O‘tilgan mavzu bo‘yicha savvollar
Qur'oni Karim qachon nozil bo‘la boshladi?
Qur'on nozil bo‘lish davvriga ko‘ra qanday qismlarga bo‘linadi?
Qur'on qachon yaxlit kitob shakliga keltirildi?
Qur'on qanday qism va bo‘limlardan iborat?
Qur'onning jamlanishi kimlar tomonidan amalga oshirildi?
Toshkentdagi «Usmon Mushafi» haqida nima bilasiz?
Mashhur mufassirlardan kimlarni bilasiz?
Qur'onda ko‘tarilgan mavvzular qaysilar?
Qur'onning o‘zbek tiliga tarjimasi kim tomonidan amalga oshirildi?
Hadis, xabar, sunna deganda nimani tushunasiz?
Hadislar qachondan boshlab yozila boshlandi?
Eng mashhur muhaddislar kimlar?
Qanday hadis to‘plamlarini bilasiz?
Qanday hadis turlarini bilasiz?
Imom al-Buxoriy kim bo‘lgan?
7-mavvzu. Islom dinining aqidavviy yo`nalishlari va maktablari
Reja
Kalom ilmining shakllanishi. Ilk aqidavviy adabiyotlarning islom dinining qabul qilinishidagi o`rni.
Alloh sifatlari haqidagi g`oyalar. Islomda iymon, taqdir, rizq tushunchlarining talqini.
Noan'anaviy e'tiqodlar: xorijiya, mu'taziliya, qarmatiya harakatlari.
Islom oqimlari va yo‘nalishlarining paydo bo‘lishi sabablari, e'tiqodidagi bo‘linishlarning sabablari va oqibatlari.
Aqida hamda kalom ilmlari va ularni o‘rganuvchi manbalar. Aqida (arab tilida «aqd» - bir narsani ikkinchisiga mahkam bog‘lash, bir-biriga bog`lash ma'nosini anglatadi. Istilohda esa aqoid ilmining mashhur nomlaridan biri.) – balog‘atga yetgan kishi e'tiqod qilishi, imon keltirishi, islom dinining zaruratlari shaklida tasdiq qilishi, qalbiga mahkam bog‘lab olib undan ajralishi mumkin bo‘lmagan shar'iy e'tiqodiy hukmlar. Insonning ikki dunyodagi saodati aynan aqidasiga bog‘liq. Agar aqidasi pok bo‘lsa, yo‘li to‘g‘ri bo‘ladi, qilgan barcha amallari qabul bo‘ladi va bandalik bilan sodir etgan ba'zi gunohlari afv etiladi. Agar aqidasi sof bo‘lmasa, buzuq bo‘lsa, yo‘li noto‘g‘ri bo‘ladi, qilgan amallari behuda ketadi va oxiratda jahannam ahlidan bo‘ladi. Aqida masalasi o‘ta muhim bo‘lganidan ham, Odamatodan boshlab, oxirgi payg‘ambar Muhammad (s.a.v)gacha bu masalani Alloh taoloning o‘zi ko‘rsatib bergan. Odamatodan tortib hozirgacha aqida masalasi bir xil bo‘lib kelgan.
Islom aqidalarining asosi Qur'onda berilgan, hadislardagi ko‘rsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan. Islomning sunniylik yo‘nalishi ilohiyotda e'tirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari 7 ta:
1 – Allohning yagonaligiga ishonish;
2 – Farishtalarga ishonish;
3 – Muqaddas kitoblarga ishonish;
4 – Payg‘ambarlarga ishonish;
5 – Oxiratga ishonish;
6 – Taqdirga ishonish;
7 – Qiyomat kuni barchaning qayta tirilishiga ishonish.
|