• Isno‘ashariya.
  • O’zbеkistоn rеspublikаsi




    Download 1,63 Mb.
    bet36/64
    Sana17.01.2024
    Hajmi1,63 Mb.
    #139436
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64
    Bog'liq
    Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)

    Zaydiya. Zaydiya firqasining asoschisi Zayd ibn Ali Zayn al-Obidin (698-740) Madinada tug‘ilgan. Imom Zayd otasi qo‘lida tahsil oladi. Otasining vafotidan so‘ng diniy ilmlarni akasi Muhammad Boqirdan o‘rganadi. Shuningdek, o‘z tengqurlaridan bo‘lgan Ja'far as-Sodiqdan hadis va fiqh ilmlarini o‘rgandi. Zayd ibn Ali ilm yo‘lida Basraga borib, mu'tazila, qadariya, jahmiya va boshqa turli firqalar aqidalari asoslarini o‘rgandi. U vaqtda Basra va Kufada mazkur firqalar kabi xristian va fors falsafasidan ta'sirlangan oqimlar ko‘p edi. Bu erda Vosil ibn ato (mu'tazila kalom maktabi asoschisi)Dan aqida ilmini mukammal egallagach, o‘zi uchun mu'taziliylar yo‘lini tanladi. Keyinchalik Zayd ibn Ali imomat masalasida o‘rta yo‘lni tanladi. Uning fikriga ko‘ra, imomlik bir shaxs tomonidan tayin qilinmaydi va u o‘z avvlodlariga imomlikni vasiyat ham qilmaydi, balki Fotimaning zurriyotidan bo‘lgan shijoatli, mujtahid, haqiqatni baralla aytuvchi kishi saylanadi. Zaydiylar e'tiqodiga ko‘ra: -bir vaqtning o‘zida ikki o‘lkada ikki imomga bay'at qilish joiz; - imomlar begunoh emas, taqiya (sharoit og‘irlashgan paytda e'tiqodni sir tutish) nojoiz; - sahobalar haqida noloyiq so‘zlarni aytish mumkin emas; - Abu Bakr, Umar va Usmonlar ham xalifalikka loyiq bo‘lganlar. Zayd ibn Alining tutgan siyosiy mavvqei mazkur e'tiqod paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. U umavviylarga qarshi urush ochdi va Kufada xalifa etib saylandi. Uning fikricha, xalifalik faqat ma'lum kishilargagina (masalan, Imom Muhammad al-Boqir) emas, balki Fotimaning ikki o‘g‘li al-Hasan va al-Husayn avvlodlaridan bo‘lgan har bir olim, taqvodor, shijoatli, urushga qodir, podshohga qarshi chiqa oladigan kishiga o‘tishi hamda u xalifa etib saylanishi mumkin.
    Imom Zayd ibn Alining «al-Majmu'« nomli kitobida bayon etgan fikrlari zaydiya fiqhining asosini tashkil qiladi. U ham boshqa mazhab faqihlari kabi birinchi o‘rinda Qur'onni, keyin esa sunna, ijmo‘, qiyos, istihson, so‘ngra esa aqlni shariat asoslaridan deb hisoblaydi. Zaydiya fiqhining o‘ziga xos tomonlari quyidagilar: – Ahl al-kitob (samoviy kitobga ega bo‘lgan boshqa din vakillari: yahudiylar, xristianlar, sobilar) tomonidan so‘yilgan hayvon go‘shtini eyish, lekin ular bilan quda-andachilik qilish harom; – mahsi (oyoq kiyim)ga mash tortish joiz emas. Zaydiya mazhabiga mansub asosiy manbalar – Zayd ibn Alining «al-Majmu'« asari va unga sharh sifatida yozilgan Sharafaddin al-Husayn ibn Ahmadning «ar-Ravvd an-Nodir» kitobi hisoblanadi. Zaydiylar Shimoliy Afrikada Idrisiylar (789-926), Tabaristonda Zaydiylar (863-928), Yaman (901-1962) davvlatlariga asos solganlar. Zaydiya firqasi vakillari hozirgi kunda Yaman Arab Respublikasi, Saudiya Arabistonida, Pokistonda yashaydilar. Bu firqa bir necha mayda firqachalarga bo‘lingan. Ular orasidan jorudiya, Sulaymoniya, butriya (Solihiya), Qosimiya, Nosiriya, hoduviyalarni zikr etish mumkin.
    Isno‘ashariya. Ushbu firqa e'tiqodicha, 12 imomlik (Isno‘ashariya) Ali ibn Abi Tolibdan boshlanadi, so‘ng uning Fotimadan bo‘lgan o‘g‘illari al-Hasan va al-Husaynga o‘tadi va nihoyat 12-Imom Muhammad al-Mahdiyga borib tugaydi. Shuning uchun bu firqa isno‘ashariylar – «o‘n ikki imomni e'tirof qiluvchilar» deb nomlangan. Isno‘ashariylarning e'tiqod qilishicha, o‘n ikkinchi Imom Muhammad al-Mahdiy hali o‘lmagan, balki u 873-74 sanada g‘oyib bo‘lgan va Oxirzamonda paydo bo‘lib, zulm va fasodga to‘lgan er yuzini tinchlik va adolatga to‘ldiradi. Ular imomlarni xato va gunohdan ma'sum (pok) deb hisoblaydilar. Bunga sabab, ularning fikricha, imomlarga ilohiy Ilhom keladi yoki Payg‘ambar o‘z zamonida bayon etishlariga hojat bo‘lmagan ahkomlar ilmini ularga qoldirganlar. Shu bois ular imomga imon keltirishni musulmonlik shartlaridan biri deb hisoblaydilar. Ular imomga shunday tavvsif beradilar: «Imom xatodan, adashishdan yiroq bo‘lgan, to‘g‘ri yo‘ldagi, taqvoli va Alloh qo‘llagan ma'sum kishidir. Alloh va bandalarining o‘rtasida hujjat bo‘lishi uchun Alloh ularga shu xususiyatlarni berdi». Isno‘ashariylar imomlarning maqomlari xususida turli fikrlar bildirganlar. Ba'zilar Alini Payg‘ambardan afzal deb e'tiqod qiladilar hamda Ali va uning o‘n bir avvlodi insonlarga rizq berib turadi. Ular Payg‘ambardan keyingi Allohning hujjatlaridirlar. Ularning buyruqlari Payg‘ambarning buyrug‘i, nahy(taqiq)lari Payg‘ambarning nahyisi, ularga itoat qilish – Payg‘ambarga itoat qilish, ularga bo‘ysunmaslik – Payg‘ambarga isyon qilish, degan fikrlarni bildiradilar. Ularning jasadlari nuroniyliklari sababidan qabrlarda chirimaydi yoki ba'zilarining e'tiqodiga ko‘ra osmonga ko‘tariladi. Ular fiqh qoidalarini Qur'onga, o‘z olimlaridan naql qilingan ko‘rsatmalarga asosan tuzadilar. Sunniylikda fatvo (diniy hukm) chiqarish uchun qo‘llaniladigan ijmo‘masalasida faqatgina Ahl al-bayt (Ali avvlodlari) ijmo‘ini qabul qiladilar va boshqalarini rad etadilar. Isno‘ashariya firqasi islomdagi boshqa mazhablardan nafaqat e'tiqod masalalarida, balki ibodat masalalarida ham farqlanadi. Bunga bir necha misol keltirib o‘tish mumkin: – Qur'oni Karimning zohiri (tashqi tomoni) va botini (ichki tomoni) bor bo‘lib, insonlar faqat zohirinigina biladilar, botinini esa imomlardan boshqa hech kim bilmaydi; – mut'a nikohi (vaqtincha nikoh) – qonuniy; – taloq ikki guvoh oldidagina qabul bo‘ladi; – ohod xabarlar (faqat bir kishidangina naql qilingan hadislar) qabul qilinmaydi; – qaytish haq (Alloh o‘lganlarning ba'zilarini avvvalgi suratda dunyoga qaytaradi, buning uchun imon darajasi o‘ta kuchli yoki o‘ta buzg‘unchi inson bo‘lishi kerak); – taqiya – halol.

    Download 1,63 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   64




    Download 1,63 Mb.