• Operatsion kuchaytirgichlarni ulashni asosiy sxemalari Invertirlovchi kuchaytirgich
  • Elektronika (5-maruza mashg’uloti) mavzu: Integral operatsion kuchaytirgichlari




    Download 0,89 Mb.
    bet2/4
    Sana29.11.2023
    Hajmi0,89 Mb.
    #107259
    1   2   3   4
    Bog'liq
    3-maruza Elektronika

    Sanoat AK larni yuzlab turlarini ishlab chiqaradi, ular bir biriga nisbatan turli afzalliklarga ega. LF411 turdagi sxema u bozorga National Semiconductor firmasi tomonidan qo‘yilgan, uni tashqi ko‘rinishi rasm 3 da ko‘rsatilgan.


    Rasm 3. Ikki qatorli chiqishlari joylashgan DIP minikorpusdagi integral sxema

    411 turdagi sxema bu kremniy kristali 24 ta tranzistordan iborat (ulardan 21 tasi bi qutbli, 3 tasi maydon tranzistori, 11 ta resistor va 1 ta kondensator). Rasm 3 da uchlarini korpusga ulanishi ko‘rsatilgan. Qopqog‘idagi nuqta va uni olinadigan yon tomoni chiqishlarini nomerlarini boshlanish nuqtasi. Elektron sxemalarni ko‘pchilik korpuslarida chiqishlarni nomerlash soat strelkasiga teskari yo‘nalishda amalga oshiriladi, korpusni qopqog‘i tomonidan “nolni o‘rnatish” chiqishi uncha katta bo‘lmagan assimmetriyani yoqotish uchun xizmat qiladi.


    Rasm 4 AKlar teskari bog‘lanish sirtmog‘i bilan o‘rab olingan. Birinchidan AK shunday katta kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsentiga egaki, ularni kirishlari orasidagi kuchlanish mV ni bir necha martaga o‘zgarsa, chiqish kuchlanishini uni to‘liq diopazoni chegarasida o‘zgarishiga olib keladi:

    I. AK ni chiqishi uning kirishdagi kuchlanishlarni farqi 0 ga teng bo‘lishiga intiladi. Ikkinchidan AK juda katta bo‘lmagan kirish tokini iste’mol qiladi (LF411 turdagi AK 0,2nA iste’mol qiladi; MT li kirishga ega bo‘lgan AK lar pikoamper tartibida); II. AK larni kirishlari tok iste’mol qilmaydi. Bu yerda I – qoidaga tushuntirish berish kerak, bu shuni bildirmaydi, AK haqiqatan o‘zini kirishidagi kuchlanishni o‘zgartiradi, bu mumkin emas, AK kirish holatlarini “baholaydi” va TB ni tashqi sxemasi yordamida chiqishdagi kuchlanishni kirishga beradi, buning natijasida kirishlar orasidagi kuchlanish farqi 0 ga teng bo‘lib qoladi.


    Operatsion kuchaytirgichlarni ulashni asosiy sxemalari Invertirlovchi kuchaytirgich Rasm 5 dagi sxemani ko‘rib chiqamiz.
    1. Bu nuqtadagi potensial yer potensialiga teng, bundan kelib chiqib birinchi qoidaga binoan A nuqtani potensiali ham yer potensialiga teng. 2. Bu shuni bildiradi: a) R2 rezistordagi kuchlanishni tushuvi Uвых ga teng, b) R1 qarshilikda bo‘lmagan tushuvi Rвх ga teng. 3. Endi II qoidadan foydalanib, Uвых/R2=--Uвх/R1 olamiz yoki kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsenti Uвых/ Uвх=--R1/R2 .
    Rasm 5. Invertirlovchi kuchaytirgich.
    Shunday qilib, AK da yig‘ilgan sxemani tahlili juda oddiy bo‘lib chiqdi, u sxemada aslida nima bo‘layotganini baholash imkonini berdi. Buni tushunish uchun teskari bog‘lanish qanday ishlayotganini faraz qilib ko‘ramiz, uni kirishiga kuchlanishni ba’zi darajasi berilgan, aytaylik 1V. R1 rezistor 10kOm rezistor R2 100kOm qarshilikka ega. Endi faraz qilib ko‘ramiz, chiqishdagi kuchlanish 0V ga teng bo‘lib qoldi. Nima bo‘ladi? R1 va R2 rezistorlar kuchlanish bo‘lgichini hosil qiladi, uni yordamida invertirlovchi kirish potensiali 0,91V ga teng ushlab turiladi. AK kirish bo‘yicha muvofiqlashmagan kuchlanishni qayt qiladi, uning chiqishida kamaya boradi. O‘zgarish shungacha davom etadiki, qachonki chiqishdagi kuchlanish – 10V qiymatga yetadi, shu momentda AK kirishidagi potensiallar bir xil bo‘lib, yer potensialiga teng bo‘ladi. Shunga o‘xshash bo‘ladi, agar chiqishdagi kuchlanish kamaya boradi va undan keyin manfiyroq – 10V ga nisbatan bo‘lib qoladi, shunda uning invertirlovchi kirishidagi potensial yer potensialidan kam bo‘lib qoladi, natijada chiqish kuchlanishi orta boshlaydi. Biz ko‘rib chiqayotgan sxema invertirlovchi kuchaytirgich deyiladi. Bu sxemani kamchiligi shundan iboratki, u kichik kirish ega bo‘ladi, ayniqsa, kuchlanish bo‘yicha katta kuchaytirish koeffitsentiga ega kuchaytirgichlar uchun.
    Ularda R1 rezistori qoidaga ko‘ra kichik bo‘ladi, bu kamchilikni rasm 6 da namoyish qilingan sxema yo‘qotadi.
    Rasm 6. Invertirlamaydigan kuchaytirgich.

    Download 0,89 Mb.
    1   2   3   4




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektronika (5-maruza mashg’uloti) mavzu: Integral operatsion kuchaytirgichlari

    Download 0,89 Mb.