• 8 – mavvzu Markaziy Osiyo tarixida Hanafiya mazxabining o`rni Режа
  • Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti va talimoti.
  • O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar




    Download 1,63 Mb.
    bet39/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar
    1. Shialikning kelib chiqishi qanday tarixiy voqea bilan bog‘lanadi?
    2. Shialikda imomat masalasi qanday o‘rin tutadi?
    3. Shialik haqida qanday manbalar ma'lumot beradi?
    4. Shialikning qanday firqalari mavvjud?
    5. Shialik ta'limotining sunniylikdan farqlanadigan qanday asosiy
    jihatlari mavvjud?
    6. Ismoiliylarning siyosiy faoliyatini yoritib bering.
    7. Taqiya nima?
    8. Alavviylarning diniy hayotida qanday xususiyatlar bor?

    8 – mavvzu Markaziy Osiyo tarixida Hanafiya mazxabining o`rni
    Режа



    1. Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti va ta'limoti.

    2. Hanafiy mazhabi rivojida Markaziy Osiyo faqihlarining roli va hissasi.

    3. Tasavvvuf tushunchasi va uning mohiyati. Yassavviya, Kubroviya, Naqshbandiya tariqatlarining shakllanishi.

    4. Tariqatchilikning zamonavviy ko‘rinishlari.



    Hanafiylik mazhabining asoschisi Abu Hanifa hayoti va ta'limoti. Hanafiy mazhabining asoschisi al-Imom al-A‘zam Abu Hanifa an-Nu‘mon ibn Sobit al-Kufiy (80-150G‘699-767) – forslardan bo‘lib, Umavviylar (661-750) va Abbosiylar (750-1258) davvlati ayni avvj olgan davvrda yashagan taba‘a tobi‘inlardandir. Manbalarda uning otasi Sobit asli Xurosondan ekanligi qayd etiladi. «Abu Hanifaning o‘zi esa, Anas ibn Molik bilan uchrashgan va undan «Ilm talab qilish har bir muslim uchun farzdir» hadisini rivoyat qilgan, shunga ko‘ra, u tobi‘inlardan», degan ma’lumotni uchratish mumkin. Uni «ahli ra’y Imomi»,»ahli Iroq faqihi»,»hanafiy mazhabi sohibi» kabi nomlar bilan manbalarda keltiriladi. Kasbi gazlama savvdosi bilan shug‘ullanish edi. Yoshlik chog‘idayoq Qur’onni yod olgan. 18 yil ustozi Hammod ibn Abi Sulaymondan tahsil olgan. Fiqh ilmini Ibrohim an-Naxa‘iy va ash-Sha‘biydan olgan. Abu Hanifaning etuk shogirdlaridan Muhammad ibn al-Hasan ash-Shayboniy (132-189G‘709-805), Abu Yusuf (113-182G‘731-769)larni alohida aytib o‘tish zarur.
    Imom Molik. «Ashob al-hadis» oqimiga Hijozda Madina maktabi vakillari tomonidan asos solindi. Bunga ahli sunna imomlaridan Molik ibn Anas (93-179G‘712-795) «o‘z amaliyotida faqat Qur’on va hadisga suyanish ta’limoti»ning asoschisi bo‘ldi. Manbalarga ko‘ra, Molik ibn Anas butun umri davvomida Madina (qadimgi nomi YAsrib) shahridan chiqmagan. Imom Molik nomi bilan mashhur bo‘lgan mazkur faqih Molikiy mazhabining asoschisidir. Molik ibn Anasning mashhur «Kitob al-Muvatto‘» nomli asari mavvjud.
    Imom Shofi‘iy. YUqorida nomlari va asoschilari zikr etilgan bu ikki oqimni ahl as-sunna imomlaridan bo‘lmish Imom Shofi‘iy nomi bilan mashhur Muhammad ibn Idris ash-Shofi‘iy (151-179G‘767-804) nazariy jihatdan birlashtirgan. U Shofi‘iy mazhabining asoschisi bo‘lib, «al-Umm» nomli asar muallifidir.
    Ahmad ibn Hanbal. Keyinchalik «as-Salafiyyun»lar oqimi tarafdori bo‘lib ahl as-sunnaning to‘rtinchi imomi deb e’tirof etiladigan Imom Ahmad ibn Hanbal (164-241G‘781-855) o‘z faoliyatini olib bordi. U Hanbaliy mazhabining asoschisidir. Imom Ahmad ibn Hanbal «al-Musnad» asarining muallifidir.
    Buyuk mujtahidlar davvrida yuqorida zikr etilgan mujtahidlar nomi bilan bog‘liq asosiy sunniy huquqiy mazhablar paydo bo‘ldi va o‘z ta’limotini shakllantirdi.
    Taqlid davvri. X-XII asrlarga kelib fiqh ilmi o‘zining rivojlanish tarixida keyingi bosqich, ya’ni «taqlid davvri»ga o‘tdi. Bu davvr fiqh ilmi avvvalgi davvrlar an’anasi ta’siri ostida rivojlanib, yuksak bir maqomga erishgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Yuqoridagi davvrlardan ma’lum bo‘lgani kabi, buyuk mujtahidlar vujudga keldilar, ularning tarafdorlari paydo bo‘ldilar. Turli mazmundagi asarlar yozildi va sharh etildi. Bu davvr faqihlarida taqlid ruhi kuchli edi. Ularda asosan o‘zlaridan oldingi mujtahidlarning fikrlarini «shar’iy nass» (shar’iy hujjat) sifati qabul etar edilar. Shunday bo‘lsada bu davvr faqihlari orasida o‘zlarining ilmiy-amaliy faoliyatlari natijasida mislsiz bebaho asarlarlar yaratgan allomalar etishib chiqdi. Ularning bu asarlari uzoq davvr mobaynida muhim manba bo‘lib xizmat qilish bilan birga, hozirgi kunda ham o‘z mavvqeini va qadr-qimmatini yo‘qotgani yo‘q.
    VIII asrning oxiri - IX asrning boshlarida Movarounnahrda (hozirgi O‘rta Osiyoning aksariyat qismi) islomdagi ahl as-sunnaning Hanafiyya mazhabi tarqala boshladi. Buxoro va Samarqand shaharlarida shu mazhab ta’limoti asosida Movarounnahr fiqh maktabi tarkib topdi. Movarounnahrlik faqihlar teran bilimlari, qimmatli asarlari bilan islom dunyosida katta shuhrat qozondilar. Faqihlarning davvlat hukmron doiralari, xalq ommasiga ta’siri juda kuchli edi. Diniy va ijtimoiy hayotda uchraydigan barcha muammoli masalalar faqihlar orqali echilgan. Fiqh shaxs, oila va jamiyat hayoti turli shahobchalari masalalarini qamrab olganligi tufayli Movarounnahr maktabi namoyandalari bu o‘lka xalqlari an’analari, urf-odatlarini umumislom mavvqelaridan turib tahlil qilishdek vazifani bajarganlar. Movarounnahrlik faqihlarning bir necha avvlodlari faoliyati orqali mahalliy xalqlarning tarixiy, huquqiy an’analari islom madaniyatida o‘z aksini topdi.
    VIII-X asrlarda Movarounnahrning ayrim shaharlardagi hanafiylikka asoslangan ilmiy markazlar paydo bo‘ldi. Bunga Iroq va Xuroson maktablarining ta’siri katta bo‘ldi. Buxoro maktabiga Abu Hafs Ahmad ibn Hafs al-Kabir al-Buxoriy (vaf. 832 y.) asos solgan. Samarqand ilmiy markazining shakllanishiga Abu Sulaymon al-Juzjoniy, Ibn Samo‘a va Shaddod ibn Hukaym kabi Balx faqihlarining xizmati katta bo‘ldi. Buxoro faqihlari bu davvrda asosan fiqhning amaliy masalalari (furu‘ al-fiqh) bilan, samarqandliklar esa o‘z ilmiy faoliyatlarini ilohiyot (usul ad-din) mavvzui bilan shug‘ullanishga qaratdilar.
    XI-XIII asrlarga kelib, fiqh ilmi o‘zining yuksak taraqqiyotiga etishdi. Qoraxoniylar (999-1212) davvri faqihlari haqida ilmiy tadqiqot olib borgan Turkiyalik olim Y. Z. Kavvakci bu davvrda uch yuzga yaqin faqihlar etishib chiqqanligi, yigirmadan ortiq fatvolar majmuasi, uch yuz ellikdan ortiq fiqhiy asarlar yaratilganligi va shulardan 98 % hanafiy fiqhiga oid ekanligini aytib o‘tadi. Haqiqatan ham Movarounnahr hanafiy mazhabining «qal’asi» edi desak adashmaymiz. «Hanafiylik sharqqa yoyilar ekan, u Xuroson va Movarounnahrda o‘ziga mustahkam makon topdi. Bir guruh mashhur hanafiy faqihlari ham shu diyorlarga mansubdir.
    Hanafiy faqihlari sulolalaridan: Buxoro sadrlari ­ Buxoroda Ibn Moza Mahmud oilasining hanafiy faqihlari meros tariqasida kelayotgan «Sadr» unvoni bilan mamlakat siyosiy idoralarida va turli hokimliklarida yuqori mansab sohiblari edilar, ar-Rig‘damuniy, az-Zaranjariy, al-Mahbubiy, as-Saffor, al-Pazdavviy, Samarqand sayyidlari, al-Xayzoxaziy, al-Aqiliy, al-Marg‘inoniy oilalari ilm va ijtimoiy hayotda kuchli mavvqega ega bo‘ldilar. Ilm-fan rivojlandi. Ko‘plab yirik olimlar etishib chiqdilar. Yirik faqihlar sulolalari paydo bo‘ldi. Bir necha avvloddan avvlodga ulanib davvom etgan faqihlar sulolalari nafaqat Movarounnahr, balki butun Islom olamida katta nufuzga ega edilar.
    Umuman fiqh, xususan hanafiy mazhabining rivojlanish tarixida XI-XII asrlardagi Movarounnahr faqihlarining ilmiy faoliyati juda muhim o‘rin tutadi. Bu davvrda etishib chiqqan hanafiy faqihlaridan - ad-Dabusiy Abi Zayd, al-Halvo‘iy, Abu Bakr Muhammad as-Saraxsiy, al-Pazdavviy ‘Ali, as-Sadr ash-Shahid ‘Umar, an-Nasafiy ‘Umar, Alouddin as-Samarqandiy, Ibn Moza Mahmud, al-‘Attobiy Ahmad, al-Kosoniy Mas‘ud, Qozixon va yuqorida zikr etilgan al-Marg‘inoniy ‘Ali kabi ma’lum va mashhur faqihlarning nomlarini keltirish mumkin.
    Umuman olganda yuqorida bir necha davvrlar va ularda mavvjud bo‘lgan fiqh maktablari, bu maktablarda ilmiy faoliyat olib borgan mujtahidlar haqida qisman bo‘lsada tanishib chiqish va fiqh ilmining Payg‘ambar s.a.v. davvrlaridan toki taqlid davvriga bo‘lgan tadrijiy rivojlanishini o‘rganish bizga:

    1. VII-XII asrlardagi ilmiy muhit;

    2. O‘sha davvrlarda mavvjud bo‘lgan fiqh maktablari va ularda ilmiy faoliyat olib borgan muhim shaxslar;

    3. XI - XII asrlarga kelib Movarounnahr fiqh maktabining ahamiyati;

    4. Buxoro va Samarqand shaharlaridagi an’anavviy fiqh maktablarining o‘ziga xos qirralarini ochish va ularning ahamiyati;

    5. XI-XII asrlardagi faqihlar sulolalarining Movaroun-nahr fiqh maktabida tutgan o‘rni qanday ekanligi haqida qimmatli ilmiy ma’lumotlar olishimiz uchun imkon beradi.

    Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va YAssavviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavvsiya etgan musaffo islom o‘rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo‘ladi.
    Tasavvvuf – islomdagi mistik oqimdir. Mistitsizm, mistika so‘zlari qadimiy yunon tilidagi mystikos – «yashirin», «sirli» so‘zidan olingan bo‘lib, ilohiyat bilan bevosita muloqot qilish mumkinligi haqidagi ta’limot. Bu ta’limot insonning Xudo bilan aql va hissiyotdan yuqori bo‘lgan sirli aloqasi bo‘lib, uning natijasida insonda Xudoni bilish hosil bo‘ladi. Qadimiy Sharq va yunon dinlarida ham insonni g‘ayritabiiy kuchlar bilan bog‘laydigan urf-odatlar (misteriyalar) – mistitsizm elementlari bor edi. Yakkaxudolik dinlarining barchasida mistitsizmga xos unsurlar mavvjud. Hayotning barcha sohalari diniy e’tiqod bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rta asrlarda uning roli katta bo‘ldi.
    Tasavvvuf, sufiy yoki mutasavvvif so‘zlarining kelib chiqishi haqida turlicha fikrlar mavvjud. Sufiylik mualliflari ko‘pincha uning kelib chiqishini «suf» («sof bo‘lmoq») o‘zagidan yoki «ahl as­suffa» (Payg‘ambarning Madinadagi uyi yaqinidagi suffaga yig‘iluvchi zohid kishilar)ga tegishli deb ta’kidlaydilar. G‘arbiy Yevropa tadqiqotchilari to XX asrga qadar uning kelib chiqishini yunoncha – «hikmat» (sophia) so‘zidan kelib chiqqan degan fikrga moyil bo‘lishgan. Umar Farid Kam (1861-1944) «Vahdati vujud» asarida, Shamsiddin Somiy (1850-1905) esa «Qomusi turkiy» asarining «tasavvvuf» va «sufiy» moddalarida ushbu fikrni yoqlaydilar. Shayx Saffet Yetkin ham shu nuqtai nazarni himoya qiladi. Ismoil Xaqqiy Izmirlik esa bu fikrni rad etib, zohidlik yo‘liga suluk solgan kishilarning «sufiya» ismi bilan mashhur bo‘lishi, yunoncha asarlarning tarjima qilinishi va falsafaning musulmonlar orasida tarqalishidan avvval sodir bo‘lgan, degan dalillarni ilgari suradi va «sufiy» so‘zining yunon tilidan olinganligiga qarshi chiqadi. Endilikda bu so‘zning «suf» (jun chopon) so‘zidan kelib chiqqanligi haqidagi o‘rta asr musulmon olimlari ta’kidlagan fikr umumqabul qilingan fikr hisoblanadi. Chunki sufiylarning asosiy belgilari ularning dag‘al jundan kiyim kiyishlari edi. Shimoliy Arabiston va Suriyada xristianlikning turli sektalariga mansub jahongashta monax va anaxoretlar «sufiy» deb atalar edi, degan ma’lumotlar ham bor.
    Tasavvvufga asos bo‘lgan tarkidunyochilik kayfiyati deyarli islom bilan bir davvrda yuzaga keldi. Sufiylikning ilk namoyandalari deb Payg‘ambarning Abu­ Dardo, Abu Zarr, Huzayfa (vafotlari VII asrning ikkinchi yarmi) kabi sahobalari hisoblanadi. Ammo islomdagi mistik-asketik oqimning shakllanishi VIII asrning o‘rtalari-IX asrning boshlariga tegishli. Bu davvrda sufiylar qatoriga muhaddislar, qorilar, qussoslar, Vizantiya bilan chegara urushlarida qatnashgan jangchilar, kosiblar, tijoratchilar, jumladan, islomni qabul qilgan xristianlar kirganlar. Bu davvrda sufiy yoki at­tasavvvuf terminlari hali keng tarqalmagan edi: uning o‘rniga zuhd (tarkidunyochilik) yoki zohid, obid so‘zlari ishlatilar edi. Islomdagi bu mistik­asketik oqimning paydo bo‘lishi va taraqqiy etishiga musulmon jamiyatidagi ilk ikki asr davvomidagi siyosiy­ijtimoiy beqarorlik, diniy hayotning murakkabligi, uning natijasida kelib chiqqan ma’navviy­g‘oyavviy izlanishlar va boshqa dinlarning, xususan, xristianlikning ta’sirini ko‘rsatish mumkin.
    Ilk davvr sufiylari, aniqrog‘i, zohid va obidlariga xos xususiyatlar quyidagilardan iborat edi: Qur’oni karim oyatlari ustida chuqur fikr yuritish, Qur’on va Payg‘ambar sunnatlariga qat’iy amal qilish, kechalarini nafl ibodatlar bilan bedor o‘tkazish, kunduzlari ro‘za tutish, hayot lazzatlaridan voz kechish, gunohdan saqlanish, hokim va harbiylardan o‘zini yiroq tutish, halol va harom orasini juda uzoq tutish (vara’), o‘zini Alloh ixtiyoriga topshirish (tavvakkul) va h.k.
    Sufiylik ta’limoti mu’taziliylardagi mavvhum ilohiyotga oid fikrlar, obro‘li shaxslarga ko‘r­ko‘rona taqlid qilish, muqaddas matnlarga so‘zma­ so‘z itoat etishdan farqli o‘laroq, insonga asosiy obyekt sifatida qaraydi: inson amallarini boshqaradigan ruhoniyatning mayda qirralarini ham chuqur tahlil qilish, shaxsiy kechinmalarga e’tibor bilan qarash va diniy haqiqatlarni chuqur his qilish – ularga xos xususiyatlardan edi. Shu bois ham ziyrak psixolog, Ilm al­qulub va­l­xavvotir (Qalblar va fikrlar ilmi)ga asos solgan al­Hasan al­Basriy (v. 728 y.) sufiylikning asoschilaridan hisoblanadi. Al ­Hasan al ­Basriyning ashoblari, basralik zohidlar – Raboh ibn Amr, Rabi’a al­Adavviya (v. 752-53 y.), Molik ibn Dinor (131/748-49), Shaqiq al-Balxiy (v. 770 y.) va Fuzayl ibn Iyod (v. 778 y.), Sulaymon ad-Doroniylarning (VII─­VIII asrlar) va’z va ma’ruzalarida Allohga bo‘lgan sof muhabbat, unga yaqinlashishga bo‘lgan intilish haqidagi fikrlar paydo bo‘ldi. O‘sha davvrdan boshlab ular sufiylikka aniq mistik xarakter bag‘ishladilar va bu ta’limotlar sufiylik mafkurasining o‘ziga xos xususiyatiga aylandi.
    IX asr davvomida tasavvvuf nazariyoti va amaliyotini ishlab chiqish uchun qizg‘in harakatlar davvom etdi. Basra bilan bir qatorda Bag‘dod va Xuroson sufiylik maktablari ham eng nufuzli maktablar sirasiga kirdi. Ularning namoyandalari avvvalgidek sufiyning ichki dunyosiga asosiy e’tiborni qaratar edilar. Ularning ahvol, maqomotlariga batafsil tavvsiflar berdilar. Boshqa mistik ta’limotlar kabi sufiylikka «dunyo gunohkorligidan» poklanib, ilohiyotga yaqinlashishiga olib boradigan yo‘l (tariq) sifatida qaradilar. «Niyyatlar» haqidagi ta’limot yanada chuqurlashtirildi. Bunda o‘z­o‘zini nazorat (muroqaba, muhosaba) qilishga erishish uchun ibodatning «ixlos» va «sadoqat» bilan bo‘lishiga asosiy urg‘u beriladi. Bag‘dodlik ilohiyotchi al­Muhosibiy tomonidan shakllantirilgan ta’limotning Xurosonda ham ko‘plab tarafdorlari topildi va ular keyinchalik «malomatiylar» nomini oldilar. Tasavvvufda Allohga yetishish (vasl) – unga qo‘shilib ketish (baqo) bilan bo‘lishi mumkin, degan fikr ilgari surildi. Bu masala keng omma orasida tushunarli bo‘lmaganligi va mazkur g‘oya tarafdorlari al-Husayn ibn Mansur al ­Halloj (qatli 922 y.), Ibn Ato, Ayn al­Qudot al­Hamadoniy kabi kishilarning qatl etilishi boshqa sufiylarni xushyorlikka chaqirdi.
    XIII asr oxiri - XIV asr boshlari tasavvvuf tarixida alohida bir mahsuldor davvridir. Bu davvrga kelib, tasavvvuf ham nazariy-ilmiy nuqtai nazardan, ham amaliy harakatchilik nuqtai nazaridan o‘zining yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi. Tasavvvuf adabiyotining gullashi ham shu davvrga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, Najmiddin Kubro (1145-1221), Yah’yo Suhravvardiy (1155-1191), Muhyiddin Ibn Arabiy (1165-1240), singari mutafakkir shayxlar, Ahmad Yassavviy (vaf. 1166), Farididdin Attor (vaf. 1220), Jaloliddin Rumiy (1207-1273) kabi ulug‘ so‘fiy shoirlar tasavvvuf ilmining doirasini kengaytirdilar, uni falsafa va hikmat bilan boyitdilar. Agar IX-XI asrlarda tavvhid asoslarini chuqurlashtirishga katta e’tibor berilib, tasavvvufning fano va baqo kabi tushunchalari, Haqqa vosil bo‘lish mayli shiddat bilan targ‘ib qilingan bo‘lsa, XIII asr o‘rtalaridan boshlab, tafakkuriy-aqliy yo‘nalish yetakchilik qila boshladi. Bu falsafiy oqim tasavvvuf tarixida «vahdatul vujud» nomi bilan shuhrat topdi. So‘fiylar endi koinot tuzilishi, odamlarning hususiyatlari, olam va odam munosabatlari, komil inson anglamlari bilan bosh qotiradigan bo‘ldilar. Natijada Ibn Arabiy va Jaloliddin Rumiy kabi zotlarning asarlarida butun bir falsafiy-irfoniy tizim o‘z ifodasini topdi, ular ilohiy kashfu karomat, ruhiy-psixologik holatlar, botiniy latifliklar bilan birga real insoniy hayot haqida ham ko‘p ajoyib fikrlarni bayon etdilar. Shunday qilib, tasavvvuf Sharq fikriy taraqqiyotidagi ko‘p asrlik tajribalarni o‘z ichiga qamrab olib, uni rivojlantirdi, din va falsafa, hikmat va vahdat, kalom va hadis ilmlaridan oziqlanib, ilohiy ilmlar bilan dunyoviy ilmlarni o‘zaro bog‘lashga harakat qildi. Natijada tasavvvuf Sharq kishisining tafakkur tarzi va axloq normasini belgilaydigan hodisa - fenomenga aylanib qoldi.
    So‘fiylar nazarida ma’rifat fikrdan oldin ketadigan va shubhaga zarracha asos qoldirmaydigan ilmdir. Ma’rifat ilmi botiniy ilm deb ham yuritilgan. Chunki tasavvvuf ahli dunyoviy va diniy ilmlarni birga qo‘shib, «zohiriy ilmlar» deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, zohiriy ilmlar bilan Xudoni bilish qiyin. Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar Haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bo‘lsa-da, lekin dunyoni bilish Allohni bilishning birinchi bosqichi, ya’ni Allohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak, chunki dunyo - kasrat ko‘plik olami, Allohning ijodi. Uning sifatlari, qudratini namoyon etib turadigan ko‘zgu. Moddiy dunyodagi jamiki ilm, insonlarning to‘plagan hikmat-donishlari, hali ochilmagan barcha siru asrorlar Allohga tegishli, Alloh - hikmatlarning jamuljami, bizning bilimlar esa - Uning tafsiri, sharhi. Demak, biz Rabbimizni bilish uchun tafsirdan Buyuk aslga qarab borishimiz kerak.
    Tasavvvufning manbalardagi talqini quyidagi yo‘sinda: bunga ko‘ra, ba’zi musulmonlar kalom va mantiq ilmlaridagi turli ko‘rinishdagi tortishuvlardan, quruq bahslardan o‘z qalblarini saqlab, Alloh taoloning muhabbati yo‘lida zuhd va taqvoni o‘zlariga kasb qilib oldilar. Ularga «sufiy» deb nom berildi. Islom dinida birinchi sufiy nomini olganlardan Abu Hoshim ash-Shomiy (v. 776-77 y.), tasavvvuf usuliga birinchi marta sharh bergan kishi Imom Molikning shogirdi Zunnun al-Misriy (v. 869-70 y.), minbardan turib birinchi marotaba tasavvvufga chaqirgan kishi Abu Bakr ash-Shibliy (v. 945-46 y.), tasavvvuf usulini kengaytirib tartibga solgan kishi Junayd al-Bag‘dodiy (v. 1007-08 y.) edilar. Ayollardan birinchi sufiy bo‘lgan kishi Robi’a al-Adavviyadir (v. 752-53 y.). Umuman olganda, tasavvvufning rivojlanish yo‘li islom tarixining ajralmas bir bo‘lagidir.
    Movarounnahrga sufiylik Xuroson orqali kirib keldi. Keyingi davvr sufiylarining talqiniga ko‘ra, Movarounnahrda sufiylik oqimi aqoid olimi shayx Abu Ya’qub Yusuf al-Hamadoniy (v. 1140-41 y.) shaxsidan boshlanadi. Unga ko‘ra, Yusuf al-Hamadoniy maktabi ikki tarmoqqa ajratiladi:

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   64




    Download 1,63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar

    Download 1,63 Mb.