• 1. Milliy xavfsizlik tushunchasi va mamlakat manfaatlarini himoyalash.
  • Mazmun, mohiyat, milliy manfaat




    Download 20.18 Kb.
    bet1/4
    Sana14.09.2023
    Hajmi20.18 Kb.
    #81755
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Begaliyeva shoxsanam
    To\'rayeva S, 2019S lecture 01, 2-semestr Nazariy fizika (kvant mexanika) oraliq 2022-2023, amaliyot hisoboti, vazifa, 10-Sinf-Fizika-fanidan-YILLIK-dars-ishlanmalar, Toshpo`latov Azizbek 1, Tillar shajarasi, 3-maruza Elektronika, 001, 3-dars Muahammad Javohir, O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi, yosh psixologiya 2.doc, 41675

    MAVZU: IQTISODIY XAVFSIZLIK: MAZMUN, MOHIYAT, MILLIY MANFAAT.
    1. Xavfsizlik tushunchasi va uning mazmun-mohiyati;
    2. Xavfsizlikka tahdid va uning namoyon bo`lish shakllari;
    3. Iqtisodiy xavfsizlik va uning milliy xavfsizlik tizimida tutgan o`ni;
    4. Iqtisodiy xavfsizlik ko`rsatkichlari.

    Begaliyeva shoxsanam


    Ek 2-20

    1. Milliy xavfsizlik tushunchasi va mamlakat manfaatlarini himoyalash.
    Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy shartlaridan biri bo‘lib milliy xavfsizlik holati hisoblanadi.
    O‘zbekiston milliy xavfsizligi deganda uning suvereniteti va O‘zbekistonda hokimiyatning yagona manbaini ifodalovchi ko‘p millatli xalqining xavfsizligi tushuniladi.
    Milliy xavfsizlikni ta‘minlashdan maqsad O‘zbekiston manfaatlarini himoya qilishdir.
    O‘zbekiston milliy manfaatlari – bu shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, xalqaro, informatsion, harbiy, chegaraviy, ekologik va boshqa sohalardagi muvozanatlashgan manfaatlari majmuidir. Ular uzoq muddatli xarakterga ega bo‘lib, davlatning asosiy maqsadlari, ichki va tashqi siyosatning strategik va joriy vazifalarini belgilab beradi.
    Uch turdagi manfaatlar farqlanadi: shaxsiy, jamiyat va davlat.
    Shaxsiy manfaatlar konstitutsion huquq va erkinliklarni amalga oshirish, shaxsiy xavfsizlikning ta‘minlanishi, turmush darajasi va sharoitining oshishi, inson va fuqarolarning jismoniy, ma‘naviy va intelektual rivojlanishida namoyon bo‘ladi.
    Jamiyat manfaatlari demokratiyani mustahkamlash, huquqiy, ijtimoiy davlatni shakllantirish, ijtimoiy yakdillikka erishish, mamlakat rivojlanishi masalalarini hal etishdi fuqarolar faolligini oshirishdan iborat.
    Davlat manfaatlari mamlakat hududiy butunligini himoya qilish, uning suvereniteti, konstitutsion tizimini himoya qilish, siyosiy, iqtitisodiy va ijtimoiy barqarorlikni, qonunlar ustivorligini ta‘minlashga qaratilgan.
    Shunday qilib, milliy xavfsizlik – bu mamlakatning shunday holatiki, bunda milliy manfaatlar va umuman davlatga solinadigan tahdidlarning oldi olinadi va ularga yo‘l qo‘yilmaydi.
    O‘zbekiston milliy manfaatlarini amalga oshirish faqatgina iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi sharoitida amalga oshirilishi mumkin. Shuning uchun ham O‘zbekistonning iqtisodiyot sohasidagi milliy manfaatlari asosiy hisoblanadi.

    Download 20.18 Kb.
      1   2   3   4




    Download 20.18 Kb.