|
O’zbеkistоn rеspublikаsi
|
bet | 32/64 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 1,63 Mb. | | #139436 |
Bog'liq Dinshunoslik tayor.2023 oxirgisi (3)G‘azoliy ilmi kalom haqida quyidagilarni aytadi: «U bir ilm bo‘lib uning maqsadi ahli sunnaning aqidasini – ahli bid'atning tashvishidan muhofaza qilsh va qo‘riqlashdir. Alloh taolo o‘z bandalariga o‘z payg‘ambari tilida haq aqidani ilqo qildi. Unda ularning dini va dunyosining salohi bordir. Shuningdek, ular haqida Qur'on va xabarlar nutq qildi. So‘ngra shaytonlar o‘z vasvasasi ila bid'atchilarga sunnatga xilof ishlarni ilqo qildi. Ular o‘sha ishlarni gapirdilar va ahli haqning aqidasini buzmoqchi bo‘ldilar. Bas, Alloh bir toifa mutakallimlarni paydo qildi va ularning himmatini tartibga solingan kalom ila sunnatning nusrati yo‘lida harakatga soldi. Shu orqali ahli bid'atning sunnatga xilof ravvishda chiqargan aldamchiliklari fosh qilinadi. Ana shunday ilmi kalom paydo bo‘ldi».
Ilmi kalom paydo bo‘lgan vaqtga kelib aqidaga oid masalalarga avvvalgi vaqtlarga o‘xshab faqat Qur'on va sunnatdan dalil keltirish bilan kifoyalanib bo‘lmay qolgan edi. Qarshi taraf aqliy dalil keltirishni ham talab etardi.
Ilmi kalomga xos uslub va mavvzular majmui birinchi bor al-Ja'd ibn Dirham (742 yil qatl etilgan) ijodida uchraydi. U doimo aql-idrokka tayanish talabini ilgari surdi va faqat inson salohiyati ojizlik qilgan hollardagina Qur'on oyatlarini ramziy-majoziy ma'noda talqin qilish mumkin, deb hisobladi. Uning shogirdi Jahm ibn Safvon (745 yil qatl etilgan) ustozining g‘oyasini davvom ettirdi. Jahmning qarashlari mu'taziliylarga yaqin bo‘lgani bois odatda bu ikki ta'limotni bir-biridan farqlamaydilar.
Mu'taziliylarlarning kalom ilmi 9 asrning 1-yarmida ravvnaq topdi. Ammo, xalifa al-Mutavvakkil (847-861) davvrida quvg‘in ostiga olindi.
Ma'lum vaqtgacha sunniylikda - mu'taziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda g‘oyavviy qurol ro‘lini o‘ynashi mumkin bo‘lgan aqoidlar tizimi mavvjud emas edi va faqat Qur'on va hadislarga havvola qilish bilan cheklanilardi. Aynan mu'taziliylar o‘zlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslublari bilan haqiqiy islo yo‘li shakllanishiga bevosita ta'sir ko‘rsatdi. Bunday tizim 10 asrga kelib ishlab chiqildi va uni Kalomni aqidaparastlar bilan murosaga keltirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan al-Ash'ariy (873-935) va al-Moturidiy (870-944) amalga oshirdilar. Natijada kalomning Ash'ariy va Moturidiylik maktablari vujudga keldi.
Mashhur musulmon ulamolari ilmi kalom haqida o‘z zamonlari va bilimlariga qarab turlicha fikr bildirganlar. Imom Abu Hanifa ilmi kalomda «al-Fiqhul Akbar» nomli kitob yozgan va «dindagi fiqh – ilmdagi fiqhdan afzaldir. Chunki, dindagi fiqh asldir. Ilmdagi fiqh far'dir. Asl far'dan afzalligi ma'lumdir» degan.
|
| |