|
Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatiari
|
bet | 3/3 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 33,42 Kb. | | #122980 |
Bog'liq Tadbirkоr rahbar etikasiTadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatiari .
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlik, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga
erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko'ra tarbiyaviy, moddiy rag'batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga bo'linadi.Tarbiyaviy uslub, insonning ma’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi.Moddiy rag'batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilami moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi.
Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan bo'lib, ishlab chiqarish jarayoni va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun qo'llaniladi. Bu uslub ikki turda bo'lishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik bo'lishi mumkin. Shart-
sharoitiga ko'ra, kerakli uslub qo'llaniladi va bu takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad daromadni to'g'ri taqsimlash, har bir ishchi, xizmatchining o'z mehnatiga yarasha daromad olishini ta’minlashdir. Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo'lishiga ishonch hosil qilsin.Xo'sh, boshqarish san’ati nima? Boshqarish san’ati tadbirkor rahbarlardan talab qilinadigan eng asosiy xislatlardan bo'lib, uning qo'l ostidagi ishchi-xizmatchilar bilan yaxshi munosabat o'rnatishi, korxonada ishlab chiqarishning eng samarali natijalarini beradigan muhit yaratishni taqozo etadi.
Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoyil asosiga qurilgan. Yaponlaming boshlang'ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy himoya qilish bilan birga ma’naviy tarbiyalab boradilar, inson psixologiyasidan to'g'ri foydalanadilar, ishchini ishga tayyorlash jarayonida xalqqa ma’lum bo'lgan uslublami qo'llaydilar, ya’ni bajariladigan ishning nozik tomonlari va qat’iylikni o'rgatadilar.
Ishchining ish joyini tez-tez o'zgartirishi qat’iy qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish joyida uzoq yillar davomida ishlab, o'z kompaniyasiga sodiq bo'lishadi. Natijada, ishchilarning tajribasi va malakasi juda yuqori bo'ladi, bu esa, o'z navbatida, mehnat unumdorligining o'sishi, yuqori
sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga olib keladi.Mahsulot ishlab chiqarish bilan uning sifatini nazorat qilish jarayoni
hech qachon ajratilmaydi yoki bir-biriga qarama-qarshi qo'yilmaydi. Ularning fikricha, nazoratni kuchaytirish yoki nazoratchining huquqini kuchaytirish bilan yuqori sifatli mahsulot olib bo'lmaydi. Vaholanki mahsulot sifatini tayyor bo'lgandan keyin emas, aksincha, uni tayyorlash jarayonida, bajarilgan har bir ish operatsiyasidan so'ng nazorat qilish
kerak.
Nazoratchining asosiy vazifasi sifatsiz mahsulot ishlab chiqarayotgan ishchini topib uni jazolash emas, balki uning sababini aniqlash va bartaraf qilishdan iborat bo'lishi kerak. Mana shu uslubni yaponlar to'g'ri yo'lga qo'yganligi sababli har bir ishchi o'z-o'zini nazorat qilishga o'rgangan va doimo o'z ustida izlanishlar olib boradi. Kompaniyalarda sifat guruhlari tashkil qilingan.Bizda ham har bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslubni tashkil qila olishi kerak. Shundagina sifatsiz mahsulot sonini kamaytirib, yuqori sifatli mahsulot olishga erishish mumkin.Bozor iqtisodiyoti sharoiti boshqaruvida uzoq va yaqin muddatlarga
mo'ljallangan rejalar tuzish, qarorlar qabul qilish, ijrochilar o'rtasida ishlami taqsimlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish, ijrochilami rag'batlantirib borish kabi ishlar ham tadbirkor rahbar zimmasidadir. Boshqaruv qarorlari ichki va tashqi omillarga ega bo'lib, ular oddiy va murakkab sharoitlarda bir qarorni tayyorlash va qabul qilishda jamoa faollarining qatnashuvi hamda tadbirkor rahbar tashkilotchiligi,
boshqaruvni demokratik uslubda olib borishi kerakligini ko'rsatadi.Tadbirkor rahbaming tashkilotchiligi mehnat jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga ta’sir ko'rsatish,guruh faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish qobiliyati kabi masalalarni qamrab oladi.
|
| |