Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi




Download 1.18 Mb.
Sana24.10.2023
Hajmi1.18 Mb.
#90281
Bog'liq
amaliyot hisoboti
To\'rayeva S, 2019S lecture 01, 2-semestr Nazariy fizika (kvant mexanika) oraliq 2022-2023, Begaliyeva shoxsanam, vazifa, 10-Sinf-Fizika-fanidan-YILLIK-dars-ishlanmalar, Toshpo`latov Azizbek 1, Tillar shajarasi, 3-maruza Elektronika, 001, 3-dars Muahammad Javohir, O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi, yosh psixologiya 2.doc, 41675

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI

MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Ishlab chiqarish amaliyoti bo`yicha hisobot


Guruh: 030-19 - guruh talabasi
Bajardi: Raximboyeva Gulnura
Amaliyot rahbari:__________________

Toshkent 2023


Reja

Kirish


  1. Xavfsizlik qoidalari

  2. AT “Xalq banki” tashkiliy tuzilishi

Asosiy qism

  1. Axborotlashtirish va xavfsizlik bo`limida qilinadigan ishlarni o`rganish

  2. Windows muhitida local tarmoqni va fayllar almashinuvini sozlash

  3. “Oilakredit.uz” platformasida ishlash

Xulosa
Foydalanilagan adabiyotlar ro‘yxati.

Kirish
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida bank tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank faoliyatining fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar o‘rtasida ma’lum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur holat birinchi navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini belgilab beruvchi strategik rivojlanish dasturlari va yo‘nalishlariga ta’alluqlidir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida.


“Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy etish, ularning samarali faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymayotgan to‘siqlarni bartaraf etish yo‘nalishida 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar, shu jumladan bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari etarliligi va likvidliligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash” zarurligi qayd etilgan. Bu bilan 2019 yilning yakunigacha bank nazorati bo‘yicha xalqaro Bazel – 3 kelishuvi talablarining bank faoliyatiga joriy etish jarayonlari yakunlanishi nazarda tutilmoqda.
Tijorat banklari iqtisodiyotning “qon tomir tizimi” bo‘lib, aholi va biznesning to‘planib qolgan jamg‘armalarini taqsimlash orqali iqtisodiyotni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlaydi. Bu vositachilik iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan “yoqilg‘i” bilan ta’minlaydigan omilidir.
Vositachi sifatida tijorat banklari pul mablag‘laridan foydalanganligi uchun foiz to‘lash sharti bilan omonatlarni jalb qiladilar va ularni aholi va tadbirkorlarga kreditlar va investitsiyalar shaklida foiz evaziga taqdim etadilar.
SHuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informatsion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi.
Tijorat banklarining xizmatlar turi:

Jismoniy shaxslarga

YUridik shaxslarga

Pul o‘tkazmalari
Omonatlar
Bank kartalari
Kredit mahsulotlari
Konversion amaliyotlari
Mobil banking
Individual seyf va yacheykalar
Hisob-kitob va kassa xizmatlari
To‘lovlarni qabul qilish
Kommunal to‘lovlarni amalga oshirish
Jamg‘arma sertifikatlari
Mol-mulkni ishonchli boshqarish

Pul o‘tkazmalari
Depozitlar
Bank kartalari
Kredit mahsulotlari, shu jumladan xorijiy valyutada
Lizing
Faktoring
Konversion amaliyotlari
Internet-banking
Individual seyf va yacheykalari
Hisob-kitob va kassa xizmatlari
Xorijiy kredit liniyalari
Loyihalarni moliyalashtirish
Sug‘urta tashkilotlar nomidan sug‘urta shartnomasini tuzish
Omonat sertifikatlari
Mol-mulkni ishonchli boshqarish

O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga asosan bank bu – tijorat muassasasi bo‘lib, jismoniy va huquqiy shaxslarning bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qilish va ularni o‘z nomidan, to‘lov, muddat-lilik, qaytib berish sharti asosida joylashtirish operatsiyalarini va boshqa bank operatsiyalarini bajaradi.


Ba’zi adabiyotlarda bank korxona sifatida ham izohlanadi. Ma’lumki, bank yaxlit olingan korxona sifatida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirmaydi. Tijorat banklarining faoliyatini korxona faoliyatiga jihatidan o‘xshatish mumkinki, tijorat bank-lari ham korxonalar singari faoliyatini o‘z daromadini ko‘pay-tirishga va shu asosda birinchidan o‘z asoschilari - aksionerlarining manfaatlarini, ikkinchidan o‘z mijozlarining manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi.
Xafsizlik qoidalari
Odamlar, texnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radioaktiv changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mP/soat bilan o`lchanadi. Oziq-ovqat, suv va yemlarni radioaktiv changlardan zararlanish darajasi radiometrik usulda aniqlanadi va Ki/kg yoki Ki/l da o`lchanadi. Shaxsiy saqlovchi vositalar, tehnika, oziq-ovqat, suv, yashash joylari va ob`ektlarning zaharli moddalar, kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishi kimyoviy jahatdan baholanadi.Kimyoviy holatni baholash natijalariga qarab, odamlarni shaxsiy saqlovchi vositalarisiz yurish-turishi, tehnikalarni, inshootlarning degazatsiyalash darajasi, oziq-ovqatlarni, suvlarni va boshqa vositalarni zararsizlantirish aniqlanadi. Kimyoviy nazorat kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-MB yordamida o`tkaziladi. Demak, dozitermik va kimyoviy nazorat o`z vaqtida, to`g`ri o`tkazilsa, odamlarning ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini birmuncha saqlash imkoniyatlariga ega bo`lamiz.
Radioaktiv va kimyoviy shikastlangan joylarda fuqoralarni saqlash.

    1. Radioaktiv shikastlangan hududda fuqarolarni saqlash.

Radioaktiv shikastlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

  • Radioaktiv shikastlanish haqida ogohlantirish;

  • Himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi boshpana – RSB) ;

  • Zararlangan suv va yemishlardan saqlanish;

  • Zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish;

  • Zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish;

  • Zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik;

  • Fuqarolarnisanitar qayta ishlovdan o`tkazish, kiyim–kechak, texnika inshootlarni dezaktivatsiya qilish:

Radiaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarning hatti-harakatlari, radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda:
Muayyan zararlangan joylarda odamlar, radiatsiyadan saqlanish boshpanalarida (RSB) birnecha soatgacha saqlanishlari va so`ngra oddiy inshootlarda bo`lishlari tavsiya etiladi. Ammo korxonalar va yashash maskanlari oddiy rejim asosida amalga oshiradilar.
b) Kuchli zararlangan joydagi fuqoralar himoya inshoatlarda uch kungacha saqlanishlari va keyingi to`rtinchi kunda oddiy inshoatlarda bo`lishi mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni to`xtatishlari lozim.
v) Havfli va juda shikastlanishda fuqoralar himoya inshoatlarida uch kundan kam bo`lmasliklari hamda oddiy inshoatlarda ham tashqariga chiqmasdan saqlanishlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari germetik idishlarda saqlanishi hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan suvdan foydalanish lozim.
Kimyoviy shikaslanishda fuqoralarni saqlash.
Havfli kimyoviy korxonalarda fuqoralarni saqlashning asosiy uslublari quydagilardan iborat:

  • kimyoviy shikastlanish havfi haqida ogohlantirish;

  • himoya inshoatlarida (boshpanada) saqlanish;

  • shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;

  • antidod va SHKP-8 ni qo`llash;

  • shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish;

  • zararlangan hududlardagi odamlarni evukuatsiya qilish;

  • fuqoralarni sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshoatlarni; transport va texnikalarni degazatsiya qilish.

Kimyoviy zararlanishda birinchi navbatda razvetka o`tkaziladi: bunda avariyaning aniq joyi, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi, odamlarning zararlangan uchoqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi va yunalishi hamda boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi.
Zaharlangan fuqoralarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam ko`rsatish shahobchalarga yotqiziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, degazatsiya qilinadi yoki yo`q qilib yuboriladi. Zararlangan hududga chekish ichish himoya vositalarisiz yurish taqiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari, kiyim-kechaklar SHKP-8 bilan zararsizlantiriladi va so`ngra o`zlari to`liq sanitar ishlovdan o`tkazilib, kiyim kechaklar almashtiriladi.

  1. Fuqarolarni va fuqaro muhofaza tizimlarini PQ va KTQ omillari bilan ta`minlash

Har bir ob`ektning fuqaro muhofazasi shtabi va uning xizmatli bo`limlari shaxsiy saqlovchi (terini hamda nafas organlarini saqlovchi) va tibbiy vositalar bilan ta`minlashni, saqlashni hamda ularni doimiy texnik tayyor holda bo`lishligini tashkil etadi.
Shaxsiy saqlovchi vositalarning saqlanishi ish joylariga yaqin bo`lgan yerlarda (bo`lim va boshqalarda) tashkillashtiriladi, agar sharoit bo`lmasa, u holda ish joylarining zahiradagi binolarida, xonalarida saqlanadi. Tinchlik davrlarida ushbu vositalar vaqti-vaqti bilan laboratoriya ko`rigidan o`tkazilib turiladi.
Shaxsiy saqlovchi va tibbiy vositalar birinchi navbatda favqulodda vaziyatlarda ish bilan mashg`ul bo`ladigan fuqarolarga beriladi. Bulardan tashqari FM tizimlariga kiruvchi fuqarolar resperatorlar bilan ham ta`minlanadilar. Ishlamaydigan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar – paxta dokali taqqichlar va changdan saqlovchi matoli niqoblar bilan ta`minlanadilar.
2.AT “Xalq banki” tashkiliy tuzilishi va korporativ boshkaruv asoslari
Hukumatning doimiy ravishda qo’llab-quvvatlashi tufayli Xalq bankining salohiyati yanada oshib bormoqda. Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat olib borib, zimmasiga yuklangan mas’uliyatli vazifalarni doimiy ravishda ado yetib kelmoqda. Bank o’z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o’z mavqyei va rolini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarini safarbar yetmoqda.
Bugungi kunda Xalq banki O’zbekiston bank tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko’rsatib kelmoqda.
Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O’zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o’z vaqtida ta’minlashdan iborat. O’zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti to’g’risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta’minotiga qo’shimcha tariqasida jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimi yo’lga qo’yilgan. Xalq banki yagona, o’z filiallarini bir-biri bilan bog’lovchi va yetarlicha himoyalovchi yelektron baza yaratish uchun ko’p ishlarni amalga oshirdi.
Xalq banki jamoasi doimiy ravishda o’z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo’yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko’rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozisiyaga yerishishga, investision jozibadorlikni ta’minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizasiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko’rsatkichlar bo’yicha peshqadam pozisiyani yegallashga xizmat qilmoqda.
Bank tarixi
Xalq banki
1875 - Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O’zbekistonning qadimiy banklaridan biri hisoblanadi. Toshkentda birlamchi jamg’arma kassalar 1875-yilda tashkil yetilgan.
 
1995 - O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O’zjamg’armabank» Davlat-tijorat Xalq banki yetib qayta tashkil yetildi.
 
2015 - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy yetish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o’zgartirildi.

Yuqori turuvchi organlar nomi:


O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Xalq banki missiyasi
Xalq banki missiyasi – bank faoliyatining mazmuni va ma’nosini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarishdagi, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o’sishini ta’minlashdagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bizning mijozlarimiz – aholi va xo’jalik yurituvchi subektlar, ularning faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi – Xalq banki aynan shuning uchun faoliyat yuritadi.
Biz quyidagi talablarga javob berishga intilamiz:

- taqdim yetiladigan, yeng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko’lami va hajmlarini kengaytirish yo’li bilan, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo’ylab foydalanish imkoniyatini ta’minlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo’lish;


- xodimlar faoliyati uyg’unligini ta’minlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro’yobga chiqarish yo’li bilan davlatimizning yeng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo’lish.
2012 yildan boshlab Xalqbanki yuqori darajadagi xalqaro reytinglarga yega bo’lib kelmoqda.
2019yil Xalq banki tarixida ilk marotaba “Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari"ning 9standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda “ISO 9001:2015” xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.
2021 - yilning avgust oyida Xalq banki reytingi “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining “BB-/B” -“Barqaror” reytingiga hamda “Standard and Poors” xalqaro reyting agentligining “B+/B” reytingiga yega boʻldi.
2021 - yilning avgust oyida “Standard and Sensitive Rating” agentligi tomonidan milliy shkala bo’yicha “uzA+” - “Barqaror” reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan milliy shkala bo’yicha kreditga layoqatlilik ko’lamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks yettiradi.
Bank kapitali
Bizning moliyaviy ko’rsatkichlarimiz barqaror o’sish dinamikasiga yega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 4 929 336,5 mln. so’mni tashkil qiladi. 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 3,5% ga o’sgan.
Jalb qilingan aholi omonatlari
2021-yilning 1-oktabr holatiga aholi omonatlari 7 189 757,0 mln. so’m bo’lib, 2020-yil 1-oktabriga nisbatan 14,7 foizga o’sgan.
Bank kredit qo’yilmalari
2021 - yilning 1-oktabr holatiga bankning kredit qo’yilmalari 21 019 047,4 mln. so’m bo’lib, 2020-yilning 1-oktabrga nisbatan 20,5 % ga oshgan 2021 yil.
Bank strukturasi
Xalq banki filiallari – 196 ta;

  • Bankdan tashqari tashkil yetilgan kassalar – 307 ta;

  • 24/7 shoxobchalari – 423 ta;

  • Bank xizmatlari markazlari – 106 ta;

  • Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 261 ta;

  • Xalqaro pul o’tkazmalari shoxobchalari – 297 ta;

  • Bank kassalari (jamg’arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 817 ta;

  • Ko’chma (sayyor) kassalar – 1443 ta.

Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan:

  • Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish


  • Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish


  • Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish


  • Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish


  • Ichki nazorat tizimini takomillashtirish


  • Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish


  • Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish


  • Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish

Strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal yetishda, bank o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan – yeng keng qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi va natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi.
Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan, korxonalarni modernizasiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi.

Tijorat banklari, bizning fikrimizcha, shunchaki korxona emas, maxsus korxonadir. CHunki tijorat banklari ssuda kapitali harakatini amalga oshiradi va shu asosda bank o‘z aksionerlariga, paychilariga foyda olishni ta’minlaydi.


Tijorat banklari bank tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, kre-dit resurslarining asosiy qismi shu banklarda yig‘iladi va bu banklar huquqiy, jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasida tijorat banklari bank tizimining Markaziy bankdan keyingi ikkinchi pog‘onasi hisoblanadi.
Aksioner banklar aksioner jamiyat kabi ochiq turdagi yoki yopiq turdagi aksioner banklar bo‘lishi mumkin. Aksionerlar safiga kirish aksiyalarni sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Huquqiy va jismoniy shaxslar banklarning aksiyalarini sotib olishi va aksioner bo‘lishlari mumkin.
Ba’zi tijorat banklari paylar (badallar) hisobidan tashkil qilinishi mumkin. Bu turdagi banklarning qatnashchilari ham huqu-qiy va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.
Xususiy banklar – jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari hiso-bidan tashkil qilingan banklar hisoblanadi.
Bajaradigan operatsiyalariga ko‘ra tijorat banklar – universal va maxsus banklarga bo‘linadi.
Universal banklar xilma – xil operatsiyalar bajarish, har xil xizmatlar amalga oshirish xususiyatiga ega bo‘ladi. Maxsus banklar ma’lum yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatib, o‘z faoliyatini shu yo‘na-lishlarda yutuqlarga, samaradorlikka erishishga bag‘ishlaydi. Bunday banklarga tarmoqlarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar, eksport-import operatsiyalarini olib boruvchi banklar, investitsiya banklari, zamin banklar kirishi mumkin.
Joylashish belgisiga ko‘ra tijorat banklar: xalqaro, respublika, mintaqaviy, viloyat banklariga bo‘linishi mumkin.
Banklar tarmoqlarga xizmat ko‘rsatishiga qarab, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, savdo va boshqa banklarga bo‘linishi mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning o‘rni, ularning iqtisodga ta’siri o‘sib bormoqda.
Kredit muassasalari aholi, korxona, tashkilotlar, kompaniyalarning bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va joylashtirishdan tashqari, kapital jamg‘arilishini, harakatlanuvchi kapital yordamida korxonalarning xo‘jalik faoliyatini takomillashtirishga ko‘maklashadi va korxonalar faoliyati ustidan nazorat olib boradi.
Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o‘rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shimcha investitsiyaga bo‘lgan talablarni moliyalashtirib, banklar xalq xo‘jaligida progressiv yutuqlarga erishishni ta’minlashi mumkin.

Amaliyot o‘tash davrida AT “Xalk banki” Xorazm viloyati Qo`shko`pir filialida bank korporativ boshqaruv bilan xam yaqindan tanishib chiqdim. Korporativ boshqaruv deganda bank strategik maqsadlarini aniqlash va ularga erishish ustidan nazorat qilish uchun zarur tashkiliy tuzilmani, shuningdek, boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini ta’minlovchi, bank boshqaruv organlari va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar majmui, shu jumladan, boshqaruv organlarining vakolatlarini va javobgarligini taqsimlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish imkonini yaratish tushuniladi.Bankning samarali korporativ boshqaruvning asosi quyidagilar hisoblanadi:

    • bankning ichki hujjatlarida belgilanadigan vakolat va vazifalarning aniq tarzda taqsimlanishi;

    • etarli darajadagi hisobdorlik;

    • o‘zaro nazorat qilish hamda bank uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilinishining oldini olishni ta’minlovchi, bank boshqaruvi organlari va (yoki) tarkibiy tuzilmalar o‘rtasidagi vakolatlarning taqsimlanishi;

Samarali korporativ boshqaruv bank sektorining to‘g‘ri ishlashini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Banklarning barqarorligi moliyaviy barqarorlikning asosi hisoblanadi, shuning uchun bank faoliyatini tashkil etish sifati iqtisodiy farovonlikka erishishning muhim omilidir.
— Banklarda boshqaruvni takomillashtirish maqsadida Markaziy bank tomonidan yangi tahrirdagi “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi nizom (2020 yil 30 iyun, ro‘yxat raqami 3254) qabul qilingan bo‘lib, bank nazoratiga oid Bazel qo‘mitasining “Banklarda korporativ boshqaruvning tamoyillari” va xalqaro umume’tirof etilgan normalar asosida ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqildi.  Uning maqsadi korporativ boshqaruvning ilg‘or standartlarini joriy etish orqali banklarda boshqaruvni takomillashtirish, bank boshqaruvi organlari hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda boshqaruvga oid qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirishdan iborat. Unda, shuningdek, bank boshqaruvi organlari vakolat va vazifalari, banklarda manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga doir ko‘riladigan choralar, ma’lumotlar oshkoraligi va ochiqligini ta’minlash, bankda xodimlarning odob-axloq qoidalari hamda noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabardor etish tizimini joriy qilish kabi normalar belgilangan. 
Nizomning yangi tahririda avvalgisidan farqli ravishda kuzatuv kengashi shakllantiradigan audit, tavakkalchiliklarni boshqarish va mukofotlash qo‘mitalarining vazifalari hamda ushbu qo‘mitalarning bank boshqaruvida tutgan o‘rni batafsil yoritib o‘tilgan. Bu esa o‘z navbatida, tijorat banki boshqaruv organlari o‘rtasida javobgarlikning shaffof sohalarini belgilashga xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, Nizom mehnatga haq to‘lash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga doir choralar va noo‘rin xatti-harakatlar haqida xabar qilish tizimlarini qamrab olgan. Bular bankning ijroiya organi a’zolari va xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda o‘z ishiga sadoqat bilan yondashgan holda, faoliyat yuritishiga qaratilgan.​ “Tijorat banklarida korporativ boshqaruv to‘g‘risida”gi nizom 2020 yil 1 oktyabrdan kuchga kirgan.
XALQ BANKI, O‘zbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki — yirik universal davlattijorat jamg‘arma banki. 1992 y. da sobiq davlat mehnat jamg‘arma kassalari (1923) negizida tashkil etilgan mehnat jamg‘armalari va aholini kreditlash maxsus banki — SSSR jamg‘arma banki (1987)ning O‘zbekiston bo‘limi asosida O‘zbekiston jamg‘arma banki tashkil etiddi. 1995 y. da bu bank hukumatning maxsus qarori b-n O‘zbekiston Respublikasi davlattijorat xalq banki deb nomlandi. Boshkaruvi Toshkent sh. da. Bank ta’sischilari: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (51%) va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (49%).
1. Axborotlashtirish — yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Axborotlashtirish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va u maxsus vakolat bergan organ - O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi amalga oshiradi.
Axborot resurslari ulardan erkin foydalanish toifalari bo‘yicha hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslariga va erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga bo‘linadi.
Cheklanmagan doiradagi foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan axborot resurslari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan axborot resurslaridir.
Davlat sirlari to‘g‘risidagi axborotni va maxfiy axborotni yoki erkin foydalanilishi axborot resurslarining mulkdorlari tomonidan cheklab qo‘yilgan axborotni o‘z ichiga olgan axborot resurslari erkin foydalanilishi cheklab qo‘yilgan axborot resurslariga kiradi.

2. Amaliyot o`tayotgan paytimda Windows muhitida lokal tarmoqni va fayllar almashinuvini sozlash ishlarini ham qildim va quyidagicha amalga oshirdim.


1-qadam
Bizga ikkita kompyuter kerak bo’ladi .Avvaliga ikkala kompyuterni tarmoqlarini sozlaymiz
Панель управления\Все элементы панели управления\Центр управления сетями и общим доступом\Дополнительные параметры общего доступа ga kiriladi va
Quyidagi amallar bajariladi





Ko’k chiziq bilan belgilangan joy boshqa bir foydalanuvchi sizning fayllarningizga kirayotganda parol so’rashi yoki so’ramasligini belgilaydi.
Yuqoridagi ammallarni bajarib qizil chiziq bilan belgilangan tugmani bosib sahranit qilib qo’yamiz.
Bundan tashqari AT “Xalq banki” ning barcha filliallarida mijozlarga ko`rsatadigan xizmatlari bilan ham tanishib chiqdim.

3. Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladiPrezidentning yangi qarori bilan tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan aholi va tadbirkorlik sub’etlariga imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkali kreditlar taqdim etiladi. Yagona elektron platforma orqali ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va xizmatlar platformadagi «marketpleys» tizimi yordamida sotib olinadi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatga muvofiq, 2022 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurslari tijorat banklariga yillik 10 foiz stavkada joylashtiriladi;
b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:

  • Oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga — 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

  • chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;

  • bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;

  • «Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun — 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.

Kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi.
Chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi.
«Yetakchi» tadbirkorlik subyektlariga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
Qarorda «Agrobank» ATB, AT «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» ATBga 2022 yil 1 martdan dasturlar bo‘yicha kreditlarning to‘liq raqamlashgan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratilishini ta’minlash topshirildi. Bunda:
kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida Yagona elektron platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi;
kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi;
kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan taqdim etiladi;
Yagona elektron platforma orqali aholiga o‘zini o‘zi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;
ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Yagona elektron platformada yaratilgan «marketpleys» tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, o‘z mahsulot va xizmatlarini sotish bo‘yicha takliflar asbob-uskunalar va mahsulotlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilotlar tomonidan «marketpleys» tizimida erkin joylashtiriladi.
Ta’minotchilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar foydalanuvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi. Ta’minotchilarning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan monitoring tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga ko‘ra, ta’minotchilarning «marketpleys» tizimidagi o‘z xizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda o‘rganib chiqiladi.
Kreditlar qarz oluvchiga u tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida kelishilgan narxda mahsulot yetkazib berilganidan (ish bajarilganidan) va qarz oluvchi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng hamda hokim yordamchisi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, qarz oluvchini identifikatsiyalash orqali ta’minotchiga o‘tkazib beriladi.
Hokim yordamchilari o‘ziga biriktirilgan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib boradi hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha sektor rahbarlari va tijorat banklari bilan birgalikda tegishli choralarni ko‘radi.
Hujjatda belgilanganidek:
dasturlar doirasida kreditlar ustuvor ravishda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish o‘rinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi;
«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga kredit ajratilishi ularni ushbu ro‘yxatdan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi va fuqarolar mazkur daftarlardan hokim yordamchisi, tuman davlat soliq inspeksiyasi va tegishli sektor rahbarlari tomonidan fuqaroning unga ajratilgan kredit hisobiga amalga oshirgan faoliyatidan doimiy va barqaror daromad manbaini shakllantirganini o‘rganish orqali beriladigan tavsiya asosida chiqariladi;
dasturlar doirasida ilgari ajratilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorligi to‘liq so‘ndirilmagan, shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi.
Vakolatli banklarga dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 3,65 trln so‘m miqdordagi kredit resurslari 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

  • Imtiyozli kredit olish uchun Arizachi—Manzil—Xarajatlar—Daromadlar ko‘rinishida ma’lumotlar kiritilishi kerak. Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgandan so‘ng arizani ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi.

Imtiyozli kredit quyidagi maqsadlar uchun olish mumkin: 

  1. oilaviy tadbirkorlik

  2. baliqchilik

  3. dehqon xo‘jaliklari

  4. hunarmandchilik

Kredit miqdori va foiz stavkasi qancha?
Kreditlar yillik 14 foiz stavkada jismoniy shaxslarga 33 mln so‘mgacha, kichik tadbirkorlik subyektlariga 225 mln so‘mgacha, tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda 225 mln so‘mdan ortiq miqdorda ajratiladi.
Kredit qancha muddatga beriladi?

  • 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan ma’lum mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish maqsadida;

  • 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga – chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik uchun;

  • 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yilgacha muddatga – oilaviy mehmon uylari, xostellar, ekouylar majmuasi, o‘tov lagerlari majmuasi, avtokempinglar, konteyner shaharchalar va chodirli lagerlar tashkil etish va ularni ta’mirlash uchun;

  • 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha bo‘lgan muddatga – bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun;

  • 3 yilgacha muddatga – “Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari va boshqalar uchun ajratiladi.

Kredit uchun ta’minot kerakmi?
Ta’minot sifatida:

  • 33 mln so‘mgacha — jismoniy shaxslarga hokim yordamchisining tavsiyasi;

  • 225 mln so‘mgacha — hokim yordamchisining tavsiyalari asosida uchinchi shaxs kafilligi, sug‘urta polislari, mol-mulklar garovi va boshqalar;

  • 225 mln so‘mdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.

Hokim yordamchisi qarz oluvchining arizasiga asosan uning obyektiga chiqqan holda faoliyat turi bo‘yicha shart-sharoitlar, imkoniyat hamda yetarli ko‘nikma mavjudligini o‘rganadi.
Shundan so‘ng kredit ajratish uchun tavsiyanoma yoki uni rad etish to‘g‘risidagi xulosani besh ish kuni mobaynida Yagona elektron platformaga joylashtiradi.
Kreditlar qaysi banklar tomonidan ajratiladi?
Kreditlar “Agrobank”, “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” tomonidan ajratiladi.
Kreditni uydan chiqmasdan turib qanday olish mumkin?
“Oilakredit.uz” platformasi orqali kreditni quyidagi tartibda masofadan turib olish mumkin:

  • Kredit ajratish to‘g‘risidagi onlayn ariza to‘ldiriladi va masofadan imzolanadi. Kiritilgan ma’lumotlar va axborotlar bazasiga asoslanib, skoring jarayoni o‘tkaziladi.

  • Ijobiy skoring natijalaridan so‘ng, mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ijobiy tavsiyanomasi yoki kredit ajratishni rad etish to‘g‘risidagi xulosasi elektron tarzda taqdim etiladi.

  • Marketpleys (elektron do‘kon) orqali ta’minotchi bilan qarz oluvchi tomonidan erkin va mustaqil ravishda elektron shartnoma tuziladi.

  • Marketpleys tizimi orqali ta’minotchi tomonidan mahsulot yetkazib berilgani to‘g‘risidagi elektron hisob-faktura shakllantiriladi.

  • Xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan arizachi o‘rtasidagi kredit ajratish to‘g‘risidagi shartnoma elektron shaklda tuziladi va imzolanadi.

  • Mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining mahsulot yetkazib berilganligi to‘g‘risidagi monitoring dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.

  • Har bir bosqichdagi tegishli hujjatlar qarz oluvchi, bank, ta’minotchi, va hokim yordamchisi tomonidan Elektron raqamli imzo kaliti bilan imzolanadi.

  • Tasdiqlanganidan so‘ng kredit mablag‘lari hisobidan pullar ta’minotchining hisobvarag‘iga ko‘chirib beriladi.

  • Elektron raqamli imzo kalitini “e-imzo.uz”dan olish mumkin.

Quyidagi hollarda tavsiyanomalar berilmaydi:

  • loyihani amalga oshirish uchun qarz oluvchida shart-sharoit bo‘lmaganda;

  • yetakchi tadbirkorlik subyektlari va “Tomorqa xizmati” bilan kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqarolarga;

  • mavsumga xos bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga;

  • ariza beruvchi nomidan boshqa fuqaro kredit olishni maqsad qilgani aniqlanganda;

  • qonunchilikka zid bo‘lgan faoliyat amalga oshirilishi aniqlanganda.

Yagona elektron platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng u bir kun muddatda skoring baholash jarayonidan o‘tkaziladi.
Quyidagi hollarda ariza tizim tomonidan skoring ma’lumotlari asosida avtomatik ravishda rad etiladi:

  • qarz oluvchining oldin yuborgan arizasi ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lganda;

  • 18 yoshga to‘lmagan fuqaro nomidan ariza berilganda;

  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslarga;

  • muomala layoqati cheklangan yoki mehnatga layoqatsiz fuqaro nomidan ariza berilganda;

  • dastur doirasida to‘liq qaytarilmagan kredit mavjud bo‘lganda;

  • bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

  • avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalanilganda;

  • salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda;

  • soliq organlari, majburiy ijro byurosi organlari va boshqa to‘lovlardan qarzdorligi mavjud bo‘lganda.

XULOSA


Men AT Xalq banki Xorazm viloyati Qo`shko`pir fililalida 2023-yilning 12-iyundan 22-iyulga qadar ishlab chiqarish amaliyoti o’tadim. Ushbu amaliyot davomida o’rgangan bilimlarimni amaliyotda qay darajada kerak bo’lishini, nazariya bilan amaliyotning bog’liq va bog’liq bo’lmagan jihatlarini, amaliyotda qo’llash uchun qanday nazariy bilimlar kerakligini o’rgandim. O’rgangan nazariy bilimlarim hamda ushbu 6 haftalik tanishuv amaliyotimdan kelib chiqqan holda AT Xalq banki yanada rivojlanishi uchun quyidagilarni tavsiya qila olaman:

  • aholi va bank xodimlari o’rtasida muloqot madaniyatini yanada yaxshilash, ya’ni qishloq aholisiga bank va uning faoliyati, ishlash prinsiplarini sodda shaklda tushuntirish, bankda o’zini tutish, bank xodimlari hamda bank jihozlari (bankomat, infokiosk…) bilan bevosita aloqa qila olish malakalarini oshirish;

  • aholi mablag’larini jalb qilish.

  • bank aktivlarini oshirish;

  • davlat tomonidan imtiyozli kredit uchun ajratiladigan mablag’larni kamaytirish;

  • bank faoliyatiga davlat aralashuvini kamaytirish;

  • dasturiy ta’minot uchun mutaxassislarni jalb qilish va kompyuterlarni muntazam zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash;

  • bank faoliyatida ma’muriy buyruqbozlik va byurokratiyani kamaytirish;

  • Xodimlar malakasini oshirish uchun chet elga almashinuv dasturlarida ishtirok etish.

  • AT Xalq banki tomonidan tarqatiladigan Pensiya va nafaqa pullarini plastik kartochkalarga o’tkazib fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yashash manzilidan uzoq bo’lmagan xududlarga bankomatlar o’rnatish;

  • 2-3 yil muddatga tijorat foizida kafillik asosida mikroqarz kreditlarini 50.0 mln so’mgacha miqdorda ko’proq ajratish;

  • Korrupsiya va boshqa qonun buzilish xolatlarini oldini olish maqsadida xodimlarning oylik ish xaqlarini oshirish xamda ularga bank uchun kelajakda sidqidildan ishlashlari uchun bankning o’zi tomonidan qurilayotgan uylar uchun kam foizda ipoteka kreditlari ajratish;

Xulosa o’rnida shuni qo’shimcha qilmoqchimanki AT Xalq bankini rivojlantirish uchun nafaqat bank balki bankning yuridik va jismoniy mijozlari xam o’z xissalarini qo’shishlari lozim. Ya’ni fuqarolarga ishonch bildirgan xolda ularga ajratilgan imtiyozli kreditlarni mijozlar o’z vaqtida qaytarishsa bankimiz xar bir ko’rsatkich bo’yicha yuqori o’rinlar uchun kurasha olishiga ishonaman.


Hozirgi kunda bank iqtisodiyot rivojalnishi va IT sohasini rivojlanib borishi bu ikkalasi bir nuqtada Bankda bir birini rivojlantirib bormoqda. Bankda IT sohasidagi barcha yo’nalishlarni tarmoqning uzluksiz ishlashi, ma’lumotlarni aniq manzilga to’liq va xavfsiz yetib borishi, ularni oqilona tartiblash va xavfsizligini, tashqi hujumlardan himoyalash muhim o’rinda turadi.
Men amaliyot o’tagan bankda Bank NSI tizimida ish olib boradi bu tizim to’lovlar va pul o’tkazmalarini nazoratini yuritadi
Kompyuterlar Windows OS sida ishlaydi,u yerda ko’plab hodimlar ishlagani uchun istalgan hodim ixtiyoriy kompyuterdan o’zining Qayd yozuvi(Uchyotniy zapis) orqali o’z huquqlariga ko’ra operatsiyalarni amalga oshiradi.Ya’ni bu yerda Foydalanuvchi siyosati mukammal darajada yo’lga qo’yilgan desa ham bo’ladi.
Bankda ishlashining samaradorligi bankda hujjatlar aylanishi qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. bankni boshqarish sifatiga hujjatlarni shakllantirish, axborotlarni qabul qilish-uzatishning tezkorligi va sifati, ma'lumot-axborot xizmati ishlashining uyg‘unlashganligi, hujjatlarni saqlash, qidirib topish va ulardan foydalanishning aniq tashkil etilishi kabi omillar ta'sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, hujjatlar aylanishini avtomatlashtirish quyidagilar uchun zarur: korxonada sodir bo‘layotgan yaxlit manzarani shakllantirish; barcha bo‘linmalarning uyg‘unlik bilan ishlashi; mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash; inson, kommunikatsiya, investitsiya va boshqa ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati davlat rahbarining 2019–yil uchun mo’ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi;


2.2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi;
3. «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni 2016 yil;
4.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 6 maydagi “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ 2344- sonli Qarori;
5. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «O’zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to’g’risida»gi 1834–son yo’riqnoma 2015 yil 11 iyul;
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilning asosiyyakunlari va 2016 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muxim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi;
7. Abduvaxidov F.T., Umarov Z.A., Djurayev K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi. O’quv qo’llanma. –T.: TDIU, 2010. –224 b;
8. Abdullayev Yo., Qoraliyev T., Toshmurodov Sh., Abdullayeva S. Bank ishi. O’quv qo’llanma –T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2009 yil, 196 b;
9. Abdullayeva Sh.Z. Bank ishi. O’quv qo’llanma. –T.:TMI, 2003.–305 b;
10. Abdullayeva Sh.Z. Bank risklari va kreditlash. –T.: Moliya, 2002. b;
11 . Bank V.R. Organizasiya i buxgalterskiy uchet bankovskix operasiy: Ucheb. pos. - M.: F i S, 2014. - 153 s;
12.Diana Mak Noton, Donald Dj. Karlson, Klayton Tausend Ditd i dr. Organizasiya raboti v bankax: v 2–x tomax. Tom 2. Interprirovaniye finansovoy otchetnosti. Per. s ang. –M.: Finansi i statistika, 2016. –240 s;
13. Banklarda buxgalteriya bisobi. Darslik. I nashri. Omonov A.A., Qoraliyev T.M. TMI, -T.: dqtisod-Moliya», 2014. 241 b;
14. Navro’zova K.N. Banklarda buxgalteriya hisobi va operasion texnika. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYa”, 2010 yil, 280 bet;

FOYDALANILGAN VEB SAYTLAR RO’YXATI:


1. www.cbu.uz (O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki);
2. www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi);
3. www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi statistika ko’mitasi);
4. www.my.gov.uz (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal);
5. www.xb.uz (Aksiyadorlik tijorat Xalq banki);
6. www.banker.uz (Banklar to’g’risidagi sayt).
Download 1.18 Mb.




Download 1.18 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi

Download 1.18 Mb.