|
Elektronika (5-maruza mashg’uloti) mavzu: Integral operatsion kuchaytirgichlari
|
bet | 1/4 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #107259 |
Bog'liq 3-maruza Elektronika Elektronika 3-Ma’ruza. Integral operatsion kuchaytirgichlar (OK) Reja: 1. Integral operatsion kuchaytirgichlar (OK). 2. OKlarning asosiy parametrlari va tavsiflari. 3. OK turlari. Dinamik yuklamali kaskadlar. “Teskari bog‘lanish” (TB) tushunchasi keng tarqalganlar soniga kiradi, u anchadan beri texnikani tor sohasidan chiqqan va hozirgi kunda keng ma’noda qo‘llaniladi. Boshqarish tizimlarida teskari bog‘lanish chiqish signalini berilgan qiymat bilan solishtirish uchun foydalaniladi va mos korreksiyani amalga oshirishidi. “Tizim” sifatida xohlagan narsa chiqishi mumkin, masalan, yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan avtomabilni boshqarish jarayoni – chiqish ma’lumotlari (mashinani holati va uning tezligi) haydovchi kuzatadi, u kutilayotgan qiymatlar bilan solishtiradi kirish ma’lumotlariga mos. Kuchaytirish sxemalarida chiqish signali kirish signalidan marta katta bo‘lishi kerak, shuning uchun kuchaytirgichlarda teskari bog‘lanish bilan kirish signali chiqish signalini ma’lum qismi bilan solishtiriladi. Amaliy (operatsion) kuchaytirgichlar Ko‘pchilik hollarda TB sxemalarini ko‘rib chiqish jarayonida AKlar bilan ishlashingizga to‘g‘ri keladi, AK – bu juda katta kuchaytirish koeffitsentiga ega bo‘lgan o‘zgarmas tok differensial kuchaytirgichi (DK) u simmetrik bo‘lmagan chiqishga ega. AK ni o‘xshash avlodi sifatida klassik DK xizmat qilishi mumkin, ikkita kirishi va simmetrik bo‘lmagan chiqishga ega; Real AKlar ancha katta kuchaytirish koeffitsentlariga ega va kichik chiqish, signalini deyarli ta’minot kuchlanishini to‘liq diopazoni o‘zgarishga ruhsat beradi.
Rasm 1. Sanoat hozirgi kunda AK larni yuzlab turlarini ishlab chiqaradi (Rasm 1)
Ularni barcha turlari uchun shartli belgilanishlar (rasm 2) da keltirilgan; kirishlari (+) va ( - ) bilan belgilanadi, chiqish signali musbat yo‘nalishda o‘zgaradi, qachonki kirishda (+) potensial musbatroq bo‘lib qolganda ( - ) kirishdagi potensialdan va aksincha. “+” va “–“ simvollar bildirmaydi, chunki shu kirishda har doim musbatroq boshqasiga nisbatan, bu simvollar chiqish signalini nisbiy fazasini ko‘rsatadi. Ularni “ivertirlovchi” va “invertirlamaydigan” deb deb ham ataladi. Sxemalarda ko‘pincha AK larga ta’minot manbaini ulanishi ko‘rsatilmaydi, chiqish ham, yerga ulashga mo‘ljallangan. AK lar juda ulkan kuchaytirish koeffitsentiga kuchlanish bo‘yicha ega va hech qachon teskari bog‘lanishsiz ishlatilmaydi. Aytish mumkin, AK lar teskari bog‘lanish bilan ishlashga mo‘ljallangan.
Rasm 1.
|
| |