TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYATI
Reja :
Tadbirkor rahbar etikasi
Tadbirkor madaniyati
Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatiari .
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga bog'liq bo'lmasdan, u insonlar, qo'l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari biznesmenlar doirasida umumaxloq iy me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi.
Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ко'prog'i uning odobi, madaniyati, dunyoqarashi, ishbilarmonlik qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog'liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli odam tadbirkor bo'lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo'lishi lozim. Arastu (Arestotel) o'z zamonida birinchi bo'lib axloq to'g'risida gapirib: "Axloq nimani qilishimiz va nimadan o'zimizni tiyishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam beradi", - degan edi.
Prezidentimiz I. Karimov axloq tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi:
"Axloq ma’naviyatning o'zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg'usi, iymon, halollik degani".
Darhaq iqat, axloq biz uchun avvalo, insoniy munosabatlar
shuningdek insonlaming fe’l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko'rib chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQSHda firmalarning "Etika kodeksi" va biznesmenlaming alohida kasb ustalari guruhlarining
"Ishbilarmonlik kodeksi" keng qo'llaniladi. "Biznesmenlaming axloq kodeksi" birinchi marta AQSHda 1913-yili ishlab chiqilgan bo'lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu
qoidalar yagona asosga jamlangan bo'lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholash, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg'unlashishi belgilangan.
Vaqt o'tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to'plangan, ulaming tajribasiga asoslangan, umumlashgan g'arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo'lgan quyidagi "Biznesmenning axloq kodeksi" shakllandi:
l.Umumiy qoidalar
xususiy mulk muqaddas, daxlsiz va mulkchilikning qolgan barcha shakllari bilan bir qatorda tengdir;
- tadbirkor ishchanlik va yaratuvchanlik missiyasining jonkuyaridir.
Uning kasbi astoydil faoliyatni, ishlab pul topishni talab qiladi. Bu uning obro'-e’tibori manbaidir;
- tadbirkor o'z mehnatining ahamiyatini anglay oladi. U o'z
hamkorlaridan ishga mas’uliyat bilan yondashishni talab qiladi va uni qo' llab-quwatlaydi;xususiy xo'jalik faoliyati ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga olib keladi va tadbirkorga o'ziga xos majburiyatlar yuklaydi.
2. Tadbirkor va davlat
- tadbirkor davlat va uning qonunlarini to'g'ridan-t o'g'ri hurmat qilishi va ularga amal qilishi lozim. O 'z navbatida, u bunday yondashuvni davlatdan ham talab qilishi kerak.
3.Tadbirkor va mijoz
- tadbirkor mijoz manfaatlari, jamiyat, davlat va atrof-muhit uchun zarar keltirmaslikka, unga amal qilishga majburdir;
- mijoz manfaatlari davlatning qonun va manfaatlariga zid bo'lgan hollarda tadbirkor bu to'g'rida mijozlarni ogoh qilishga majburdir;
- mijoz ofertlar va ishlab chiqaruvchilami tanlash huquqiga egadir.
Raqobat yuksak sifat kafolatidir;
- tadbirkor mijozni bilmaslik yoki ataylab uni adashtirish, shuningdek bajara olishga ishonchi bo'lmagan buyurtmalami qabul qilish hollariga yo'l qo'yishi mumkin emas;
- va’daga vafo va aniqlik tadbirkoming qimmatli kapitalidir. Qo'l berib tasdiqlangan so'z, imzo chekilgan shartnoma kuchiga egadir. Zero, unga binoan majburiy tartibda og'zaki kelishuvni aks ettiruvchi yozma shartnoma rasmiylashtiriladi;
shartnoma munosabatlarini bajarmaslik va yomon sifat
tadbirkoming jamiyat va hamkasblari oldidagi g'oyat og'ir aybidir, chunki bu tadbirkom ing sharafi, nufuzi va yaxshiga nomiga zarar keltiradi;
- tadbirkor va mijoz o'rtasidagi munosabatlar majburlash asosida emas, balki ixtiyoriy va o'zaro ishonch asosida vujudga keladi.
4. Tadbirkor va yollangan ishchilar
- tadbirkor yollangan ishchilarning iqtisodiy manfaatlari va insoniy
qadr-qiymatlariga nisbatan barcha mas’uliyatni o'z zimmasiga oladi. U o'z ishchilaridan qonunlarga amal qilishini talab etadi va o'zi ham shunga rioya qiladi;
- muayyan huquq va majburiyatlar mavjud qonun doirasida mehnat shartnomalarini tuzish chog'ida aks ettiriladi.
5. Tadbirkor va tadbirkorlar ittifoqining boshqa a’zolari
- tadbirkorlar ittifoqi a’zolari uchun qonunga muvofiq raqobat
majburiydir va axloqning muayyan tamoyillariga amal qilishni talab qiladi;
- teng huquqli bo'lmagan sharoitdagi har qanday bozor faoliyati (raqobat) qabul qilingan me’yorlarga zid hisoblanadi. O 'z xususiy mahsuloti yoki xizmatlarini raqobatchilar zaifligi hisobiga reklama qilish axloqsizlikka kiradi;
- raqobatchilik kurashida tadbirkor siyosiy mansubligi yoki
jamiyatdagi egallagan mavqei va afzalliklaridan foydalanishga haqqi yo'q.
Tadbirkorlar raqobatchilaming mualliflik huquqi yoki patent huquqini tan olishi shart;
- kredit va nafaqalarga taalluqli takliflar tanlov asosida taqsimlanadi, natijalar zudlik bilan barcha manfaatdor tomonlarga etkaziladi. Ittifoq a’zolari o'rtasida munozarali masalalar vujudga kelgan taqdirda, ular o'zaro kelishuvga muvofiq bu masalani ittifoq nazorat kengashiga kiritishi mumkin. Qabul qilingan qaror ikkala tomon uchun ham bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Javobgarlik va ta’qiqlar
- tadbirkorlar ittifoqiga a’zolik, har bir tadbirkordan mazkur axloq kodeksiga rioya etilishini talab qiladi;
- axloq kodeksiga amal qilmaslik va uning har qanday tamoyillarini buzish, ittifoqdagi muayyan a’zoning a’zoligini to'xtatish uchun asos bo'ladi;
- qaror ustidan shikoyat qilishga faqat tadbirkorlar ittifoqi s’ezdi oldidan imkoniyat mavjud bo'lib, uni bekor qilish yoki kuchda qoldirish masalasi ko'rilishi mumkin.
|