|
Beton strukturasining hosil bo’lishi va qotish jarayoni Reja: Kirish Asosiy qism
|
bet | 1/2 | Sana | 16.11.2023 | Hajmi | 0,51 Mb. | | #99741 |
Bog'liq Beton strukturasining hosil bo’lishi va qotish jarayoni
Beton strukturasining hosil bo’lishi va qotish jarayoni
Reja:
1.Kirish
2.Asosiy qism
2.1 Beton qorishmasining sifat ko’rsatkichlari
2.2 Sifat ko’rsatkichlarini tayyorlash va tashish jarayonida ta’minlash
2.3 Sifat ko’rsatkichlarini beton yotqizish jarayonida ta’minlash
3.Xulosa
4.Adabiyotlar
KIRISH
Betonni tayyorlash, uni tashish va qoliplarga quyish jarayonida uning sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali beton ishlarining ish samaradorligini oshirish mumkin.
Sifat ko’rsatkichlarini ta’minlamasli oqibatida esa beton yaroqsiz holatda ish obektiga olib kelinishi va ishning to’xtab qolishi va bundan tashqari katta xarajatlarga sabab bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi muammolarga duch kelmaslik uchun beton qorishmasini tayyorlash jarayonidan boshlab quyib bo’lingandan so’ng ham tekshirish kerakligi aniq bo’lmoqda.
Beton qorishmasining sifat ko’rsatkichlari
Korroziyabardoshliylik qobiliyati
Sovuqbardoshlilik
Betonning asosiy ko’rsatkichlari
Mustaxkamlik
Suv o’tkazmaslik qobiliyati
Beton qorishmasining sifat ko’rsatkichlari
Suv o’tkazmaslik qobiliyati – betonni ichki
qismiga suv va boshqa suyuqliklarni o’tkazmaslik
qobiliyatiga aytiladi. Bu turdagi betonlar W harfi
bilan belgilanadi.
Masalan: W2; W4; W6; W8; W10; W12; W16;
W18; W20.
Suv o’tkazmaslik qobiliyati katta bo’lgan betonlar quyidagi afzalliklarga ega hisoblanadi:
- yer suvlari yuzada joylashgan binolarda asqotadi;
- tezkor harorat o’zgarishiga o’z holatini o’zgartirmaydi. Asosan ma’lum namlikdan himoyalanmagan hududlarda.
Beton qorishmasining sifat ko’rsatkichlari
Sovuqbardoshlilik – ushbu ko’rsatkich betonni qancha vaqt davomida muzlamasligini va buning oqibatida buzilmasligini ko’rsatadi. Sovuqbardoshlilik koeffitsiyenti F harfi bilan belgilanadi va 50-1000 diapazoni oralig’idagi sonlar bilan belgilanadi. Sonlar - bu muzlash va erishlar davrini ifodalovchi kattalik.
Mustaxkamlik – betonni tashqi kuchlar ta’siriga bardosh berishini xarakterlovchi sifat ko’rsatkichi hisoblanadi. U asosan yuzaga ta’sir qilayotgan kuch bilan hisoblanadi, ko’pincha (kgs/sm2), yoki (MPa)
|
| |