ma’navviy va qonuniy asoslarni yaratishga faol ko‘maklashmoqda.
    Mazkur tuzilmalar oldida turgan eng muhim ijtimoiy-ma’navviy mohiyatga ega vazifalardan biri – xalqimiz uchun asrlar osha an’anavviy bo‘lib kelgan asl diniy qadriyatlarimizning to‘g‘ri idrok etilishiga amaliy hissa qo‘shishdan iborat. Diniy omil bilan bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatayotgan bu kabi tashkilotlar diniy bilimlarni dunyoviy ma’rifat ko‘zgusi orqali tahlil qilishi va tushuntirishi lozim. Mustahkamlanib borayotgan milliy o‘zlikni ang-lashga bevosita aloqador diniy qadriyatlarning to‘g‘ri va sog‘lom idrok etilishiga qaratilgan ma’rifiy-tarbiyavviy ishlarni amalga oshirishi kerak. Boshqacha aytganda, ularning asosiy vazifalaridan biri – diniy qadriyatlar, eng avvvalo, insonning ma’navviy kamolotiga xizmat qilishi lozimligi haqidagi azaliy haqiqatni, xalqimiz, ayniqsa, yosh avvlod ongiga singdirib borishdir. Bundan ham muhimi, diniy e’tiqod – siyosiy “o‘yinlar” maydoni emasligi, bu kabi “o‘yinlar”ning jamiyat xavvfsizligi va barqarorligi uchun xatarli ekanini ilmiy-tarixiy va hayotiy dalillar bilan asoslagan holda keng ommaga muntazam tushuntirib borishdan iboratdir.
    O‘zbekiston dunyoviy davvlat bo‘lib, mamlaktimizda din davvlatdan alohida bo‘lib, bu haqda mamlakatimiz Konstitutsiyasining 75-moddasida shunday deyiladi: «Diniy tashkilotlar va birlashmalar davvlatdan ajratilgan hamda qonun oldida tengdirlar. Davvlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi». Bu g‘oya «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 5moddasida ham mustahkamlangan bo‘lib, unda ham dinning davvlatdan ajratilganligi, hech bir dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan. Bu esa mamlakatimizda davvlatning diniy ishlarga, dinning esa davvlat ishlariga (qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan holatlar bundan mustasno, albattA) aralashmasligini anglatadi. Buning zamirida davvlat tomonidan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va dinga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, shu kabi tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashishi, ular o‘rtasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshilik va keskinliklarning oldini olishi, diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llab-quvvatlashi, diniy tashkilotlar zimmasiga davvlat o‘zining hech qanday vazifasini bajarishni yuklamasligi, ularning qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan faoliyatiga aralashmasligi kabilar yotadi. Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi demokratik prinsiplarga sodiqligini ifodasi sifatda davvlatning din va diniy tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatda quyidagi pritsiplarga amal qilishini e’lon qildi:
     dindorlarning diniy tuyg‘ularini hurmat qilish;
     diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarining xususiy ishi deb tan olish;
     diniy qarashlarga amal qiluvchi fuqarolarning ham, ularga amal qilmaydigan fuqarolarning ham huquqlarini teng kafolatlash hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l qo‘ymaslik;
     ma’navviy tiklanish, umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni qaror toptirish ishida turli diniy uyushmalarning imkoniyatlaridan foydalanish uchun ular bilan muloqot qilish yo‘llarini izlash zarurati;
     dindan buzg‘unchilik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish.
    Yuqoridagilarga asoslangan holda, xulosa qilish mumkinki, biz yuqorida tahlil etgan davvlat va din o‘rtasidagi munosabatning uch modeli davvlat va din o‘rtasidagi munosabatning turli-tuman qirralarini jihatlarini va xossalarini to‘laligicha qamrab ololmaydi. Davvlat va din o‘rtasidagi munosabatning bir modelida boshqa model elementlari ham uchrab qolishi mumkin. Shu jihatlarni
    hisobga olgan holda aytish mumkinki, davvlat va din o‘rtasidagi munosabatning qaysi modelda bo‘lishi shu davvlatning taraqqiyoti, undagi aholining mentaliteti, dinning xususiyati, mamlakatdagi demokratik vaziyat, inson huquqlarining ta’minlanganligi, xalqaro ahvol, jamiyatning onggi kabi omillar ta’sir etishi shubhasizdir.
    3. Vijdon erkinligi tabiiy huquq va erkinliklar sirasiga kiruvchi, har bir shaxsning ajralmas huquqlaridan biridir. Shaxsning tabiiy huquqlari davvlatning insonga bergan «tuhfasi» emas, balki insonning munosib turmush va hayot tarzini tanlash bilan bog‘liq real imkoniyati hisoblanadi. Shu bilan birga, tabiiy huquqlar jumlasiga kiruvchi erkinliklarni qonun chiqaruvchi o‘zi xohlaganda qisqartirishi yoki cheklashga ham haqli emas. Chunki bu huquqlar insonlarga tabiatan (Xudo tomonidan) berilgan in’om sanaladi. Vijdon erkinligi ham xuddi shunday. Vijdon erkinligi insonning asosiy erkinliklaridan bo‘lsa-da, qonunda o‘z ifodasini topib, muhofaza ostiga olingandagina chin ma’noda huquq darajasiga ko‘tariladi. Aks holda shaxsning qalb kechinmalarini ifodalovchi bu huquq haqiqiy ma’nosini yo‘qotadi. Bu erkinlik deyarli barcha davvlatlarning konstitutsiya va qonunlarida, shuningdek, qator xalqaro hujjatlarda huquqiy jihatdan himoyaga olingan. Atama sifatida «vijdon» so‘zi ko‘p ma’noni anglatadi. Bu atama turli soha va ijtimoiy qatlamga mansub insonlar tomonidan turlicha qo‘llaniladi. A.Madvaliev tahriri ostida nashr etilgan «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da «vijdon» so‘ziga quyidagicha ta’rif berilgan: «Vijdon» (arab. ehtiros, his-tuyg‘u, insof, diyonat) kishining o‘z xattiharakati, qilmishi, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas’uliyat hissi, insoniylikning asosiy belgilaridan biri; diyonat, insof», deya izoh berilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, vijdon so‘zining birinchi ma’nosi insoning o‘z xattiharakatilari uchun o‘zgalar oldidagi mas’uliyat hissi hisoblanar ekan.
    Aslida olib qaraganda «vijdon» so‘zi ko‘p ma’noli bo‘lgani bois uning huquq atamashunosligida ishlatilishi unchalik ham ijobiy hol emas. Chunki «Normativhuquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi Qonun talablariga ko‘ra qonun hujjatlarida foydalaniladigan tushuncha va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi lozim. Shuningdek, qonunda eskirgan hamda ko‘p ma’noni anglatadigan so‘zlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar qo‘llanilishi mumkin emas. Lekin bu atama endi qonunchiligimizga kirib bo‘ldi. Uni foydalanishdan chiqarib, yangi so‘z ixtiro qilgandan ko‘ra, atamaning mazmunmohiyatini keng ommaga tushuntirish, izohlab berish maqsadga muvofiq. Shunday ekan, vijdon erkinligining birinchi ma’nosi aynan shaxsning e’tiqodi bilan bog‘liq huquqi sifatida qabul qilgan holda shu mazmunni yoritishga harakat qilamiz. Huquqiy mezonda vijdon tushunchasi «vijdon erkinligi» shaklida keladi. O‘zbekistonning asosiy qomusi – Konstitutsiyada ta’kidlanishicha «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi» (35-moddа), degan qoida mustahkamlangan. Bu qoidaga ko‘ra «vijdon erkinligi» degan tushunchaning mazmun-mohiyati shaxsning xohlagan dinga e’tiqod qilishi bilan birga, hech qanday dinga e’tiqod qilmaslik ixtiyorini ham qamrab oladi. Bu modda so‘ngida «diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi», degan muhim qoida asosida, har bir inson haqli bo‘lgan huquqning buzilmasligi uchun qonuniy zamin tayyorlangan. Buning zamirida vijdon erkinligiga nisbatan har qanday tahdidni bartaraf etish istagi yotadi. SHunday qilib, Konstitutsiyamizdagi norma asosida vijdon erkinligi uch jihatni anglatadigan huquqiy kategoriya sifatida namoyon bo‘ladi:
     Muayyan shaxs Xudoga ishonishi, xohlagan diniga e’tiqod qilishi mumkin;
     Xudoga va dinga ishonmasligi, ularga nisbatan betaraf bo‘lishi mumkin.
     Dahriy, ya’ni hech bir dinga e’tiqod qilmaygina qolmasdan, balki ularni inkor etishi mumkin.
    Bu vijdon erkinligi huquqi aynan shu masalalar bilan cheklanadi degani emas. Odatda, konstitutsiya davvlatning asosiy qonuni bo‘lib, yoritiladigan normaning umumiy jihatlarini o‘zida qamrab oladi. Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonun va qonun osti hujjatlarida norma kengroq yoritiladi va sharhlanadi. Konstitutsiyadagi 35-modda zamirida qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning 3-moddasi birinchi va ikkinchi banlarida bu tushuncha kengroq ochib berilgan. Unda aytilishicha, «Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qanday dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyavviy huquqidir. Fuqaro o‘zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o‘z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi».
    Demak, vijdon erkinligi faqat Xudoga ishonish yoki ishonmaslikdan tashqari, ibodat qilish, diniy rasm-rusmlar va marosimlarda ishtirok etish erkini, shuningdek, diniy ta’lim olish yoki olmaslikni o‘z ixtiyori asosida belgilash huquqlarini ham o‘z ichiga oladi. Shu o‘rinda maslaning ikkinchi jihatini ham e’tiborga olish zarur, ya’ni O‘zbekistonda diniy ta’lim maktab ta’limidan ajratilgan. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida xususiy tartibdagi diniy ta’lim taqiqlanadi. Shunday ekan, diniy ta’lim maxsus vakolatga ega bo‘lgan diniy ta’lim muassasalarida o‘rganiladi. Shaxs dinga nomigagina ishonishi yoki xudojo‘y bo‘lishi, but va sanamlar yoki jonivorlarga sig‘inishi, dinsiz dahriy yoki butunlay dinga qarshi inson ham bo‘lishi mumkin. Ammo shaxsning bu kabi qarashlari uni ayblash yoki tahqirlash uchun asos bo‘lmaydi. Bu vijdon erkinligi huquqi asosida kafolatlangan imtiyoz hisoblanadi. Kimning qanday e’tiqodga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligi uning vijdoniga havvola etiladi. Lekin havvola etilayotgan e’tiqod qonunga xilof bo‘lmasligi shart. Ya’ni e’tiqod qilaman deb taqiqlangan diniy tashkilotlarga e’zo bo‘lishi yoki ularning g‘oyalarini targ‘ib qilishi qonunga xilof sanaladi. Shu bilan birga, bir shaxs boshqa shaxsni e’tiqodiy qarashlaridan kelib chiqib tahqirlashi ham taqiqlanadi. O‘z navvbatida, bunday xatti-harakat javvobgarlikka sabab bo‘ladi. Ba’zi huquqiy adabiyotlarda «vijdon erkinligi» o‘rnida «e’tiqod erkinligi» tushunchasini ham uchratish mumkin. Aslida «e’tiqod» (arabcha «i’taqada» fe’lidan) so‘zi ham ko‘p ma’noli so‘zlar jumlasiga kirib, ishonch, imonli bo‘lish, ko‘ngilda tasdiqlash kabi bir necha ma’nolarga ega. Biz uchun kerakli bo‘lgan ma’nosiga keladigan bo‘lsak, Xudoga yoki umuman g‘ayritabiiy kuchlarga imon keltirishni anglatadi. E’tiqod erkinligi ham vijdon erkinligi singari shaxsning biror dinni ixtiyor etib, unga e’tiqod qilishi huquqini anglatadi. Lekin bu huquq vijdon erkinligi qoidalari ruxsat beradigan dahriy bo‘lish huquqini kafolatlamaydi. Shu kabi farqlar sababli ayrim davvlatlar qonunchiligida (musulmon arab davvlatlaridA) vijdon erkinligi emas, e’tiqod erkinligi kafolatlangan. Shunga asosan agar inson amal qilib turgan dinidan chiqadigan bo‘lsa, ayrim hollarda qonuniy jazo sanksiyalarining qo‘llanilishi ham e’tiqod erkinligining o‘ziga xos xususiyatini ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, vijdon erkinligi e’tiqod erkinligidan kengroq tushuncha hisoblanadi. Vijdon erkinligi tushunchasi xalqaro huquqiy hujjatlarda ham atroflicha bayon etilgan. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 18-moddasida shaxsning vijdon erkinligi huquqi kafolatlangan. Unda aytilishicha, «Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega; bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini va ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommavviy yoki xususiy tartibda ado etish, o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish erkinligini o‘z ichiga oladi». Mazkur normaga ko‘ra vijdon erkinligi shaxsga quyidagi huquqlarni kafolatlaydi:
     shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodiga ega bo‘lish;
     shaxsning o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish;
     ta’limotda, toat-ibodat qilishda va diniy rasm-rusm hamda marosimlarni ommavviy yoki xususiy tartibda ado etish;
     o‘z dini yoki e’tiqodiga yakka o‘zi, shuningdek, boshqalar bilan birga amal qilish.
    Bundan tashqari, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Paktning 19-moddasida ham vijdon erkinligiga ayni shu mazmunda izoh berilgan. Shu o‘rinda bir masalaga alohida e’tibor qaratish lozim bo‘ladi. Vijdon erkinligi shaxsning o‘z dini va e’tiqodini o‘zgartirish huquqini kafolatlashi aniq. Lekin bunday o‘zgartirish boshqa shaxsning ta’sirida bo‘lmasligi shart. Aks holda, bu qonunchiligimizda taqiqlangan missionerlikning bir ko‘rinishiga aylanib qolishi mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki, vijdon erkinligi shaxsning konstitutsiyavviy tabiiy huquqi bo‘lib, davvlat bu erkinlikni huquqiy kafolatlash va amalda ta’minlash tadbirlarini ro‘yobga chiqarish bilan bir qatorda, uni poymol etishga nisbatan har qanday tahdidning oldini olishga ham intiladi. Qonun ustuvorligi eng oliy mezon bo‘lgan fuqarolik jamiyatining har bir a’zosi ushbu qonuniy talabga to‘g‘ri munosabatda bo‘lib, uning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishi lozim. Chunki eng muhim konstitutsiyavviy huquqlardan bo‘lgan vijdon erkinligi huquqining amalda ro‘yobga chiqarilishi fuqarolik jamiyatining ma’navviy-madaniy rivojlanganlik darajasining ham muhim ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. 3. O‘zbekistonda davvlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar. Inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlarida diniy tashkilotlarning muhim o‘rni bor. Davvlat bilan din o‘rtasidagi munosabatlarda subyekt sifatida bir tomondan e’tiqod qiluvchilar, ya’ni fuqarolar, ikkinchi tomondan davvlat va uchinchi tomondan diniy tashkilotlar qatnashadi. O‘zbekiston dunyoviy xarakterdagi davvlat va diniy tashkilotlar davvlatdan ajratilgan bo‘lishiga qaramay, ularni jamiyatdan ayri holda tasavvvur etib bo‘lmaydi. Shu sababli davvlat diniy tashkilotlarning qonuniy faoliyatini qo‘llab quvvatlaydi, jamiyatning ma’navviy qadriyatlarini tiklanishi va rivojlanishida diniy tashkilotlar ko‘magiga tayanadi, ya’ni O‘zbekistonda din davvlatdan ajratilgan bo‘lsada, jamiyatning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi. Bugungi kunda din bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi fuqarolar va davvlatning o‘rni va ahamiyati birmuncha oydin bo‘lsa-da, diniy tashkilotlar haqida, ularning maqomi va vazifalari, faoliyati haqida ma’lumotga ega bo‘lish vijdon erkinligi sohasidagi bilim va ko‘nikmalarning yanada ortishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunining 8-moddasi diniy tashkilotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda aytilishicha, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqalar) diniy tashkilotlar deb e’tirof etiladi». Diniy tashkilotga berilgan bu kabi ta’rif boshqa davvlatlar qonunchiligida ham uchraydi. Jumladan, Armaniston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunida «Diniy tashkilot – bu fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish maqsadida tuzilgan ko‘ngilli birlashmalari (cherkovlar, diniy jamiyatlar, eparxiyalar, monastirlar, diniy kongregatsiyalar, diniy o‘quv yurtlari, nashriyotlar) dir» deya ta’rif berilgan. Rossiya Federatsiyasining «Vijdon erkinligi va diniy birlashmalar to‘g‘risida»gi federal Qonunining 8-moddasi 1-bandida: «Rossiya Federatsiyasi fuqarolari, Rossiya Federatsiyasi hududida doimiy va qonuniy asoslarda istiqomat qiladigan boshqa shaxslarning dinga birgalikda e’tiqod qilish va tarqatish maqsadlarida tuzilgan va yuridik shaxs sifatida qonun bilan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan ko‘ngilli birlashmalari», diniy tashkilot deb e’tirof etiladi. Demak, diniy tashkilot tushunchasiga berilgan ta’riflar o‘rtasida mushtarak jihatlar mavvjud. Umuman olib qaraganda diniy tashkilot inson va fuqarolarning vijdon erkinligi huquqini amalga oshirishlariga ko‘maklashuvchi notijorat ko‘ngilli tashkilot hisoblanadi. Mamlakatimizda faoliyat yuritadigan barcha diniy tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga va amaldagi boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan tashkil etiladi va faoliyat ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi yangi tahrirdagi qonuniga asosan diniy tashkilotlar faoliyati fuqarolarning dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, diniy rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etishlariga ko‘maklashishni maqsad qiladi. Qonunchilikda diniy tashkilotlarning bir necha turlari e’tirof etiladi. Unga ko‘ra, diniy jamiyatlar, diniy o‘quv yurtlari, masjidlar, cherkovlar, sinagogalar, monastirlar va boshqa tashkilotlarga diniy tashkilot maqomi beriladi. Diniy tashkilot huquqiy jihatdan e’tirof etilishi uchun, avvvalo, u qonuniy asoslarga ega bo‘lishi lozim. Respublikamizda tuziladigan diniy tashkilotlar ustavv (nizom)i O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki uning joylardagi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lib, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z faoliyatini olib borishi mumkin. Respublikamizning «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonuni va «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davvlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori asosida diniy tashkilot tuzish uchun to‘rtta muhim shartga amal qilish kerak. Unga ko‘ra diniy tashkilot tuzish uchun tashabbuskorlar:
    - 18 yoshga to‘lgan bo‘lishlari lozim. Bu holat deyarli barcha davvlatlarning qonunchiligida mustahkamlangan qoida bo‘lib, shaxs 18 yoshga to‘lgach o‘z xattiharakatining mazmun-mohiyatini to‘liq anglab etadi va sudda da’vogar va javvobgar bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.
    - O‘zbekistonda muqim yashayotgan bo‘lishlari lozim. Diniy tashkilotda o‘tkaziladigan ibodat va rasm-rusmlar asosan shu hududda muqim yashovchi insonlarga mo‘ljallanadi. Bundan tashqari xorijda yashovchi insonning boshqa mamlakatda tashkil etiladigan diniy tashkilotni tuzishdan ko‘zlangan maqsadi har doim ham ezgu bo‘lavvermaydi. Bunga yaqin o‘tmishimizda ayrim diniy ekstremistik oqimlar tomonidan sodir etilgan jinoiy xatti-harakatlar misolida ham ko‘rish mumkin.
    - O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lishlari kerak.
    - Bu esa, mamlakatimizdagi diniy tashkilotlar shaxsning millati, dinidan qat’i nazar faqat O‘zbekiston xalqi tomonidan tuzilishi mumkin ekanini anglatadi. Lekin diniy tashkilotga a’zo bo‘lishda shaxsning biror davvlatning fuqarosi bo‘lishbo‘lmasligining unchalik ahamiyati yo‘q. Chunki, diniy tashkilotga a’zo bo‘lish vijdon erkinligining tarkibiy qismi bo‘lib, har bir shaxs bu huquqdan foydalanishga haqlidir. - Son jihatdan 100 nafardan kam bo‘lmasliklari shart qilinadi.
    - Respublikamizning dastlabki tahrirdagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunining 13-moddasida diniy tashkilot kamida o‘n kishidan iborat o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolar tashabbusi bilan tuzilishi qayd etilgan edi. Diniy tashkilotlar jamoat birlashmalaridan ayrim jihatlarda farq qiladi va mas’uliyati ham kattaroq. SHu bilan birga qonunchilikda belgilangan qoidalar jamiyat rivoji va zamon talabi bilan o‘zgarishi muqarrar. Dunyo davvlatlarining vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonunchiligiga e’tibor qaratilsa, diniy tashkilot tuzish uchun zarur bo‘lgan tashabbuskorlarga qo‘yilgan minimal miqdor turlicha ekanini ko‘rish mumkin. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi va Qozog‘istonda 10 nafar, Polsha, Litvada 15, Latviyada 25, Vengriyada 100, Armaniston va Qirg‘izistonda 200, Chexiyada 300, Turkmanistonda 500 nafardan iborat fuqarolar tashabbusi bilangina diniy tashkilot tuziladi. Bu esa, diniy tashkilot tuzish borasidagi qoidalar har bir davvlatning o‘z shart-sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishini ko‘rsatadi. Diniy tashkilot tuzilib, ustavv (nizom)i qabul qilingach, u bir oylik muddatda Adliya vazirligi yoki uning hududiy boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. «O‘zbekiston Respublikasida diniy tashkilotlarni davvlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Qaror asosida diniy tashkilotlar ro‘yxatdan o‘tish uchun tegishli hujjatlarni adliya organlariga taqdim etadilar. Taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlar tuzilgan diniy tashkilotning qonuniyligini o‘rganishga xizmat qiladi. Adliya organlari bir oylik muddatda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha arizani ko‘rib chiqadi va tashkilot ustavvini ro‘yxatdan o‘tkazish, ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish yoki arizani inobatsiz qoldirish haqidagi qarorni qabul qiladi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risdagi» Qonunga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan va tegishli konfessiyaga qarashli diniy tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borish uchun ularning O‘zbekiston bo‘yicha yagona markaziy boshqaruv organlari tuzilishi mumkin. Markaziy boshqaruv organi Respublikaning kamida sakkizta hududiy tuzilmasida (viloyat, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) faoliyat ko‘rsatayotgan, tegishli konfessiyalarning diniy tashkilotlari vakillari ta’sis yig‘ilishi tomonidan tuziladi.
    Yuqorida aytib o‘tilganidek, Markaziy boshqaruv organining asosiy vazifasi o‘z konfessiyasiga tegishli bir nechta diniy tashkilotlarning faoliyatini, dinga e’tiqod qilish, ibodat qilish, rasm-rusumlar va marosimlarni birgalikda ado etish, diniy ta’lim berish, dinni targ‘ib etish borasidagi maqsad va vazifalarini, harakat dasturlarini muvofiqlashtirish va yo‘naltirib borishdan iborat. Respublikamizda davvlat organlari bilan diniy tashkilotlarning o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirish hamda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish vazifasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita zimmasiga yuklangan. Qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davvlat boshqaruvi organi hisoblanadi. U mahalliy davvlat hokimiyati organlari bilan birgalikda vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq diniy masalalarni hal qilishda yagona siyosatni amalga oshiradi.
    4. Bugungi kunda O‘zbekistonda Adliya organlaridan rasman ro‘yxatdan o‘tgan 16 ta diniy konfessiya (Islom, Rus pravvoslavv cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi, To‘liq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun adventistlari, «Golos bojiy», Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik, Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddavviylik) faoliyat olib bormoqda. Ularning jamiyat hayotida birdek ishtirok etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratib berilgan. Diniy tashkilotlarni vijdon erkinligini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyatini hisobga olib davvlat tomonidan ularga bir qator imtiyozlar ham belgilangan. Jumladan, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 16moddasida diniy tashkilotlar muayyan miqdorda davvlat mulkidan foydalanishlari mumkin ekani ko‘rsatilgan. Shunga ko‘ra, diniy tashkilotlar o‘z ehtiyojlari uchun davvlat organlari tomonidan shartnoma asosida beriladigan binolar va mol-mulkdan foydalanishga haqlidir. Bu esa tegishli hokimiyat organlari ruxsati bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining «Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 27-moddasiga muvofiq tarixiy va madaniy yodgorliklar obyektlari va buyumlar diniy tashkilotlarga tekin foydalanish shartnomasi shartlarida berib qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining «Din sohasidagi ma’navviy-ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida»gi Qarorini bir so‘z bilan diniy tashkilotlarga nisbatan belgilangan sanatsiya deb atash mumkin. Chunki, bu Qaror diniy tashkilotlarga kommunal xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarni yuridik shaxs sifatida emas, balki jismoniy shaxslardan olinadigan miqdorda to‘lash huquqini berdi. Kommunal xizmat to‘lovlaridagi farq tufayli yuzaga kelgan tushumlar va ziyoratgohlardan tushadigan xayriya mablag‘larini O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi masjidlarni ta’mirlash, diniy ta’lim muassasalarining o‘quv va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘qituvchi-mudarris va imom-xatiblarning mehnatini rag‘batlantirish ishlariga sarflash belgilab qo‘yildi. Diniy tashkilotlarga hukumat darajasida bu kabi ijtimoiy yordamlarning berilishini ham davvlatning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy konfessiyalarni rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarining amaliy ifodasi sifatida baholash mumkin. Shunday qilib, O‘zbekistonda barcha shaxslarning vijdon va e’tiqod erkinligi huquqini ta’minlashga xizmat qiluvchi diniy tashkilotlarning hech bir to‘siqlarsiz, qonunda belgilangan tartib va asoslarda faoliyat olib borishlari uchun tegishli huquqiy asos va tashkiliy shakllar ta’minlangan. Bu holat davvlatimizning dunyoviy demokratik davvlat sifatida rivojlanayotgani hamda diniy bag‘rikenglik tamoyillariga sodiq ekanini ko‘rsatadi.



    Download 1,63 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   64




    Download 1,63 Mb.